Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlari akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3055]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlari akkreditatsiya kartochkasining shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 179-mh-son “Akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2681, 2015-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 299-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-avgust,
418-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-avgustdagi 418-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Izoh:
akkreditatsiya kartochkasiga akkreditatsiyadan oʻtkazilgan shaxsning Nodavlat notijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari davlat reyestridagi tartib raqamiga muvofiq raqam beriladi;
akkreditatsiya kartochkasi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi;
yozuvlari oʻchirilgan, rasmi koʻchirilgan, yirtilgan yoki boshqacha tarzda yaroqsiz holga keltirilgan akkreditatsiya kartochkalari haqiqiy hisoblanmaydi;
ushbu buyruq kuchga kirgunga qadar Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlariga, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolariga berilgan akkreditatsiya kartochkalari ularning amal qilish muddati tugagungacha haqiqiy hisoblanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 10/18/3055/1727-son)