1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.05.00 Bojxona rejimi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-avgust,
617-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-avgustdagi 617-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.05.00 Bojxona rejimi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish maqsadida davlat soliq va bojxona xizmatlari o‘rtasida axborot almashish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga muvofiq bojxona imtiyozlari berilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda soliq to‘lovchilar deb ataladi) tatbiq etiladi.
3. Kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan moliyaviy va soliq hisobotlari, bojxona yuk deklaratsiyalari, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida axborot almashish predmeti hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim qilinishi nazarda tutilgan bojxona yuk deklaratsiyalari, tovarlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona imtiyozlari berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi
6. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona imtiyozlari berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasiga onlayn rejimda taqdim qiladi.
7. Bojxona imtiyozlari berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar ushbu ma’lumotlardan kameral nazorat qilish jarayonida foydalanish uchun Davlat soliq qo‘mitasining yagona ma’lumotlar bazasiga avtomatik tarzda kiritiladi.
3-bob. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari
8. Kameral nazorat qilish jarayonida davlat soliq xizmati organlari:
kameral nazorat qilishda soliq to‘lovchilarni ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishga;
qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishiga rioya qilishga;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
kameral nazoratni tartibga solish bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilishga majburdir.
4-bob. Kameral nazorat qilish mexanizmi va uning natijalarini tahlil qilish
9. Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi va soliq to‘lovchilardan olingan ma’lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazorat qilinishi monitoringini olib boradi.
10. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini, shuningdek, bojxona organlaridan olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bojxona yuk deklaratsiyalarini tahlil qilish asosida har chorakda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llagan barcha soliq to‘lovchilar bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozlaridan foydalanishni ularning faoliyatiga aralashmasdan tahlil qilish asosida kameral nazorat qiladi.
11. Kameral nazoratni amalga oshirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlardan foydalanishning maqsadi va olib kirilayotgan tovarlardan amalda foydalanish solishtiriladi, xususan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan:
unga muvofiq bojxona imtiyozlari berilgan normativ-huquqiy hujjatning mavjudligi;
qo‘llanilgan imtiyozlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi va bo‘shagan mablag‘lardan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan maqsadda foydalanish;
tovar-moddiy zaxiralardan va asosiy vositalardan belgilangan maqsadlarda foydalanish va imtiyozli davrning bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilishiga muvofiqligi aniqlanadi.
12. Kameral nazorat qilishda davlat soliq xizmati organi xodimi bojxona xizmati organidan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashga taalluqli tegishli hujjatlarni so‘rashga haqli.
13. Kameral nazorat natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada tafovutlar holatlari va bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish sabablari ko‘rsatiladi.
14. Dalolatnomaning bitta nusxasi shu kunning o‘zida bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanishga yo‘l qo‘ygan soliq to‘lovchiga yuboriladi.
15. Kameral nazorat jarayonida soliq to‘lovchi aniqlangan tafovutlar bo‘yicha yozma yoki elektron shakllarda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilgan holda asoslashni taqdim qilish huquqiga ega.
5-bob. Kameral nazorat natijalarini amalga oshirish mexanizmi
16. Davlat soliq qo‘mitasi berilgan bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish bo‘yicha aniqlangan holatlar va qo‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har choraklik asosida Davlat bojxona qo‘mitasiga yuboradi.
17. Davlat bojxona qo‘mitasi aniqlangan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olinganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida ushbu ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda hududiy bojxona organlariga yuboradi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi
SXEMASI
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Bojxona imtiyozlari berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar haqida
MA’LUMOT
T/r
STIR
KTUT kodi
Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili)
U asosida imtiyozlar berilgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami va sanasi
YUBD
T/r
TIF TN bo‘yicha tovarning nomi va kodi
Bojxona to‘lovlari turlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar summasi (so‘mda)
bojxona boji
aksiz
QQS
kuzat/hud. yig‘imi
jami
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Berilgan bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanishni kameral nazorat qilishning _______ -son dalolatnomasi
____________________________ (dalolatnoma tuzilgan joy)
________________________________________________________________________________________________ (kameral nazorat qilgan organning nomi)
________________________________________________________________________________________________ (tekshiruvchilarning (tekshiruvchining) lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi)
________________________________________________________________________________________________ (tekshirilayotgan yuridik shaxsning joylashgan joyi va bo‘ysunuvi)
otasining ismi (mavjud bo‘lsa) turar joyi, STIR raqami)
_______________________________________________________________________________________ davr uchun (kameral nazorat davri)
________________________________________________________________________________ masalalari bo‘yicha (kameral nazorat masalalari ro‘yxati)
________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ kameral nazorat qilindi.
Tekshirish quyidagi hujjatlar asosida o‘tkazildi:
________________________________________________________________________________________________ (tekshirilgan aniq hujjatlar ro‘yxati)
Tekshirish davomida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:______________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (tekshirish chog‘ida o‘tkazilgan bojxona nazorati shakllari, boshqa harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar)
Tekshirilayotgan yuridik shaxsning nomi yoki tekshirilayotgan xususiy tadbirkorning F.I.O.: ______________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
Xuddi shu masalalar bo‘yicha tekshirilayotgan davr uchun oldingi bojxona tekshiruvlari _________________________ ________________________________________________________________________________________________(kim tomonidan va qachon) ________________________________________________________________________________________ o‘tkazildi.
Bojxona tekshiruvi o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha quyidagilar aniqlandi:
________________________________________________________________________________________________ (o‘rganish natijasi, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar) ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
Ilova ________________ varaqda.
Kameral nazorat qilgan mansabdor shaxslar (mansabdor shaxs):
__________________(imzo)
____________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2018-y., 09/18/617/1619-son)