O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQNI LIZING SHARTLARIDA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI BILAN TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Qishloq xo‘jaligini yuqori samarali zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jalik texnikasi deb ataladi) qishloq xo‘jaligi korxonalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Lizing tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
lizing oluvchilarning qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida avans to‘lash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
lizing shartnomalarini tuzish, yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga berish, lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida undirilishini va Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlash;
Jamg‘arma bilan tuzilgan har bir qarz shartnomasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning hisobini o‘z vaqtida yuritish va ularni hisoblangan foizlari bilan to‘lash.
(2-band O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jamg‘armaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga tushumlar va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha bo‘lgan davrda, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dileriga avans berish uchun lizing tashkilotlari buyurtmanomalari bo‘yicha mablag‘lar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatidan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan tartib mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2025-yilda tayyor holda import qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalariga ham tatbiq qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan lizing shartnomalari tuzishda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
lizing oluvchilarga texnikani faqat lizingning butun davri uchun olinayotgan texnika bo‘yicha mulkiy tavakkalchiliklar sug‘urta polisi mavjud bo‘lgandagina berishni;
Oldingi tahrirga qarang.
lizing kompaniya daromad foizining imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmasligini;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
lizing muddatini fermer, dehqon xo‘jaliklari uchun 10 yil, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun 7 yil etib belgilanishini nazarda tutadi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
6. Belgilab qo‘yilsinki:
lizingga olingan qishloq xo‘jaligi texnikasining buzilishida aybdor bo‘lgan lizing oluvchilar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan darajada javob beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
lizing oluvchilar tomonidan lizing shartnomasida nazarda tutilgan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda tijorat banklari lizing egasining hisob raqamiga so‘zsiz bajarilishi kerak bo‘lgan lizing tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan to‘lov talabnomalarini qo‘yadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2023 — 2025-yillarda tayyor holda import qilingan yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari va paxta terish mashinalari hamda ular bilan agregatlashgan holda ishlatiladigan traktorlarni qishloq xo‘jaligi subyektlariga imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish Jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladi;
Jamg‘armaning imtiyozli qarz mablag‘lari hisobidan xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan subsidiyalar qo‘llanmaydi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Oldingi tahrirga qarang.
lizing to‘lovlari to‘g‘ri hisoblab yozilishi hamda to‘lanishini, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va ularning o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
7. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi umumdavlat va mahalliy soliqlarni to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar qishloqqa qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berishni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
8. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha viloyatlar markazlarida “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi filiallari ochilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
10. Toshkent shahar hokimligi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi apparatini joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
11. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda xolding kompaniya korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Mazkur chora-tadbirlar:
turar joy va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari balansidan mahalliy hokimiyat organlariga berilishini;
foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar sotilishi yoki konservatsiya qilinishini o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 2-noyabr,
424-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Ushbu Nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombayni va paxta terish mashinasi va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jaligi texnikasi deb ataladi) lizing shartlarida yetkazib berishni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom talablari mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 2025-yilda tayyor holda import qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalariga ham tatbiq qilinadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi uchun zarur qishloq xo‘jaligi texnikasini turlari bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotni hisobot yilining 1-sentabriga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) taqdim etadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Taqdim etilgan ma’lumot asosida Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun mablag‘lar manbalarini shakllantiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
4. Jamg‘arma o‘zining veb-sahifasida kelgusi yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtiradi.
5. Jamg‘armaning veb-sahifasiga joylashtirilgan ma’lumotlar asosida respublikada faoliyat yurituvchi barcha lizing tashkilotlari qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha dastlabki buyurtmanomalarni Jamg‘armaning veb-sahifasiga joylashtiradi.
6. Jamg‘arma veb-sahifaga joylashtirilgan dastlabki buyurtmanomalar tahlili asosida lizing tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablag‘larini ajratish to‘g‘risida Bosh bitim tuzadi.
Lizing tashkilotlari qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish, to‘lov tartibi va muddati ko‘rsatilgan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi.
7. Lizing tashkilotlari:
Jamg‘arma bilan moliyaviy resurslar jalb etish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing bo‘yicha daromad foizi miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan to‘lanadigan lizing to‘lovlaridan ushlab qolinadigan lizing tashkiloti va bank xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori kelishib olinadi;
tijorat banklari bilan moliyaviy agent funksiyalarini bajarish yuzasidan;
sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urta qonunchiligiga muvofiq shartnomalar tuzadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
8. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovi jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomalar 3 nusxada tuziladi va bir nusxasi tijorat bankiga jo‘natiladi.
9. Lizing oluvchilar:
lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizini lizing tashkilotlariga to‘laydilar;
lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini o‘z mablag‘lari hisobiga sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta qiladilar;
lizing shartlarida rasmiylashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini hamda hisoblangan lizing foizini fermer, dehqon xo‘jaliklari 10 yil muddatgacha, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilot va korxonalar 7 yil muddatgacha lizing tashkilotlariga to‘laydilar.
10. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar to‘lagan avans mablag‘laridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 60 foizigacha avans to‘lovini to‘lashga pul mablag‘larini ajratish uchun buyurtmanomalarni Jamg‘armaga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma pul mablag‘larini kelgusi davr uchun lizing tashkilotining tijorat bankidagi Jamg‘arma bilan hisob-kitoblar hisobvarag‘iga (keyingi o‘rinlarda amaliyot hisobvarag‘i deb ataladi) o‘tkazadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
11. Lizing tashkiloti shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlariga amaliyot hisobvarag‘idan avans mablag‘ini to‘laydi.
12. Lizing tashkiloti tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq lizing oluvchiga yetkazib beriladi.
Lizing tashkiloti qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing oluvchiga yetkazib berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan keyin qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining qolgan yakuniy 20 foizi miqdoridagi pul mablag‘lari Jamg‘arma tomonidan lizing tashkilotining amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, lizing tashkiloti hizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lizing to‘lovi jadvali nusxalarini taqdim etadi.
14. Lizing oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing tashkilotlariga lizing to‘lovlari (asosiy qarz va foiz)ni to‘laydilar. To‘langan mablag‘lar to‘liq miqdorda amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
15. Lizing tashkilotlari tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarz mablag‘lar bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlaydi. Lizing bo‘yicha foizlar Jamg‘arma, lizing tashkiloti va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq taqsimlanadi.
16. Lizing tashkiloti va tijorat banki Jamg‘arma mablag‘larining harakati, mablag‘lardan foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-kuniga, shuningdek, choraklik, yillik buxgalteriya hisobotlarini chorak tugagandan keyingi oyning 20-kuniga qadar Jamg‘armaga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Lizing oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganda lizing tashkiloti, qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘radi. Undirilgan pul mablag‘lari lizing tashkilotining amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24 bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
18. Lizing tashkiloti va unga hizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki va ularning hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, lizing oluvchilarning rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamg‘arma mablag‘larini maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi, hisob-kitob qilish tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(ilovaning matni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1751-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 26-son, 593-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 9-10-son, 134-modda; 2007-y., 25-26-son, 262-modda, 50-51-son, 517-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2012-y., 29-son, 334-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 26-son, 593-modda, 27-son, 618-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son; 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son; 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)