1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda mamlakatda nefrologik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini sifat jihatidan yaxshilash choralari koʻrilmoqda.
Bir qator respublika va barcha viloyat tibbiyot muassasalarida bemorlar umrining ancha uzayishini va ularning turmush sifati oshishini taʼminlaydigan gemodializ boʻlinmalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Shu bilan birga, mavjud ahvolning tahlili gemodializ yordamiga muhtoj boʻlgan bemorlarga toʻliq tibbiy xizmat koʻrsatishga toʻsqinlik qilayotgan bir qancha yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini koʻrsatdi. Xususan:
birinchidan, tibbiyot muassasalarida gemodializ olish uchun oʻrinlarning umumiy soni real ehtiyojdan bir necha baravar kam, gemodializ boʻlinmalarining yarmidan ortigʻi moslashtirilmagan xonalarda joylashgan, koʻpgina gemodializ mashinalarining belgilangan foydalanish muddati oʻtib ketgan;
ikkinchidan, aholiga yuqori malakali nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish, shuningdek, buyraklarni transplantatsiya qilish boʻyicha mintaqaviy boʻlinmalarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini tashkil etishga ehtiyoj mavjud;
uchinchidan, terminal va oʻtkir buyrak yetishmovchiligiga duchor boʻlgan bemorlarni davolashning yagona standartlari va protokollari joriy etilmagan, shuningdek, nefrologik kasalliklarning barvaqt oldini olish, ularga oʻz vaqtida tashxis qoʻyishning samarali tizimi, bemorlarni tanlash va gemodializga yuborish tartib-taomillari yoʻlga qoʻyilmagan;
toʻrtinchidan, nefrolog mutaxassislar, gemodializ shifokorlar va gemodializ boʻlinmalarining boshqa tibbiyot xodimlarini tayyorlash boʻyicha yagona dastur mavjud emasligi sababli shifokor-nefrologlar va gemodializ boʻyicha mutaxassislar keskin yetishmayapti;
beshinchidan, nefrologik kasalliklarni davolashning zamonaviy tibbiy infratuzilmasini yaratish va ushbu sohada toʻplanib qolgan muammolarni hal etishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan foydalanilmayapti;
oltinchidan, gemodializ tibbiyot uskunalari va sarflash materiallarini olib kirish va sotib olishni roʻyxatdan oʻtkazish, sertifikatlash va ruxsatnoma olishning murakkab va shaffof boʻlmagan tartib-taomillari amal qilmoqda, bu bozorga kirishni va ularning ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklamoqda.
Mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish va kamchiliklarga barham berish, shuningdek, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishni taʼminlash va nefrologik kasalliklardan azob chekayotgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining aholiga nefrologik va gemodializ yordami koʻrsatish boʻyicha faoliyati qoniqarsiz, deb topilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining aholiga nefrologik va gemodializ yordami koʻrsatishni yanada oshirish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, oliy tibbiyot taʼlim muassasalari klinikalari, respublika koʻp tarmoqli shifoxonalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida tizimli ravishda aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish;
profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy hamda samarali usullarini joriy etish yoʻli bilan sogʻliqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida aholiga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik nefrologik tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish;
buyrak patologiyasining barvaqt oldini olish, ularni oʻz vaqtida aniqlash, mavjud bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etuvchi integratsiyalashtirilgan tizimni sogʻliqni saqlash tizimining barcha darajalarida yaratish, shuningdek, bemorlarga tashxis qoʻyish, tanlash va gemodializga yuborish jarayonini xalqaro amaliyotga muvofiq qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish yoʻli bilan nefrologik kasalliklarga chalinish hamda bu kasalliklar sababli vafot etishni kamaytirish;
davolashning yuqori texnologik usullari va zamonaviy standartlaridan keng foydalangan holda gemodializ yordamga muhtoj bemorlar umrining uzayishini va ularning turmush sifati oshishini taʼminlash;
tibbiy yordam koʻrsatishning barcha bosqichlarida katta yoshdagilar va bolalarda buyrak kasalliklariga tashxis qoʻyish va uni davolashning yagona zamonaviy standartlari va protokollarini joriy etish, jumladan gemodializ seanslari uchun majburiy klinik protokollarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
nefrologik va gemodializ muassasalarini zamonaviy yuqori texnologik tashxis qoʻyish va davolash tibbiyot uskunalari bilan toʻliq jihozlash, ularni ehtiyot qismlar, gemodializ uchun sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash va tegishli qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish yoʻli bilan nefrologiya va gemodializ muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
nefrologik kasalliklarning barvaqt oldini olish, ularni oʻz vaqtida aniqlash va davolash boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;
aholiga nefrologik va gemodializ yordami koʻrsatish sohasida xususiy sektorni va davlat-xususiy sheriklikni jadal rivojlantirish.
3. Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
4. Chora-tadbirlar dasturi amalga oshiriladigan muddatga 2-ilovaga muvofiq tarkibda Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ushbu qaror qoidalarini amalga oshirish, qoʻyilgan vazifalarni bajarishda yuzaga keladigan muammolarni va ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni aniqlash;
nefrologiya va gemodializ xizmati faoliyati, buyrak yetishmovchiligiga duchor boʻlgan bemorlarga yuqori malakali yordam koʻrsatish boʻyicha tibbiyot xodimlariga yuklangan vazifalar bajarilishining samaradorligi ustidan tizimli nazorat olib borish;
surunkali buyrak kasalligiga chalingan bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning ishlab chiqilgan standartlari asosida nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari tomonidan vazifalar bajarilishi jarayonini, jumladan joylarga borib oʻrganish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
amalga oshirilgan tadbirlar materiallarini, Komissiya qarorlarini aniqlangan kamchiliklarni va tibbiyot muassasalari faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun Vazirlar Mahkamasiga, prokuratura organlariga va boshqa organlarga yuborish;
nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari faoliyatidagi tizimli kamchiliklar va huquqbuzarliklarni aniqlash hamda bartaraf etish, bunday yordam koʻrsatishning tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etishni;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
yangi tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi” kafedrasini tashkil etishni;
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning “nefrologiya” va “bolalar nefrologiyasi” mutaxassisliklari boʻyicha yangi yoʻnalishlarini ochishni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarining nefrologiya va gemodializ boʻlinmalari Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mintaqaviy tashkiliy-metodik boʻlinmalari hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi uch oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini joylashtirish uchun Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
7. “Sogʻlom avlod uchun” fondi va keng jamoatchilikning surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, gemodializ xizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida “Oʻzbekiston dializ jamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzbekiston dializ jamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanishini taʼminlasin:
dasturiy gemodializ koʻrsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, shuningdek, xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha amaliy harakatlar;
davlat-xususiy sheriklik asosida gemodializ xizmatlari koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini qurish, jihozlash va ulardan foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni joriy etish;
gemodializ apparatlari va sarflash materiallari yetkazib berishga zarur ruxsatnomalar berishning, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ xizmatlari koʻrsatishning amaldagi tizimini tubdan soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
gemodializ xizmatlari koʻrsatish tartibini, uni amalga oshirish usullarini tartibga solishni, shuningdek, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklik shartnomalarini tuzish, ijro etish va tugatishni nazarda tutuvchi gemodializ xizmatlari koʻrsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
a) ikki hafta muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tuzilmasi va ustavini hamda uning mintaqaviy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin;
b) uch oy muddatda:
nefrologiya va gemodializ boʻlinmalarining gemodializ uskunalari parkini tanqidiy tahlil qilsin, uning yakunlari boʻyicha ularni yangilash, shuningdek, gemodializ boʻlinmalari tarmogʻini kengaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
dasturiy gemodializdagi bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishning majburiy klinik protokollarini tasdiqlasin;
respublika va mintaqaviy tibbiyot muassasalari kesimida gemodializ olishga bemorlarning teng miqdorda biriktirilishini taʼminlasin;
respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini, mutaxassislarning funksional vazifalarini belgilagan holda nefrologiya kabineti va boʻlimini jihozlash standartlarini nazarda tutuvchi nefrologiya ixtisosligi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda surunkali buyrak yetishmovchiligiga duchor boʻlgan bemorlar hisobini yuritish va ularning monitoringini olib borishning yagona elektron registri mexanizmini joriy etsin;
g) Chora-tadbirlar dasturi sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlasin, monitoring natijalari toʻgʻrisida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
gemodializ oʻtkazish uchun sarflash materiallarini mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish;
tibbiyot muassasalarini jihozlash va gemodializ xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun xayriya mablagʻlari va xalqaro (xorijiy) tashkilotlarning grantlarini jalb etish yuzasidan takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
davlat-xususiy sheriklik asosida standartlar va normativlar boʻyicha oʻtkazilgan gemodializ xizmatlari uchun oʻz vaqtida haq toʻlanishini taʼminlasin;
gemodializga muhtoj boʻlgan bemorlar sonining yillik oʻsishini hisobga olgan holda zarur gemodializ uskunalari, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari asosida oʻz vaqtida xarid qilinishi uchun budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi, shuningdek, ajratilgan mablagʻlardan oʻz vaqtida, oqilona va maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
PQ-3846-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PQ-3846-son qaroriga 1-ILOVA
Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
I. Profilaktika, diagnostika va davolashning klinik bayonnomalari va standartlarini qayta koʻrib chiqish va yangilash yoʻli bilan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish
1.
Davolash-diagnostika xizmatlarining zamonaviy, isbotlovchi tibbiyotga asoslangan usullari va texnologiyalarini joriy etishni, shuningdek, bemorlarni tanlash va gemodializga yuborishning optimallashtirilgan tartibotlarini hisobga olgan holda katta yoshdagilar va bolalarda (jumladan, oʻrnini bosuvchi terapiyaga muhtoj boʻlgan bemorlarda) nefrologik kasalliklarning majburiy klinik bayonnomalari diagnostikasi va ularni davolash standartlarini ishlab chiqish, qayta koʻrib chiqish, yangilash va tasdiqlash.
2018-yil dekabr
-
-
Kompleks chora-tadbirlar
Sogʻliqni saqlash vazirligi
2.
Davolash muassasalarida boʻlish muddatlari, koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar toʻgʻrisidagi kompleks axborotni oʻz ichiga olgan, shuningdek, ushbu sohada nazorat qilishni va ishlarning holati haqidagi axborotni tezlikda olish imkonini beradigan dispanser kuzatuvidagi shaxslar hisobga olinishi va monitoringi yuritilishining yagona elektron registri haqida takliflar tayyorlash va amaliyotga joriy etish.
2019-yil fevral
AKTni rivojlantirish mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari
-
Qoʻshma buyruq
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
3.
Gemodializ xizmat sohasida davlat-xususiy sheriklikka bosqichma-bosqich oʻtish va joriy etish.
2018 — 2020-yillar mobaynida
-
-
Davlat-xususiy sheriklik boʻyicha loyihalarni amalga oshirish
Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
4.
“Oʻzbekiston dializ jamiyati” NNTni tashkil etish.
2018-yil sentabr
-
-
NNTni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
“Sogʻlom avlod uchun” Fondi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Adliya vazirligi
5.
Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ apparatlari va sarflash materiallari yetkazib berish, gemodializ xizmatlari koʻrsatish uchun zarur ruxsatnomalar berishning amaldagi tizimini qayta koʻrib chiqish.
2018-yil oktabr
-
-
Idoraviy hujjat
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi
6.
Birinchi navbatda birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami tizimida nefrologik kasalliklarning erta oldini olish va ularni davolash tizimi ishini qayta koʻrib chiqish.
2018-yil oktabr
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari
-
Kompleks chora-tadbirlar
Sogʻliqni saqlash vazirligi
7.
Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlar uchun filtrlar va gemodializ sarflash materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha aniq takliflar kiritish.
2018-yil noyabr
-
-
Aniq takliflar va loyihalar
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,Fanlar akademiyasi
8.
Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy sogʻliqni saqlashga keng joriy etish.
doimiy
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari
-
Kompleks chora-tadbirlar
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi
9.
Toshkent shahri tibbiyot tashkilotlarining mavjud budjet oʻrin fondi doirasida Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik kasalxonasida 20 oʻrinli nefrologiya va gemodializ boʻlinmasini tashkil etish.
Yangidan tashkil etiladigan boʻlinma uchun binoni rekonstruksiya qilish.
2019-yil yanvar
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Tibbiyot taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
LSʼHga muvofiq
Rivojlanish dasturi
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi
2019-yil
II. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar
10.
Toshkent shahar nefrologiya kasalxonasining mavjud binosini rekonstruksiyasi qilish hamda Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida yangisini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, uni 2019-yilgi rivojlanish davlat dasturiga kiritish.
2018-yil noyabr
Tibbiyot taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
-
Loyiha-smeta hujjatlari
Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Quyidagilarni amalga oshirish orqali Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Markaz boʻlinmalarini kapital taʼmirlash;
Toshkent shahar nefrologiya kasalxonasining (100 oʻringa moʻljallangan) mavjud binosini rekonstruksiya qilish.
Tibbiyot taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari
LSʼHga muvofiq
Rivojlanish dasturi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
2019-yil mobaynida
2019-2020-yillar mobaynida
12.
Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tibbiyot va diagnostika uskunalari, jumladan yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash.
2019-2020-yillar mobaynida
Tibbiyot taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablagʻlari
2 mln. AQSH dollari
Rivojlanish dasturi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
13.
Butun respublika boʻylab gemodializ xizmati uzluksiz faoliyat koʻrsatishi uchun ularni har yili Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq bir martalik filtrlar, sarflash materiallari, shuningdek, dializ apparatlarining ehtiyot qismlari bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlash.
2019-2020-yillar mobaynida
Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablagʻlari
226,7 mlrd. soʻm
Har yili Davlat budjeti parametrlariga kiritish
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
14.
Mintaqadagi mavjud oʻrin fondi va moddiy-texnik bazasi doirasida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tuzilmasida ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni bosqichma-bosqich tashkil etish yoʻli bilan tuman (shahar) darajasida aholining ixtisoslashtirilgan nefrologik yordamdan foydalanishini kengaytirish.
Mintaqalarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida gemodializning tumanlararo boʻlinmalarini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.
2018-yil dekabr
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablagʻlari kreditlari va grantlari
-
Idoraviy hujjat
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
15.
Katta yoshdagilar va bolalar nefrologlari va gemodializ boʻyicha mutaxassislar uchun, shuningdek oʻrta tibbiyot xodimlari uchun malaka talablarini ishlab chiqish.
2018-yil dekabr
-
-
Idoraviy hujjat
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
16.
“JICA”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun zarur uskunalarning bir qismini sotib olishga grant ajratishni ishlab chiqish.
2018-yil sentabr
“JICA”ning grant mablagʻlari
1,5 mln. AQSH dollari
Loyihani amalga oshirish
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
17.
“TIKA”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda gemodializ uskunalari va sarflash materiallari xarid qilish uchun “TIKA” tomonidan grant ajratish masalasini ishlab chiqish.
2018-yil sentabr
“TIKA”ning grant mablagʻlari
-
Loyihani amalga oshirish
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
III. Tibbiyot mutaxassislarini respublikada va chet elda tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalardan mutaxassislarni taklif qilish
18.
Har yili:
nefrologiya mutaxassisligi boʻyicha 5 nafar;
transplantologiya mutaxassisligi boʻyicha 5 nafar;
gemodializ mutaxassisligi boʻyicha 20 nafar mutaxassisni tayyorlash orqali Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
2019-yil mobaynida
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
-
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
19.
Xorijiy mamlakatlardan yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi boʻyicha kamida 5 ta seminar-trening va mahorat darsi oʻtkazish.
2019-yil mobaynida
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
-
Kompleks chora-tadbirlar
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
20.
Nefrologiya va gemodializ boʻyicha kamida 40 nafar, buyrak transplantatsiyasi boʻyicha 5 nafar kadrni hamda oʻrta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, Samarqand va Andijon davlat institutlarining malaka oshirish fakultetlarida birlamchi ixtisoslash yoʻli bilan kadrlar tayyorlash.
2019-yil mobaynida
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
-
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
21.
Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida nefrolog vrachlar, gemodializ va buyrak transplantologlari uchun malaka oshirishning mavzuli turkumlarini tashkil etish.
2019-yil mobaynida
har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
-
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
22.
Xorijiy markazlar va klinikalar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning mintaqaviy boʻlinmalarining kamida 10 nafar mutaxassisi malakasini oshirish.
2018-2019-yillar mobaynida
har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
-
Hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
IV. Tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini amaliyotga joriy etish
23.
Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga laparoskopik asboblardan foydalanish yoʻli bilan operatsiya qilishning zamonaviy yuqori texnologik va kam invaziv usullarini joriy etish.
2019-yil mobaynida
-
-
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi
Sogʻliqni saqlash vazirligi
24.
Koʻchirib oʻtkazilgan buyrakning ajralib chiqishi ilk diagnostika markerlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan nefrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar loyihalarini, nefroproteksiyaning zamonaviy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, keyinchalik manbalar boʻyicha grantlar ajratishni nazarda tutgan holda belgilangan tartibda grant tanlovlarida ishtirok etish.
2019-yil mobaynida
-
-
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
Chora-tadbirlar kompleksi tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari jami:
226,7 mlrd soʻm va 3,5 mln AQSH dollari
shundan:
mlrd. soʻm
ming. yevro
mln. AQSH dollari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari:
226,7
-
-
Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari:
-
-
2,0 mln
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari:
-
-
1,5 mln
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PQ-3846-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
B.T. Daminov
—
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, ishchi komissiya raisi
G.V. Urmanova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari
M.M. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi
F.R. Sharipov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining boshqarma boshligʻi
F.A. Raximkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining boshqarma boshligʻi
Sh.T. Muxtarov
—
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori
M.A. Sobirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh nefrologi
I.Z. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining gemodializ xizmati boʻyicha konsultanti
U.K. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining odam aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi boʻyicha bosh mutaxassisi
U.T. Shamsibayev
—
Gemodializ boʻyicha ekspert, “UMT” MCHJ bosh direktori
lavozim boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlari
lavozim boʻyicha
—
hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari rahbarlari
Izoh: ishchi komissiya aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2018-y., 07/18/3846/1502-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)