Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-iyun,
429-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) 1-ilova 1-bo‘limining 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)