1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, futbolni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining:
a) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasini (keyingi o‘rinlarda respublika akademiyasi deb ataladi) tashkil etish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tizimidagi 1-ilovaga muvofiq futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida ularning amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarini (keyingi o‘rinlarda hududiy akademiyalar deb ataladi) tashkil etish;
v) Vazirlik tizimidagi 2-ilovaga muvofiq futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (keyingi o‘rinlarda maktab-internatlar deb ataladi) etib qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
futbol bo‘yicha yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni o‘qitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish;
bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish, iste’dodli va iqtidorli bolalarni futbolga jalb etish va futbol bo‘yicha salohiyatini doimiy ravishda o‘stirib borish, ularda sog‘lom turmush tarziga intilishni uyg‘otish;
professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, mamlakat futbolini futboli rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobat qiladigan darajaga yetkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma jamoalarga va professional futbol jamoalariga yetuk futbolchilarni tayyorlash;
futbol rivojlangan xalqaro mamlakatlarda o‘tkaziladigan musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish orqali respublika va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining professional saviyasini oshirib borish.
3. Quyidagilar maktab-internatlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari talablari asosida o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;
zarur hollarda olimpiya sport turlari bo‘yicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilg‘or ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida o‘quv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda O‘zbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish;
o‘quvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
a) respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi;
respublika akademiyasi o‘quvchilarining umumiy kontingenti 132 nafar, har bir hududiy akademiyaning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi;
respublika akademiyasiga hududiy akademiyalarning o‘quvchilari orasidan eng iqtidorli va belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 7-sinfga qabul qilinadi;
hududiy akademiyalarga belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining ta’lim olishi tegishlicha mazkur akademiyalarga yaqin joydagi umumta’lim maktablarida umumta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi;
o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning 11-sinflari bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat namunasi.
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom berilgan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki o‘qishning kelgusi bosqichida ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi;
(4-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y., 09/23/458/0698-son)
b) maktab-internat o‘quvchilarining umumiy kontingenti 350 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi;
maktab-internatlarga olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning o‘yin turlari bo‘yicha belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
maktab-internatlar o‘quvchilarining ovqatlanishi uchun Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o‘quvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi;
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
maktab-internatlar direktorlari, direktorlarning o‘rinbosarlari, o‘quvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari, trener-o‘qituvchilar, umumta’lim fanlari o‘qituvchilari, tarbiyachilar mehnatiga haq to‘lash hamda maktab-internatlar direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘quvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari, umumta’lim fanlari o‘qituvchilari, tarbiyachilar mehnatini rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga, maktab-internatlar direktorlari, direktorlarning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, trener-o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qaroriga, tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
a) Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarning namunaviy shtat jadvallarini, respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
b) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarning ustavlari tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar, shu jumladan, futbol bo‘yicha xalqaro sertifikat (diplom) ga ega bo‘lgan trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilasin;
v) Moliya vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
respublika akademiyasi va hududiy akademiyaga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
respublika va hududiy akademiyalarning o‘quv-mashg‘ulot rejalari va futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash dasturini;
maktab-internatlarning o‘quv rejalari va dasturlarini;
respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlar o‘quvchilari uchun jihozlar, sport anjomlari va inventarlar, shuningdek, sport kiyim-boshi bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(5-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
(5-band “v” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining ovqatlanishi uchun sutkalik oziq-ovqat me’yorini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
7. Quyidagilar Respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar va maktab-internatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi:
bir oy muddatda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq maktab-internatlarning bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda tekin foydalanish huquqi asosida hamda boshqa mol-mulklari mulk huquqi asosida hududiy akademiyalarga bepul berilishini ta’minlasinlar;
Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida kelgusida faoliyati tugatilishi rejalashtirilayotgan kasb-hunar kollejlari bino va inshootlari tegishli yer maydoni bilan birgalikda ushbu kollejlar o‘z faoliyatini tugatganidan so‘ng tekin foydalanish huquqi asosida hududiy akademiyalarga berilishini ta’minlasinlar;
maktab-internatlarning bo‘shaydigan bino va inshootlarini belgilangan tartibda hududdagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablariga o‘tkazish choralarini ko‘rsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarordan kelib chiqib 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda hududiy akademiyalar va maktab-internatlarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan dastur tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining ishdan bo‘shaydigan xodimlarini ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
12. Respublika akademiyasi Toshkent shahar, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 47-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati to‘g‘risida nizom 4-ilovaga;
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida nizom 5-ilovaga;
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Andijon shahridagi futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchi-futbolchilari ta’minoti normativlarini hamda uni jihozlash uchun mol-mulk ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 33-son, 277-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-iyun,
410-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilayotgan bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari
RO‘YXATI
T/r
Tashkil etilayotgan bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari
Negizida bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari tashkil etilayotgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Nukus shahar futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.
Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Andijon shahridagi futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati
3.
Buxoro viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Shofirkon tumani 18-sonli futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Qorako‘l tumani 5-son ixtisoslashtirilgan sport maktab internati
4.
Jizzax viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Jizzax viloyati futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
5.
Qashqadaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
G‘uzor tumani 76-sonli futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
6.
Navoiy viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Navoiy viloyati futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat
7.
Namangan viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Namangan shahar 15-futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
8.
Samarqand viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Samarqand viloyati futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
9.
Sirdaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Yangiyer shahar futbol maktab-internati
10.
Surxondaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Termiz shahar 1-son futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
11.
Toshkent viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Toshkent viloyati futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
12.
Farg‘ona viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Farg‘ona viloyati futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
13.
Xorazm viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Yangibozor tumani 9-son futbol maktab-internati
14.
Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi
Toshkent shahar futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida qayta ixtisoslashtirilayotgan olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari
RO‘YXATI
T/r
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari
Qayta ixtisoslashtirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari
1.
Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Andijon shahar futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.
Shahrixon tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Shahrixon tuman 33-son futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati
3.
Olot tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Olot tumani 7-olimpiya ixtisoslashtirilgan sport maktab-internati
4.
Buxoro shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Buxoro shahar 12-sonli olimpiya o‘rinbosarlari sport maktab-internati
5.
Romitan tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Romitan tumani 42-sonli futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
6.
G‘ijduvon tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
G‘ijduvon tumani 66-sonli iqtidorli bolalar sport maktab-internati
7.
Buxoro tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Buxoro tumani sport maktab-internati
8.
Peshku tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Peshku tumani davlat ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internat
9.
Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Qarshi shahar futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
10.
Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Uchqo‘rg‘on tumani 20-futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
11.
Denov tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Denov tumani 2-son davlat ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati
12.
Bog‘ot tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Bog‘ot tumani 1-son futbol maktab-internati
13.
Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Urganch shahar 5-son futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
14.
Xiva tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Xiva tumani 12-son futbol maktab-internati
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 33-son, 312-modda):
“2. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
2. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2015-yil 3-martdagi 41-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 9-son, 101-modda) 3-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maktab-internat o‘quvchilarining ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari o‘quvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda):
“olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati (o‘qitish muddati 7 yil: V — XI sinflar)”;
b) 18-banddagi “futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat” so‘zlari “olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga 4-ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining (keyingi o‘rinlarda — maktab-internat) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Maktab-internat ixtisoslashtirilgan umumta’lim davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya va milliy turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yo‘naltiriladi.
3. Maktab-internat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
Maktab-internat ustavi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
4. Maktab-internatning o‘quvchilar soni 350 nafarni tashkil etib, ular 5 — 11-sinflarda o‘qitiladi.
5. Maktab-internat yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi maktab-internatga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
2-bob. Maktab-internatning maqsadi va asosiy vazifalari
o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli o‘qitish, har tomonlama kamol toptirish va ularning sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini ta’minlash;
yosh sportchilarni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda o‘z Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy an’analarni hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish.
8. Maktab-internatning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, sport ta’lim muassasalari yoki sport klublaridan dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan hamda sport bilan shug‘ullanishga iqtidori bo‘lgan, maktab-internatda o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar o‘rtasida tanlov asosida maktab-internatda o‘qishni davom ettirish uchun tanlab olish;
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
o‘quvchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan kasbiy moyilligini, mahorati va ko‘nikmalari chuqur rivojlantirilishini ta’minlash, sport tayyorgarligi ta’limining navbatdagi bosqichlarida o‘qishini, shuningdek egallangan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni davom ettirish;
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash;
davlat ta’lim standarti doirasida umumta’lim o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
o‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish.
3-bob. Maktab-internatning huquqlari va majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda boshqa tashkilotlar orqali xalqaro musobaqalarda qatnashish, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq chet el mamlakatlarida o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
maktab-internatning trener-o‘qituvchilar tarkibi xodimlarini va sportchilarini almashish, qo‘shma sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar va shu kabilarni o‘tkazish bo‘yicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish;
qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish.
10. Maktab-internat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
11. Maktab-internat O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq xorijga (tajriba almashish, tajriba orttirish, turli tadbirlar, musobaqalar, olimpiadalar va shu kabilarda qatnashish maqsadida) yuborish uchun sportchilar va trenerlar tanlashni amalga oshirishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
12. Maktab-internatda o‘quv jarayoni davlat ta’lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
13. O‘quv jarayoni jadvali, o‘quv mashg‘ulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv-tarbiyaviy, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
14. O‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi va o‘quv rejasiga muvofiq tugallanadi.
15. Maktab-internatda o‘qish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. O‘quv mashg‘ulotlarining qancha davom etishi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilanadi.
16. Maktab-internat o‘quv rejasi o‘quv, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
O‘quv dasturlari o‘quv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
o‘quv darsi — bu o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ta’limiy vaziyat, ta’lim ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqlik shakli, ta’limning maqsadi, mazmuni metod va vositalarini o‘zida mujassam etgan tizimdir;
ma’ruza — o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli bo‘lib, o‘quvchilarni o‘quv materialining asosiy holatlariga, o‘quvchilarni yo‘naltiruvchanlik, axborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;
seminar — ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni ta’minlovchi mashg‘ulot shakli;
laboratoriya ishi — o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda eksperimentlar o‘tkazgan holda fanlarni o‘zlashtirishi. Tajribalar shaxsiy yoki guruhga bo‘lingan holda tashkil etilishi mumkin;
mustaqil tayyorgarlik — o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maxsus o‘quv materiallarini o‘zlashtirish maqsadida qo‘llaniladigan o‘quv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda og‘zaki yoki yozma ravishda qo‘llanilishi mumkin;
amaliy mashg‘ulot — o‘qituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga o‘rgatish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Guruhda va yakka tartibdagi o‘quv-mashq mashg‘ulotlarida, o‘quv-mashq yig‘inlarida, musobaqalarda qatnashish o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi.
17. Ta’lim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. O‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan maktab-internatining bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mazkur nizomga ilova muvofiq shaklda o‘rta-maxsus ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
O‘rta-maxsus ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom maktab-internat bitiruvchisiga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat namunasi.
19. Maktab-internatda o‘qish, sport tayyorgarlik, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha faoliyati, o‘quvchilar yashash sharoitlari, shuningdek ularning ta’minoti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Maktab-internat o‘quvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida ta’til vaqtida 60 kun davom etadigan o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazgan holda o‘quvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
21. Maktab-internatga qabul qilingan o‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
umumta’lim va maxsus sport fanlari bo‘yicha o‘qish;
o‘quv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
maktab-internatning o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish (istemol etish);
maktab-internat moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
o‘quvchilar turar joyida bepul yashash;
belgilangan tartibda o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish.
22. Maktab-internatda o‘quvchilar o‘quv sinflarida 25 nafardan iborat bo‘ladi. O‘quvchilar umumta’lim va maxsus fanlar o‘qitish bo‘yicha sinflarga, sport tayyorgarligi yo‘nalishlari bo‘yicha esa — sport bo‘limlariga birlashadi.
23. Umumiy o‘rta va kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarni navbatdagi sinfga o‘tkazish maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
24. O‘quvchilar:
boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishda, shu jumladan, o‘quvchilarning o‘z tashabbusi bilan ko‘chirishda (o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
tegishli sport normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda va tibbiy nomuvofiqlik holatlarida;
o‘quv intizomi va maktab-internat ichki tartib qoidalari buzilganda, shu jumladan, axloqsizlik, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, shu jumladan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qo‘llanilganda hamda sport bilan shug‘ullanish uchun ruxsat etilmaydigan tibbiy nomuvofiqlik bo‘lgan taqdirda o‘quv yili davomida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktab-internatdan chetlatiladi.
25. Maktab-internat o‘quvchilarining sport tayyorgarlik darajasi o‘sib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, o‘quv rejasida belgilangan fanlarni o‘zlashtirish, o‘quvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etish, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida o‘quv yili davomida ikki marotaba ichki attestatsiya o‘tkaziladi.
26. O‘quv yili davomida turli sabablarga ko‘ra o‘quvchilar safidan chiqarilganlar o‘rni umumiy o‘quvchilar kontingentidan chiqmagan holda, chorak yakuni bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar hisobidan to‘ldiriladi.
27. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
28. Maktab-internatga jismoniy tarbiya va sport sohasida tegishli oliy ma’lumotga va sport-ta’lim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega shaxslar orasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
29. Direktor:
maktab-internat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o‘quvchilarning o‘qishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trener-o‘qituvchilar va o‘qituvchilar tarkibining tarif jadvalini tasdiqlaydi;
maktab-internat nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 13, 26-boblari.
maktab-internat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida maktab-internat o‘quvchilari va barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
maktab-internatning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, o‘quv-mashq va o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trener-o‘qituvchilar bilan butlash hamda maktab-internat faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha ayrim masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat boshqaruvi tegishli organlariga takliflar kiritadi;
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi va ularni bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
30. Maktab-internatda direktor huzuridagi kollegial organ hisoblanadigan pedagogika va trenerlar kengashi tashkil etiladi.
Pedagogika va trenerlar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari maktab-internat ustavida belgilanadi.
31. Maktab-internatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat bo‘ladigan vasiylik kengashi tuziladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
32. Maktab-internatni attestatsiyadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
6-bob. Ta’lim jarayoni qatnashchilari
33. O‘quvchilar, o‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibi, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari va o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) maktab-internat ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
34. Maktab-internat o‘quvchilari davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul ta’lim olish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan foydalanish, ta’lim muassasasining ustavida belgilangan shaklda ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Maktab-internat o‘quvchilari maktab-internatning ustaviga rioya qilishlari shart.
35. Tegishli kasb ta’limiga, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan va yuksak axloqiy fazilatli shaxslar maktab-internatda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Sud qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan hamda ularning sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar maktab-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga qo‘yilmaydi.
36. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini, tarbiyachilarni va tibbiyot xodimlarini maktab-internatga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
37. Maktab-internatning o‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini, tarbiyachilarini va tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
38. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasi qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
39. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
40. Pedagog xodimlar va trener-o‘qituvchilarning huquqlari va vazifalari qonun hujjatlariga va maktab-internat ustaviga muvofiq belgilanadi.
41. O‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) maktab-internatning ta’lim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.
7-bob. Tibbiy-biologik ta’minlash
42. Tibbiyot xodimlari trener-o‘qituvchilar bilan birgalikda sport mashg‘ulotlari, o‘quv-mashq yig‘inlari, musobaqalar, dam olish davrida maktab-internat o‘quvchilarini tibbiy nazoratdan o‘tkazadilar. Trener-o‘qituvchilar tibbiy kuzatuvlar natijalaridan sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.
43. Maktab-internat o‘quvchilarini tibbiy ta’minlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega bo‘ladi.
44. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi sportchilarni tanlab olish va ularning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qo‘yish, davolash-profilaktika tadbirlari va sportchilarning salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish uchun maktab-internatga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori-darmonlar bilan ta’minlaydi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
8-bob. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy va moddiy ta’minlash
45. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
ta’lim xizmatlarini amalga oshirishdan, pedagogika, ishlab chiqarish va maktab-internatning ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
maktab-internat o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
46. Maktab-internat belgilangan tartibda tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
47. Maktab-internat xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
48. Maktab-internat o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi.
49. Maktab-internatning mablag‘lari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning xo‘jalik tasarrufida bo‘ladi va ulardan ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
50. Maktab-internat belgilangan tartibda o‘z ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
51. Maktab-internatda xo‘jalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Yakuniy qoida
52. Maktab-internatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati to‘g‘risida nizomga ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat
NAMUNASI
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati diplomining TAVSIFI
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati diplomi namunasi 150 x 100 mm o‘lchovda to‘q-ko‘k (a’lo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan.
Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BO‘YICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” so‘zlari yozilgan. A’lo darajali diplomlar uchun “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BO‘YICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI” va “GOVERNMENTAL SPECIALIZED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC AND NATIONAL SPORT” so‘zlaridan quyida davlat tilida “A’lo darajali” va ingliz tilida “With honour‘s” so‘zlari yoziladi.
Diplomning ichki varaq o‘lchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, bo‘yoqlar soni “oddiy” — 4+№, “a’lo darajali” — 5+№. Diplomning har ikki varag‘ida sakkizta pozitsiyada: I harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — to‘q-ko‘k, “a’lo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. To‘g‘ri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qog‘oz qatlami asosi polivinilxlorid) to‘q-ko‘k va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170+20 mkm.
Muqovada matn oltin rang zarli qog‘ozda, diametri 45 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BO‘YICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yo‘li bilan yoziladi.
Qog‘oz tafsiloti: qog‘oz — 100% paxta, qalinligi 140+5 g/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri; yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi; ko‘rinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qog‘oz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz ko‘rinadi; ko‘rinmaydigan tola ko‘k va och yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti: bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi; ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo bo‘lgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa ko‘chirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; tangir setkalarining biri “iris” effektini qo‘llash bilan chop etiladi, ya’ni markazda yashil rangdan chetlari bo‘yicha havo rangga ravon o‘tadi; ichki varaq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi; blankaning to‘rt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi.
Qalbakilikdan nusxa ko‘chirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm o‘lchamli) qiyofasida ko‘rinmaydigan tasvir joylashtiriladi; kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko‘rinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BO‘YICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI” so‘z birikmasidan iborat.
Kichik matn yuqori qismida “GOVERNMENTAL SPECIALIZED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC AND NATIONAL SPORT” so‘zi “DIPLOM” so‘zi ostida o‘ng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi; seriya “I” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BO‘YICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI I № 0000000
(olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati nomi)
ga kirib, ________ yilda_________________________________________________________ _______________ning to‘la kursini________________________________________________ _________________________________________________yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi. Davlat attestatsiya komissiyasining 20__ yil “____”______dagi qaroriga binoan unga ________ ________________________________________________________________ kasbi berildi.
Davlat attestatsiya komissiyasi raisi
Direktor Kotib
M.O‘
_________shahri (tumani), ____ yil
Ro‘yxat raqami_______
Diplomning ichki o‘ng tarafiga
TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF GOVERNMENTAL SPECIALIZED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC AND NATIONAL SPORT I № 0000000
in 20__ entered________________________________________________________________
(name of governmental specialized boarding school of olympic and national sport)
____________________________________________________________________________ _____________________ and in 20___completed a full course offered by the ______________ ____________________________________________________________________________
(name of governmental specialized boarding school of olympic and national sport)
By the decision of the State Attestation Commission on “______”________20__________
He/she is qualified as a _________________________________________________________
(name of profession)
____________________________________________________________________________ _____________________ and has the following qualification:___________________________
(Seal)
Chairman of the State Attestation Commission
Director Secretary
______City(district)____20__year
Registration Number____
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi diplomiga ko‘chirma varaq:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri
OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BO‘YICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIRLOMIGA ILOVA _________ RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA (dirlomsiz kuchga ega emas)
(olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati nomi)
Maktab-internatini tamomladi va o‘qish davrida quyidagi fanlarni o‘rgandi hamda ushbu baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
O‘quv rejasida belgilangan soatlar miqdori
To‘plangan reyting ballari
1
2
3
4
I. UMUMTA’LIM FANLARI
1.
Ona tili va adabiyot
2.
O‘zbek tili/rus tili
3.
Chet tili
4.
Tarix
5.
Davlat va huquq asoslari
6.
Vatan tuyg`usi
7.
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari
8.
Matematika
9.
Informatika va axborot texnologiyalari
10.
Fizika va astronomiya
11.
Kimyo
12.
Biologiya
13.
Geografiya
14.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlik asoslari
15.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
II. MAXSUS FANLAR
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
1.
2.
3.
4.
Maktab-internat direktori O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 20___ yil “___” __________da berildi Ro‘yxatga olish raqami ____________
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga 5-ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu Nizom olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi o‘rinlarda — maktab-internat) o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish tartibini belgilaydi.
2-bob. Maktab-internatga o‘quvchilarni qabul qilish
2. Maktab-internatga bolalar-o‘smirlar sport maktablari va sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport ta’lim muassasalarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan hamda sport bilan shug‘ullanishga iqtidori bo‘lgan hamda maktab-internatda o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
3. O‘quvchilar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 5-sinfdan qabul qilinadi. Sport turlari bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Maktab-internatga o‘quvchilar tanlov shartlari bo‘yicha o‘zlashtirish tabeli asosida qabul qilinadi.
4. Maktab-internatga o‘quvchilar qabulini samarali tashkil qilish maqsadida ta’lim muassasasida qabul komissiyasi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi belgilanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Qabul komissiyasi a’zolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
5. Hujjatlar 20-iyun — 20-iyul (shu kun ham) mobaynida qabul qilinadi.
6. O‘qishga kiruvchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
o‘quvchining ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan maktab-internat direktori nomiga ariza;
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi (guvohnomaning asli qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi), takroran berilgan hollarda tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organining tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
tibbiy ma’lumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyurografiya, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, psixonevrologik dispanserdan ma’lumotnoma, yakka kurash turlari uchun umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi);
turar joyidan ma’lumotnoma;
3,5 x 4,5 hajmdagi 8 ta rangli fotosurat.
7. Hujjatlar qabul komissiyasiga o‘qishga kiruvchi tomonidan shaxsan taqdim etiladi.
8. Mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda qabul komissiyasi o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ikki turda: umumiy hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida amalga oshiriladi.
10. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
11. Sport turlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan o‘quvchilarni qabul qilish uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi ish faoliyatini nazorat qilib borish maqsadida sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar, Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakili, sport ta’lim muassasalari xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruh shakllantirilishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 21-iyul — 28-iyul mobaynida o‘tkaziladi.
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 1-avgust kuni e’lon qilinadi. Imtihondan o‘tmagan o‘quvchilarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
15. Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va kubogi g‘olib va sovrindorlari, O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari a’zoligiga hamda ularning zaxirasiga kirgan sportchilar maktab-internat o‘quvchilari safiga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
16. Qabul komissiyasi qarori asosida o‘quvchilarni qabul qilish to‘g‘risida maktab-internat direktori tomonidan buyruq chiqariladi va o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Maktab-internatga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, o‘quvchilar qabulini oshkora va demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida videokuzatuvga olib (yozib) boriladi va ommaviy axborot vositalari jalb qilinishi mumkin.
18. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan keyin uch kun muddatda maktab-internatning qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun uch kishidan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon materiallarini ko‘rib chiqib, qabul komissiyasiga yozma hisobot topshiradi.
19. Maktab-internat o‘quvchilari o‘quv yili davomida ikki marotaba (har ikki chorakda bir marta) fanlarni o‘zlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga o‘tkazish hamda o‘tkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish direktor buyrug‘i asosida tuzilgan attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
20. Attestatsiya maktab-internat o‘quvchisining o‘quv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazilgan sport musobaqalarida erishgan natijalari, o‘quv rejada belgilangan fanlarni o‘zlashtirishi, o‘quvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
21. Attestatsiya komissiyasi a’zolari 7 — 9 kishini tashkil etadi, maktab-internat direktori — attestatsiya komissiyasi raisi, sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari — attestatsiya komissiyasi mas’ul kotibi, ta’lim muassasaning kasaba uyushmasi qo‘mita raisi, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, sinf rahbarlari, trenerlar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga sport ta’lim muassasalari va sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar mutaxassislari hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakili jalb qilinishi mumkin.
22. Sport turlari bo‘yicha trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan o‘tuvchilarning attestatsiyaga oid ma’lumotlari va hujjatlarini to‘playdi hamda attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
23. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
yil (o‘quv yili) davomida erishgan natijalari;
yil boshidagi va attestatsiya o‘tkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va sportchi ko‘rsatgan natija tahlili;
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
ko‘rsatgan eng yaxshi natijasi;
trenerlar jamoasining tavsiyasi;
yil (o‘quv yili) davomida umumta’lim va maxsus fanlarni o‘zlashtirishi;
yil (o‘quv yili) davomida o‘quvchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
sog‘lig‘i to‘g‘risida vrach xulosasi.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tuvchining faoliyatiga oid qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rash huquqiga ega.
24. Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida 3 — 5 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan o‘tuvchining sport, ma’naviy-ma’rifiy va o‘qish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida ma’lumotnoma — attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
25. Attestatsiya varaqasi sport turlari bo‘yicha katta treneri, sportchining shaxsiy treneri, bo‘lim uslubchisi, bo‘lim tarbiyachisi, sinf rahbari va bo‘lim vrachi tomonidan imzolanadi.
26. To‘plangan hujjatlar asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi. Zarur hollarda audio yoki videoga tushiriladi.
27. Attestatsiya natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyasining qarori uning a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varag‘iga yoziladi va attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan so‘ng e’lon qilinadi.
29. Attestatsiya natijalariga ko‘ra komissiya quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi: “Maktab-internatida o‘qishga loyiq” yoki “Maktab-internatida o‘qishga noloyiq”.
30. Attestatsiya komissiyasi qarori bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi.
31. Attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan o‘tkazish boshqa muddatga ko‘chiriladi va o‘quvchiga maktab-internat tomonidan ma’lum qilinadi.
32. Attestatsiya yakunlariga ko‘ra o‘quvchilar safidan chiqarilgan o‘quvchilar o‘rniga umumiy o‘quvchilar kontingentidan chiqmagan holda, o‘quv yilining har choragi davomida iqtidorli o‘quvchilar o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi.
5-bob. O‘quvchining o‘qishini maktab-internatdan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish
33. O‘quvchining o‘qishini maktab-internatdan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) o‘z xohishiga ko‘ra (ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
b) attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra;
v) tibbiy nomuvofiqlik bo‘lganda — vrach xulosasiga ko‘ra;
g) o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qo‘llanilgan taqdirda — pedagogik kengashning qaroriga muvofiq.
Mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hollarda o‘quvchining o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishda o‘quvchi yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
34. O‘quvchilar safidan chiqarilgan o‘quvchi o‘qishini doimiy turar joyi bo‘yicha umumta’lim maktabida davom ettiradi.
6-bob. Yakuniy qoida
35. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
36. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga 6-ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida (keyingi o‘rinlarda — maktab-internat) o‘quvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Maktab-internat o‘quvchilari sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq, ota-onalar to‘lovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda, bepul (imtiyozli) oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar.
3. Ta’tillar davrida (60 kungacha) maktab-internat o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan o‘quv-mashq yig‘inlari vaqtida o‘quvchilar oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlanadilar.
2-bob. Ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi
4. Maktab-internatlarga ota-onalar to‘lovi ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va maktab-internat ma’muriyati o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida to‘lanadi.
5. Maktab-internatga ota-onalar to‘lovi har oyda, to‘lanadigan joriy oyning o‘ninchi kunidan kechikmay to‘lanadi. Ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) xohishiga ko‘ra ota-onalar to‘lovi yanada uzoq muddatlar uchun to‘lanishi mumkin.
Ota-onalar to‘lovi ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatdan keyin bir hafta mobaynida to‘lanmagan taqdirda maktab-internat o‘quvchisiga tekin (imtiyozli) oziq-ovqat berish to‘lov to‘lanadigan vaqtgacha to‘xtatiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
7. Maktab-internat bo‘yicha ota-onalar to‘lovi tegishli hududiy g‘aznachilik hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan foydalanish uchun maktab-internatning g‘aznachilik bo‘linmalaridagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
3-bob. Maktab-internatlarda ota-onalar to‘lovini hisoblash
8. Maktab-internatda ota-onalar to‘lovi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.
Maktab-internatga ota-onalar to‘lovining bir kunlik miqdorini hisoblash ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning bir oylik to‘lovi miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq maktab-internatning oylik ish jadvali bo‘yicha ish kunlari soniga taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. Maktab-internat o‘quvchisi o‘zining yoki oila a’zolarining (u parvarish qilishga majbur bo‘lgan) kasalligi sababli maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun to‘lov ota-onalar to‘lovini keyingi to‘lash chog‘ida o‘quvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani chegirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Bunda o‘quvchining yoki uning oila a’zolarining kasalligi (karantin) sababli maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash muassasasi bergan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi kerak.
10. Maktab-internat o‘quvchisi o‘quv yili davomida sport turlari bo‘yicha terma jamoa tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, federatsiya (uyushma) yoki boshqa mablag‘lar hisobidan maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan o‘quv-mashq yig‘inlariga jalb etilganda ovqatlanish tabeliga kiritilmaydi va ota-onalar to‘lovi hisoblanmaydi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
O‘quvchining o‘quv-mashq yig‘inlari davri uchun to‘lov ota-onalar to‘lovini keyingi to‘lash chog‘ida o‘quvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq chegirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
O‘quvchi maktab-internatiga kelmagan boshqa barcha holatlarda ota-onalar to‘lovi umumiy asoslar bo‘yicha undiriladi.
11. Maktab-internat o‘quvchilariga bepul (imtiyozli) ovqatlanish uchun ota-onalar to‘lovi maktab-internat direktori tomonidan tasdiqlangan buyruqqa asosan tarbiyachi yoki guruh rahbari tomonidan direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida taqdim etilgan ovqatlanish uchun kunlik tabel asosida hisoblanadi.
12. Ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) o‘quvchi maktab-internatga kelishi boshqa ta’lim muassasasiga o‘tishi munosabati bilan to‘xtashidan kamida bir hafta oldin bu to‘g‘risida maktab-internat ma’muriyatini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Maktab-internat xabardor qilinmagan taqdirda ota-onalar to‘lovi sifatida to‘langan to‘lov qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarib berilmaydi.
13. Ota-onalar to‘lovi sifatida to‘langan mablag‘larni ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) qaytarib berish tegishli summani ota-onalardan (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan) birining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4-bob. Maktab-internat o‘quvchilarini ota-onalar to‘lovidan ozod qilish tartibi
14. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosi hisoblangan o‘quvchilar ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi. Bunda oilaning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda tekshiriladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan ma’lumotnoma qog‘oz shaklda taqdim etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
15. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ota-onalar to‘lovidan (rejalashtirilayotgan o‘quvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) ozod qilinayotgan o‘quvchilari ro‘yxati moliya yili boshlangungacha, ota-onalar kengashi yig‘ilishi bayonnomasi asosida maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Bunda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ota-onasi (ulardan biri yoki ikkalasi ham) I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan o‘quvchilari ota-onalar to‘lovidan birinchi navbatda ozod qilinadilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
16. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning farzandi maktab-internatdagi o‘quvchilar safidan chiqarilganda uning o‘rniga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila, lekin ota-onalar to‘lovidan ozod etilganlar ro‘yxatiga kiritilmagan o‘quvchi keyingi oydan ro‘yxatga kiritiladi va ota-ona to‘lovidan ozod etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
17. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan sport turlari bo‘yicha barcha yoshlar toifasidagi O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan o‘quvchilar direktorning buyrug‘iga asosan sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibida bo‘lgan davrda ota-ona to‘lovidan ozod etiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
18. Maktab-internatga ota-onalar to‘lovi bo‘yicha mablag‘larni hisoblash va tushishining buxgalteriya hisobi tegishli maktab-internatning buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
19. Maktab-internatlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari ota-onalar to‘lovidan tushadigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
20. Ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(4, 5, 6-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 12.09.2023-y., 09/23/458/0698-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)