1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda notariatni isloh qilish, uni preventiv odil sudlov hamda sud nizolarining oldini olish vazifalarini bajaruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini taʼminlovchi muhim institutlardan biri sifatida shakllantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, notarial idoralarning faoliyatida sud-huquq sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishda, iqtisodiy, oilaviy, meros, uy-joy, mehnat va boshqa nizolarni oldini olishda notariatning salohiyatidan toʻliq foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud. Xususan:
birinchidan, aholiga koʻrsatilayotgan notarial xizmatlarning sifati va tezkorligining past darajadaligi, notarial idoralardagi uzundan-uzun navbatlar, davlat bojlari va boshqa yigʻimlar undirishning shaffof emasligi, shuningdek, mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlar aholini notariat tizimiga boʻlgan ishonchini pasaytirmoqda hamda korrupsiya koʻrinishlari paydo boʻlishiga imkon qoldirmoqda;
ikkinchidan, asosan tasdiqlash xususiyatiga ega boʻlgan vazifani bajarayotgan amaldagi notariat tizimi mamlakatning bugungi rivojlanish talablariga javob bermayapti, notarial harakatlarni bevosita aholi punktlariga chiqqan holda amalga oshirishning keng amaliyoti mavjud emas. Jamiyatning rivojlanishidan ortda qolayotgan notariatning faoliyat koʻrsatish tizimi, uning kompleks notarial xizmatlar koʻrsatuvchi yanada faol modeliga oʻtishni talab etmoqda;
uchinchidan, zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning past darajadaligi, idoralararo elektron hamkorlikni yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi aholiga tezkor notarial xizmatlarni koʻrsatish imkonini bermayapti hamda zarur maʼlumotnoma va hujjatlarni toʻplash uchun vakolatli davlat tashkilotlariga bevosita tashrif buyurishni talab etmoqda. Profilaktik choralar sifatida eng koʻp nizolashilayotgan notarial bitimlarni rasmiylashtirishda audio va video qayd etishdan foydalanilmayapti;
toʻrtinchidan, notariuslar va notarial idoralarning xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi notariat korpusini yuqori malakali kadrlar bilan shakllantirish masalalarini tizimli ravishda hal etish imkonini bermayapti. Notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari notarial amaliyot bilan yetarli darajada uygʻunlashtirilmagan;
beshinchidan, stajirovka oʻtashning uzoq va murakkab jarayoni boʻsh turgan notarius lavozimlarini malakali kadrlar bilan tez toʻldirish uchun zarur choralarni koʻrish imkonini bermayapti;
oltinchidan, notarial xizmatlar koʻrsatishning sifati va tezkorligi, notarial idora xodimlari tomonidan oʻz funksional vazifalarini lozim darajada bajarilishi ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmi, ayniqsa, masofadan nazorat qilish shakllantirilmagan.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan notarial xizmatlarning sifatini yaxshilash maqsadida:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
1. Notariatning faol modeli doirasida Notariuslar tomonidan bitimlarni tasdiqlashda “yagona darcha” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin va 2019-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, boshqa vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning maʼmuriy reglamentlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
belgilangan muddatlarda ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan axborotlarni almashish uchun maʼlumot bazalari va axborot tizimlarini joriy etish, shuningdek, ularni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar boʻyicha elektron maʼlumot bazasini shakllantirilishini, keyinchalik uni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
2. 2019-yil 1-yanvardan boshlab ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibini oʻrnatish orqali koʻchmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash boʻyicha talab bekor qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan qatʼiy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.02.00 Vasiyat boʻyicha meros;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
vasiyatnomalarni imzolash jarayoni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
yuridik shaxs notariusga ixtiyoriy murojaat etganda uning kollegial organining qarori qabul qilinganligi fakti notarial tasdiqlanishi lozim.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining 2019-yil 1-yanvardan quyidagilarga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning shaxsini aniqlash barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi;
murojaat etuvchilarning notarial harakatlar bajarganligini tasdiqlash notarial tasdiqlanayotgan hujjatlarga ular tomonidan imzo qoʻyish va maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalarni olishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga texnik jihatdan amaliy yordam koʻrsatsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
notarius lavozimiga nomzodlarning stajirovka oʻtash muddatini ikki yildan bir yilga qisqartirish toʻgʻrisidagi;
notarius lavozimiga nomzodlar uchun sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslarga majburiy stajirovka oʻtash boʻyicha talabni bekor qilish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, mazkur bandning amal qilishi ushbu qaror kuchga kirgan paytda notarial idoralarda stajirovka oʻtayotgan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Notariat institutini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini toʻlashdagi imtiyozlar va belgilangan davlat boji miqdorlarini tanqidiy oʻrganib chiqsin, natijasi boʻyicha notariuslarning ijro yozuvlaridan foydalanish amaliyotini kengaytirishga, sud tizimidagi ish hajmini kamaytirishga yoʻnaltirilgan davlat boji stavkalari va imtiyozlarini maqbullashtirish yuzasidan taklif kiritsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda meros ishlarini rasmiylashtirish sohasida notarial va sud amaliyotini oʻrgansin va ushbu sohadagi yagona yondashuvni taʼminlash yuzasidan taklif kiritsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
8. Tuman (shahar) hokimliklari uy-joyni xususiylashtirishga rozilik berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni notarial idoralarga real vaqt rejimida bepul asosda taqdim qilinishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda barcha notarial idoralarni ularda belgilangan ish vaqtiga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi maxsus kassalar, shuningdek, maxsus kassalarni bank plastik kartochkalaridan toʻlovni qabul qilish boʻyicha hisob terminallari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tijorat banklari tomonidan notariuslar tomonidan oʻzlarining notarial idoralari bino va inshoatlarida ochilgan maxsus kassalari orqali undiriladigan davlat bojlarining jami summasidan ajratma olish haqida taklif kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida notarius lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlab olish jarayonini real vaqt rejimida audio va videotranslyatsiya qilish amaliyotini joriy etsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda notarial idoralarda notarial harakatlarning maxfiyligini saqlagan holda real vaqt rejimidagi masofaviy markazlashtirilgan audio va videokuzatuv tizimini joriy etish, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan ulardan foydalanishni taʼminlasin;
ikki oy muddatda notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-reja va dasturlarni, jumladan psixologiya va yuridik faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan tartiblar va koʻnikmalarga (stressni boshqarish, kelishmovchiliklarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish) oʻrgatish boʻyicha darslarni kiritilishini nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqsin;
notarial amaliyotda vujudga kelayotgan dolzarb masalalarni videokonferensiyalar tashkil etish orqali muhokama qilishni nazarda tutuvchi doimiy seminar mashgʻulotlarini oʻtkazib borishni amaliyotga keng joriy etsin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholining notarial xizmatlardan foydalanish imkonini oshirish maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilash mezonlarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda ilgʻor xorijiy tajribani va milliy notarial amaliyotni chuqur oʻrgangan holda davlat notarial idoralarini faol nodavlat shakliga oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-may,
PQ-3741-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qaroriga 1-ILOVA
Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan bitimlarni tasdiqlashda “yagona darcha” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar
Amalga oshirish chogʻida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladigan notarial harakatlar
Maʼlumotlar beruvchi vakolatli idora
Axborot almashish turlari
Vakolatli idoradan maʼlumotlar taqdim etish shartlari
Shaxsan tashrif yoʻli bilan
Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan
1.
Uyda doimiy roʻyxatda turuvchi shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, F.I.O., pasport seriyasi va raqami, taqdim etgan organ, berilgan sana).
Uyning oldi-sotdi shartnomasi
Ichki ishlar vazirligi
1 soat mobaynida
real vaqt rejimida
bepul
2.
Biometrik hamda pasport maʼlumotlarini tekshirish (F.I.O., foto, barmoq izlari, pasportseriyasiva raqami, taqdim etgan organ, berilgan sana, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiyaraqami).
Hammasi notarial harakatlar
Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi
1 soat mobaynida
real vaqt rejimida
bepul
3.
Binolar va ishnootlarning mansubligi va tarkibi, umumiy (yashash) maydonining kadastr raqami va miqdori,koʻchmas mulkni begonalashtirish va band solishning taqiqlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish.
Koʻchmas mulkni begonalashtirish shartnomasi
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi
1 soat mobaynida
real vaqt rejimida
bepul
4.
Uyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish.
Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlar
Adliya vazirligi
1 soat mobaynida
2018-yil 1-iyuldan boshlab real vaqt rejimida
bepul
6.
Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlikning mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida axborot olish.
Koʻchmas mulkni begonalashtirish shartnomasi
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkiloti, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va suv ajratish tashkilotlari
1 soat mobaynida
2019-yil 1-yanvardan boshlab elektr enegriyasi, tabiiy gaz uchun;
2021-yilning 1-yanvaridan boshlab, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va suv ajratish xizmatlari uchun real vaqt rejimida
bepul
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-sonli qaroriga 2-ILOVA
Notariat institutini yanada takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Bajarish muddatlari
Masʼul bajaruvchilar
I. NOTARIAT SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish: koʻchmas mulkni ijraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini notarial tasdiqlashni bekor qilish; majburiy notarial tasdiqlanishi lozim boʻlgan harakatlar roʻyxatini optimallashtirish; yuridik shaxsning vakolatli organiiltimosiga koʻra uning kollegial organlari tomonidan qaror qabul qilinishi faktini notarial tasdiqlash; notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovkadan oʻtish muddatini ikki yildan bir yilga qisqartirish; notarius lavozimiga nomzodlar uchun sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslarga majburiy stajirovka oʻtash boʻyicha talabni bekor qilish.
Qonun loyihasi
2018-yil iyul
Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, IIV, vazirlik va idoralar
2.
Aholining notarial xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilash mezonlarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil iyul
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi
3.
Notarial xizmatlarning butun kompleksi va u bilan bogʻliq xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni idoralararo elektron oʻzaro hamkorligi, shuningdek, notarial idoralarning kuryer xizmatlari orqali olinishini nazarda tutuvchi notariatning faol modeliga oʻtish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
2019-yil 1-yanvargacha
Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar
4.
Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan bitimlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi maʼmuriy reglamentlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil oktabr
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar
5.
Sudlarga murojaat qilishda davlat boji toʻlash boʻyicha amaldagi imtiyozlarni va belgilangan davlat boji miqdorlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, merosni rasmiylashtirish sohasida notarial va sud amaliyotini oʻrganish hamda ushbu sohaga yagona yondoshuvni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish.
Normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari
2018-yil iyul
Oliy sud, Moliya vazirligi, DSQ, Adliya vazirligi
II. NOTARIAL IDORALAR FAOLIYATIGA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISH
6.
Notarial idoralarda elektron navbat tizimini joriy etish.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil iyun
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
7.
Notarial harakatlar siri saqlanishiga rioya etilgan holda notarial idoralarda real vaqt rejimida masofaviy audio va video kuzatuvning markazlashtirilgan tizimini yaratish, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari undan foydalanishlarini taʼminlash nazarda tutilsin.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil noyabr
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
8.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar boʻyicha elektron maʼlumot bazasini shakllantirish, keyinchalik uni “Notarius” avtomatlashirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil avgust
Oliy sud, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi
9.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq vasiyatnomalarni imzolash jarayoni, shuningdek,Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 34-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video tarzida qayd etilishi lozim.
Adliya vaziri buyrugʻi
2018-yil dekabr
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
10.
Ishonchnomalar va vasiyatnomalarning hamma uchun ochiq reyestrlarini, shuningdek, meros ishlari boʻyicha yagona elektron arxivni shakllantirish va Internet tarmogʻiga joylashtirish.
Adliya vaziri buyrugʻi
2018-yil dekabr
Adliya vazirligi
11.
Notarial harakatlarni amalga oshirish va notarial tasdiqlangan hujjatlarga imzo qoʻyishda keyinchalik fuqarolarni elektron identifikatsiyalashning yangi turlarini tatbiq etish uchun notarial idoralarni barmoq izlari va biometrik pasport maʼlumotlarini skaner qiluvchi asbob va uskunalar bilan taʼminlash.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil noyabr
Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, DPM
III. NOTARIAL IDORALARNING KADRLAR SALOHIYATINI MUSTAHKAMLASH VA ULAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TAʼMINLASH
12.
Notariuslar hamda notarial idoralar boshqa xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Adliya vaziri buyrugʻi
2018-yil iyun
Adliya vazirligi
13.
Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida notarius lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishning borishini real vaqt rejimida audio va videotranslyatsiya qilishni amaliyotga tatbiq etish.
Adliya vaziri buyrugʻi
2018-yil iyun
Adliya vazirligi
14.
Notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarini qayta koʻrib chiqish, bunda yuridik faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan psixologiya fani hamda boshqa fanlar va koʻnikmalarga oʻqitish (stressni boshqarish, nizolarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish) boʻyicha predmetlar joriy etilishini nazarda tutish.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil iyul
Adliya vazirligi
IV. NOTARIAL IDORALARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH
15.
Sayyor qabullar vaqtida va notarial idora xonasidan tashqarida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari binolarida notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmini belgilagan holda notariuslar tomonidan olis aholi punktlarida koʻchma (mobil) stansiyalarda xizmatlar koʻrsatish uchun maxsus avtotransport vositalarini sotib olish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2018-yil iyun
Adliya vazirligi, Oʻzavtosanoat
16.
Notarial idoralarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish, uning natijalari boʻyicha notarial idoralarni yangi va zamonaviy kompyuter, ofis uskunalari hamda tashkiliy-texnika bilan qayta jihozlash.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil iyun
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi
17.
Davlat xizmatlari markazlarining xonalarida bittadan notarial idorani joylashtirish (ularda yetarlicha shart-sharoit mavjud boʻlganda).
Tadbirlar kompleksi
2018-yil avgust
Adliya vazirligi
18.
“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga �� hududiy kod�a ega boʻlgan qatʼiy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarning namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash uchun ularning nusxalarini zarur miqdorda koʻpaytirishni tashkillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari
2018-yil oktabr
Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar
19.
Notarial idoralarni muqobil energiya manbalari (quyosh, yoqilgʻi va boshqa manbalar) bilan jihozlash orqali uzluksiz elektr energiya taʼminoti choralarini koʻrish.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil noyabr
“Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
20.
Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni hisobga olgan holda huquqiy hamda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun notarial idoralarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib infokioskalar bilan taʼminlash.
Tadbirlar kompleksi
2018-yil dekabr
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 07/18/3741/1272-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)