|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.07.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2326-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 14-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3311, 19.06.2021-y.) asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 39-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2326, 2012-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Vazirning birinchi oʻrinbosari N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-may,
286-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimadagi “2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat boshqaruvi organlarida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va bevosita ushbu tashkilotlar faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
Davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish ixtiyoriy boʻlib, tegishli davlat boshqaruvi organi rahbarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3. 3-bandda:
birinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarida” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi (Toshkent shahar hokimligidan tashqari);”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandda koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ularning oʻzlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning, shuningdek tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.”.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.”.
5. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. 18-banddagi “2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli” degan soʻzlar “2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)