1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashning samarali institutlaridan biri boʻlgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlarning tortishuvi prinsipining lozim darajada ishlashini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.
Shu bilan birga, tahlillar koʻrsatganidek, advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning huquqlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam koʻrsatilishiga xalal berayotgan qator omillar mavjud. Xususan:
birinchidan, surishtiruv va tergov organlarining ayrim xodimlari tomonidan advokatlar oʻzlarining ishonch bildiruvchilari (himoyasi ostidagilari) oldiga kirishlariga yuzaki sabablarga koʻra toʻsqinlik qilinmoqda, bunday holatlarda advokatlarning shikoyatlarini koʻrib chiqishning amaldagi mexanizmlari advokatlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish holatlarining samarali oldini olishni taʼminlamayapti;
ikkinchidan, advokatlarning jismoniy va yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun turli tashkilotlarga yoʻllayotgan soʻrovlari koʻp hollarda, eng avvalo, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan eʼtiborsiz qoldirilmoqda, advokatning soʻrovini koʻrib chiqishning aniq tartibi va muddatlari, bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborotni taqdim etganlik uchun javobgarlik belgilanmagan;
uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining (keyingi oʻrinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) advokatura instituti himoyachisi sifatidagi roli pasayib ketgan, uning advokatlar bilan oʻzaro hamkorligi statistika yigʻish bilan cheklanib qolmoqda hamda ortiqcha byurokratiyadan iborat boʻlmoqda;
toʻrtinchidan, advokatlik tuzilmalarining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari yuridik xizmatlar koʻrsatish bozorida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilmayapti, yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatish advokatlik faoliyatidan ajratilmaganligi sohaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
beshinchidan, advokatlik faoliyatini litsenziyalash tizimi yuridik amaliyotning tegishli sohalarga boʻlinishini hisobga olmaydi, bu esa advokatlik kasbining ixtisoslashuviga salbiy taʼsir etmoqda;
oltinchidan, advokatlik litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish masalalarini koʻrib chiqishda salmoqli maʼmuriy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmoqda, natijada advokaturaning erkinligi va mustaqilligiga putur yetmoqda;
yettinchidan, bilimi yetmasligi, oʻzining kasbiy majburiyatlariga vijdonsiz munosabatda boʻlishi sababli advokatlar tomonidan Advokatlarning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodini buzish hollari koʻplab uchramoqda, bu esa ishonch bildiruvchilarning (himoya ostidagilarning) noroziligiga sabab boʻlmoqda.
Advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifatini va advokat kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini toʻliq roʻyobga chiqarish maqsadida:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.03.00 Advokatlarning huquq va majburiyatlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-iyuldan boshlab:
advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega boʻladi, advokat tomonlardan birining vakili boʻlgan holatlar bundan mustasno;
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka oʻtash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladi, bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etiladi;
litsenziyani tugatish uchun asos boʻladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz oʻz kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytiriladi;
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻgʻrisidagi ayblov hukmi kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini belgilangan tartibda yozma xabardor qiladi;
faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaxslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaxassislik boʻyicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam koʻrsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlarning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish ularni tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha qayta attestatsiyadan va yigʻimlarni toʻlashdan ozod etgan holda amalga oshiriladi;
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, Advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaati boʻyicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi;
advokat maqomini olish boʻyicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.03.00 Advokatlarning huquq va majburiyatlari;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.04.00 Sud protsessida advokatlarning ishtiroki]
2. Belgilab qoʻyilsinki:
advokatlarning oʻzlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari boʻlmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz oʻz vaqtida va hech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi taʼminlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual koʻrib turish imkoniyati saqlanib qolinishi shart;
advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qatʼiy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak;
advokatlarning malakali yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, davlat va boshqa organlardan hamda korxona, muassasa va tashkilotlardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalarini olish uchun soʻrovlari soʻrov qabul qilingan paytdan boshlab koʻpi bilan oʻn besh kun muddatda bajarilishi shart, davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno;
advokatlik byurolarini taʼsis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin, bunda ushbu turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi;
advokat soʻroviga koʻra maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlikda aybdor mansabdor shaxslar advokatning sudga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaatiga asosan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining 2018-yilning 1-avgustidan boshlab quyidagi tartibni joriy etgan holda huquqiy maslahat xizmatlari koʻrsatuvchi subyektlar doirasini kengaytirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
tijorat tashkilotlari yuridik maslahat xizmatlarini litsenziya olmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. Bunda qayd etilgan tashkilotlar fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlarda vakillik qilish huquqiga ega boʻlmaydilar;
advokatlik tuzilmalari yuridik maslahat xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtmasdan umumiy talablarni nazarda tutgan holda Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Advokatlar palatasiga:
zamonaviy talablar, mazkur Farmonning maqsad va vazifalariga muvofiq advokatura faoliyatining kafolatlarini amalda taʼminlash, advokatlik tuzilmalari va advokatlarning huquqlarini himoya qilish, ularning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida qonuniy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratgan holda oʻz ishini qayta yoʻnaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
Advokatlar palatasi huzurida malakali yuridik yordam koʻrsatish standartlari va boshqa advokatlik faoliyati standartlarini ishlab chiqish, Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qoʻllash boʻyicha Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiy boʻlgan tushuntirishlar berish, shuningdek, advokatlik faoliyatining yuksak standartlarini taʼminlash boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradigan Etika komissiyasini tuzish;
advokatura tizimida ish stajiga koʻra malaka komissiyalarining xulosalari asosida Advokatlar palatasi raisi tomonidan beriladigan advokatlarning malaka darajalarini taʼsis etish;
Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, shu jumladan uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati shaffofligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlik tuzilmasini avtomatik ravishda belgilovchi, bir advokatning qayta-qayta jalb etilishiga, uchinchi shaxslarning bu jarayonga aralashuviga yoʻl qoʻymaydigan yangilangan tartib va mezonlarni belgilash tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan kelishgan holda uch oy muddatda:
advokatlik maqomini olish uchun malaka imtihoni jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, shu jumladan zarur hujjatlarni onlayn tartibda topshirish imkoniyatidan foydalanish, ularning roʻyxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini Internet tarmogʻida real vaqt rejimida translatsiya qilish;
advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatishni (pro bono) rivojlantirish;
advokatlar tomonidan oʻz ishonch bildiruvchilari (himoya ostidagilari)ga sifatli yuridik yordam koʻrsatish uchun xorijiy davlatlar organlariga soʻrov yuborish mexanizmlarini joriy etish boʻyicha choralar koʻrsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
7. Belgilab qoʻyilsinki:
advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Advokatlar palatasi bilan kelishilishi shart;
Advokatlar palatasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqiga ega;
advokatlarga nisbatan intizomiy ish yurituvi faqat tegishli malaka komissiyalari yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qoʻzgʻatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.03.00 Advokatlarning huquq va majburiyatlari]
8. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari advokatlik faoliyatiga har qanday shakllarda, shu jumladan ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi) shaxs bilan uchrashish huquqini cheklash orqali toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida ogohlantirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor mansabdor shaxslarga, avvalo surishtiruv va dastlabki tergov organlari mansabdor shaxslariga eng qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrgan holda advokatlik faoliyati kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunlarning soʻzsiz ijro etilishi ustidan prokurorlik nazoratini kuchaytirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga oid amaliyotni oʻrganish va umumlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda jinoiy va maʼmuriy ish yuritish, fuqarolik va iqtisodiy nizolarni hal qilishda jismoniy va yuridik shaxslar himoyaga boʻlgan huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrsin;
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan koʻrib chiqsin hamda jismoniy va yuridik shaxslarning himoyaga boʻlgan huquqlarini taʼminlash boʻyicha tahliliy maʼlumotlar kiritib borsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-may,
PF-5441-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmoniga ILOVA
Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar
I. Advokatlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
1.
“Advokatura toʻgʻrisida”gi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda:
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka oʻtash muddatini olti oydan uch oygacha qisqartirish;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslarni majburiy stajirovka oʻtashdan ozod qilish;
advokat maqomini olish boʻyicha malaka imtihonini takror�n topshirish muddatini bir yildan olti oygacha qisqartirish;
advokatlarning hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etishi, shuningdek nizolarni sudgacha hal qilish va taraflarni yarashtirishga qaratilgan huquqlarini kengaytirish;
har bir tanlangan ixtisoslik boʻyicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam koʻrsatish;
litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos boʻladigan litsenziyani tugatish uchun asos boʻladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz oʻz kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddatini uch oydan olti oyga uzaytirish;
Advokatlar palatasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqini berish;
advokatlik byurosini taʼsis etgan advokatlarning oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻziga tegishli boʻlgan turar-joylarda ushbu turar-joylarni noturar joy toifasiga oʻtkazmasdan amalga oshirish huquqi;
advokat soʻrovini koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
advokatga nisbatan intizomiy choralar qoʻllash muddatlarini aniq belgilash;
litsenziyaning amal qilishini Oliy malaka komissiyasi xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga boʻyicha faqat sud tartibida tugatish;
advokatlarga nisbatan intizomiy ishni faqat tegishli malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qoʻzgʻatishni koʻzda tutish.
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1971-moddasini buzganlik uchun aybdor mansabdor shaxslarni
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzmasdan advokatning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga qilgan murojaati asosida maʼmuriy javobgarlikka tortishni nazarda tutish.
Qonun loyihasi
2018-yil iyul
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DSI, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori loyihasini ishlab chiqish, unda:
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun adliya organiga taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxatini qisqartirish;
Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizomn� tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2018-yil iyun
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalaridagi ichki tartib qoidalari normalarini qaytadan koʻrib chiqish, bunda:
advokatlarning oʻzlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va video kuzatuv qurilmalari boʻlmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz oʻz vaqtida va hech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi taʼminlash, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual koʻrib turish imkoniyatini saqlab qolishni;
himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashish jarayonida advokatlar tomonidan elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyatini;
advokatlar tomonidan oʻz himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish uchun advokatlik guvohnomasi va muayyan ishni yuritish uchun orderdan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilish talabini bekor qilishni nazarda tutish.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi
2018-yil iyul
IIV, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi
5.
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (roʻyxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) qayta koʻrib chiqish, bunda advokatga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 19-moddasiga qatʼiy rioya etgan holda oʻz professional faoliyati bilan shugʻullanishi uchun sud binosiga kompyuter, mobil telefon va boshqa kommunikatsiya uskunalarini erkin olib kirishga huquq berishni nazarda tutish, yopiq sud majlislari bundan mustasno.
Oliy sud va IIV qarori
2018-yil iyul
Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi
II. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish
6.
Advokatlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashuvchi komissiya tashkil etish, komissiya zimmasiga:
advokatlarning qonun hujjatlarda nazarda tutilgan huquq va vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatishda advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan buzilishi holatlari boʻyicha ariza va shikoyatlarini har tomonlama tahlil qilish va umumlashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda fuqarolik va iqtisodiy nizolarda, jinoyat va maʼmuriy ish yurituvida jismoniy va yuridik shaxslar huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish;
oʻz yigʻilishlarida advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan koʻrib chiqish vazifasini yuklash.
Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori
2018-yil iyun
Advokatlar palatasi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
Advokat tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, unda:
Jinoyat ishida himoyachi sifatida Jinoyat protsessual kodeksining 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etishni taʼminlash uchun Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan advokatlik tuzilmani belgilash tartibi va mezonlarini;
davlat hisobidan tayinlanadigan advokatlar tomonidan bajariladigan minimal talab va harakatlar roʻyxatini nazarda tutish.
Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori
2018-yil avgust
Advokatlar palatasi
8.
Yuridik yordamga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash uchun advokatlik tuzilmalari yetarli boʻlmagan tegishli hududlarda fuqarolarning murojaat qilishlari uchun qulay boʻlgan joylardan advokatlarga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer maydonlarini ajratish.
Tumanlar (shaharlar) hokimlari qarorlari
2018-yil avgust
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Advokatlar palatasi
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalarida fuqarolarga advokatlar tomonidan grafik asosida bepul huquqiy yordam koʻrsatishni tashkil etish.
Advokatlar palatasi raisi buyrugʻi
Har kuni
Advokatlar palatasi
10.
Sud protsessiga tayyorgarlik koʻrish uchun umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida advokatlar uchun alohida xona ajratish.
Chora-tadbirlar rejasi
2018-yil avgust
Oliy sud, Advokatlar palatasi
III. Innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini advokatura sohasiga joriy etish
11.
Advokat maqomini olish uchun malaka imtihonlari oʻtkazilishi jarayonining shaffofligini taʼminlash, shu jumladan zarur hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish, ularning roʻyxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini real vaqt rejimida Internet tarmogʻida translatsiya qilish.
Adliya vaziri buyrugʻi
2018-yil sentyabr
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi
12.
Aholini qiziqtirgan mezonlar boʻyicha (advokatning ixtisosligi, advokatlik tuzilmasi joylashgan joy va hokazo) advokatlarni izlash boʻyicha elektr�n servisni yaratish.
Advokatlar palatasi raisi buyrugʻi
2018-yil sentyabr
Advokatlar palatasi
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi saytini quyidagilarni inobatga olgan holda modernizatsiya qilish:
statistik hisobotlarni elektron shaklda olish;
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, xususan vebinar oʻtkazish yoʻli bilan oʻqitish;
on-line maslahat berish;
elektron kutubxonadan foydalanish;
“Advokat” jurnalini elektron koʻrinishda eʼlon qilish;
saytni uch (oʻzbek, rus va ingliz) tilda yuritish.
Chora-tadbirlar rejasi
2018-yil noyabr
Advokatlar palatasi
14.
Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga davlat hisobidan huquqiy yordam koʻrsatuvchi advokatni avtomatik ravishda tanlash boʻyicha maxsus elektron tizimni joriy etish.
Chora-tadbirlar rejasi
2018-yil 1-dekabrgacha
Advokatlar palatasi, Adliya vazirligi
15.
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun ariza va boshqa hujjatlarni elektron taqdim etish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Chora-tadbirlar rejasi
2018-yil dekabr
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Advokatlar palatasi
16.
Advokatlar va advokatlik tuzilmalarining yagona elektron reyestrini shakllantirish, rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish kitobini elektron shaklda yuritish.
Advokatlar ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) bilan oʻzlari uchun qulay boʻlgan vaqtda uchrashishi uchun axloq tuzatish va tergov hibsxonalariga tashrif buyurishi rejalashtirilgani haqida real vaqt rejimida oldindan xabarnoma yuborishlari mumkin boʻlgan maxsus elektron portal yaratish.
Chora-tadbirlar rejasi
2018-yil dekabr
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, IIV, Advokatlar palatasi
18.
Advokatlar kasbiy malakasini joylarga chiqqan holda, shu jumladan videkonferensiya oʻtkazish yoʻli bilan oshirish amaliyotini joriy etish.
Chora-tadbirlar rejasi
Doimiy
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining advokatura instituti himoyachisi sifatidagi rolini oshirish
19.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarori bilan advokatura tizimidagi ish stajidan kelib chiqib beriladigan advokatlar malaka darajalarini joriy etish.
Advokatlar palatasi raisi buyrugʻi
2018-yil iyul
Advokatlar palatasi
20.
Har yili “Yilning eng namunali advokati” va “Yilning eng namunali advokatlik tuzilmasi” tanlovlarini tashkil etish.
Chora-tadbirlar rejasi
Har yili
Advokatlar palatasi
21.
Advokatlar va advokatlik tuzilmalari reytinglarini tuzish va ochiq holda eʼlon qilish maqsadida ular faoliyatini baholash mezonlarini tasdiqlash.
Advokatlar palatasi raisi buyrugʻi
2018-yil oktyabr
Advokatlar palatasi
22.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligini uning hisobotlarini, shu jumladan moliyaviy hisobotlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish orqali oshirish.
Advokatlar palatasi raisi buyrugʻi
Har yili
Advokatlar palatasi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 06/18/5441/1210-son)