Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Respublikaning oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, mazkur sohalarda yangi investitsiya loyihalari tashabbuslarini ragʻbatlantirish va puxtalik bilan tayyorlash, shuningdek, ularning amaliy jihatdan roʻyobga chiqarilishini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda vakolatli tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB hamda “Asaka-bank” ATBlar tomonidan oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoati tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan, jumladan qurilish-montaj ishlari va boshqa sarf-xarajatlar uchun milliy valyutada investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun har biri 300 mlrd soʻmdan kredit liniyalari ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki, kredit liniyalari doirasida xorijiy valyutadagi kreditlar quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatining investitsiya loyihalari doirasida faqat zamonaviy import uskunalar, texnologiyalar va materiallar sotib olish uchun kreditlar beriladi;
kredit muddati foiz stavkasi LIBORning 6 oylik stavkasiga va yillik 1,0 miqdorga teng hamda qayta moliyalashtiradigan bankning marjasi yillik 1,0 foiz miqdorda boʻlgan 7 yilgacha muddatni, shu jumladan imtiyozli davr — 2 yilni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit liniyalari doirasida moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatidagi investitsiya loyihalari tarmoq Ilmiy-texnika kengashida, ularni realizatsiya qilish doirasida zamonaviy import uskunalari va texnologiyalarni sotib olish uchun tuziladigan import shartnomalari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 419-modda)
4. Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida yangi investitsiya loyihalari paketini shakllantirish boʻyicha doimiy amaldagi Ishchi guruhi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchi galda eksportbop raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarishga moʻljallangan oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida yangi loyiha takliflarini izlash va shakllantirish, shuningdek, zarur loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlashni tashkillashtirish;
respublikaning oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning tasdiqlangan dasturlarida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida foydalanish uchun tavsiya etiladigan eng optimal texnologiyalar va zamonaviy yuqori unumli uskunalarni aniqlash;
kredit liniyalari hisobiga xorijiy valyutada moliyalashtiriladigan oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida kelib chiqadigan masalalarni tezkorlik bilan yechish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) vakolatli tijorat banklari xorijiy valyutada jalb etilgan kreditlar boʻyicha oʻzlarining majburiyatlarini kredit liniyalari doirasida xorijiy valyutada toʻlaydilar;
b) oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoati tashkilotlari oʻzlarining xorijiy valyutadagi majburiyatlarini belgilangan tartibda eksportdan tushadigan valyuta hisobidan toʻlaydilar;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining tegishli xulosalari asosida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son qarori bilan tasdiqlangan, qatʼiy belgilangan narxlarda sotiladigan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatiga kiritilgan mahsulot ishlab chiqarishni investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirayotgan farmatsevtika sanoati tashkilotlari;
oziq-ovqat sanoati uchun tara, oʻrash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda zamonaviy sovutish quvvatlarini yaratuvchi tashkilotlar;
qoramol va mayda shoxli mollar terisini chuqur qayta ishlash asosida zamonaviy charm va poyabzal ishlab chiqarish boʻyicha, shuningdek, tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun materiallar va butlovchi buyumlar yetkazib beruvchi tashkilotlar xorijiy valyutada jalb etilgan kreditlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini ichki valyuta bozorida belgilangan tartibda konvertatsiyani amalga oshirgan holda milliy valyutada toʻlaydilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mazkur qaror 5-bandining “v” kichik bandida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan kredit liniyalari doirasida xorijiy valyutadagi kreditlarni toʻlash uchun mablagʻlar oʻz vaqtida konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
8. Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida vakolatli tijorat banklariga:
investitsiya loyihasi foydalanishga topshirilgan davrgacha taqdim etilgan kreditlar boʻyicha qoʻshilgan foizlarni kapitallashtirishni amalga oshirish;
bank ulushi 100 foizlik boʻlgan (shu jumladan, investitsiya kompaniyalari mablagʻlari hisobiga) shuʼba korxonalari, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun boshqa investorlar ishtirokida korxonalar tashkil etish va ularga kreditlar taqdim etish huquqi berilsin.
9. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzfarmsanoat” AK, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, tijorat banklari bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-yanvar,
PQ-2718-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son qaroriga
1-ILOVA
Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida yangi investitsiya loyihalari paketini shakllantirish boʻyicha doimiy amaldagi Ishchi guruhi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

S.X. Bekenov

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari

lavozimiga koʻra

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

G.V. Oʻrmonova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari Yigʻma ATD mudiri

A.E. Ravshanov

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri

K.S. Rizayev

Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri

A. K. Mirsoatov

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi

A.B. Voitov

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi

K.K. Mullajonov

“Asaka-bank” ATB boshqaruvi raisi

A.R. Abdullayev

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori

lavozimiga koʻra

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

lavozimiga koʻra

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari, Ishchi guruhi kotibi

Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)