1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.14.00 Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat. Maʼmuriy nazorat]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
BUYRUGʻI
JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDAN BOʻShATILGAN ShAXSLAR USTIDAN IChKI IShLAR IDORALARIDA MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATISh VA UNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 7-mayda 1135-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 23-oktabrdagi 483-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1135-1, 23.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida” gi Qonuniga asosan, shuningdek, takroriy jinoyatchilikka qarshi kurash borasida ish samaradorligini oshirish maqsadida buyuraman:
1. Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari (B. Matlyubov)ga, vazir oʻrinbosarlari (B. Parpiyev, R. Qodirov)ga, XOOBB va JQ va TQKBB boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlariga:
2.1. “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va uni tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi Yoʻriqnomani respublika ichki ishlar idoralarining manfaatdor xizmatlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibi tomonidan oʻrganilishi tashkil etilsin;
2.2. Ikki oy muddat ichida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash xizmatlari, jazoni ijro etish muassasalari xodimlaridan Yoʻriqnomani oʻrganish boʻyicha belgilangan tartibda “sinov”lar qabul qilinsin;
2.3. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor boʻlish maqsadida jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boʻlimlaridagi mavjud tezkor maʼlumotlardan samarali foydalansin;
2.4. Maʼmuriy nazoratga olingan hamda maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonun taʼsiriga tushuvchi shaxslarni maxfiy kuzatish holatini har chorakda tahlil qilish, mazkur shaxslarning turmush tarzi va xulq-atvori haqida tezkor xabardorlikni kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilansin;
2.5. Maʼmuriy nazorat ostiga olingan shaxs tomonidan qasddan sodir qilingan har bir jinoyat boʻyicha atroflicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilsin, bu shaxslar bilan tezkor-profilaktik ishlarni amalga oshirishdagi kamchiliklar aniqlansin, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan takroriy jinoyatlarning oldini olish boʻyicha ish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur choralar belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xoʻjalik boshqarmasi 2002-yilning II-choragi yakuniga qadar tasdiqlangan Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan shakldagi varaqalarni kerakli miqdorda tayyorlasin.
4. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosarlariga, umumiy nazorati esa Tashkiliy inspektorlik boshqarmasiga yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 1993-yil 30-dekabrdagi 451-sonli va 1996-yil 16-avgustdagi 206-sonli buyruqlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazir, ichki xizmat general-polkovnigi Z.A. ALMATOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-fevral,
51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2002-yil 26-fevraldagi 51-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni va unga kiritilgan keyingi oʻzgartirishlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartiblarini belgilab beradi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish joylaridan boʻshatilgan shaxslarning turmush tarzi hamda xulq-atvorini kuzatish, ular tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish va ularda ijobiy-ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida sud tomonidan 6 oydan 1 yilgacha boʻlgan muddatga oʻrnatiladi.
2. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar idoralari Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni va maʼmuriy nazorat oʻrnatish haqidagi sud qarorida koʻzda tutilgan nazorat qoidalari hamda belgilangan cheklanishlarni qoʻllash bilan birga nazorat ostidagilarga nisbatan zarur profilaktik va tezkor tadbirlarini olib boradilar.
3. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar idoralari xodimlarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va ushbu Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
4. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish va amalga oshirishda ichki ishlar idoralarining tegishli xizmatchilari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradilar:
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati jazoni oʻtash davrida maʼmuriy nazorat ostiga olinishi belgilangan shaxslarni jazoni ijro etish muassasasidan boʻshatishdan 1 oy oldin ularning tanlagan turar joylaridagi ichki ishlar idoralariga boʻshatilayotgan shaxslarning yetib borish vaqtini xabar qilgan holda, sudyaning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorini yuboradi;
ozodlikka chiqarilayotgan shaxsning baʼzi bir sabablarga koʻra aniq boradigan joyi boʻlmasa, hokimiyatlar qoshidagi “maxsus komissiya”lar yordamida uy-joy bilan taʼminlashga (agar shaxs hukm qilinmasdan oldin shu tumanda yashaganligi toʻgʻrisida asosli va daliliy hujjatlar boʻlsa), doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyishga hamda ishga joylashtirishga yordam berishni soʻrab, shuningdek, nogiron yoki ogʻir kasalliklarga (sil, saraton) chalinganlarini davolash masalalarini oldindan hal qilish toʻgʻrisida hokimliklarga, ichki ishlar va sogʻliqni saqlash idoralariga xat yuboradi.
5. Pasport xizmati xodimlari jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxslarni yashash joylariga yetib kelgan kundan boshlab 3 kun ichida roʻyxatdan oʻtkazib, pasportlarining oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydilar. 13-shakldagi varaqalar boʻyicha bu shaxslarni hisobga olib, bildirgi bilan shahar, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarini xabardor qiladilar va tegishli koʻrsatma olgandan soʻng bildirgining birinchi nusxasini mazkur shaxs qayd qilingan hududning profilaktika inspektoriga, ikkinchisini esa shahar, tuman IIB navbatchilik qismlari nazoratiga beradilar.
6. Tuman (shahar) IIBdagi navbatchi xodimlar navbatchilik qismidagi profilaktik roʻyxatda boʻlgan muqaddam sudlangan shaxslarga toʻldirilgan 13-shakldagi varaqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniq bilishlari shart.
7. Profilaktika inspektorlari maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxslar tomonidan nazorat qoidalariga hamda belgilangan cheklanishlarga rioya etilishini nazorat qiladilar, ularning ish va turar joylarida maʼmuriy nazoratni amalga oshirish ishlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari va mahalla posbonlarini jalb qiladilar. Profilaktika inspektorlari tezkor xodimlar va patrul-post xizmati xodimlari bilan nazorat ostidagilar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish boʻyicha hamkorlik qiladilar, ularga nazorat ostidagi shaxslarning yashash, oʻqish va ishlash joylari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarni berib, shu asosda vazifalar yuklaydilar.
8. Maʼmuriy nazorat ostidagi shaxs doimiy yashash joyini ichki ishlar idoralarini xabardor qilmasdan, boshqa joyga sababsiz ketib qolsa, profilaktika inspektori tuman IIB JQ va UJQKB xodimi bilan birgalikda xolislar ishtirokida ushbu haqda dalolatnoma tuzadilar va sudning qaroriga binoan belgilangan tartibda qidiruvni amalga oshirish choralarini koʻradilar.
9. Ichki ishlar idoralarining patrul-post xizmati xodimlari jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat marshrutlarida oʻz burchlarini bajarish bilan birga, profilaktika inspektorining maʼlumotlariga koʻra maʼmuriy nazorat ostida turgan shaxslar kuzatuvini amalga oshiradilar hamda ular tomonidan nazorat qoidalari va cheklanishlar buzilganligi yoki huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlansa, bu toʻgʻrida tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga bildirgi bilan xabar beradilar.
10. Profilaktika katta inspektori va profilaktika inspektorlari militsiya tayanch punktiga xizmatga kelgan patrul-post xizmati xodimlari va boshqa xizmat xodimlariga mazkur hududda yashaydigan maʼmuriy nazoratda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (familiyasi, ismi, sharifi, sud tomonidan belgilangan cheklanishlar, fotosurati va yashaydigan manzili)ni ularning xizmat varaqalariga yozdirib qoʻyadilar.
11. “Ish va yashash joyi noaniq shaxslarni reabilitatsiya qilish” markazlari xodimlari, tuman (shahar) ichki ishlar idoralari navbatchilari, turli qonunbuzarliklar uchun ushlanganlar orasidan nazoratda turuvchi shaxslarni aniqlaydilar, bir kecha-kunduz ichida bu shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklar va nazorat qoidalarining buzilganligi, shu jumladan, maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlagan nazoratda turuvchilarning ushlangani haqida ularning turar joylaridagi tuman (shahar) ichki ishlar idoralariga xabar qiladilar.
II. JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDAN OZOD QILINAYOTGAN ShAXSLAR USTIDAN MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATISh ASOSLARI VA TARTIBI
12. Oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanib, ozodlikdan mahrum qilinganlarga nisbatan maʼmuriy nazorat JIEMlar maʼmuriyati taqdimnomasiga asosan oʻrnatiladi.
13. Ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanib, ozodlikdan mahrum qilingan yoki ikki va undan ortiq har qanday qasddan jinoyatlar sodir etgan, jazoni oʻtash davrida jazoni ijro etish muassasalarida oʻrnatilgan qonuniy tartib-qoidalarni muntazam buzib, tuzalish yoʻliga oʻtmagan shaxslar ustidan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati (bundan keyingi matnlarda JIEM) sudga maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
14. JIEM xodimlari ozod qilinayotgan shaxs ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
JIEM maxsus boʻlimi jazo muddati tugashidan uch oy avval maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonun taʼsiriga tushadigan mahkumlarning roʻyxatlarini tuzib, turkum boshliqlariga, tezkor va tartibot boʻlimlariga, ish bilan taʼminlash noziriga topshiradi;
mahkum Jazoni ijro etish muassasasidan boʻshaydigan kun unga beriladigan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga “Maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan” degan muhr bosiladi;
turkum boshligʻi roʻyxatni olgan kunidan boshlab 5 kun ichida mahkumga jazoni oʻtash davridagi xulq-atvori toʻgʻrisida 3 nusxada toʻliq tavsifnoma yozib, muassasa boshligʻining tezkor-tartibot va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan kelishib, muassasa boshligʻiga tasdiqlatib, tartibot boʻlimiga topshiradi;
tartibot boʻlimi xodimi tavsifnomani olgandan keyin 1 oy ichida uni mahkumning boshqa hujjatlari bilan muassasa maʼmuriyati komissiyasiga taqdim etadi. Komissiya jazodan ozod qilinayotgan mahkumga nisbatan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib nazorat oʻrnatish yoki oʻrnatmaslik haqida qaror qabul qiladi;
mahkum ozod qilinishidan 1 oy oldin tartibot boʻlimi xodimi nazorat oʻrnatish haqidagi komissiya qaroridan koʻchirma, tavsifnoma, toʻplangan boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda hududiy tuman (shahar) sudiga muassasa boshligʻining imzosi bilan 3 nusxada taqdimnoma tayyorlaydi va joʻnatadi (1-ilova);
sudyaning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostiga olingan shaxsga jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan tilxat orqali tanishtiriladi;
maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi sudning qarori mahkum JIEMdan ozod etilishidan 10 kun oldin yetib borish vaqtini aniq koʻrsatgan holda tartibot boʻlimi tomonidan mahkum tanlagan turar joyidagi ichki ishlar idorasiga yuboriladi;
ish va yashash joyi bilan taʼminlash masalalari boʻyicha katta nozir maxsus boʻlimdan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxslar roʻyxatini olgan kundan boshlab, roʻyxatda koʻrsatilgan mahkumlar bilan suhbat oʻtkazib, jazodan ozod qilingandan keyin qayerda yashashi boʻyicha suhbat oʻtkazadi, mahkumning shaxsiy yigʻma jildida koʻrsatilgan yashash joyi bilan solishtiradi, agarda boshqa manzil koʻrsatilgan boʻlsa buning sababini aniqlaydi, yigʻma jilddan batafsil maʼlumot tuzib, mahkum yashash uchun tanlagan tuman (shahar) IIBga xabarnoma yuboradi;
xabarnomada JIEMdan ozod etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan yili, manzilgohi va unga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
III. JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDAN BOʻShATILIB, MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILGAN ShAXSLARNI TUMAN (ShAHAR) IIBDA HISOBGA QOʻYISh
15. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari jazoni ijro etish joylaridan jazo muddatini oʻtagan shaxsga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilganligi toʻgʻrisidagi sud qarorini olgach, uni maʼmuriy nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olish xizmati xodimiga oʻtkazadi va unga mazkur qaror ijrosini, nazoratga olingan shaxsning tanlagan turar joyga koʻrsatilgan muddatda yetib kelishini nazorat qilish, shuningdek ushbu shaxsga pasport roʻyxati qaydnomalarini rasmiylashtirishga va ishga joylashishga yordam koʻrsatishi toʻgʻrisida topshiriq beradi.
16. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi sud qarorini olgan xodim jazoni ijro etish muassasasidan kelgan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxs bilan suhbatlashadi, uning oʻz vaqtida pasport qaydnomasidan oʻtishini nazoratga oladi, uy-joy bilan taʼminlanishi, ishga joylashishi uchun belgilangan tartibda hokimliklar huzuridagi Ijtimoiy koʻnikma markazlariga yuboradi. Sudya tomonidan cheklanishlarni qisqartirish yoki toʻldirish toʻgʻrisida qaror chiqarilgandan keyin tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nazoratda turuvchiga tilxat (2-ilova) orqali maʼlum qiladi.
17. Profilaktika inspektori maʼmuriy nazorat yigʻma jildi (3-ilova)ga hujjatlarni toʻplaydi va maʼmuriy nazoratda turuvchilar hamda vaqtincha kelib nazoratda turganlar uchun belgilangan kitobga qayd etib, roʻyxatdan oʻtkazadi (4-ilova). Roʻyxatdan oʻtkazgach, u axborot varaqasini toʻldiradi (5-ilova) va viloyat, tuman (shahar) manzilgohlar idorasiga yuboradi, militsiya tayanch punktlari pasportiga nazoratda turuvchiga oid maʼlumotlarni yozib qoʻyadi.
18. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini JQ va TQKB operativ vakili maʼmuriy nazorat jildining maxsus qismini tayyorlab yuritish uchun oladi.
19. Jazoni ijro etish muassasalaridan maʼmuriy nazorat oʻrnatilganlik toʻgʻrisidagi qaror yoki jazoni ijro etish joyidan boʻshagan shaxs ozod etilganligi haqidagi maʼlumotnomada koʻrsatilgan joyga oʻz vaqtida yetib kelmasa, nazoratni amalga oshiruvchi xodim bu haqda jazoni ijro etish muassasasiga yoki shahar, tuman ichki ishlar boʻlimiga soʻrov qogʻozi yuboradi. Soʻrov qogʻozida maʼmuriy nazorat oʻrnatilganlik toʻgʻrisidagi qarorni yuborish yoki nazoratda turuvchi va mazkur qarorning qayerga yuborilganligi haqidagi maʼlumotlar talab etiladi.
20. Maʼmuriy nazorat nazoratda turuvchi shaxsning pasporti qaydnomadan oʻtkazilgan joyda amalga oshiriladi. Agar nazoratda turuvchida baʼzi uzrli sabablarga koʻra mazkur manzilgohdagi turar joyda yashash imkoniyati boʻlmasa uning yozma arizasiga binoan tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nazoratda turuvchiga vaqtincha xizmat hududidagi boshqa joyda yashab turishiga ruxsat berishi mumkin. Mazkur tuman hududidan tashqarida yashashi zarur boʻlgan taqdirda esa unga oʻsha joydagi ichki ishlar idorasining boshligʻi pasport qaydnomasiga ruxsat beradi.
IV. TUMAN (ShAHAR) IChKI IShLAR BOʻLIMLARI TAShABBUSI BILAN MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATISh ASOSLARI VA TARTIBI
21. Oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etilib, jazo muddatini oʻtab ozodlikka chiqqanlarga nisbatan maʼmuriy nazorat ichki ishlar idoralarining tashabbusi bilan ham oʻrnatilishi mumkin.
22. Ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanib, ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng ichki ishlar idoralarining jamiyatga zid turmush tarzi yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi (6-ilova)ga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazayotgan boʻlsalar, bunday shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat ichki ishlar boʻlimi boshligʻining taqdimnomasiga asosan sudning qarori bilan oʻrnatiladi.
23. Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish uchun asos uning jamiyatga zid turmush tarzi yuritayotganligi, huquqbuzarliklar sodir etayotganligidan dalolat beruvchi hujjatlar hisoblanadi.
24. Profilaktika inspektori nazorat oʻrnatilgan shaxslarning huquqbuzarlik sodir etishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida tegishli maʼlumot va hujjatlarga ega boʻlish maqsadida ularning xulq-atvorini yashash va ish joylarida muntazam nazorat qilib boradi. Bunday toifadagi shaxslarni tartibbuzarlar varaqalari saqlanadigan joylarda kamida oyda bir marta tekshiriladi, shuningdek tekshirishda “Ish va yashash joyi noaniq shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari”, tibbiy muassasalar, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari va boshqa shu kabi joylardan kelgan maʼlumotlardan foydalanadi.
25. Profilaktika inspektori tuman (shahar) IIB boshligʻiga bildirgi yozib, maʼmuriy nazorat oʻrnatish maqsadga muvofiq ekanligini bayon qiladi. Bildirgiga huquqbuzarlik sodir etganligi va tegishli hujjatlar (huquqbuzarlikni va huquqbuzar xulq-atvorini taʼriflovchi boshqa fuqarolarning tushuntirish xatlari, javobgarlikka tortilgani haqidagi bayonnomaning nusxasi) ilova qilinadi.
26. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimining boshligʻi bildirgi hamda unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, ularni ushbu shaxs ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan birga sudga yuboradi (1-ilova). Taqdimnomaning nusxasi keyinchalik nazorat yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyish uchun ichki ishlar boʻlimida qoladi.
27. Sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarori tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi tomonidan nazorat ostiga olingan shaxsga tilxat orqali eʼlon qilinadi. Shu bilan birga unga nazorat qoidalari, majburiyati va cheklanishlarning buzilishidagi, shuningdek, maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlab yashash joyini oʻzicha tashlab ketgandagi javobgarliklari tushuntiriladi.
V. IChKI IShLAR BOʻLIMLARIDA MAʼMURIY NAZORATNI AMALGA OShIRISh TARTIBI
28. Profilaktika inspektori maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda:
nazorat ostida turuvchi shaxs ishlaydigan va oʻqiydigan muassasa va jamoat tashkilotlari maʼmuriyatidan, turar joyidagi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish idoralaridan bu shaxsning xulq-atvori toʻgʻrisida maʼlumotlar talab qiladi;
belgilangan davlat, jamoat va xoʻjalik tashkilotlariga nazoratda turuvchini ish va turar joy bilan taʼminlash toʻgʻrisida tavsiyalar kiritadi;
nazoratda turuvchini militsiya boʻlimiga suhbatga chaqiradi. Imkoni boricha bunday suhbatlarni korxona, muassasa, jamoat tashkilotlari maʼmuriyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari, mahalla oqsoqoli, mahalla posboni, nazoratda turuvchining qarindoshlari, shuningdek suhbat mavzusiga tegishli boʻlgan shaxslar ishtirokida oʻtkazish zarur;
nazoratda turuvchidan maʼmuriy nazorat qoidalarini bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qiladi;
nazoratda turuvchining turar joyini soat 6.00 dan 22.00 gacha borib koʻrish mumkin.
29. Profilaktika inspektori nazoratda turuvchi shaxs yashaydigan joyga mahalla posboni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faollari yoki boshqa jamoatchilik vakillari bilan kirmogʻi lozim.
30. Profilaktika inspektori maʼmuriy nazorat ostida turuvchi shaxsga samarali profilaktik taʼsir oʻtkazishni taʼminlashi uchun ichki ishlar boʻlimlarining boshqa xizmat xodimlari va jamoatchilik vakillari bilan uzviy hamkorlik qilmogʻi lozim.
31. Profilaktika inspektori nazoratda turuvchi shaxs bilan maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlamasligi va belgilangan cheklanishlarning buzilishiga yoʻl qoʻymasligi toʻgʻrisida ogohlantirish ishlari olib borishi shart. Bunday shaxslarning maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlashi toʻgʻrisida maʼlumot olgan paytda nazoratning samaradorligini oshirish maqsadida belgilangan cheklanishlarning toʻldirilishini soʻrab IIB boshligʻiga bildirgi bilan murojaat etib, sudga ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nomidan asosli taqdimnoma yuborilishini tashkillashtiradi (7-ilova).
32. Nazoratda turuvchining maʼmuriy nazorat qoidalariga va belgilangan cheklanishlarga rioya qilayotganini tekshirib borish u yashab turgan joydagi profilaktika inspektori va kriminal va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Tekshirish vaqti, oraligʻi va usullari jazoni ijro etish joylaridan olingan maʼlumotlar, nazoratda turuvchining shaxsi, uning xulq-atvori, turmush tarzi, jinoiy aloqalari va qaytadan jinoyat sodir qilishi mumkin yoki yoʻqligidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ammo tekshirishlar oraligʻi 1 oyda 2-martadan kam boʻlmasligi lozim.
Nazoratda turuvchining yashash joyida oʻtkaziladigan tekshiruv uning va oila aʼzolarining obroʻsiga, insoniy izzat-nafsiga tegmagan holda xushmuomalalik va odob bilan amalga oshirilishi kerak. Tekshirish natijalari boʻyicha nazorat varaqasi toʻldiriladi (8-ilova).
33. Nazoratda turuvchiga nisbatan militsiyaga kelib qayd ettirib ketish toʻgʻrisida cheklanish belgilangan boʻlsa, bunday qaydnomani Militsiya tayanch punktida profilaktika inspektori amalga oshiradi (9-ilova). Nazoratda turuvchining qayddan oʻtish uchun kelishi uning tanlagan joyida yashayotganligini tekshirish, shuningdek, profilaktik suhbatlar oʻtkazib turishda zarur boʻlib, faqat uning kelish vaqti, ishi va oʻqishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini hisobga olgan holda belgilanmogʻi lozim.
34. Maʼmuriy nazorat va belgilangan cheklanish qoidalarining har bir buzilishi holati boʻyicha profilaktika inspektori xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi va ichki ishlar boʻlimi boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda tegishli chora koʻrish uchun sudga joʻnatadi (10-ilova).
35. Agar maʼmuriy nazorat va cheklanish qoidalarining buzilishi nazoratda turuvchi yashamaydigan tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan aniqlansa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma mazkur shaxs ustidan maʼmuriy nazorat olib borayotgan tuman (shahar) IIBga chora koʻrish uchun yuboriladi.
36. Nazoratda turuvchiga nazorat va cheklanishlar qoidalarini buzganligi uchun shu qoidalarni buzgan kundan boshlab ikki oy muddat ichida maʼmuriy choralar koʻrish mumkin.
37. Nazoratda turuvchilar sud qarorida belgilangan cheklanish talablarini buzganliklari uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
38. Nazoratda turuvchi nazorat va cheklanishlar qoidalarini buzganligi uchun 1-marta maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlib yana shunday qoidabuzarlik sodir etsa, profilaktika inspektori tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga ushbu hujjatlarni maʼlum qilib nazoratda turuvchini maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan cheklanishlarni ataylab, qasddan buzayotganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal etish lozimligini bildiradi.
39. Nazoratda turuvchining maʼmuriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilayotganda Qonunning 5 va 19-moddalarida koʻzda tutilmagan harakatlar, shuningdek, qonunda koʻrsatilgan boʻlsada, biroq maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorda sanab oʻtilmagan cheklanish qoidalari buzilganligi hisobga olinmaydi.
40. Nazoratda turuvchi boshqa tuman ichki ishlar boʻlimi hududiga yetib kelgach huquqbuzarliklarning oldini olish xizmati xodimi yoki tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi navbatchisi uni vaqtinchalik yashash uchun kelgan nazoratda turuvchilar kitobiga (4-ilova) qayd etadi, bir kecha-kunduz ichida uning kelganligi toʻgʻrisida vaqtincha yashab turadigan hududdagi profilaktika inspektoriga maʼlum qiladi, nazoratda turuvchining kelganligi va ketganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
41. Profilaktika inspektori vaqtinchalik yashash muddati davomida nazoratda turuvchining xulq-atvori va turmush tarzini tekshirib turadi, nazoratda turuvchining bu yerda boʻlishi muddati tugagach, uning chiqib ketishini taʼminlaydi.
42. Maʼmuriy nazorat ostida turuvchi shaxs doimiy yashash joyini oʻzgartirganda profilaktika inspektori bu haqda darhol uning yangi turar joyidagi ichki ishlar boʻlimini (11-ilova) va manzilgohlar idorasini (12-ilova) xabardor qiladi. Maʼmuriy nazorat ostida turuvchi shaxs ham turar joyi oʻzgarganda taalluqli ichki ishlar idoralarini zudlik bilan xabardor qilishi shart.
Nazoratda turuvchining yangi turar joyidagi ichki ishlar boʻlimi 3 kun muddat ichida avvalgi yashash joyidagi ichki ishlar boʻlimidan uning maʼmuriy nazorat yigʻma jildini talab qilib oladi.
43. Maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxs tanlagan yashash joyiga kelmasa profilaktika inspektori uning yoʻqligini aniqlagan vaqtidan boshlab 3 kun ichida qidirib topish choralarini koʻradi va maʼmuriy nazorat qoidalarining buzilganligi toʻgʻrisida xolislar ishtirokida nazoratda turuvchiga nisbatan bayonnoma tuzadi hamda ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki oʻrinbosariga maʼlum qiladi. Nazoratda turuvchining nazoratdan boʻyin tovlab yashash joyiga kelmayotganligi toʻgʻrisida yetarli asoslar boʻlgan taqdirda tuman (shahar) ichki ishlar idoralari tomonidan nazorat oʻrnatilgan shaxs cheklanishlarni buzganligi, maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlagani uchun unga nisbatan yigʻilgan hujjatlar sudga yuboriladi va sud qaroriga asosan nazorat oʻrnatilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilinadi.
VI. NAZORATDA TURUVChIGA NISBATAN ChEKLANIShLARNI QISQARTIRISh YOKI TOʻLDIRISh VA MAʼMURIY NAZORAT MUDDATINI UZAYTIRISh YOKI TOʻXTATISh ASOSLARI VA TARTIBI
44. Nazoratda turuvchining turmush tarzi, xulq-atvoridan kelib chiqqan holda, unga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan paytda belgilangan cheklanishlar qonunda belgilangan tartibda qisqartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.
Cheklanishlarni toʻldirishda nazoratda turuvchining maʼmuriy nazorat qoidalariga va cheklanish talablariga rioya qilmayotgani, huquqbuzarliklar sodir etayotgani, ijtimoiy foydali mehnatdan boʻyin tovlayotgani toʻgʻrisidagi hujjatlar asos boʻlib xizmat qiladi.
Cheklanishlarni qisqartirishda nazoratda turuvchining maʼmuriy nazorat qoidalari va belgilangan cheklanish talablariga rioya qilayotgani, huquqbuzarliklar sodir etmayotgani, halol mehnat qilayotgani, uning toʻgʻri yoʻlga tushib olganligini koʻrsatuvchi hujjatlar asosiy mezon boʻlib xizmat qiladi.
45. Profilaktika inspektori cheklanishlarni qisqartirish yoki toʻldirish haqida tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga bildirgi bilan murojaat qiladi. IIB boshligʻi bildirgini koʻrib chiqib sudga asosli taqdimnoma (7-ilova) kiritadi. Sudya tomonidan cheklanishlarni qisqartirish yoki toʻldirish toʻgʻrisida qaror chiqarilgandan keyin tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nazoratda turuvchiga tilxat orqali maʼlum qiladi.
46. Maʼmuriy nazorat ostida turgan shaxs belgilangan vaqt ichida tuzalish yoʻliga oʻtmagan, jamoat tartibini buzayotgan, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan yoki oʻziga nisbatan qoʻllanilayotgan cheklanishlarga rioya etmayotgan taqdirda unga nisbatan nazorat muddatini har gal 6 oyga uzaytirish mumkin, bu holda muddat Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 78-moddasida koʻrsatilganidek mazkur jinoyat uchun sudlanganlik muddati tugashi yoki olib tashlanishi muddatidan ortiq boʻlmasligi kerak.
47. Maʼmuriy nazorat muddatini uzaytirishda faqat belgilangan qoidalar va cheklanishdagi talablarni buzganligi uchun emas, balki nazoratda turuvchining jamoat tartibi qoidalarini buzganligi sababli maʼmuriy va jamoatchilik taʼsiri oʻtkazish choralari koʻrilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 226-moddasiga asosan jarima tariqasidagi jazoga tortilishi ham hisobga olinadi. Bunday paytlarda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nazorat muddati tugamasdan 15 kun oldin nazoratda turuvchiga nisbatan asoslangan taqdimnoma (13-ilova)ni tegishli hujjatlar bilan qoʻshib, sudga joʻnatadi.
VII. MAʼMURIY NAZORATNI TOʻXTATISh
48. Maʼmuriy nazorat quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
oʻrnatilgan nazorat muddati tugaganda, agar uzaytirish uchun sabab va asoslar yoʻq boʻlsa;
maʼmuriy nazorat sud tomonidan IIBning asoslantirilgan taqdimnomasiga asosan muddatidan ilgari, agar nazoratda turuvchi haqiqatan ham qatʼiy, toʻgʻri yoʻlni tanlab, halol mehnat qilishga kirishgan boʻlsa hamda ish va turar joyidan yaxshi tavsiflansa (bu holatda mahalla qoʻmitalari va ish joylaridan olingan ijobiy tavsifnomalar, qoʻshnilarining tushuntirish xatlari hamda profilaktika inspektorining batafsil maʼlumotnomasi asos boʻladi);
nazoratda turuvchining sudlanganlik muddati tugasa yoki sudlanganligi olib tashlansa;
nazoratda turuvchi jinoiy javobgarlikka tortilganda yoki majburiy davolanishga yuborilganda.
49. Nazoratda turuvchining turmush tarzi va hulq-atvori operativ hisobot maʼlumotlariga qaraganda uning tuzalish yoʻliga kirganligi, bir yil davomli kuzatuvga muhtoj emasligini koʻrsatsa nazoratni amalga oshiruvchi xodim maʼmuriy nazorat muddati tugashidan uch kun avval tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga nazoratni toʻxtatish toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi hujjatlar bilan tanishib, asoslangan qaror chiqaradi (14-ilova) va uning bir nusxasi jinoyat qidiruv tezkor vakiliga beriladi.
50. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi nazoratda turuvchiga maʼmuriy nazoratning toʻxtatilgani haqidagi qarorni maʼlum qiladi, u bilan keyingi hulq-atvori, huquqbuzarliklar sodir etmasligi, aks holda yana qaytadan nazoratga olinishi toʻgʻrisida suhbatlashib, uni ogohlantiradi.
51. Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunning 8-moddasi “b” bandi boʻyicha toʻxtatiladigan boʻlsa, nazoratni amalga oshiruvchi xodim nazoratda turuvchining toʻgʻri yoʻlga tushganligi va halol mehnat qilayotgani toʻgʻrisida yetarli hujjatlarni toʻplaydi hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga maʼlum qiladi. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisidagi (15-ilova) hujjatlarni va asoslangan taqdimnomani sudga hal etish uchun joʻnatadi va u oʻn kun muddat ichida koʻrib chiqiladi.
VIII. MAʼMURIY NAZORATNI OʻRNATISh VA AMALGA OShIRISh BOʻYIChA ISh NATIJALARIGA BAHO BERISh
52. Jazoni ijro etish muassasalarida:
maʼmuriy nazoratga olish mumkin boʻlgan, shuningdek, tuzalish yoʻliga kirmagan va halol mehnat qilishni xohlamaydigan mahkumlarning aniq hisobini bilish;
maʼmuriy nazorat oʻrnatish uchun asos boʻladigan hujjatlarning toʻlaligi va asoslanganligi, maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorning oʻz vaqtida chiqarilib, mahkumning tanlagan yashash joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimiga yuborilishi;
maʼmuriy nazoratga olingan shaxsning hulq-atvori jinoyatchilik aloqalari va oʻylagan maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning sifati va ularning yashash uchun tanlagan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlariga va Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi axborot markazlariga oʻz vaqtida yetkazib berilishi;
sudlanish alomatlariga koʻra Qonunning 4-moddasi “a”, “v” bandlari taʼsiriga tushuvchi ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshaydigan va maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxslarni oldindan ish va turar joy bilan taʼminlash choralari koʻrilganligi.
53. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarida:
sudlanish alomatlariga koʻra qonun taʼsiriga tushuvchi, muntazam huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslar ustidan oʻz vaqtida maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi, shuningdek, maʼmuriy nazorat ostida turuvchi shaxslarga nisbatan cheklanishlarni oʻzgartirish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash;
nazoratda turuvchilar tomonidan jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktik taʼsir oʻtkazish samaradorligi, ishga joylashish va mehnat jamoalariga biriktirib qoʻyishda ularga yordam berish;
nazoratda turuvchilarning hulq-atvori va turmush tarzini kuzatib borish ahvoli, ular tomonidan maʼmuriy nazorat va cheklanishlar qoidalariga rioya qilinishi, turar joy va ish bilan taʼminlanishiga yordam berish;
tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshiruvchi xodimning yashash joyi oʻzgarishi yoki qisqa muddatga boshqa mintaqalarga borib ishlashga toʻgʻri kelib qolishini hisobga olgan holda, uning kasb mahoratini boshqa xodimlarga ham oʻrgatish va oʻrinbosarlar tayyorlash;
jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilayotgan paytda tanlagan yashash joylariga kelmagan nazoratda turuvchi, shuningdek, maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashash joylaridan ketib qolgan shaxslarni qidiruv ishlarini amalga oshirish;
jazoni ijro etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish va amalga oshirishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilish boʻyicha ish natijalariga baho beriladi.
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi R.H. QODIROV
2002-yil 28-fevral
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 1-ILOVA
sud raisiga maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida T A Q D I M N O M A
200__ yil “___”____________________
Men ________________________________________boshligʻi
______________________________________
(tuman-shahar IIB, JIEM)
(unvoni, F.I.Sh.)
______________________________ da yashovchi fuqaro tugʻilgan yili, sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumot, turar joyi_____________________________________________________ga nisbatan hujjatlarni koʻrib
___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________ga nisbatan “___”________________________
Fuqaro__________________________________________________________________________oy muddatda quyidagi cheklanishlarni qoʻllagan holda maʼmuriy nazorat oʻrnatish maqsadga muvofiq deb hisoblayman:
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Maʼmuriy nazorat qoidalariga rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida
(maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsning F.I.Sh.)
_______________________________________________sudning 200__y.“____”_____________________dagi menga nisbatan oʻrnatilgan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qarori bilan tanishdim. ( Uzaytirish. Oʻzgartirish - kerakligini tagiga chizilsin ).
Bundan tashqari menga maʼmuriy nazorat qoidalari tushuntirildi:
a) ichki ishlar boʻlimiga chaqirilganda koʻrsatilgan vaqtda yetib kelib maʼmuriy nazorat talablarini
bajarish bilan bogʻliq boʻlgan savollarga ogʻzaki va yozma javob berish;
b) maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi militsiya xodimiga ish va yashash joyining oʻzgargani,
shuningdek, xizmat yuzasidan tuman (shahar) hududidan chiqish toʻgʻrisida maʼlum qilish;
v) shaxsiy ishlar boʻyicha ichki ishlar idoralari ruxsati bilan boshqa aholi markazlariga borib
u yerda bir kecha-kunduzdan koʻp vaqt boʻlgan paytda oʻsha joydagi ichki ishlar idoralarida roʻyxatdan oʻtish;
g) ushbu qarorda menga nisbatan belgilangan cheklanishlarga rioya qilish.
Men nazorat va cheklanishlar qoidalarini buzadigan boʻlsam maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka
tortilishim toʻgʻrisida ogohlantirildim, agar maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida turar joyimdan ketib qolsam Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanganidek jinoiy javobgarlikka tortilaman.
(tuman - shahar IIB) ________________________________________________
(unvoni, familiyasi, ismi, sharifi)
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 3-ILOVA
(ichki ishlar boʻlimi nomi, unvoni, F.I.Sh., lavozimi)
Maʼmuriy nazorat oʻrnatildi:
Maʼmuriy nazorat toʻxtatildi:
200__ y. “___” __________
Yigʻma jild arxivda
200__ y. “___”__________ gacha saqlansin.
Maʼmuriy nazorat yigʻma jildiga toʻplanadigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror.
2. Militsiya tashabbusi boʻyicha maʼmuriy nazorat oʻrnatishda asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar.
3. Nazoratda turuvchining pasport qaydnomasi toʻgʻrisida 13-shakldagi bildirgi.
4. Maʼmuriy nazorat qoidalari va belgilangan cheklanishlar talablarining buzilganligi toʻgʻrisida bayonnomalar.
5. Maʼmuriy nazorat muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi (cheklanishlarni oʻzgartirish) qaror.
6. Nazoratda turuvchining ishga joylashganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
7. Nazoratda turuvchining maʼmuriy nazorat va belgilangan cheklanish qoidalariga rioya qilishini tekshirib borish varaqasi.
8. IIV, IIBB, IIB Axborot markazlari, manzilgoh idoralariga yuborilgan maʼlumot yozishmalari nusxalari (aniqlash, tuzatish varaqalari).
9. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish va amalga oshirishda ahamiyatga ega boʻlgan boshqa hujjatlar.
10. Maʼmuriy nazoratni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror.
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Maʼmuriy nazorat yigʻma jildi va tuman (shahar) IIB hududiga kelib, vaqtincha yashaydigan nazoratda turuvchilarni qayd etish
KITOBI
Birinchi qism
Maʼmuriy nazorat yigʻma jildining tartib raqami
Nazoratda turuvchi shaxsning F.I.Sh. sudlanganligi, manzilgohi haqida maʼlumot
Ozodlikdan mahrum etilgan joylardan boʻshatilgan sanasi va sudlanganlikning oʻsishi
Nazorat oʻrnatilgan yoki muddati uzaytirilgan sana
Nazorat toʻxtatilgan sana
Nazoratni toʻxtatish asoslari
Nazoratni amalga oshiruvchi xodimning F.I.Sh.
Ikkinchi qism
№
Kelgan nazoratda turuvchining F.I..Sh.
Doimiy yashash va chiqishga ruxsat bergan tuman (shahar) IIB
Nazoratda turuvchining tuman (shahar) IIBda qayd etilgan sanasi va vaqtincha yashash muddati
Vaqtincha yashab turish joyi va nazoratni amalga oshiruvchining familiyasi
Tuman (shahar) IIBga kelish sanasi
Nazoratda turuvchining doimiy yashash joyiga ketishi toʻgʻrisida tuman (shahar) IIBda qayd etilgan sana
Xulq-atvori toʻgʻrisida maʼlumotlar
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Sudlanish alomatlariga koʻra ichki ishlar idoralarining jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonuni taʼsiriga tushadi, maʼmuriy nazorat ostida turadi ( kerakligining tagiga chizilsin). Mazkur shaxs xulq-atvorini tekshirib turuvchi____________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.Sh., unvoni)
___________________________ imzo
200__ y. “___”_______________________
Eslatma: mazkur shaxsning tuman (shahar) hududidan tashqariga yangi turar joyga koʻchib ketayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelgan payt axborot varaqasi olib qoʻyiladi.
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi mumkin boʻlgan shaxsga nisbatan jamiyatga zid turmush tarzi yuritishni toʻxtatish haqidagi
200___ yil ______ _____________________da, muqaddam____________________________________ bilan
sudlanganlik moddalari
sudlangan, 200____ yil ____ _______________________________________da jazoni ijro etish joyidan boʻshatilgan fuqaro _______________________________________________________________________ni __________________________________________________________________________________________
huquqbuzarlikni sodir etgan vaqti, holati,
________________________sodir etganligi uchun ________________________________________________
koʻrilgan chora
agar u jamiyatga zid turmush tarzi yuritishni toʻxtatmasa unga nisbatan cheklanishlar qoʻllanilgan holda maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi haqida rasmiy ravishda ogohlantirdim.
Shu bilan birga fuqaro________________________________ ga jazoni ijro etish muassasalaridan
boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisidagi qonunning mazmuni tushuntirildi.
Ogohlantirishni maʼlum qilgan xodim ________
__________________________________________
imzo
F.I.Sh.
Mazkur ogohlantirish menga maʼlum qilindi va jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan
shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisidagi qonunning mazmuni tushuntirildi.
200__ _______ ______________________
___________________________________
imzo
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 7-ILOVA
_____________________________________________
tuman, shahar nomi
sudi raisi _________________________________ga
Ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat ostida turuvchi shaxsga nisbatan belgilangan cheklanishlarni oʻzgartirish toʻgʻrisida T A Q D I M N O M A
Yuqorida qayd etilib oʻtilganlarga asoslanib va jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshagan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisidagi qonunga binoan ____________________________________________ ga nisbatan quyidagi cheklanishlarni oʻzgartirishni
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Nazoratda turuvchiga nisbatan belgilangan cheklanishlarga rioya qilishni tekshirib borish
Nazoratda turuvchini yashash joyida tekshirgan xodimning F.I.Sh., lavozimi, unvoni
Tekshirilgan vaqti va sana
Tekshirish natijalari (uyida boʻlganligi yoki yoʻqligi)
Belgilangan qoidalarni buzganligi uchun nazoratda turuvchiga nisbatan qoʻllanilgan choralar
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Nazorat muddati __________________________________ dan __________________________________gacha
Qayd etish uchun belgilangan vaqt va sana ______________________________________________________________
№
Qayd etgan xodimning F.I.Sh., lavozimi, unvoni
Qayd etilgan sana
Nazoratda turuvchining imzosi
Eslatma
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 10-ILOVA
ushbu bayonnomani shu haqda tuzdimki, yaʼni ______________________________________________________
sana
kuni_______________________soat__________________daqiqa_________________________tekshirilgan paytda uyda yoʻq ekanligi maʼlum boʻldi (belgilangan boshqa cheklanishlarni koʻrsatish ham mumkin). Yuqorida qayd etilganlarni quyidagi xolislar tasdiqlaydi:
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 11-ILOVA
Nazoratda turuvchi belgilangan joyga 200_ yil ___ _________________________ gacha yetib kelishi shart.
Ushbu xabarnomani olgandan soʻng uch kun muddat ichida maʼmuriy nazorat ostidagi ____________________ ning koʻrsatilgan manzilga yetib borganligi toʻgʻrisida xabar berishingizni vaunga nisbatan yuritilgan maʼmuriy nazorat yigʻma jildini soʻrab olish masalasini hal etishingizni soʻrayman.
_________________________________IIB boshligʻi
militsiya _____________________________________
_____________________________________________
imzo F.I.Sh.
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 12-ILOVA
_________________________________
manzilgohlar idorasi nomi
ichki ishlar idorasi belgisi
_________________________________
Shuni maʼlum qilamanki, yaʼni fuqaro ____________________________________________________
sudlanish alomatlariga koʻra maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonun taʼsiriga tushadi, maʼmuriy nazorat ostida turadi (keraklisining ostiga chiziladi).
Unga nisbatan 200_ yil ___ _________________________________ da axborot varaqachasi qoʻyildi.
Fuqaro ____________________________ yangi turar joyga koʻchib ketdi, ozodlikdan mahrum etildi,
maʼmuriy nazorat muddati tugadi, sudlanganlik muddati tugadi yoki olib tashlandi (keraklisining tagiga chiziladi).
_______________________________________IIB boshligʻi militsiya___________ _____________________________
F.I.Sh.
________________
200__yil__ _____________________
imzo
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 13-ILOVA
_____________________________________________
tuman shahar sudi nomi
Sud raisiga
Maʼmuriy nazorat muddatini uzaytirish toʻgʻrisida T A Q D I M N O M A
Maʼmuriy nazoratda turuvchi fuqaro ___________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
(tugʻilgan yili, sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumot, maʼmuriy
Yuqorida bayon etilganlarga va jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisidagi OʻzRning 1992-yil 9-dekabrdagi Qonuniga asoslanib fuqaro _________________ ga nisbatan nazorat muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq deb
H I S O B L A Y M A N :
Maʼmuriy nazorat muddatini ________________________________________________________________ uzaytirib, quyidagi cheklanishlar belgilansin:
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 14-ILOVA
Maʼmuriy nazoratni toʻxtatish toʻgʻrisida
QAROR
200___y. “___”_______________________________
Men,___________________________________ IIB boshligʻi _______________________________________
tashqari maʼmuriy nazoratni toʻxtatish asoslari
Yuqorida bayon etilganlarga va jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisidagi OʻzRning 1992-yil 9-dekabrdagi Qonuniga asoslanib
Q A R O R Q I L D I M :
Fuqaro____________________________________ga nisbatan oʻrnatilgan maʼmuriy nazorat toʻxtatilsin.
F.I.Sh.
________________________________IIB boshligʻi.
(tuman, shahar IIB)
_____________________________________________
_________________________
(unvoni, F.I.Sh.)
(imzo)
Qaror bilan tanishtirildi: __________________________________________________________________
(tanishtirilgan shaxsning imzosi)
200___y.“___”_____________________________
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida maʼmuriy nazorat oʻrnatish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 15-ILOVA
Maʼmuriy nazorat muddatini avval toʻxtatish toʻgʻrisida
taʼrifnoma, maʼmuriy nazoratni toʻxtatish asoslari)
Yuqorida bayon etilganlarga va jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisidagi OʻzRning 1992-yil 9-dekabrdagi Qonuniga asoslanib fuqaro _____________________ nisbatan oʻrnatilgan maʼmuriy nazoratni toʻxtatish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
_________________________________IIB boshligʻi
(tuman- shahar)
_____________________________________________
________________________
(unvoni, F.I.Sh.)
(imzo)
200__y. “___”________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y.,9-son)