O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevralya,
118-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 118-son qaroriga
ILOVA
Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligida (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirishga belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Agentlikka to‘lanadigan vositachilik haqi, jumladan:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika yetkazib berish, harbiy-texnik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1 foizi;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalari ishlab chiqargan harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlarni sotish bo‘yicha tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1 foizi;
bo‘shaydigan harbiy-texnik mulkni tashqi bozorga sotish bo‘yicha tuzilgan kontrakt qiymatining 30 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat sohalarini litsenziyalashdan tushadigan mablag‘larning 100 foizi, shu jumladan qayd etilgan maqsadlar uchun tegishli vazirlik va idoralarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari;
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
g) Agentlik tarkibiga kiradigan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda miqdori belgilanadigan ajratmalari;
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
d) shartnoma (kontrakt) majburiyatlarini buzganligi uchun yuridik shaxslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar miqdorining 100 foizi;
e) jamg‘arma bo‘sh mablag‘larini likvidli moliya vositalarida (depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar va boshqalar) vaqtincha joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
j) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan mablag‘lar Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘linmalarida ochiladigan bank hisobraqamlarida jamlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
5. Jamg‘arma mablag‘lari:
mudofaa sanoati kompleksini qo‘llab-quvvatlash, uning salohiyatini rivojlantirish va oshirish, shuningdek, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha dasturlar va loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga;
qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy-texnik mulkni ishlab chiqish hamda modernizatsiyalash tadbirlarini moliyalashtirishga;
mudofaa sanoati sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga;
harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash, yo‘q qilish va qayta ishlash sohasidagi loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirish uchun ekspertlar, shu jumladan xalqaro mutaxassislar ishini tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik kadrlarini, jumladan, xorijiy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlariga;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etishga;
seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, Agentlikning profilaktika va boshqa tadbirlarini o‘tkazishga;
Agentlik xodimlarining mamlakat ichida va tashqarisida xizmat safarlarida bo‘lish xarajatlarini to‘lashga;
Agentlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga xizmat ko‘rsatish va ularni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirishga;
Agentlikning Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti xodimlarini ta’minlashga;
Agentlik ijro etuvchi apparati va uning idoraviy mansub tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirishga;
Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishga;
Agentlik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga;
Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari bilan qoplanmagan joriy xarajatlariga yo‘naltiriladi.
(5-bandning oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
6. Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mutasaddi o‘rinbosarlari bilan kelishilgan holda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘armaning 25 foizdan ortiq bo‘lmagan mablag‘lari Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘armaning Agentlik direktori rahbarlik qiladigan Kengashi Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish organi hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamg‘arma Kengashining shaxsiy tarkibi Agentlik, uning idoraviy mansub tashkilotlari vakillaridan shakllantiriladi va Agentlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
10. Jamg‘arma kengashining majlislari har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda, Jamg‘arma kengashining navbatdan tashqari majlislari ham chaqirilishi mumkin. Jamg‘arma Kengashi majlislari ularda Kengashning kamida uch a’zosi ishtirok etganda huquqiy vakolatli hisoblanadi.
11. Jamg‘arma Kengashi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan Jamg‘armani shakllantirishning barcha manbalari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini tayyorlaydi;
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning Jamg‘armadan olingan mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamg‘arma daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi va mablag‘lar tushishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kamchiliklarni bartaraf etishga doir tegishli choralar ko‘radi;
tushumlarni ko‘paytirish va Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
o‘z faoliyati doirasida boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Agentlikning Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish xizmati (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) Jamg‘arma kengashining ishchi organi hisoblanadi va u quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishining hisobini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uni belgilangan tartibda taqdim etadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda taqdim etish uchun Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlaydi;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Jamg‘arma mablag‘larini barqaror shakllantirish, o‘z vaqtida moliyalashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlash monitoringini amalga oshiradi.
Ishchi organ qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
13. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash har yili joriy yilning 1-oktabrigacha kelgusi yil uchun moliyaviy mablag‘lar tushishining kutilayotgan prognozidan va ushbu Nizomda belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromad va xarajatlarining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mutasaddi o‘rinbosari bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari asosida ishchi organ Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzadi hamda Agentlik direktori tasdiqlagandan so‘ng ushbu smetani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
5-bob. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
17. Jamg‘arma mablag‘lari Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘linmalarida ochiladigan bank hisobraqamlari orqali sarflanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jamg‘arma xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘linmalari tomonidan Agentlikning to‘lov topshiriqnomasi asosida to‘lanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Jamg‘arma mablag‘larining yil oxirida barcha manbalar bo‘yicha qoldiqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlariga o‘tkazilmaydi, Agentlik tomonidan markazlashtirilgan holda foydalanish uchun kelgusi yilga o‘tkaziladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
6-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Agentlik direktori tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
7-bob. Yakunlovchi qoida
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/118/0781-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)