Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 84-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi tarkibiga kiruvchi aviatsiya xodimlarining lavozimlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qarorga asosan vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar muvofiqlashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-oktabr kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 361-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror talablarining ijrosini nazorat qilish masʼuliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 111-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga mansub lavozimlar
ROʻYXATI
I. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchilar
1. Davlat aviatsiyasi uchuvchilar tarkibiga ushbu Roʻyxatga muvofiq maxsus tayyorgarlikka ega va parvoz davomida (uchuvchisiz uchish majmuasining qoʻmondonlik-boshqaruv stansiyasidan) havo kemasi ekipaji tarkibida egallab turgan shtatdagi lavozimi, shuningdek harbiy va hisobga olingan mutaxassisligiga asosan parvozlarga tegishli ruxsati boʻlgan holda havo kemasi (uchuvchisiz uchish apparati)ni boshqarish, havo navigatsiyasi, havo kemasi, uning tizimlari va jihozlaridan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) boʻyicha oʻzining funksional majburiyatlarini bajaradigan shaxslar kiradi.
2. Uchuvchilar tarkibiga kiradi:
a) Mudofaa vazirligi markaziy apparatida, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonligi:
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondoni (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
boshqarma boshligʻi, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, parvozlar xavfsizligi boshqarmasi, ekspert boʻlimi boshligʻi (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
b) aviatsiya birlashmalarida:
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonining oʻrinbosari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
boshqarma, boʻlim, xizmat, boʻlinma boshliqlari va ularning aviatsiya koʻrinishi (turi) va parvozlar xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
trenajyor kompleksi boshligʻining uchish tayyorgarligi boʻyicha oʻrinbosari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
katta uchuvchi-inspektor, uchuvchi-inspektor (uchuvchi harbiy hisob mutaxassisligi);
boshqarma eksperti, boʻlim, xizmat, aviatsiya koʻrinishi (turi) boʻlinmalari va parvozlar xavfsizligi katta ofitseri (ofitser) (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
qidiruv-qutqaruv va parashut-desant xizmati boshligʻi (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
shturmanlik xizmati bosh (katta) shturmani (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
shturman (uchuvchi harbiy hisob mutaxassisligi);
v) aviatsiya qoʻshilmalarida:
aviatsiya katta bort texnigi, aviatsiya bort texnigi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
katta bort muhandis-yoʻriqchisi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
bort mexanigi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
bort radisti (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
havo radisti (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
qoʻshilma komandirlari va uning oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
zveno komandiri (otryad, oʻquv otryadi);
kema, vertolyot, vertolyot otryadi komandiri;
aviatsiya (vertolyot) eskadrilya komandiri va uning oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
katta uchuvchi-yoʻriqchi, uchuvchi-yoʻriqchi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
katta uchuvchi, uchuvchi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
havo-oʻti va taktik tayyorgarlik boshligʻi;
boʻlim, boʻlinma, xizmat boshligʻi va uning oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
shtab boshligʻi va uning oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
kema komandiri yordamchisi;
boʻlim, boʻlinma, xizmat va parvozlar xavfsizligi katta ofitseri (ofitser) (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
katta shturman, shturman-dasturchi, eskadriya shturmani, eskadriya shturmani yordamchisi, zveno (otryad) shturmani, samolyot (vertolyot, kema) shturmani;
g) sinovchi-parvoz boʻlinmalarida:
sinovchi-uchuvchi;
sinovchi-shturman;
aviatsiya bort sinovchi-texnigi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida:
Norasmiy tarjima. 2-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda.
boshligʻi va uning oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
professor-oʻqituvchilar tarkibi (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
boʻlim boshligʻi va uning oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
boshliq, katta oʻqituvchi (oʻqituvchi), markaz (trenajyor tayyorgarligi, trenajyor kompleksi) oʻqituvchi-yoʻriqchi (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
malaka oshirish kurslari boshligʻi (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
e) alohida razvedka aviatsiya eskadrilyasida (uchuvchisiz uchish apparatlari)
eskadrilya komandiri va uning oʻrinbosarlari (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
otryad komandiri (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
uchuvchisiz uchish apparati katta uchuvchi-operatori, uchuvchi-operatori (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi);
uchuvchisiz uchish apparati foydali yuklamasining katta shturman-operatori, shturman-operatori (uchuvchi harbiy-hisob mutaxassisligi).
II. Havodagi harakatlarni tashkillashtirishni amalga oshiruvchi va xizmat koʻrsatuvchi shaxslar
3. Havodagi harakatlarni tashkillashtirishni amalga oshiruvchi va xizmat koʻrsatuvchi shaxslarga kiradi:
havo boʻshligʻidan foydalanish Yagona boshqaruv tizimlari Bosh markazining barcha nomlanishlari boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
havo boʻshligʻidan foydalanish Yagona boshqaruv tizimlari Bosh markazining navbatchi smena katta dispetcheri;
parvozlarni boshqarish, jangovar boshqaruv guruhlari boshligʻi;
navbatchi smena boshligʻi;
havo boʻshligʻidan foydalanish Yagona boshqaruv tizimlari Bosh (hududiy, yordamchi hududiy) markazi navbatchi smena boshligʻi;
dispetcherlik punkti boshligʻi;
aviatsiya qoʻshilmalari, qismlari qoʻmondonlik punkti boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
aviatsiyani yoʻnaltiruv punkti boshligʻi;
parvozlar va uchib oʻtishlarni boshqarish Markazi tezkor navbatchisi;
aviatsiya qoʻshilmalari, qismlari qoʻmondonlik punkti tezkor navbatchisi;
nishon koʻrsatuvchi va yoʻnaltiruvchi, jangovar boshqaruv ofitseri;
aviatsiya qoʻshilmalari, qismlari planshetchi — dispetcheri;
parvozlar rahbari;
parvozlar rahbari katta yordamchisi (yordamchi);
havo boʻshligʻidan foydalanish Yagona boshqaruv tizimlari Bosh (hududiy, yordamchi hududiy) markazi navbatchi smena katta shturmani;
qoʻmondonlik punkti jangovar boshqaruv guruhi yoʻnaltiruvchi katta shturman.
III. Havo kemalari parvozlarini tashkillashtirishni amalga oshiruvchi shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mudofaa vazirligi boshqaruv apparati va HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonligi uchuvchilar shaxsiy tarkibi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti, aviatsiya qoʻshilmalari, qismlari, eskadrilya, alohida razvedka aviatsiya eskadrilya komandirlari va ularning oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida havo kemalari parvozlarini tashkillashtirishni amalga oshiruvchi shaxslar hisoblanadilar.
Norasmiy tarjima. 4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda.
5. Havo kemalari parvozlarini tashkillashtirishni amalga oshiruvchi shaxslarga kiradi:
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonining oʻrinbosari — Bosh muhandis;
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonligi aviatsiya-muhandislik taʼminoti boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlari (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonligi aviatsiya-muhandislik taʼminoti boshqarmasi boʻlim boshligʻi va uning oʻrinbosarlari (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
aviatsiya qoʻshilmalari, qismlari komandirlarining aviatsiya-muhandislik xizmati boʻyicha oʻrinbosarlari, aviatsiya-muhandislik xizmati boshligʻi;
boshqarma, boʻlim, markaz, boʻlinma, guruh, uchuvchisiz uchish aviatsiya tizimi boʻlinmalari boshliqlari va uning oʻrinbosarlari;
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonligi, birlashma, qoʻshilma, qismlari (alohida eskadrilyalar) aviatsiya koʻrinishi boshqarmasi bosh (katta) muhandisi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar), boʻlim, markaz, aviatsiya-muhandislik taʼminoti boʻlinmalari (aviatsiya-muhandislik xizmati);
aviatsiya-texnik bazasi komandiri va uning oʻrinbosarlari;
qoʻshilma, qismlar samolyotlar (vertolyotlar) zaxira bazasi boshligʻi;
qoʻshilma, qismlar samolyotlar (vertolyotlar) taʼmirlash batalyon komandiri va uning oʻrinbosarlari;
nazorat boʻlimi boshligʻi (parvozlar taʼminotining);
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonligi boshqarma, boʻlim, xizmat, boʻlinma boshliqlari va uning oʻrinbosarlari, qoʻshilma, qismlari aviatsiya turlari va parvozlar xavfsizligida uchuvchilar tarkibiga kirmaydigan shaxslari;
HHM qoʻshinlari va HHK qoʻmondonligi boshqarma, boʻlim, xizmat, boʻlinmalari, aviatsiya turlari va parvoz xavfsizligi, aviatsiya qoʻshilma va qismlarining uchuvchilar tarkibiga mansub boʻlmagan katta ofitser, ofitser, katta texnik, texnik (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
uchuvchilar tarkibiga mansub boʻlmagan uchuvchisiz uchish apparati operatorlari (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
uchuvchisiz aviatsiya tizimi (uchuvchisiz uchish apparati) boʻlinmalarining boshqarma, boʻlim, markaz, boʻlinmasi shturmani (shturman-dasturchi);
uchuvchilar tarkibiga mansub boʻlmagan parvoz xavfsizligi boshqarmasi boʻlim eksperti.
IV. Havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi tarkib
6. Havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi tarkibga quyidagilar kiradi:
aviatsiya katta mexanigi, aviatsiya texnigi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
aviatsiya katta texnigi, aviatsiya texnigi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
katta texnik, texnik (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
deshifroshchik guruhi;
muhandislik aviatsiya xizmati katta muhandisi, muhandis (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
aviatsiya-texnik otryadi komandiri;
taʼmirlash batalyoni komandiri va uning oʻrinbosari;
eskadrilya komandirining muhandislik aviatsiya xizmati boʻyicha oʻrinbosari;
texnik xizmat koʻrsatish qism boshligʻi, otryad, zveno, hisob va ularning oʻrinbosarlari;
guruh boshligʻi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
uchuvchisiz uchish apparati texnik-operatori.
V. Havo kemasi parvozlarini taʼmirlashni amalga oshiruvchi tarkib
7. Havo kemasi parvozlarini taʼmirlashni amalga oshiruvchi tarkibga quyidagilar kiradi:
aviatsiya parvoz dispetcheri (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
katta dispetcher, parvoz va uchib oʻtishlarni boshqarish markazi dispetcheri;
aloqa va radiotexnik (radiotexnik yoritish) taʼminoti batalyon komandiri va uning oʻrinbosarlari;
aerodrom texnik taʼminoti batalyon komandiri va uning oʻrinbosarlari;
aviatsiya qoʻshilmalari, qismlar guruhi, vzvod komandiri;
aloqa tuguni va radiotexnik (radiotexnik yoritish) boʻlim taʼminoti komandiri (boshligʻi);
aloqa tuguni va radiotexnik (radiotexnik yoritish) boʻlim taʼminoti seksiya komandiri;
aviatsiya birlashma, qoʻshilma, qismlarning meteorologiya xizmati (guruhi) boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
aviatsiya birlashmasi meteorologiya xizmati katta ofitseri;
meteorologiya boʻlim, xizmat, guruhlarining meteorologiya kuzatuvchisi, katta meteorolog, mexanik-meteorolog, meteorolog-haydovchi;
aviatsiya trenajyor kompleks boshligʻi;
front orti boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari;
aerodrom va maxsus inshootlarini ekspluatatsiya qilish va joriy taʼmirlash boʻlim boshligʻi;
xizmat boshligʻi (HHK aerodrom va maxsus inshootlarini ekspluatatsiyasi);
front orti boshqarmasi yongʻin xavfsizligi xizmati boshligʻi;
qoʻshin aloqa va radiotexnik taʼminoti boshligʻi — boʻlim boshligʻi va uning oʻrinbosari;
aviatsiya Bosh meteorologiya markazi boshligʻi;
radiotexnik yoritish taʼminoti guruhi boshligʻi;
meteorologik stansiyasi boshligʻi (harakatlanuvchi);
aviatsiya Bosh meteorologiya markazi boʻlim boshligʻi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
aloqa va radiotexnik (radiotexnik yoritish) taʼminoti boshligʻi;
aloqa boʻlinmasi va radiotexnik (radiotexnik yoritish) taʼminoti radio stansiya boshligʻi;
aviatsiya Bosh meteorologiya markazi smena boshligʻi;
aloqa boʻlinmasi va radiotexnik (radiotexnik yoritish) taʼminoti smena boshligʻi;
qidiruv-qutqaruv va parashut-desant xizmati boshligʻi;
qidiruv-qutqaruv va parashut-desant xizmati qutqaruv guruhi boshligʻi;
raketalarni tayyorlash texnik pozitsiyasi boshligʻi (aviatsiya talafot vositasi va maxsus qurollar texnik pozitsiyasi);
aviatsiya qoʻshilma va qismlari logistik va texnik kuzatuv boʻlinma boshligʻi, muhandisi, katta ofitseri, texnigi;
harbiy vakolatxona, shuningdek, aviatsiya taʼmirlash tashkiloti filiallari boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, boʻlim va boʻlinma boshliqlari, muhandisi (barcha nomlanish va mutaxassisliklar);
parvozlar va uchib oʻtishlarni boshqarish Markazi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
parvozlar va uchib oʻtishlarni boshqarish Markazi navigatsion axborot xizmati boshligʻi;
parvozlar va uchib oʻtishlarni boshqarish Markazi qidiruv-qutqaruv taʼminoti boʻyicha operativ guruh boshligʻi, katta ofitseri;
parvozlar va uchib oʻtishlarni boshqarish Markazi operativ navbatchisi;
aloqa vositasi katta operatori, aloqa tarmogʻi operatori (uchuvchisiz uchish apparati);
aloqa va radiotexnik taʼminoti boʻlim katta ofitseri;
qidiruv-qutqaruv va parashut-desant xizmati ofitseri;
markaziy trenajyor tayyorgarligi texnik operatori, boshligʻi oʻrinbosari;
aloqa boʻlinmasi va radiotexnik (radiotexnik yoritish) taʼminoti (smena, radiomarkirovka punkti, radiotexnik stansiya, radiolokatsiyon stansiya, yaqindan yoʻnaltirish radiotexnik stansiya, yoʻnaltiruvchi radiomayoq, glisadli radiomayoq, avtomatlashtirilgan radiopelengator, elektr kuchlanishli vositalar, obyektiv nazorat) texnigi, katta texnigi, boshligʻi;
aerodrom texnik taʼminot batalyoni parvozlar maydonini qurshab olish seksiya komandiri;
Bosh meteorologiya markazi seksiya komandiri;
aerodrom texnik taʼminot batalyoni, seksiyasi (guruhlar, vzvodlar) katta mexanik-haydovchi, haydovchi, haydovchi-mexanik, haydovchi-operator, haydovchi-kranchi, greyderchisi;
qutqaruv guruhi omborxona boshligʻi, katta yoʻriqchisi (yoʻriqchi) feldsheri, haydovchisi;
parashut-desant jihozlari omborxona boshligʻi;
parashutlar omborxonasi katta taxlovchisi, parashutlar taxlovchisi;
aviatsiya texnik qism komandiri va uning oʻrinbosari.