|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.03.2021
|
1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
6-ILOVA
|
Hududlar |
Tuman va shaharlar | ||
|
1-toifa |
2-toifa | ||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus shahri Qoʻngʻirot tumani Xoʻjayli tumani Beruniy tumani Toʻrtkoʻl tumani Chimboy tumani Ellikqalʼa tumani Amudaryo tumani |
Shumanay tumani Qonlikoʻl tumani Kegeyli tumani Moʻynoq tumani Qoraoʻzak tumani Taxtakoʻpir tumani Nukus tumani Taxiatosh tumani |
|
2. |
Andijon viloyati |
Andijon shahri Qoʻrgʻontepa tumani Shahrixon tumani Andijon tumani Jalaquduq tumani Izboskan tumani Marhamat tumani |
Xonobod shahri Asaka tumani Baliqchi tumani Boʻz tumani Buloqboshi tumani Paxtaobod tumani Oltinkoʻl tumani Xoʻjaobod tumani Ulugʻnor tumani |
|
3. |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahri Gʻijduvon tumani Romitan tumani Qorakoʻl tumani Shofirkon tumani |
Kogon shahri Jondor tumani Peshku tumani Olot tumani Buxoro tumani Vobkent tumani Kogon tumani Qorovulbozor tumani |
|
4. |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahri Zomin tumani Doʻstlik tumani Gʻallaorol tumani Forish tumani |
Baxmal tumani Sh.Rashidov tumani Paxtakor tumani Mirzachoʻl tumani Arnasoy tumani Zarbdor tumani Zafarobod tumani Yangiobod tumani |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahri Shahrisabz tumani Nishon tumani Muborak tumani Mirishkor tumani Chiroqchi tumani Gʻuzor tumani Yakkabogʻ tumani Koson tumani Qamashi tumani |
Shahrisabz shahri Qarshi tumani Kitob tumani Dehqonobod tumani Kasbi tumani |
|
6. |
Navoiy viloyati |
Navoiy shahri Zarafshon shahri Uchquduq tumani Qiziltepa tumani Xatirchi tumani Karmana tumani |
Konimex tumani Navbahor tumani Nurota tumani Tomdi tumani |
|
7. |
Namangan viloyati |
Namangan shahri Kosonsoy tumani Norin tumani Uchqoʻrgʻon tumani Chust tumani Pop tumani Toʻraqoʻrgʻon tumani |
Chortoq tumani Mingbuloq tumani Namangan tumani Uychi tumani Yangiqoʻrgʻon tumani |
|
8. |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahri Kattaqoʻrgʻon shahri Urgut tumani Narpay tumani Jomboy tumani Samarqand tumani Ishtixon tumani Payariq tumani Pastdargʻom tumani Kattaqoʻrgʻon tumani |
Bulungʻur tumani Nurobod tumani Paxtachi tumani Oqdaryo tumani Qoʻshrabot tumani Toyloq tumani |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahri Sirdaryo tumani Boyovut tumani Sayxunobod tumani Xovos tumani |
Shirin shahri Yangiyer shahri Sardoba tumani Oqoltin tumani Guliston tumani Mirzaobod tumani |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahri Denov tumani Shoʻrchi tumani Sherobod tumani Jarqoʻrgʻon tumani Sariosiyo tumani Muzrabot tumani |
Qumqoʻrgʻon tumani Uzun tumani Angor tumani Boysun tumani Qiziriq tumani Oltinsoy tumani Termiz tumani |
|
11. |
Toshkent viloyati |
Nurafshon shahri Olmaliq shahri Angren shahri Bekobod shahri Chirchiq shahri Boʻstonliq tumani Qibray tumani Zangiota tumani Oʻrtachirchiq tumani Yangiyoʻl tumani |
Oxangaron shahri Yangiyoʻl shahri Oxangaron tumani Oqqoʻrgʻon tumani Bekobod tumani Boʻka tumani Quyichirchiq tumani Parkent tumani Piskent tumani Chinoz tumani Yuqorichirchiq tumani Toshkent tumani |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
Fargʻona shahri Qoʻqon shahri Margʻilon shahri Quva tumani Bogʻdod tumani Beshariq tumani Oʻzbekiston tumani Toshloq tumani Uchkoʻprik tumani |
Quvasoy shahri Buvayda tumani Dangʻara tumani Oltiariq tumani Qoʻshtepa tumani Rishton tumani Fargʻona tumani Yozyovon tumani Soʻx tumani Furqat tumani |
|
13. |
Xorazm viloyati |
Urganch shahri Hazorasp tumani Xiva tumani Xonqa tumani Bogʻot tumani Shovot tumani |
Xiva shahri Urganch tumani Qoʻshkoʻpir tumani Gurlan tumani Yangiariq tumani Yangibozor tumani |
|
14. |
Toshkent shahri |
Olmazor tumani Bektemir tumani Mirobod tumani Mirzo Ulugʻbek tumani Sirgʻali tumani Uchtepa tumani Chilonzor tumani Shayxontohur tumani Yunusobod tumani Yakkasaroy tumani Yashnobod tumani |
|
|
Jami |
106 |
94 | |
7-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari faoliyatini tashkil etish, shuningdek FHDY organlari faoliyatini yanada takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
|
2. |
Quyidagilarni: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini, ularning tuzilmalarini tasdiqlashni, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xotin-qizlar qoʻmitalari, sogʻliqni saqlash organlari, FHDY, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibini, har bir xodimning vakolatlari va javobgarligini aniq belgilashni hisobga olgan holda; yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar boʻyicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga oid maxsus oʻquv kurslari faoliyatini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlim vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madj�dov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga yosh iqtidorli qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil |
(I. Madjidov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) | |
|
4. |
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev),Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
5. |
Shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va sh.k.) bilan shugʻullanayotgan shaxslarni aholining band boʻlganlar toifasiga kiritish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), |
|
6. |
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogi�onligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzand(lar)ini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish yuzasidan hududiy manzilli dasturlarni, shuningdek, uylarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davarxitektqurilish qoʻmitasi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan xotin-qizlarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), |
|
8. |
Nikohdan oʻtuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha bila turib ularning sogʻligʻi haqida notoʻgʻri maʼlumotlarni aks ettiruvchi maʼlumotnomalarni berganlik uchun tibbiyot muassasalari rahbarlari va xodimlarining javobgarligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma, zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
|
9. |
Nikohdan oʻtuvchi shaxslar tomonidan oilaviy hayot asoslari boʻyicha majburiy oʻqishdan oʻtishlari masalasini oʻrganish va xalqaro tajribani inobatga olgan holda bu sohada samarali oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
Tahliliy maʼlumotnoma, zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), |
|
10. |
Quyidagilarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash: fuqarolar yigʻini yarashtirish komissiyasining oilaviy nizolar va ajrashishlarning barvaqt oldini olish, shuningdek, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish sohasini; fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi va fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, shu jumladan ularning xotin-qizlar va oilalarning muammolarini aniqlash va hal etishda amaliy koʻmak berishi masalalari, shuningdek, mazkur tuzilmalarning faoliyatiga rahbarlik qilishni tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislarga yuklash masalalarini nazarda tutgan holda. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
|
11. |
Uy-joy mulkdori bilan doimiy birga yashovchi farzandlarining er-xotinlarni uy-joy mulkdorining oila aʼzosi sifatida tan olinishiga qaratilgan takliflarni tayyorlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi |
2018-yil |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
|
12. |
Oila va nikohni saqlash boʻyicha er va xotinning birgalikdagi javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan, xususan, xalqaro tajribani oʻrgangan holda er-xotinning ajralish holatida voz kechish toʻlovi boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma, zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
|
13. |
Xalqaro mehnat tashkilotining “1952-yilgi onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyani qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 183-sonli Konvensiyasini implementatsiya qilishga doir xalqaro tajribani oʻrganish va uni ratifikatsiya qilish boʻyicha taklif kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma, zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz (A. Saidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov) |
|
14. |
Xalqaro ilgʻor tajrib�ni oʻrgangan holda nikohdan oʻtish uchun hujjatlarni topshirgandan soʻng shaxslarning nikohga kirishigacha boʻlgan davrni uzaytirishni, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarning faqat sud tomonidan koʻrib chiqilishi, sud tomonidan ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun bir yilgacha muhlat tayinlashi boʻyicha taklif tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma, zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz (A. Saidov) |
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur Farmoni mazmun-mohiyatini ommaviy-axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish. |
Reja-jadval |
Reja-jadval ishlab chiqish — 2018-yil fevral amalga oshirish — reja asosida |
MTRK (A. Xadjayev), OʻzA (A. Koʻchimov), OʻzMAA (L. Tangriyev), OʻzEOAVMA (F. Abduholiqov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
|
16. |
Mazkur Farmon doirasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash borasida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligini oʻrganish va bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma, zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil dekabr |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
|
II. Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishtirokini yanada oshirish | ||||
|
17. |
Joylarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida: xotin-qizlar bandligini taʼminlash, shu jumladan, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish; mehnatga layoqatli va ishlash istagida boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish va doimiy yangilab borish; xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini, shuningdek, xotin qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan yangi kasbiy koʻnikmalarni oʻrganish imkonini beradigan boshqa kurslarni tashkil etish; “Ustoz — shogird” tizimi rivojlantirish; xotin-qizlarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish; mahallalarda boʻsh turgan binolarni xatlovdan oʻtkazish, tegishli mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil mart |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Quydagilarga alohida eʼtibor qaratgan holda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarini bitirgan qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli monitoring olib borish: bandlik dasturlari doirasida yaratilgan yangi ish oʻrinlariga bitiruvchi qizlarni joylashtirish; yaratilgan ish oʻrinlarining haqiqatda mavjudligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish; tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilishini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
har chorakda |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan yosh qizlar — Chinoz tumanidagi maxsus maktab-internati va Qoʻqon maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji oʻquvchilarining maʼnaviy-axloqiy, oʻquv-tarbiyaviy ishlar hamda xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish borasidagi ishlar holatini chuqur tahlil qilish, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar kiritish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil fevral-mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Xalq taʼlim vazirligi (U. Inoyatov), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxamedov), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
20. |
Namunaviy jamoa shartnomalarini, ularga ish beruvchilar tomonidan xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini nazarda tutuvchi alohida bandlarni kiritgan holda takomillashtirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov) |
|
21. |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslalashuviga, jumladan quyidagi usullarni qoʻllab, koʻmakl�shish: ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish; lozim boʻlganda kasbga qayta tayyorlash boʻyicha qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish orqali ularning bandligini taʼminlash; doimiy psixologik yordamni tashkil etish; ularning voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadli va tizimli tadbirlarni tashkil etish; mahallalardagi turli tadbirlarga jalb etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
22. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor ayollar” respublika biznes-forumini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
har yili iyun |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
III. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarini hal etishda | ||||
|
23. |
Yoshlarni milliy anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning maʼnaviyatini oshirish maqsadida “Milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlashda ayollarning oʻrni” mavzusida anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. |
Chora-tadbirlar |
har yili may |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
24. |
Respublikamizdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish va ularni oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash borasidagi targʻibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish. |
Reja-grafik |
Reja-grafik ishlab chiqish — 2018-yil amalga oshirish — reja asosida |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
|
25. |
Quyidagilarni tashkil etgan holda “Yosh oilalar va qizlar” respublika konferensiyasini oʻtkazish: “Men ham yetakchi boʻlaman” mavzusida 16 yoshdan 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy faol va uyushmagan qizlarning turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar bilan uchrashuvini; “Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Oilam kitob oʻqiydi” aksiyasini; yosh xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli kasb-hunarlar boʻyicha “Kim nimaga qodir?” mahorat darslarini; “Sogʻlom turmush tarzi” aksiyasi (sport musobaqalari)ni tashkil etish. |
Chora-tadbirlar |
har yili |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
26. |
Faoliyati birinchi navbatda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatishga va ularni normal hayotga qaytarishga qaratilgan xotin-qizlar qoʻmitalari qoshida ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarini hududlarda tashkil etish boʻyicha taklif tayyorlash. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boshqaruvi qarori loyihasi |
2018-yil sentyabr |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
|
27. |
Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini tezkorlik bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, ularni oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlash va murojaatlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Tezkor aloqa”ni tashkil etish masalasini koʻrib chiqish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
28. |
Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, oʻzi faoliyat yuritayotgan soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan, oilaga sadoqati va farzand tarbiyasidagi ibrati bilan xalq eʼtirofiga sazovor boʻlayotgan ayollar toʻgʻrisida “Oʻzbekiston ayollari” (“Jenщini Uzbekistana”) kitobini chop etish, uni rus va ingliz tillariga tarjima qilish. |
Kitob chop etish |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), OʻzMAA (L. Tangriyev), Oʻzbek�ston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), “Ijod” fondi (Sh. Irzoyev), “Ilhom” fondi (J. Rizayev) |
|
29. |
Qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga oʻrgatish, milliy urf-odat va anʼanalar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlarjon” telekoʻrsatuvini tashkil etish. |
Reja-grafik |
har oyda |
MTRK (A. Xadjayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
|
30. |
Tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan, oilalarning hayotini yorituvchi va aholi, ayniqsa, ayollar hamda yoshlar uchun oʻrnak boʻladigan qahramonlar obrazini yaratish va ularning targʻibotini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladigan badiiy, hujjatli, multiplikatsion, qisqa metrajli filmlar, teleserial va spektakllar yaratish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Chora-tadbirlar rejasini ish�ab chiqish — 2018-yil aprel amalga oshirish- 2018-2019 yillar |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbekkino” milliy agentligi (F. Zakirov), MTRK (A. Xadjayev), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Jalilov) |
|
31. |
Xotin-qizlar va k?m taʼminlangan oilalar bolalari uchun Xiva, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Margʻilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
har yili |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Abduxakimov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Ramatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
IV. Oila instituti rolini mustahkamlash, oila qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish | ||||
|
32. |
Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi |
2018-yil may |
“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), |
|
33. |
Xotin-qizlar oʻrtasida oila maʼnaviyatini yuksaltirish, ularga farzand tarbiyasi va oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishdagi oʻrinlarini chuqur anglashlariga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi |
2018-yil aprel |
“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
|
34. |
Oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan oʻrnini targʻib qilish boʻyicha “Xalqaro oila kuni”ga bagʻishlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi |
har yili 15-maygacha |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
|
35. |
Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini oshirish maqsadida “Ibratli oila”; Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi oʻrnini oshirish, ularning ilgʻor tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” res�ublika tanlovlarini oʻtkazish. |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlari bayonlari loyihalari |
har yili aprel-may har yili dekabr |
“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning oʻzini oʻzi |
|
36. |
Oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda taʼlim muassasalari psixologlarining rolini tanqidiy tahlil qilish. |
Vazirlar Mahkamasi chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil mart |
Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
|
37. |
Qizlarda olijanob axloqiy fazilatlar, yuksak maʼnaviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlar kutubxonasi” turkumidagi “Faqat qizlar uchun” nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini yaratish va chop etish. |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi |
2018-yil avgust |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
|
38. |
Xotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari uchun “Ayollar psixologiyasi asoslari” nomli uslubiy qoʻllanma va video darslikni ishlab chiqish va tarqatish. |
Uslubiy qoʻllanma |
2018-yil avgust |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), MTRK (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (F. Abduholiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
39. |
Oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni barvaqt aniqlash, shu jumladan, oilaviy ajrashishlarni oldini olish maqsadida “Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi aʼzolari uchun motivatsiya texnologiyalari” nomli uslubiy qoʻllanmani tayyorlash hamda qoʻllanmani bu kabi holatlar koʻrsatkichi yuqori boʻlgan hududlarda sinovdan oʻtkazish. |
Uslubiy qoʻllanma |
2018-yil oktyabr |
“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
40. |
Taʼlim tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻquv dasturlarini tashkil etish: maktabgacha taʼlim muassasalarida 4 yoshdan oshgan bolalar uchun oilaviy qadriyatlar boʻyicha haftalik (10 — 15 daqiqa davomiyligida) mashgʻulotlar oʻtkazishni; umumtaʼlim maktablarining 5 — 7 sinflariga “Oila asoslari” va 8 — 10 sinflariga “Oila etikasi va psixologiyasi” fanlarini kiritish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
|
41. |
Oilada maʼnaviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyat, oilaviy munosabatlar psixologiyasini oshirish maqsadida “Oila ensiklopediyasi”ni chop etish, shuningdek uni kam taʼminlangan oilalarga bepul asoslarda hamda oila qurayotgan yoshlarga imtiyozli asoslarda tarqatish. |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi |
2019-yil yanvar |
OʻzMAA (L. Tangriyev), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), “Ilhom” fondi (J. Rizayev), “Ijod” fondi (Sh. Irzoyev) |
|
V. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini | ||||
|
42. |
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida: xotin-qizlar, bolalar va oila qurayotgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish; ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni emlash ishlarini sifatli tashkillashtirish; fertil yoshdagi ayollarning kontratseptiv vositalarga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish; homilador ayollar va goʻdaklarda tugʻma nuqson va xavfli belgilarni oldini olish, shu jumladan, skrining-tekshiruvlar oʻtkazilishini oʻrganib borish; ijtimoiy kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish; onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun ayollarni skrining-tekshiruvlardan oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Sogʻlom avlod uchun” fondi (S. Inamova) |
|
43. |
Sogʻlom oila qurish, sogʻlom farzandni dunyoga keltirish, sogʻlom turmush tarzini yuritish (toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shugʻullanish va boshqalar) asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targʻib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Sogʻlom avlod uchun” fondi (S. Inamova) |
|
44. |
Xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilish maqsadida: barcha turdagi sport majmualarining sport-sogʻlomlashtirish guruhlarida kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlarning imtiyozli shugʻullanishlari uchun shart-sharoit yaratish; sportning nafis turlari boʻyicha bir necha bosqichli xotin-qizlar spartakiadalarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi (R. Qurbonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
|
45. |
Ota-onalar uchun oilada nogiron farzandlarini toʻgʻri parvarishlash va tarbiyalash, ularning tegishli koʻnikmalarini patronaj tizimi orqali oshirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar tayyorlash va tasdiqlash. |
Uslubiy koʻrsatmalar Targʻibot tadbirlari |
2018-yil muntazam |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (V. Alimova), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Qoraqalpogʻi�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
46. |
Oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash maqsadida oilaviy mutolaa uchun “Sogʻlom turmush tarzi va profilaktikasi alifbosi” elektron modulini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yaratish va tarqatish. |
Elektron modul |
2018-yil avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), (I. Madjidov), |
|
VI. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazi tizimi idoralari faoliyati samaradorligini oshirish | ||||
|
47. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar)lar xotin-qizlar qoʻmitalariga hamda “Oila” markazi va uning hududiy boʻlinmalariga zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlarni jalb etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil mart |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
48. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazining xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish ishlarida ularning ishtirokini taʼminlash tizimini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar |
2018-yil aprel |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (Gʻ. Abdukarimov), OʻzNNTMA (A. Karimov) |
|
49. |
“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar |
har yili noyabr |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (Gʻ. Abdukarimov), OʻzNNTMA (A. Karimov) |
|
50. |
Taʼlim muassasalarida “Qizlarjon” toʻgaraklari faoliyatini tashkil etish orqali qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, shuningdek oila va nikoh, reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil aprel |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxame�ova), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
|
51. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy boʻlimlari va boshlangʻich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida: zamon talabidan kelib chiqqan holda boshlangʻich tashkilotlar nizomini ishlab chiqish; xotin-qizlar bilan amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni, yoʻnalishlari, shakli va uslublarini aniq belgilash; boshlangʻich tashkilotlar raislari uchun oʻquv seminarlar tashkil etish; “Xotin-qizlar qoʻmitalarining eng namunali boshlangʻich tashkiloti” tanlovini tashkil etish. |
Nizom Uslubiy tavsiyalar Chora-tadbirlar rejasi Chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil aprel 2018-yil aprel reja asosida reja asosida |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
52. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkilotlari raislari va faol aʼzolarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar |
2018-yil may |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov) |
|
53. |
“Saodat” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasi tahririyatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha choralarni belgilash, ularning elektron shakllarini yaratish va takomillashtirish. |
Chora-tadbirlar |
2018-yil |
Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
54. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish: yagona elektron tizimni va elektron hujjat aylanishini joriy etish; Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining veb-sayti platformasida xotin-qizlar muammolarini hal qilish boʻyicha onlayn va interaktiv xizmatlarni koʻrsatishni oʻz ichiga olgan tibbiyot (tib.uz), psixologiya (psy.uz), huquq (yurist.uz), ish oʻrinlari, biznes (biz.ayol.uz) sohalarida xotin-qizlarga maslahatlar berish boʻyicha alohida sub-saytlarni yaratish; xodimlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishlarini taʼminlash maqsadida ularning malakalarini oshirish; barcha boʻlimlarni tezkor aloqa kanallari, zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik vositalar bilan taʼminlash. |
Kompleks chora-tadbirlar dasturi |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
55. |
Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida: ularning yoritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish; xalqaro konferensiyalar, “davra suhbat”lari va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni oʻtkazish; milliy maʼruzalarni tayyorlash va chop etish. |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi |
2018-2021-yillar davomida |
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oliy majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) (U.Muxammadiyev), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz (A. Saidov), OʻzA (A. Koʻchimov), OʻzEOAVMA (F. Abduholiqov), “Jahon” AA (A. Gʻulomov) |
|
56. |
Ommaviy axborot vositalari orqali xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi oʻrtasida keng yoritishga qaratilgan axborot-targʻibot ishlarini olib borish maqsadida markaziy gazeta va jurnallarda, Internet tarmogʻida, radio va televideniyeda quyidagi mavzularda muntazam materiallar chop etib borish: ayolning oila va jamiyatdagi oʻrni; xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash; xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi; sogʻlom ona — sogʻlom kelajak; oilaviy munosabatlar, anʼanalar va urf-odatlar; oilada farzand tarbiyasi; erta nikoh va uning salbiy oqibatlari; xotin-qizlar tadbirkorligi va boshqalar. |
Reja-jadval |
2018-yil |
OʻzMAA (L. Tangriyev), OʻzA (A. Koʻchimov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (F. Abduholiqov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |