|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo‘shimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko‘chatlar va tomchilatib sug‘orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi 110-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo‘shimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko‘chatlar va tomchilatib sug‘orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi 110-son qaroriga ilova*ga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zstandart” agentligining ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan tomchilatib sug‘orish uskunasi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmasligi to‘g‘risidagi xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq olib kirilayotgan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo‘shimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko‘chatlar va tomchilatib sug‘orish tizimi uchun asbob-uskunalardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq olib kirilayotgan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo‘shimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko‘chatlar va tomchilatib sug‘orish tizimi uchun asbob-uskunalardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy jarimalar qo‘llangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yiladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-yanvar,
60-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2018-y., 09/18/60/0632-son)