O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolar va jamoat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasiga ( P.R. Bobojonov) yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-yanvar,
15-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan diniy tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini (keyingi o‘rinlarda jamoat tashkilotlari deb ataladi) huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun moddiy va boshqa tarzda rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar fuqarolar va jamoat tashkilotlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash deb ataladi)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
fuqarolar va jamoat tashkilotlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faolligini yanada oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolar va jamoat tashkilotlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash;
fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qo‘shayotgan hissalari uchun munosib taqdirlash.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qo‘shayotgan hissasi uchun ularning hayoti, sog‘lig‘i hamda mol-mulkiga tajovuz qilinishining oldini olishga qaratilgan, shuningdek, ularning xavfsizligi va ijtimoiy himoya qilinishi choralarini o‘z ichiga oladigan chora-tadbirlar tizimini belgilash.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
3. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish:
qonuniylik;
adolatlilik;
xolislik;
oshkoralik;
fuqarolar, jamoat tashkilotlari vakillarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va ularning xohish-istaklarini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash to‘g‘risidagi takliflar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda idoralararo komissiyalar deb ataladi) fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha taqdimnoma kiritish orqali amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tizimiga:
ichki ishlar organlari;
prokuratura organlari;
milliy xavfsizlik xizmati organlari;
adliya organlari;
davlat bojxona xizmati organlari;
davlat soliq xizmati organlari;
mehnat organlari;
ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari;
davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash to‘g‘risidagi takliflar respublika va hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar haqida ikki va undan ortiq fuqaro yoki jamoat tashkiloti huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarga xabar bergan taqdirda, bu haqda birinchi bo‘lib xabar bergan fuqaro yoki jamoat tashkiloti rag‘batlantiriladi.
2-bob. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish asoslari
6. Quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda fuqarolar va jamoat tashkilotlari rag‘batlantirilishi mumkin:
qasddan sodir etilishi rejalashtirilayotgan yoki sodir etilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikning oldini olishi yoxud to‘xtatishi;
tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi natijasida jinoyat sodir etilishining oldi olinishi;
qasddan sodir etilayotgan jinoyatni to‘xtatishi va uni to‘liq fosh etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;
fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha uni fosh etishga ko‘maklashuvchi dalillarni aniqlashi yoki uni sodir etgan shaxslar yoxud ularning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi natijasida jinoyatning fosh etilishi;
qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxsning yashiringan manzili haqida xabar berishi, uni ushlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 365-moddasi.
bedarak yo‘qolgan shaxs haqida bergan ma’lumoti asosida uning aniqlanishi;
aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etishi va uni bevosita amalga oshirishi;
jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida taklif va tashabbuslarni amalga joriy etishi.
7. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish yuzasidan zarur hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqqan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan bajariladi.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek tuman (shahar) darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar rag‘batlantirish tashabbusi bilan hududiy idoralararo komissiyaga, respublika darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar esa respublika idoralararo komissiyasiga taklif bilan chiqadilar.
8. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar rahbarlarining fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish bo‘yicha taqdimnomasi va unga ilova qilingan asoslantiruvchi hujjatlar, rag‘batlantirish uchun asoslar yuzaga kelgan kundan boshlab uch kun muddatda respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalarga taqdim etiladi.
9. Taqdimnomaga rag‘batlantirish uchun asos bo‘luvchi quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma;
jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror;
ushlangan qidiruvdagi shaxsga nisbatan qidiruvning bekor qilinganligi to‘g‘risida prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning qarori yoki sudning ajrimi;
mazkur Nizomning 6-bandi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha yig‘ilish bayonnomasi nusxalari.
10. Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan taqdimnoma va boshqa asoslantiruvchi hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
11. Respublika va hududiy idoralararo komissiyalar raislari komissiya qarorining qonuniyligi, adolatliligi va xolisligi uchun mas’ul hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
13. Mazkur Nizom talablari ushbu Nizom 6-bandining yettinchi va 16-bandining ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan bedarak yo‘qolgan shaxslarning yaqin qarindoshlariga (ota-ona, aka-uka, va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari) nisbatan tatbiq etilmaydi.
3-bob. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish turlari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Fuqarolarni pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirish tegishli idoralararo komissiyalar tomonidan quyidagi miqdordagi to‘lovlarni to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi:
tuman (shahar) idoralararo komissiyalari — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,52 baravarigacha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo komissiyalari — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,30 baravarigacha;
Respublika idoralararo komissiyasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,05 baravarigacha miqdorda.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
15. Fuqarolar ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan har bir tasdiqlangan xabar uchun mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan rag‘batlantirish miqdorining:
ma’muriy huquqbuzarliklar va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar uchun — 50 foizigacha;
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun — 75 foizigacha;
og‘ir jinoyatlar uchun — 100 foizigacha;
o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun — 150 foizigacha;
qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam berganligi uchun fuqarolarga beriladigan rag‘batlantirishning miqdori, ushbu shaxslar sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, yuqoridagilarga mos ravishda, 50 foizdan 150 foizgacha pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi.
16. Quyidagilar uchun fuqarolar tashakkurnoma va boshqa esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
bedarak yo‘qolgan shaxslarni aniqlashda yordam ko‘rsatilishi;
aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etish va uni bevosita amalga oshirilishi;
jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida taklif va tashabbuslarning amalga joriy etilishi.
17. Jamoat tashkilotlari mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan barcha holatlar bo‘yicha tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31-bob. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash
171. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
172. Fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir va og‘ir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da yoxud halok bo‘lganida (vafot etganida) uning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi.
173. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash yuzasidan zarur hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirish mazkur Nizomning 172-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun bevosita mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lar darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash taklifi bilan hududiy idoralararo komissiyaga, respublika darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar esa — respublika idoralararo komissiyaga murojaat qiladilar.
174. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar rahbarlarining fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha taqdimnomasi va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlar, ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun asoslar yuzaga kelgan kundan boshlab uch kun muddatda respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalarga taqdim etiladi.
175. Taqdimnomaga ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun asos bo‘luvchi quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:
sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi;
vafot etganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
176. Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar taqdimnoma va boshqa asoslovchi hujjatlar tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalasini ko‘rib chiqadi.
177. Respublika va hududiy idoralararo komissiyalar raislari komissiya qarorining qonuniyligi, adolatliligi va xolisligi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadilar.
178. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash quyidagicha amalga oshiriladi:
fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi;
fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida og‘ir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi;
fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida halok bo‘lganida (vafot etganida) huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi.
(31-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash tartibi
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun taqdirlash hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, fuqarolar, shu jumladan jamoat tashkilotlari vakillarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlashni hamda ularning xohish-istaklarini hisobga olgan holda, keng jamoatchilik ishtirokida, respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan, tantanali ravishda amalga oshiriladi.
Taqdirlash hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq tantanali marosimlar ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
19. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarining vakillari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq davlat mukofotlariga ham tavsiya etilishi mumkin.
20. Esdalik sovg‘alar fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish taklifi bilan chiqqan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va ularning miqdori hamda qiymati ushbu organlar tomonidan belgilanadi.
21. Fuqarolarni pul mukofotlari bilan taqdirlash xarajatlari rag‘batlantirish taklifi bilan chiqqan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Rag‘batlantirilgan hamda ijtimoiy himoyasi ta’minlanganlarning fuqarolar va jamoat tashkilotlarining hisobi respublika va hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan olib boriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
23. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining ijtimoiy himoyani ta’minlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlarni tegishlicha respublika yoki hududiy idoralararo komissiyaga taqdim etadi.

Ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun asoslar yuzaga kelgan kundan boshlab uch kun muddatda

2-bosqich

Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar

Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Taqdimnoma va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlar tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda

3-bosqich

Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar

Qabul qilingan qaror haqida ijtimoiy himoyani ta’minlash to‘g‘risidagi taklif bilan chiqqan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organga xabar beradi.

Qaror qabul qilingan kunning o‘zida

4-bosqich

Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi (fuqarolarga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘irlikdagi yoki og‘ir tan jarohati yetkazilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi, vafot etganda uning oila a’zolariga va qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi)

Komissiya tomonidan belgilangan muddatda

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/15/0548-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)