Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika bo‘yicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholiga suyultirilgan gaz sotish va yetkazib berishda o‘g‘irlik va suiiste’mollikning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/897/2149-son)
2. Aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi O‘zbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gaz narxining o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgarishi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur qaror bilan belgilangan yagona chakana narx, shuningdek aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun “O‘ztransgaz” AJ va/yoki uning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari orqali sotiladigan suyultirilgan gazning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishining tizimli nazoratini ta’minlasin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Mustafayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
1033-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/897/2149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/897/2149-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1033/0501-son, 02.11.2018-y., 09/18/897/2149-son)