O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarining barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, uchun ishlab chiqarishni izchil texnologik modernizatsiyalash va samaradorligini oshirish yo‘li bilan ularning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish, xodimlar tarkibi va sonini optimallashtirish, xalqaro standartlarga muvofiq ilg‘or yondashuvlar va korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi bilan birga ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan takliflari qabul qilinsin:
birinchidan — iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha 2017-yil 1-sentabrdan 2018-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda so‘ndirilishi lozim bo‘lgan majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish, asosiy qarzni, foiz to‘lovlarini, shuningdek, 2017-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni to‘lash muddatlarini 1-ilovaga muvofiq 4 yilga uzaytirish;
ikkinchidan — “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning 2017-yil 1-iyul holatiga ko‘ra undirib olish umidi uzilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, shuningdek, 2016-yilda tugatilgan fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar oldidagi qarzi qoldiqlarini iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida qarzdorlikni restrukturizatsiya qilish yo‘li bilan ro‘yxatdan chiqarish, keyinchalik korxonalarning budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlari bo‘yicha qarzlarini hisobdan chiqarish hamda qoplanmagan qismini korxonalarning moliyaviy natijalariga kiritish;
uchinchidan — 2016 — 2018-yillarning yakunlari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalariga davlat ulushi bo‘yicha hisoblab qo‘shilgan dividendlarni kapitallashtirish, ularni O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda investitsiya maqsadlariga jalb etilgan kreditlar va qarzlarni to‘lashga maqsadli yo‘naltiriladi;
to‘rtinchidan — 2017-yil 10-sentabrdan boshlab respublikaning butun hududida aholiga suyultirilgan gaz sotishning yagona narxini o‘rnatish;
beshinchidan — qayta ishlovchi korxonalarga uglevodorod xomashyosini yetkazib berishga qazib oluvchi korxonalarning 5 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasiga erishishni ta’minlaydigan tariflar miqdorini belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi (G‘.I. Ibragimov), “O‘zbekneftgaz” AJ rahbari (A.S. Sultonov), “O‘zkimyosanoat” AJ rahbari (A.A. Abdullayev), “O‘zbekenergo” AJ rahbari (U.M. Mustafoyev), “O‘zagrokimyohimoya” AJ rahbari (U.A. Axunov) ikki oy muddatda 2017-yilning 1-iyuli holatiga ko‘ra bazaviy tarmoqlar korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini xatlovdan o‘tkazsin hamda ularning xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishilgan birlamchi buxgalteriya hujjatlari va tomonlarning solishtirma dalolatnomalari bilan tasdiqlanishini ta’minlasin.
Xatlov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritilsin.
2. Tijorat banklariga 2017-2018-yillar davrida so‘ndirilishi lozim bo‘lgan asosiy qarz to‘lovlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ hamda ularning korxonalariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha moratoriy qo‘llash tavsiya etilsin, asosiy qarz 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha 2019-2020-yillarda so‘ndirilsin.
4. Belgilansinki, 2017-yilning 1-oktabridan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi PQ-4088-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/18/4088/2412-son — 2018-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
“O‘zbekenergo” AJning issiqlik elektrostansiyalari va markazlari uchun soliqqa tortish maqsadida suv resurslarining yuza va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi qaytarib quyilayotgan suv hajmiga teng miqdorda kamaytiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi kreditlarini berish va uning kredit liniyalarini ochish, shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlarini restrukturizatsiya qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
5. Iqtisodiyot asosiy tarmoqlari korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, uning zimmasiga kuyidagi vazifalar yuklansin:
aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari sonini uch oy muddatda optimallashtirish, ularning tarkibiga kiruvchi sohaga xos bo‘lmagan bo‘linmalar va ortiqcha quvvatlarni qisqartirish, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari faoliyatiga xilof funksiyalarni bartaraf etish;
davlat korxonalarida mablag‘larning talon-taroj qilinishi va maqsadga nomuvofiq foydalanishiga olib keluvchi omillarni aniqlash va tugatish, moliyaviy-texnik intizomning holatini, korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya etilishini o‘rganish hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish;
nufuzli kompaniyalarni jalb etgan holda mustaqil moliyaviy auditni, aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarining hamda ularning tarkibiga kiruvchi davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq bo‘lgan korxonalarning boshqaruv tizimlarini, texnik va texnologik holatini baholashni 2018-yilning 1-iyuliga kadar nihoyasiga yetkazish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
sanoatning bazaviy korxonalari zarar ko‘rmay ishlashini va inflyatsiyaning asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni hisobga olgan holda shunday korxonalarning mahsulotiga nisbatan tarif siyosatini takomillashtirish;
zaruratga qarab, sanoat bazaviy tarmoqlari korxonalarining moliyaviy barqarorligiga, shu jumladan, aylanma mablag‘lari ko‘payishiga imkon yaratuvchi qo‘shimcha choralar ko‘rish;
“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, “O‘zavtosanoat” AK, “O‘zfarmsanoat” AK, “Olmalik KMK” AJ rahbarlarining istiqbolli rivojlanish strategik rejalari mavjudligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni, past samarali, sohaga xos bo‘lmagan aktivlar holatini tahlil etishni, importni qisqartirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda amalga oshirilgan investitsiya loyihalarining samaradorlik darajasini baholash bo‘yicha hisobotlarni tanqidiy o‘rganish va tinglash;
sanoat bazaviy tarmoqlari korxonalarining Kuzatuv kengashlari mas’uliyatini oshirish va ularning yangi tarkibini tasdiqlash bo‘yicha takliflar kiritish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova) hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R.A. G‘ulomov) bilan birgalikda ikki oy muddatda yuqori likvidli mahsulotlar, shu jumladan, neft mahsulotlari, qora metallar prokati, sement, polietilen, polipropilen, mis mahsuloti, metall rux, paxta linti, mineral o‘gitlarga Davlat budjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining tegishli sarf-xarajatlari o‘zgarganligini, shuningdek, narxlar o‘zgarishining ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga, qishloq xo‘jaligini va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga ta’sirini tahlil etishni hisobga olib, narx belgilash va sotishning bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. “O‘zbekneftgaz” AJ (A.S. Sultonov), “O‘zbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev), “O‘zkimyosanoat” AJ (A.A. Abdullayev) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R.A. G‘ulomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2017-yilning 15-oktabrigacha Hukumat komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bazaviy tarmoqlar korxonalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatdoshligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 31-yanvardagi PP-2747-sonli qarorining 1-bandida nazarda tutilgan korxonalarning sohaga xos bo‘lmagan aktivlarini sotish yoki mahalliy davlat hokimiyati organlariga topshirish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
8. “O‘zbekneftgaz” AJ (A.S. Sultonov), “O‘zbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev), “O‘zkimyosanoat” AJ (A.A. Abdullayev), “O‘zagrokimyohimoya” AJ (U.A. Axunov), “O‘zbekko‘mir” AJ (Z.B. Ishmuxamedov), “O‘zavtosanoat” AK (U.Z. Salimov), “O‘zfarmsanoat” DAK (M.M. Do‘smuratov), “Olmaliq KMK” AJ (A.Q. Farmonov) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R.A. G‘ulomov) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova) bilan birgalikda uch oy muddatda 2017-2018-yillarda har bir idoraviy korxonalar bo‘yicha tegishli tarmoqlarni moliyaviy sog‘lomlashtirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayevga “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJning 1-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining avval taqdim etilgan davlat kafolatlariga o‘zgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova), Markaziy bank (M.B. Normuratov), Adliya vazirligi (R.K. Davletov) hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi M.M. Ikromov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-sentabr,
PQ-3253-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qaroriga
1-ILOVA
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish
PARAMETRLARI

mln doll.

T/r

Investitsiya loyihalari nomi

Kreditlar bo‘yicha restrukturizatsiya qilinadigan qarzdorlik summasi

jami:

shu jumladan:

2017-yil avgust — dekabr davomida to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz

2018-yil to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz

jami

asosiy qarz

foizlar

jami

asosiy qarz

foizlar

Jami (22 ta loyiha)

169,1

45,5

18,9

26,6

123,6

55,0

68,6

shu jumladan:

1.

“Uzbekneftegaz” AJ

78,4

19,9

0,3

19,6

58,5

4,6

53,9

1.1.

Surgil koni bazasida Ustyurt GKK qurish va konni jihozlash

39,7

9,3

0,3

9,0

30,4

4,6

25,8

1.2.

Sho‘rtan GKK tozalangan metan bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish

24,8

7,1

7,1

17,7

17,7

1.3.

Samantepa, Girsan, Cho‘lquvar, Qumli, Tayloq, Qo‘shimcha va Chegaraqum gaz-kondensat konlarini jihozlash

1,6

1,6

1,6

1.4.

Janubiy Kemachi konini qo‘shimcha ravishda jihozlash

1,0

0,3

0,3

0,7

0,7

1.5.

Sho‘rtan PBAQ (Propan-butan aralashmasi qurilmasi) qurilishi

1,3

0,4

0,4

0,8

0,8

1.6.

Gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Sho‘rtan konini jihozlash

1,8

0,4

0,4

1,5

1,5

1.7.

Gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Alan konini jihozlash

1,6

0,3

0,3

1,3

1,3

1.8.

Shimoliy Sho‘rtan konlari yo‘ldosh gazlarini utilizatsiya qilish va Sho‘rtan bosh inshootlari

1,1

0,4

0,4

0,8

0,8

1.9.

Gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konlarini qo‘shimcha ravishda jihozlash

2,6

0,9

0,9

1,7

1,7

1.10.

“Muborak GQIZ” USHK PBAQ qurilishi

1,0

0,3

0,3

0,7

0,7

1.11.

“Muborak GQIZ” MCHJda gazni oltingugurtdan tozalash 3 ta blokining qurilishi

1,9

0,5

0,5

1,4

1,4

2.

“Uzbekenergo” AJ

63,8

16,9

13,1

3,8

46,9

37,3

9,6

2.1.

Yangi-Angren IESning 1 — 5-raqamli energobloklarini yil davomida ko‘mir yoqishga o‘tkazish (1-bosqich)

7,4

0,6

0,6

6,8

6,4

0,4

2.2.

Talimarjon IES va Sirdaryo IESda detander generatorlarni o‘rnatish

2,3

2,3

2,0

0,3

2.3.

Ishchi g‘ildiraklarini almashtirish orqali Chorvoq GES gidrogeneratorlarini modernizatsiya qilish

5,1

5,1

4,7

0,4

2.4.

Navoiy IESda bug‘-gaz qurilmasini qurish

40,9

13,8

12,1

1,6

27,1

24,2

2,9

2.5.

Toshkent IESda 370 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasini qurish

1,8

0,6

0,6

1,2

0,0

1,2

2.6.

Talimarjon IESni 450 MVt quvvatga ega 2 ta bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish

5,4

1,0

1,0

4,4

4,4

2.7.

“G‘uzor” — “Surxon” kichik stansiyasida 500 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini va “Surxon” kichik stansiyasida avtotransformatorni qurish

1,0

1,0

1,0

3.

“Uzkimyosanoat” AJ

26,9

8,7

5,5

3,2

18,2

13,1

5,1

3.1.

“Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksini qurish

15,7

5,3

4,6

0,7

10,4

9,2

1,2

3.2.

Qo‘ng‘irot soda zavodining II-navbat qurilishi

3,7

1,7

0,9

0,8

1,9

1,8

0,2

3.3.

Tyubegatan kaliy tuzlari koni bazasida Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodini qurish (1-bosqich, 2-bosqich)

4,6

1,5

1,5

3,1

3,1

3.4.

“Angren” Erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodini qurish

3,0

0,3

0,3

2,7

2,1

0,6

Izoh: iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari korxonalarining qarzdorlik summasiga tijorat banklari oldidagi amaldagi qarzdorlikka qarab aniqlik kiritiladi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qaroriga
2-ILOVA
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarining tijorat banklari kreditlari bo‘yicha 2017-yil 1-sentabrdan 2018-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda investitsiya loyihalari kesimida so‘ndirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik summasini 2019-2020-yillarga prolongatsiya qilish
PARAMETRLARI

mln doll.

T/r

Investitsiya loyihalari nomlanishi

Bank — kreditor

Prolongatsiya qilishga tavsiya etiladigan asosiy qarz summasi*

jami

shu jumladan:

2017 g.

2018 g.

Jami (9 ta loyiha)

52,5

19,4

33,1

shu jumladan:

1.

“Uzbekneftegaz” AJ

21,7

21,7

1.1.

“Muborak GQIZ” USHKda PBAQ qurilishi

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

8,9

8,9

1.2.

Gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konlarini qo‘shimcha ravishda jihozlash

7,8

7,8

1.3.

Shimoliy Sho‘rtan konlari va Sho‘rtan bosh inshootlarida yo‘ldosh gazlarini utilizatsiya qilish

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

5,0

5,0

2.

“O‘zbekenergo” AJ

6,4

6,4

2.1.

Navoiy IESda bug‘-gaz qurilmasini qurish

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

6,4

6,4

3.

“O‘zkimyosanoat” AJ

3,7

1,9

1,9

3.1.

Qo‘ng‘irot soda zavodining 1-navbat qurilishi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

1,9

1,4

0,5

3.2.

NPK o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish

0,9

0,9

3.3.

ZUMK-Injiniring oldidagi qarzdorlikni so‘ndirish

1,0

0,5

0,5

4.

O‘zbekko‘mir” AJ

20,7

17,5

3,2

4.1.

Kon-texnik asbob-uskunalarni yetkazib berish (rotor kompleksi)

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

7,7

7,7

4.2.

SP “Kaolin” MCHJ QK uchun asbob-uskunalar yetkazib berish

13,0

9,8

3,2

*hisoblangan foizlar joriy jadvalga muvofiq to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qaroriga
3-ILOVA
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya rahbari

2.

M.M. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, komissiya rahbari o‘rinbosari

3.

J.A. Kuchkarov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya rahbari o‘rinbosari

4.

G‘.I. Ibragimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari

5.

B.A. Xodjayev

moliya vaziri

6.

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri

7.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari

8.

R.A. G‘ulomov

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

9.

B.R. Parpiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

10.

M.V. Toxiriy

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

11.

Sh.A. Vafayev

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiijrochi direktori

12.

lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari YATD mudiri.

Izoh: Hukumat komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.