|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarigi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida” 2017-yil 9-yanvardagi O‘RQ-420 son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-yanvardagi O‘RQ-420 son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-dekabr,
1008-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1008-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 1-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi Namunaviy nizomda:
a) 11-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga ko‘ra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi”;
sakkizinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 12-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga ko‘ra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi”;
oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,17.03.2021-y., 09/21/143/0213-son)
uchinchi-beshinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1008/0454-son; 17.03.2021-y., 09/21/143/0213-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)