|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 34-35-son, 352-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Markaz huzurida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti negizida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2004-yil 25-avgustgacha O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Ustavini, tuzilmasini va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 26-fevraldagi 82-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-iyul,
342-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarorida:
1-bandning ikkinchi—o‘n birinchi xatboshi, 4-bandning ikkinchi—sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ilova 17-bandining “Markaziy apparat” satrida to‘rtinchi va beshinchi ustunlardagi “5” va “10” raqamlari chiqarib tashlansin, oltinchi ustundagi “46” raqami “58” raqami bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 333-modda; 2006-y., 48-50-son, 489-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 28-son, 291-modda, 34-35-son, 352-modda)