Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.01.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TADBIRKORLIK FAOLIYATINING AYRIM TURLARI BILAN ShUG‘ULLANIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” 2002 YIL 4 IYuNDAGI 197-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yil 1-yanvardan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga ulgurji savdo faoliyati kiritilsin.
2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda):
1-bandning birinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “ilova qilinayotgan ro‘yxatga” so‘zlari “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
380-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qaroriga
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari
RO‘YXATI
Faoliyat turining nomi
1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlarni sotib olish va sotish
2. Muhr va shtamplar tayyorlash
3. Mehmonxonalar, otellar va kempinglar tashkil etish
4. Yuridik shaxslarga kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
5. Loyiha, loyiha-konstruktorlik faoliyati hamda loyihalar va smetalarni ekspertizadan o‘tkazish
6. Neft mahsulotlarining barcha turlarini sotish
7. Ulgurji savdo
Oldingi tahrirga qarang.
8. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish (uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o‘tirish o‘rinlari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish bo‘yicha xizmatlar bundan mustasno).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 129-son qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 5-6-son, 50-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Texnologiya jarayonlari va ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga, raqamli dastur bilan boshqariladigan pretsizion va dastgoh asbob-uskunalarining radioelektron apparatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.
10. Teleko‘rsatuvlarni tarqatish (translatsiya qilish) — kabel tarmog‘i bo‘yicha teleradiodasturlarni qayta translatsiya qilish tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatish.
11. Birjalarda brokerlik faoliyati.
(9—11-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish faoliyati.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-son qarori bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 36-son, 362-modda)
14. O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish va sotish
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-iyuldagi 190-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 29-son, 332-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Alkogolli mahsulotlarni sotish.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-son qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Baholash faoliyati.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
17. Go‘shtli yarimfabrikatlarni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va ishlab chiqarish, shuningdek kolbasa mahsulotlari, go‘sht va baliq konservalarini sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarish.
18. Xom sutni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va sut mahsulotlari (pasterizatsiya qilingan sut, slivka, qaymoq, tvorog, qatiq mahsulotlari), shu jumladan pishloq, brinza, mol yog‘i, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullangan barcha turlari), quruq sut, muzqaymoq va quyiltirilgan sut ishlab chiqarish.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-iyuldagi 190-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 29-son, 332-modda)
(17 va 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-martdagi 58-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 111-modda)
19. Quyidagilar:
margarin va mayonez mahsulotlari;
konfet va shokolad (milliy shirinliklardan tashqari);
tuxum kukuni;
mineral suvlar, sharbatlar va salqin ichimliklarning boshqa turlari (shisha idishda, plastik, aseptik va noaseptik o‘ramlarda);
shaxsiy gigiyena buyumlari;
qurilish materiallari (qo‘lda va qo‘l asboblari hamda kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda tayyorlanadigan materiallardan tashqari);
mebellar (badiiy xalq hunarmandchiligi va amaliy-dekorativ san’at buyumlaridan tashqari) ishlab chiqarish.
20. Polietilen xomashyosini sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish.
21. Kinovideomahsulotlarni ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati.
(19—21-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-iyuldagi 190-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 29-son, 332-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yangi import avtomobillarni chakana savdoda sotish.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 174-modda; 2003-y., 5-6-son, 50-modda; 2004-y., 52-son, 523-modda; 2006-y., 22-son, 194-modda, 36-son, 362-modda; 2007-y., 9-10-son, 84-modda, 17-18-son, 182-modda; 2008-y., 24-25-son, 224-modda; 2009-y., 10-11-son, 111-modda, 29-son, 332-modda, 52-son, 560-modda)