1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xaqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 282-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavi hamda haqiqiy aʼzolari (akademiklari) va muxbir aʼzolarini saralash va tasdiqlash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonini ijro etish, shuningdek, mamlakat ilm-fani rivojini faollashtirish, xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erishish, fan va texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi ilmiy maktablarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarda vorisiylikni taʼminlash, olimlar faoliyatini ragʻbatlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari institutini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda zarur tashkiliy ishlarni oʻtkazsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom talablariga qatʼiy rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov asosida saralanishi va tasdiqlanishini amalga oshirsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralashni oʻtkazish muddatlari va sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, lekin koʻpi bilan ikki yilda bir marotaba belgilanadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-oktabr,
856-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-oktabrdagi 856-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash (bundan buyon — tanlov) va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari) qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadilar.
4. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga tanlov oʻtkazish uchun oʻrinlar birinchi navbatda respublika uchun yangi va istiqbolli, xalqaro darajada tan olingan ilmiy maktablari shakllantirilgan ilmiy yoʻnalishlarga ajratiladi.
5. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga tegishli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari boʻyicha shakllantirilgan kvotalar miqdori Fanlar akademiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda 1-noyabrgacha belgilanadi.
6. Tanlov oʻtkazilishi haqidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida va Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytida kvotalar tasdiqlangandan soʻng uch kun muddatda joylashtiriladi.
Eʼlonda tanlov oʻtkazish muddatlari va joyi, Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga tegishli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari boʻyicha kvotalar miqdori, Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, hujjatlar roʻyxati va ular nomzodini koʻrsatish uchun zarur boshqa shartlar koʻrsatiladi.
7. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni ilgari surish huquqi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ga ularning ilmiy mutaxassisliklariga tegishli ixtisosliklar boʻyicha, shuningdek, ilmiy- tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik kengashlariga beriladi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlar tegishli fan sohasining faqat bitta ilmiy ixtisosligi boʻyicha koʻrsatilishi mumkin.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
8. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq nomzodi koʻrsatilgan, respublikaning ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan mashgʻul olimlar Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.
Bunda Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlar koʻrsatish jarayonida va tanlovning barcha bosqichlarida ularning soʻnggi besh yil mobaynidagi ilmiy faoliyati samaradorligi va natijadorligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
9. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi va kamida soʻnggi besh yil davomida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy ishlagan boʻlishi;
fan doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoniga ega boʻlishi;
ilm-fanning muayyan sohasida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan, fanni shaxsan oʻzi yoki ilmiy va ilmiy-texnik muammolar boʻyicha jamoa boʻlib ishlashda faol ishtirok etish asosida erishgan shaxsiy yutuqlari hamda salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim boʻlishi;
oʻz yoʻnalishida yangi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari yoki mavjud ilmiy maktabning rivojida bevosita ishtirok etgan boʻlishi va bu uning fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari hamda kamida ikki fan doktori (tibbiyot fanlari uchun — kamida uch fan doktori) tayyorlashi bilan tasdiqlangan boʻlishi;
joriy etilgan ishlanmalarga egaligi yoki u rahbarlik qilayotgan xodimlar jamoasi erishgan fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishida hamda amaliyotda foydalanilishida bevosita ishtirok etgan boʻlishi;
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning ilmiy rahbari ekanligi yoki soʻnggi yillarda shu yoʻnalishdagi ilmiy loyihalarga rahbarlikni amalga oshirgan boʻlishi;
xalqaro ilmiy hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalarda ilmiy rahbar boʻlishi yoki ularning bajarilishida ishtirok etishi.
10. Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzoligiga nomzod Fanlar akademiyasining Umumiy yigʻilishi tomonidan xorijiy fuqarolar orasidan saralab olinadi va qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.
3-bob. Tanlovning tashkil etilishi va oʻtkazilishi
11. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni dastlabki saralash ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan tegishli ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlar yigʻilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Vakolatga ega kvorum — tegishli kengash roʻyxatga kirgan aʼzolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud boʻlganda ovoz berishda ishtirok etgan ilmiy yoki ilmiy-texnik kengash aʼzolari kamida uchdan ikki qismining ovozini toʻplagan talabgorlar Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.
12. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlar koʻrsatgan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon berilgan kundan boshlab kechi bilan 30 kun mobaynida Fanlar akademiyasiga Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini tavsiflovchi hujjatlarni roʻyxatga olish uchun taqdim etadilar.
Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlar koʻrsatish jarayonining xolisligi va taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgardirlar.
13. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzod koʻrsatish uchun taqdimnomaga quyidagilar (2 nusxada) ilova qilinadi:
ilmiy tashkilotning nomzodning tanlov talablariga toʻliq javob berishi haqidagi asoslangan xulosasi va tanlov mezonlarining qogʻoz va elektron shaklda toʻldirilgan va tasdiqlangan shakli;
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodning tarjimai holi;
xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa, surati bilan;
ish joyidan tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi yoki Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodning kamida soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
fan doktori diplomi va professor attestati nusxalari;
ilmiy ishlar roʻyxati (konferensiya tezislari bu hisobga kirmaydi) va nolga teng boʻlmagan impakt-faktorli (“Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazasiga muvofiq) xorijiy nashrlardagi maqolalarning nusxasi;
xorijiy patentlarning nusxalari (agar mavjud boʻlsa);
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan nomzodlari va falsafa doktorlari roʻyxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda);
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan doktorlari roʻyxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda);
mazkur Nizomning 9-bandi talablariga muvofiq, Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan fanning muayyan sohasi rivojiga qoʻshilgan hissa, fanni shaxsiy ilmiy yutuqlar va xalqaro ahamiyatga molik natijalar bilan boyitilganligi, shuningdek, uning ilmiy-tashkiliy faoliyati haqidagi davlat va rus tillaridagi qisqacha maʼlumotnoma (koʻpi bilan 1 bet, satr balandligi 12 pt, Times New Roman shriftida);
(13-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
14. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tegishli ilmiy yoʻnalishlar (fan sohalari) boʻyicha tanlov komissiyalarini (keyingi oʻrinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi) Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzolari, akademiklar va respublikaning tegishli ilmiy yoʻnalish boʻyicha fan doktori darajasiga ega yetakchi olimlari hisobidan har birining tarkibi 9 aʼzodan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiradi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodning taqdim etilgan hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, mavjud axborotni tahlil qilish va tanlov komissiyalarida koʻrib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlash maqsadida Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan tanlov komissiyalari huzurida tegishli yoʻnalish boʻyicha fan doktorlari hisobidan har biri kamida uch aʼzodan iborat ekspert guruhlari tuziladi.
15. Tanlov quyidagi uch bosqichdan iborat boʻladi:
tanlovning birinchi bosqichida — tanlov komissiyasining ekspert guruhi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzod haqida kelib tushgan hujjatlarni tanlov talablari va mezonlari, shuningdek, tegishli ixtisoslikka mosligi yuzasidan dastlabki tarzda koʻrib chiqadi va ekspertizadan oʻtkazadi;
tanlovning ikkinchi bosqichida — har bir Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzod tegishli tanlov komissiyasi yigʻilishida ilmiy maʼruza qiladi va tanlov komissiyasi talabgorning ilmiy-tashkiliy faoliyati va maʼruzasidan kelib chiqqan holda unga ball qoʻyish orqali baho beradi;
tanlovning uchinchi bosqichida — Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni saralash Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlariga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizomning 9-bandiga binoan ularning tanlov komissiyasi yigʻilishida qilgan, ularning asosiy ilmiy yutuqlarini, ilmiy-tashkiliy faoliyatini aks ettiruvchi hamda Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodning shaxsiy hissasini tasdiqlovchi ilmiy maʼruzasini hisobga olgan holda tanlov komissiyalari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Fanning tegishli sohasi boʻyicha eng koʻp ball olgan Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlar kvotaga muvofiq ovoz berish roʻyxatiga kiritiladilar.
Tanlov komissiyasi aʼzolari taklif etilgan barcha nomzodlar uchun ketma-ket ovoz beradilar. Tanlov tartib-tamoyili ochiq ovoz berishni nazarda tutadi. Vakolatga ega kvorum — tanlov komissiyasi roʻyxatga kirgan aʼzolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud boʻlganda ovoz berishda ishtirok etgan tanlov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻproq ovozini toʻplagan nomzodlar Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralangan deb hisoblanadilar.
Agar tegishli fan sohasi ilmiy ixtisosliklari boʻyicha Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarning birortasi ham tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra bundan buyon oʻtish va tasdiqlanish uchun zarur miqdordagi ovozni ololmasa, u holda ularga ajratilgan oʻrin Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligiga navbatdagi tanlov oʻtkazilgungacha boʻsh qoldiriladi.
16. Tanlov komissiyalari Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralanganlar roʻyxatini Fanlar akademiyasi Prezidiumiga tasdiqlash uchun taqdim etadilar. Ayrim hollarda Fanlar akademiyasi Prezidiumi, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun belgilangan kvotadan chetga chiqib, respublika ilmiy-texnologik va fan-taʼlim salohiyatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlaridan kelib chiqqan holda Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralanganlar roʻyxatiga kiritish uchun qoʻshimcha nomzodlarni tavsiya qilish huquqiga ega.
4-bob. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligiga tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish
17. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov komissiyalari tomonidan oʻtkazilgan saralashni inobatga olgan holda tavsiya etilgan roʻyxati Fanlar akademiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
18. Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy aʼzolari (akademiklari) roʻyxati ommaviy axborot vositalari va Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Fanlar akademiyasi Prezidiumi mazkur Nizomga muvofiq Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga barcha nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlari
Agar talabgorning reytingi nol boʻlsa, uning ilmiy ishlarni nashr etishdagi faolligi Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasi yordamida hisoblangan impakt-faktorlar yigʻindisiga asoslangan holda quyidagicha baholanadi:
impakt-faktorlar yigʻindisi 5 gacha
2 ball
impakt- faktorlar yigʻindisi 5 — 10
3 ball
impakt- faktorlar yigʻindisi 11 — 20
5 ball
impakt- faktorlar yigʻindisi 21 va undan yuqori
10 ball
2.
Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli maqolalar bilan hujjatli tarzda tasdiqlangan eng salmoqli ilmiy natijalar
15 ballgacha
2.1.
yangi hodisaning kashf etilishi
8 ball
2.2.
yangi nazariyaning yaratilishi
4 ball
2.3.
boshqalar
3 ball
3.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash
15 ballgacha
3.1.
ikki nafar fan doktori
(tibbiyot yoʻnalishlari uchun — uch nafar fan doktori)
5 ball
3.2.
uch nafardan besh nafargacha fan doktorlari (tibbiyot yoʻnalishlari uchun — toʻrt nafardan toʻqqiz nafargacha fan doktorlari)
7 ball
3.3.
Olti nafar va undan ortiq fan doktori
(tibbiyot yoʻnalishlari uchun — oʻn nafar va undan ortiq
fan doktorlari)
10 ball
3.4.
Bir nafardan besh nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yoʻnalishlari uchun — bir nafardan toʻqqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)
2 ball
3.5.
olti nafardan toʻqqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yoʻnalishlari uchun — oʻn nafardan oʻn toʻqqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)
4 ball
3.6.
oʻn nafar va undan ortiq fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yoʻnalishlari uchun — yigirma nafar va undan ortiq fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)
5 ball
4.
Patentlar, monografiyalar va darsliklar
10 ballgacha
4.1.
bittadan uchtagacha xorijiy patentlar
2 ball
4.2.
toʻrt va undan ortiq xorijiy patentlar
4 ball
4.3.
bittadan uchtagacha Oʻzbekiston Respublikasi patentlari yoki mualliflik guvohnomalari
1 ball
4.4.
toʻrt va undan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi patentlari yoki mualliflik guvohnomalari
2 ball
4.5.
xorijda nashr etilgan bitta monografiya yoki monografiyalardagi boblar
1 ball
4.6.
xorijda nashr etilgan ikki va undan ortiq monografiya yoki monografiyalardagi boblar
3 ball
4.7.
Oʻzbekistonda nashr etilgan monografiyalar va darsliklar
1 ball
5.
Ilmiy-texnik faoliyat natijalarining joriy etilishi
10 ballgacha
5.1.
yaratilgan texnologiya, mahsulot va buyumlarning bittadan toʻrttagacha litsenziyalarini sotish
3 ball
5.2.
yaratilgan texnologiya, mahsulot va buyumlarning beshta va undan ortiq litsenziyalarini sotish
5 ball
5.3.
bitta ishlanmaning amaliyotga joriy etilishi
2 ball
5.4.
ikki va undan ortiq ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishi
3 ball
5.5.
tan olingan xalqaro maʼlumotlar banklarini yaratish yoki boyitish
2 ball
6.
Davlat mukofotlari va xalqaro mukofotlar
10 ballgacha
6.1.
faxriy unvonlar yoki xalqaro mukofotlar
6 ball
6.2.
ordenlar va medallar
4 ball
7.
Tanlov komissiyasi majlisida ilmiy maʼruzaning baholanishi***
10 ballgacha
Jami ballar
100
* Barcha bandlar boʻyicha toʻplanadigan ballar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Qoʻyilgan ballarning haqqoniyligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi shakllantiradigan tanlov komissiyalari huzuridagi ekspert guruhlari tomonidan tekshiriladi.
** Olimlarga unvonlar berish va ularni akademiya aʼzoligiga saylash uchun dunyoda ularning ilmiy ishlariga havolalarning darajasini koʻrsatuvchi reytinglar shkalasi (Xirsh indeksi)dan foydalaniladi. Reyting xolis, olimlarning oʻzlari ishtirok etmagan holda, Scopus, Web of Science va Google Scholar kabi xalqaro maʼlumotlar bazalari tomonidan belgilanadi. Olimning Xirsh indeksini tekshirish uchun eng qulay xalqaro maʼlumotlar bazasi Scopus boʻlib, u roʻyxatga olishni talab etmaydi. Har qanday olim, shuningdek, tanlov komissiyalari huzuridagi ekspert guruhlari talabgorning reytingini www.scopus.com/freelookup/form/author.uri veb-saytida bir zumda baholashi mumkin.
*** Mazkur band ballari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi (akademikligi)ga nomzodning maʼruzasi natijalariga koʻra tanlov komissiyalari tomonidan qoʻyiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/856/0154-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)