Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlarning nizomlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasinlar hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot bersinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
774-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-sentabrdagi 774-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashining (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Idoralararo kengash yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
3. Idoralararo kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Idoralararo kengash qarorlarini bajarish yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida barcha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun majburiydir.
2-bob. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada taʼsirchan nazorat oʻrnatish.
7. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish sohasida:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini yoshlarning koʻmakchisi va tayanchiga aylantirish;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir uslubiy tavsiyalar berish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelayotgan muammo va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish rejalarini belgilashda, tadbirlar, anjumanlar tashkil etishda va oʻtkazishida amaliy yordam koʻrsatish;
yoshlar muammolari va tashabbuslarini oʻrganish;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
b) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish;
yoshlar tadbirkorligini tizimli ravishda tahlil qilish va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish;
yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga, sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
yoshlarni tarbiyalash masalalari borasida taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish;
yoshlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qilish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, jumladan, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish;
milliy oʻzlikni anglashda mustaqillik, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot gʻoyalariga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida yoshlar oʻrtasida maʼrifiy ishlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga boʻlgan intilishni va sportga qiziqishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini tashkil etish;
yoshlar oʻrtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha targʻibotlar tashkil etish;
yoshlarning taʼlimi va tarbiyasi sifatini oshirish, oʻquv jarayoniga taʼlimning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish choralarini koʻrish;
v) Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada taʼsirchan nazorat oʻrnatish sohasida:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari vakillarining hisobotlarini muntazam eshitish;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning holati tahlil qilinishini tashkil etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishning samaradorligini oshirish uchun yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini tashkil etish.
Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot kiritadi.
3-bob. Idoralararo kengashning huquq va majburiyatlari
8. Idoralararo kengash quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyati samaradorligini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va muassasalari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyati yuzasidan hisobotlarini eshitish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarning holatini oʻrganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tashabbusi bilan chiqish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Idoralararo kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish
10. Idoralararo kengashning rais, rais oʻrinbosarlari va aʼzolaridan iborat tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga koʻra, ammo har oyda kamida bir marta oʻtkazadi.
12. Idoralararo kengash raisi:
Idoralararo kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
rais oʻrinbosarlari va aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Idoralararo kengash yigʻilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Idoralararo kengash yigʻilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;
Idoralararo kengash ish rejalarini tasdiqlaydi.
Idoralararo kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
13. Idoralararo kengash raisi oʻrinbosarlari rais tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
14. Idoralararo kengash ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) bajaradi.
15. Ishchi organ:
Idoralararo kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Idoralararo kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Idoralararo kengash yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Idoralararo kengash oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Idoralararo kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlashni amalga oshiradi.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Idoralararo kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Ishchi guruhga har oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar hisobotlar taqdim etib boradilar.
17. Idoralararo kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Idoralararo kengash raisi boʻlmagan taqdirda, majlisni uning oʻrinbosarlaridan biri boshqaradi.
Idoralararo kengash majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
18. Idoralararo kengash qarorlari Idoralararo kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Idoralararo kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Idoralararo kengash qarorlari yigʻilishda ishtirok etgan Idoralararo kengash aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Idoralararo kengash aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.
19. Idoralararo kengashning ish rejalari uning aʼzolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga tuziladi, Idoralararo kengash yigʻilishida koʻrib chiqiladi va Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
21. Idoralararo kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-sentabrdagi 774-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashining (keyingi oʻrinlarda hududiy idoralararo kengash deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy idoralararo kengash yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
3. Hududiy idoralararo kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Hududiy idoralararo kengash oʻz faoliyatini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Hududiy idoralararo kengash qarorlarini bajarish yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida tegishli hududdagi barcha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun majburiydir.
2-bob. Hududiy idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Hududiy idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini joylarda hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada taʼsirchan nazorat oʻrnatish.
7. Hududiy idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish sohasida:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini joylarda yoshlarning koʻmakchisi va tayanchiga aylantirish;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir uslubiy tavsiyalar berish, joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelayotgan muammo va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish rejalarini belgilashda, tadbirlar, anjumanlar tashkil etishda va oʻtkazishida amaliy yordam koʻrsatish;
(7-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
joylardagi yoshlar muammolari va tashabbuslarini oʻrganish;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
b) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
joylarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish;
joylarda yoshlar tadbirkorligini tizimli ravishda tahlil qilish va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish;
joylarda yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
joylarda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga, sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
joylarda yoshlarni tarbiyalash masalalari borasida taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish;
joylarda hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qilish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, jumladan, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish;
milliy oʻzlikni anglashda mustaqillik, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot gʻoyalariga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida yoshlar oʻrtasida maʼrifiy ishlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
joylarda yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga boʻlgan intilishni va sportga qiziqishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini tashkil etish;
joylarda yoshlar oʻrtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha targʻibotlar tashkil etish;
joylarda yoshlarning taʼlimi va tarbiyasi sifatini oshirish, oʻquv jarayoniga taʼlimning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish choralarini koʻrish;
v) Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada taʼsirchan nazorat oʻrnatish sohasida:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat va hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi hududiy davlat organlari va muassasalari vakillarining hisobotlarini muntazam eshitish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning holati tahlil qilinishini tashkil etish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishning samaradorligini oshirish uchun yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini tashkil etish.
Hududiy idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan har yili Respublika idoralararo kengashiga hisobot kiritadi.
3-bob. Hududiy idoralararo kengashning huquq va majburiyatlari
8. Hududiy idoralararo kengash quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hududiy davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
hududiy davlat organlari va muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyati samaradorligini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hududiy davlat organlari va muassasalari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyati yuzasidan hisobotlarini eshitish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarning holatini oʻrganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tashabbusi bilan chiqish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Hududiy idoralararo kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Hududiy kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Hududiy idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish
10. Viloyat, tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlarning tarkibi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllantiriladi.
11. Hududiy idoralararo kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga koʻra, ammo har oyda kamida bir marta oʻtkazadi.
12. Hududiy idoralararo kengashga tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raislik qiladi.
Hududiy idoralararo kengash raisi:
Hududiy idoralararo kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
rais oʻrinbosari va aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hududiy idoralararo kengash yigʻilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Hududiy idoralararo kengash yigʻilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;
Hududiy idoralararo kengash ish rejalarini tasdiqlaydi.
Hududiy idoralararo kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
13. Hududiy idoralararo kengash raisi oʻrinbosari rais tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
14. Hududiy idoralararo kengash ishchi organi funksiyasini tegishli Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb yuritiladi) bajaradi.
15. Ishchi organ:
Hududiy idoralararo kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Hududiy idoralararo kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Hududiy idoralararo kengash yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Hududiy idoralararo kengash oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Hududiy idoralararo kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hududiy idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlashni amalga oshiradi.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Hududiy Idoralararo kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Ishchi guruhga har oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar hisobotlar taqdim etib boradilar.
17. Hududiy idoralararo kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Idoralararo kengash raisi boʻlmagan taqdirda, majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi.
Hududiy idoralararo kengash majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
18. Hududiy idoralararo kengash qarorlari Hududiy idoralararo kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Hududiy idoralararo kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hududiy idoralararo kengash qarorlari majlisida ishtirok etgan Hududiy idoralararo kengash aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Hududiy idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Hududiy idoralararo kengash aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.
19. Hududiy idoralararo kengashning ish rejalari uning aʼzolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga tuziladi, Idoralararo kengash majlisida koʻrib chiqiladi va Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Hududiy idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
21. Hududiy idoralararo kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yoshlar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri idoralararo kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Kengash raisi.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raisi, Kengash raisi oʻrinbosari.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahri xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, Toshkent shahri moliya bosh boshqarmasi va viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, Toshkent shahri iqtisodiyot bosh boshqarmasi va viloyatlar iqtisodiyot boshqarmalari boshliqlari.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Toshkent shahri davlat soliq bosh boshqarmasi va viloyatlar soliq boshqarmalari boshliqlari.
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari.
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh imom-xatiblari.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri teleradiokompaniyalari direktorlari.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari.
24. Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari raislari.
25. Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari raislari.
26. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislari.
27. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.
Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yoshlar masalalari boʻyicha tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Tuman (shahar) hokimi, Kengash raisi.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman(shahar) kengashlari raisi, Kengash raisi oʻrinbosari.
3. Tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tuman (shahar) hokimining oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
5. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.
6. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.
7. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining Yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.
8. Tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi.
9. Tuman (shahar) iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi.
10. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.
11. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi.
12. Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi direktori.
13. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi.
14. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari.
15. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi rahbari.
16. Tuman (shahar) FHDY boʻlimi mudiri.
17. Tuman (shahar) bosh imom-xatibi.
18. Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi raisi.
19. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman (shahar) boʻlimi raisi.
20. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlimi rahbari.
21. Tuman (shahar) hududidagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
23. Tuman (shahar) mahalla (shaharcha, qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (3 nafargacha).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/774/0050-son, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)