Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat veterinariya qoʻmitasining:
respublikada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan asrab, koʻpaytiriladigan hayvonlarni (keyingi oʻrinda hayvonlar deb ataladi) bosqichma-bosqich identifikatsiya qilinishini tashkil etish;
identifikatsiya qilingan hayvonlar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida yagona elektron axborot tizimini joriy qilish;
hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlariga jalb qilinadigan xodimlarni bosqichma-bosqich oʻqitish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini tashkil etish, shu jumladan, yagona elektron axborot tizimini joriy qilish, tuman va shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash, hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlariga jalb qilinadigan xodimlarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining grantlari va kredit mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish, atributlar va veterinariya pasportlarini tayyorlash, yagona maʼlumotlar bazasining elektron axborot tizimi dasturini yaratish hamda joriy etish yuzasidan 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Ushbu chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan barcha ishlarni 2020-yil 1-iyungacha yakunlanishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining grantlarini respublikadagi mavjud hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun keng jalb qilgan holda ushbu ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar aholi hamda tadbirkorlar oʻrtasida ushbu qarorning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng targʻib qilgan holda, respublikada faoliyat olib borayotgan hayvonlarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarni ixtisoslashgan soʻyish korxonalariga aylantirish va soʻyiladigan hayvonlarni belgilangan tartibda soʻyish ishlarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda oʻquv va amaliy seminarlar tashkil etsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga aholi oʻrtasida ushbu qarorning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyatini muntazam ravishda keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
748-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
veterinariya pasporti — hayvonga berilgan va identifikatsiya raqamiga muvofiq rasmiylashtirilgan, hayvon egasini belgilovchi, hayvonlar kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etib boriladigan hujjat;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat veterinariya xizmatining vakili — tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi veterinariya uchastkasi xodimlari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiya — birkalash, tavro bosish (tamgʻalash) va chip oʻrnatish (elektron identifikatsiya) orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan individual raqam berish, shuningdek, hayvonlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritish va ularga veterinariya pasportini rasmiylashtirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut — quloq uchun birkalar, oyoq halqalari, elektron chip va boshqalar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
individual raqam — birkalash, tavro bosish (tamgʻalash) va chip oʻrnatish (elektron identifikatsiya) orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan harflardan va sakkiz xonali raqamdan iborat kod;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
ixtisoslashgan soʻyish korxonasi — hayvonlarni soʻyish uchun zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan bino va xonalari mavjud boʻlgan korxona;
hayvonlar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan asrab, koʻpaytiriladigan (boqiladigan) qoramollar, qoʻy va echkilar, choʻchqalar, otlar, eshaklar va tuyalar, itlar va mushuklar;
elektron axborot tizimi — hayvonlar hisobi va ularni hisobga qoʻyish haqidagi mavjud maʼlumotlar bazasidagi axborotlar majmuasi;
qarovsiz hayvonlar — uy va maʼlum bir joyda saqlanmaydigan, identifikatsiya qilinmagan nazoratsiz qolgan (yurgan) hayvonlar;
hayvonning identifikatsiya raqami — hayvonga uning yashash davri davomida bir marta beriladigan, boshqa hayvonlarda takrorlanmaydigan harfli va raqamli kod;
hayvon egalari — hayvonlarni oʻz ehtiyoji yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun koʻpaytirish, boqish va saqlashni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
kuzatish — hayvonlarning yashash davri davomida ularning kelib chiqishi, koʻpayishi (koʻpaytirilishi) va harakati, shuningdek, hayvonlarda uchraydigan kasalliklarga qarshi profilaktika, tashxis qoʻyish va davolash ishlari boʻyicha monitoring oʻrnatish;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatga olish — hayvonlarni identifikatsiya qilish va elektron axborot tizimiga hayvon haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan, unga berilgan identifikatsiya raqami va identifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisida berilgan hujjatlar yoki tegishli yozuvlar qayd etilgan veterinariya pasporti haqidagi axborotlarni kiritish.
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
3. Identifikatsiya qilingan hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi yagona elektron axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
Quyidagi maʼlumotlar elektron axborot tizimiga kiritilishi shart:
hayvonlarning turlari;
hayvonlarning identifikatsiya raqami;
hayvonlarning zoti, jinsi, laqabi (mavjud boʻlganda);
hayvonlarning kelib chiqish (tugʻilgan) joyi;
hayvon egasining familiyasi, ismi va otasining ismi;
hayvon egasi boʻlgan yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
hayvonlarni saqlash joyi;
hayvonlarning egasi almashganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hayvonlarning tugʻilgan sanasi;
hayvonlarda amalga oshirilgan profilaktika, tashxis va davolash ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
hayvonlarning hisobga qoʻyilganligi boʻyicha berilgan hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
hayvonlarning soʻyilgan (nobud boʻlgan, yoʻq qilingan) sanasi;
hayvonlarning goʻshtidan (jasadidan) isteʼmol uchun foydalanilganligi yoki ularning zararsizlantirilganligi (yoʻqotilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Elektron axborot tizimi maʼlumotlar bazasiga hayvonning fotosurati ham joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Elektron axborot tizimiga maʼlumotlar tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish veterinariya uchastkalari xodimlari tomonidan kiritiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
2-bob. Hayvonlarni identifikatsiya qilish
5. Hayvonlarni identifikatsiya qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tartibda hayvonlarga individual raqam berish;
elektron axborot tizimiga hayvonlar identifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritish;
veterinariya pasportini rasmiylashtirish.
6. Hayvonlarga turlariga qarab individual raqam berish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
a) birkalash usuli — bu usul qoramol, qoʻy va echkilar, tuyalar, choʻchqalarning qulogʻiga birkalarni taqish orqali amalga oshiriladi va u hayvonlarning yashash davri davomida olinmaydi;
b) tavro bosish (tamgʻalash) usuli — bu usul ot va eshaklarga nisbatan qoʻllaniladi, yaʼni, ot va eshaklarning tanasining chap tomoni kurak sohasiga suyuq azot yordamida respublika, viloyat tartib kodi va bel sohasiga individual raqami qoʻyiladi. Bunda tavro (tamgʻa) oʻlchamining balandligi 50 mm, eni 30 mm boʻlishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) chip oʻrnatish (elektron identifikatsiya) usuli — bu usul ot, it va mushuklarga qoʻllanilishi mumkin.
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan usullardagi identifikatsiya raqamlari oʻn ikki belgidan iborat boʻladi:
birinchi ikkita belgi — Oʻzbekiston Respublikasining harfli (liter) kodi (Standartlashtirish boʻyicha Xalqaro tashkilot (ISO) kodiga muvofiq);
uchinchi belgi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harfli kodi;
toʻrtinchi belgi — hayvonlar turining raqamli kodi;
beshinchi belgidan oʻn ikkinchi belgigacha — sakkiz xonali raqamdan iborat hayvonlarning individual raqami (ot va eshaklardan tashqari). Ot va eshaklarning individual raqamlari toʻrt xonali raqamdan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Hayvonlarni birkalash uchun ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi quloq birkalaridan foydalaniladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
9. Hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining harfli kodlari ushbu Nizomning 4-ilovasiga, hayvonlar turining raqamli kodi esa 5-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
11. Soʻyilgan (nobud boʻlgan, yoʻq qilingan) hayvonlarning, shuningdek, ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan holatlarda veterinariya pasporti va identifikatsiya raqamini saqlovchi atributlar tegishli tuman (shahar) davlat veterinariya xizmati tomonidan yoʻq qilinadi.
12. Hayvonlar egasi almashganda, shuningdek, bir hududdan boshqa hududga koʻchirilganda identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut almashtirilmaydi va bu boʻyicha elektron axborot tizimi hamda veterinariya pasportiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Import qilingan hayvonlar yigirma bir kundan kechiktirmasdan identifikatsiya qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2021-y., 09/21/434/0659-son)
14. Soʻyish maqsadida import qilingan hayvonlar identifikatsiya qilinmaydi. Ushbu hayvonlar keltirilgan vaqtdan boshlab yetti kalendar kunida soʻyilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Birka yoʻqotilganda yoki unga shikast yetganligi sababli identifikatsiya raqamini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda, hayvonlarning identifikatsiya raqamlariga elektron axborot tizimidagi boshqa hayvonlarning identifikatsiya raqamlari va veterinariya pasportlari bilan solishtirish orqali besh kun muddatda aniqlik kiritiladi. Bu davrda hayvonni sotish (hadya qilish), almashtirish va soʻyish (soʻyishga topshirish) taqiqlanadi. Bu hayvonlarni qayta identifikatsiya qilish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlov undiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qaroriga 1 ilovada keltirilgan tumanlar bundan mustasno). Toʻlov miqdori va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
3-bob. Identifikatsiya qilingan hayvonlarga veterinariya pasportini rasmiylashtirish
17. Hayvonlarga identifikatsiya raqami berilganidan soʻng uch ish kuni mobaynida davlat veterinariya xizmatining vakili hayvon egasiga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi veterinariya pasportini rasmiylashtiradi.
18. Saqlanayotgan (boqilayotgan) har bir bosh hayvonga veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi (qoʻy va echkilarga guruh usulida veterinariya pasporti rasmiylashtirilishi mumkin).
19. Veterinariya pasportiga hayvonlarning identifikatsiya raqami (yangi tugʻilgan hayvonlar bilan birga uni tuqqan hayvon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiritiladi), hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
20. Veterinariya pasportiga yangi maʼlumotlar veterinariya tadbirlari oʻtkazilgan davrda (profilaktika, tashxis qoʻyish va davolash tadbirlari) hamda hayvon egasi oʻzgarganda va boshqa holatlarda kiritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Veterinariya pasporti tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari boshligʻi tomonidan imzolanadi va muhr bosiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
22. Veterinariya pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati beriladi.
23. Veterinariya pasporti yoʻqolganligi va yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisidagi ariza (yaroqsiz holga kelgan taqdirda veterinariya pasporti bilan birga) davlat veterinariya xizmatining vakiliga taqdim qilinadi va yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan veterinariya pasporti hayvon egasi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
24. Dublikat berish toʻgʻrisida ariza taqdim qilingan kundan boshlab uch kun ichida davlat veterinariya xizmatining vakili hayvon egasiga yuqori qismining oʻng burchagiga “DUBLIKAT” soʻzi yozilgan yangi veterinariya pasportini rasmiylashtirib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob Hayvonlarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qoramol, qoʻy va echkilar, tuyalarning bolalari tugʻilganidan oʻn toʻrt kundan keyin bir oylikdan kechikmasdan, qulunlar va xoʻtiklar toʻrt oyligidan, choʻchqa bolalari bir oyligidan, it va mushuklar uch oyligidan roʻyxatga olinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Aholini hayvonlar va odam uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida xaridor (oluvchi) hayvonni sotib olganda (hadyani olganda) doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga yetti kun ichida hayvonni roʻyxatga qoʻyish uchun murojaat qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Hayvon egalarining arizasiga muvofiq davlat veterinariya xizmati tomonidan hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq uch kun ichida amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Hayvonlar roʻyxatga olinganidan soʻng uning egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatga asosan veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
29. Identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasporti hayvonning yashash davri davomida saqlanishi shart.
30. Xizmat koʻrsatgan veterinariya vrachi tomonidan veterinariya pasportiga hayvonlarning davolanganligi va/yoki boshqa oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritilishi majburiydir. Bunda, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qaydnoma rasmiylashtiriladi, hayvon egasining imzosi bilan tasdiqlanib, veterinariya vrachi tomonidan imzolanadi va elektron axborot tizimiga kiritish uchun tegishli davlat veterinariya xizmatiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Hayvon egalari hayvon tugʻilganda ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq belgilangan muddatlarda identifikatsiya qilish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga murojaat qiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
32. Identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va/yoki veterinariya pasporti boʻlmagan hayvonlar identifikatsiya qilinmagan hisoblanadi.
33. Hayvondan identifikatsiya raqamini saqlovchi atributni yechish, oʻzgartirish, boshqa hayvon identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut bilan almashtirish, veterinariya pasportiga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, turli yozuvlar kiritish, shuningdek, nobud boʻlgan (soʻyilgan, yoʻq qilingan) hayvonlarning identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasportini saqlash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Hayvonlar roʻyxatga qoʻyilgandan soʻng hayvon egalari ushbu Nizom talablari bilan tanishtiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Hayvon egalari hayvon soʻyilganda (nobud boʻlganda, yoʻq qilinganda) hayvonning identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasportini (elektron identifikatsiyalashda faqat veterinariya pasportini) yetti kun muddatda doimiy yashash yoki vaqtincha turgan manzili boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga roʻyxatdan chiqarish uchun taqdim qiladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Soʻyilgan hayvonlarga ixtisoslashgan soʻyish korxonasining veterinariya vrachi tomonidan ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq hayvon egasiga berilgan “Hayvon soʻyilganligi toʻgʻrisida” maʼlumotnoma ham taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davlat veterinariya xizmati hayvonlarning identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut va veterinariya pasportiga (elektron identifikatsiyalashda faqat veterinariya pasportiga) asosan hayvonlarni roʻyxatdan chiqaradi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
37. Davlat veterinariya xizmatining vakiliga hayvon egalari hayvon sotilganligi yoki hadya qilinganligini veterinariya pasportida tasdiqlatishga majburdir, bunda hayvon egalari oʻzlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ham taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
41-bob. Hayvonlarni kuzatish
371. Hududlardagi chorva va uy hayvonlarini identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, roʻyxatdan chiqarish va saqlashning toʻliq qamrab olinganligi holati oʻrganiladi.
372. Qushxonalar, mol bozorlari, ichki postlar, shuningdek, chorva hayvonlarining bir hududdan boshqa hududga oʻtish harakatlari (migratsiyasi) tahlil qilinadi.
373. Chorva hayvonlari saqlanadigan obyektlarning joylashuv manzili shakllantiriladi.
374. Hayvonlarning kasalliklariga qarshi oʻtkazilayotgan profilaktika davolash, tashxis qoʻyish ishlari doimiy ravishda kuzatiladi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
5-bob. Hayvonlarni saqlash
38. Hayvonlar veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq sharoitlardagi joylarda (binolarda) saqlanadi.
39. Shahar hududida hayvonlarni saqlashda ularning bosh sonlarining chegaralari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
40. Qoramollar, qoʻy va echkilar, choʻchqalar, otlar, eshaklar va tuyalarni koʻp qavatli turar-joylarda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Aholini hayvonlar va odam uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida identifikatsiya qilinmagan hayvonlarni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan saqlash va boqish taqiqlanadi.
Koʻchalar, chorrahalar, istirohat bogʻlari, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar hamda ochiq maydonlarda chiqindilar va goʻngni toʻplash, saqlash, tashlash va yoqish taqiqlanadi.
42. Hayvonlardan hosil boʻlgan chiqindilar va goʻng veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq saqlanadi va yoʻq qilinadi.
6-bob. Hayvonlarni tutish va saqlash
43. Qarovsiz hayvonlarni tutish, tashish va saqlash tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tomonidan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Yuqumli kasalliklarga chalinganligi gumon qilingan va odamlarga tajovuz qilayotgan hayvonlar toʻgʻrisida hayvon egalari yoki tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tomonidan davlat veterinariya xizmatlariga murojaat qilinishi lozim.
45. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari orqali tutib saqlanayotgan soʻyiladigan hayvonlar oʻttiz kun mobaynida hayvon egalari tomonidan olib ketilmagan taqdirda, ushbu hayvonlar obodonlashtirish boshqarmalari hisobiga oʻtkaziladi va davlat veterinariya xizmati tomonidan veterinariya koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng, soʻyilib faqat qayta ishlash maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.
7-bob. Hayvon egalarining huquqlari va majburiyatlari
46. Hayvon egalari:
veterinariya xizmatidan hayvonlarning kasallikka chalinishi holati, epizootik vaziyat toʻgʻrisida, shuningdek, hayvonlarda oʻtkazilgan maxsus tekshirishlar natijalari, ularga koʻrsatilgan veterinariya xizmati uchun toʻlovlar miqdorlari haqida axborot va boshqa maʼlumotlarni olish;
veterinariya xizmati koʻrsatilishi toʻgʻrisida tegishli veterinariya xizmatlari, shuningdek, xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzish;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qoʻshimchalarni, veterinariya dori va texnika vositalarini veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq olish hamda realizatsiya qilish;
davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hayvon egalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
47. Hayvon egalari:
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni.
davlat veterinariya xizmatining koʻrsatmalarini bajarish;
oʻzlariga tegishli hayvonlar kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xoʻjalik va veterinariya tadbirlarini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tadbirlar bundan mustasno;
kasal hayvonni davolatish, zarur boʻlgan hollarda tegishli davlat veterinariya inspektorining koʻrsatmasiga koʻra uning soʻyilishini yoki yoʻq qilinishini belgilangan tartibda taʼminlash;
hayvonlarning toʻsatdan nobud boʻlganligi yoki gʻayriodatiy xatti-harakati holatlari toʻgʻrisida tegishli davlat veterinariya xizmatini zudlik bilan xabardor qilish;
hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish boʻyicha tegishli karantin tadbirlari va boshqa veterinariya tadbirlari oʻtkazilishini, shuningdek, toʻliq hajmda davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlash;
chorvachilik binolarini hamda hayvonlarni saqlash uchun moʻljallangan boshqa inshootlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq saqlash;
hayvonlar saqlanayotgan va boqilayotgan obyektlarda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish;
hayvonlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etgan holda realizatsiya qilishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qoʻshimchalarni hayvonlarda qoʻllamaslik;
(47-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
soʻyiladigan hayvonlarni soʻyishga doir veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etish;
soʻyiladigan hayvonlarni faqat ixtisoslashgan soʻyish korxonasida soʻyish (veterinariya vrachining ruxsati bilan shaxsiy ehtiyoji uchun va majburiy soʻyish bundan mustasno);
hayvonlarni davlat veterinariya xizmatida roʻyxatdan oʻtkazish va identifikatsiya qilish;
hayvonlarning identifikatsiya raqamini saqlovchi atributini va veterinariya pasporti saqlanishini taʼminlash;
hayvonga berilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi atributi va veterinariya pasporti uchun belgilangan toʻlovlarni amalga oshirishga majburdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining 2019-yil 1-avgustdagi 7-sonli qarori bilan tasdiqlangan Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3177, 26.08.2019-y.).
Hayvonlar egalarining zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
48. Hayvon egalari hayvonlarni sogʻligʻiga va ushbu Nizomga muvofiq saqlanishiga hamda hayvonlar tomonidan odamlarga yetkazilgan har qanday tarzdagi zarar uchun javob beradilar.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Ushbu Nizomga rioya qilinishini nazorat qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, ichki ishlar organlari, davlat veterinariya xizmatiga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatli organlarga yuklatiladi.
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

I bosqich

Ariza beruvchi

Ushbu Nizomning 27-bandiga asosan hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha davlat veterinariya xizmatiga ariza taqdim etadi (elektron yoki yozma shaklda)

Nizomning 25 va 26-bandlarida belgilangan muddatlarda

II bosqich

Davlat veterinariya xizmati

Ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch kun ichida hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi

(jismoniy va yuridik shaxslarning hayvonlarini bosh soni koʻp boʻlgan taqdirda, ularni identifikatsiya qilish boʻyicha alohida grafik asosida amalga oshiriladi).

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish ishlari natijasiga muvofiq veterinariya pasportini rasmiylashtiradi va elektron axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritiladi.

Hayvon egasi identifikatsiya atributlarini olgandan soʻng uch ish kunida

III bosqich

Ariza beruvchi

Ushbu Nizomning 35-bandiga asosan hayvonlarni roʻyxatdan chiqarish uchun davlat veterinariya xizmatiga ariza taqdim etadi.

Yetti kun muddatda

IV bosqich

Davlat veterinariya xizmati

Ariza beruvchining murojaatiga asosan hayvonlarni roʻyxatdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi.

Hayvonlarni roʻyxatdan chiqarish ishlari natijasiga muvofiq tegishli maʼlumotlar elektron axborot tizimidan chiqaradi.

Ikki kun muddatda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
‎‎Profilaktika, davolash va diagnostika ishlari oʻtkazilgan joy:
‎‎________________________________________ viloyati
‎‎________________________________________tumani
‎‎_____________________________ M.F.Y.
‎‎____________________________ koʻcha _______ uy

‎‎Profilaktika, davolash va diagnostika ishlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

‎‎QAYDNOMA

T/r‎ ‎‎Tadbir oʻtkazilgan sana ‎Hayvon turi ‎‎Hayvonning identifikatsiya raqami ‎‎Tadbir nomi (davolash oʻtkazilganda qoʻyilgan tashxis) Foydalanilgan veterinariya dori vositasi va ozuqabop qoʻshimchalar‎‎ ‎‎Natija, sana Hayvon egasining‎‎
F.I.O. (nomi) Imzosi
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Veterinariya vrachi ________________________________

‎‎(F.I.O., imzo, muhr)

Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Identifikatsiya raqamini saqlovchi quloq birkalar turlari va meʼyorlari
Hayvonlar uchun issiq va sovuqqa chidamli elastik polimer materiallardan tayyorlangan quloq birkasi tavsiya etiladi.
Hayvon turiga qarab quloq birkasi turli xil koʻrinish, rang va shakllarda boʻlishi mumkin.
Qoramollar uchun quloq birkasining plastmassa turi quyidagi hajmda: eni — 57 mm, balandligi — 77 mm (1-rasm).
Qoʻy, echki va tuyalar uchun: eni — 40 mm, balandligi — 45 mm (2-rasm), eni — 37 mm, uzunligi — 41 mm (3-rasm).
Choʻchqalar uchun tugma koʻrinishidagi birkalardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlib, diametri 25 mm (4-rasm).
Quloq birkalari hayvonlarning qulogʻiga birkalarni oʻrnatish texnikasiga muvofiq oʻrnatiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

(4-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)

‎‎Hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar harfli kodlari

Harfli kodlar ‎

Hudud nomi‎

A‎ ‎

‎‎‎‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi

B‎

‎‎Andijon viloyati

C‎

‎‎Buxoro viloyati

D‎

Jizzax viloyati

E‎

Qashqadaryo viloyati

F‎

Navoiy viloyati‎

G‎

‎‎Namangan viloyati

H‎

‎‎Samarqand viloyati

K‎

Surxondaryo viloyati‎

L‎

‎‎Sirdaryo viloyati

M‎

‎‎Toshkent viloyati

N‎

Fargʻona viloyati‎

O‎

‎‎Xorazm viloyati

P‎

‎‎Toshkent shahri
Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

(5-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)

Hayvonlar turining raqamli kodi‎

Qoramollar — 1‎
Qoʻy va echkilar — 2‎
Tuyalar — 3‎
Otlar — 4‎
Eshaklar — 5‎
Choʻchqalar — 6‎
Itlar — 7‎
Mushuklar — 8‎
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

7-ILOVA

(7-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat veterinariya xizmati ‎

VETERINARIYA PASPORTI‎

‎‎HAYVON VETERINARIYA PASPORTINING
‎RAQAMI

‎‎№ 0-0000000*

‎‎Hayvon identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut turi ___________________________________________________
‎‎Hayvon identifikatsiya raqami _______________________________________________________________________
‎‎________________________ viloyati __________________ tumani (shahar) davlat veterinariya xizmati tomonidan
‎‎20 ___ yil “___” _______ da berildi.
‎‎_______________ tumani (shahar)
veterinariya va chorvachilikni
‎rivojlantirish boʻlimi boshligʻi ___________
‎_________

‎‎‎_________________________
(imzo/muhr)‎

(F.I.Sh.)‎

M.Oʻ.‎
‎‎* raqamlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

‎‎I. HAYVON TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTLAR

‎‎‎‎‎‎Hayvon turi ______________________________________________________________________________________
‎‎Zoti ____________________________________________________________________________________________
‎‎‎Rangi ___________________________________________________________________________________________
‎‎‎Jinsi __________________________________________________________________________________________ ‎‎
‎Yoshi ____________________________________________________________________________________________
‎‎‎Hayvon onasining identifikatsiya raqami ______________________________________________________________

‎‎‎‎II. HAYVON EGASI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTLAR

‎‎‎‎Familiyasi (subyekt nomi) __________________________________________________________________________
‎‎‎Ismi ___________________________________________________________________________________________
‎‎‎‎Otasining ismi ___________________________________________________________________________________
‎‎‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎‎‎Yashash (joylashgan) manzili: ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎______________________________________________________________________
‎‎viloyati, _______________ tuman, ___________________ M.F.Y., ___________________ koʻcha, _______________ uy.‎‎‎‎

‎‎Hayvon egasining imzosi ___________________________

‎‎‎‎
‎III. HAYVON EGASINING ALMASHINISHI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTLAR
‎‎‎(davlat veterinariya xizmatining vakili tomonidan toʻldiriladi)

2-egasi:‎

‎‎‎Familiyasi (subyekt nomi) __________________________________________________________________________
‎‎‎Ismi ___________________________________________________________________________________________
‎‎‎Otasining ismi __________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎Yashash (joylashgan) manzili: ‎‎
‎_________________ viloyati, ______________ tuman, ___________________ M.F.Y., _____________ koʻcha, _____ uy.
‎‎‎‎‎sotdim (hadya qildim)______________________‎________ ________‎‎_________________________‎
(imzo)‎ ‎‎(birinchi egasining F.I.Sh. yoki subyekt nomi‎)
Davlat veterinariya xizmati vakili___________‎________ ‎‎________‎‎_________________________‎

‎‎‎‎(imzo/muhr)‎‎‎

‎‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎‎‎
‎20___ yil “___” ______________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎3-egasi:‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎

‎Familiyasi (subyekt nomi) _________________________________________________________________________
‎‎‎‎Ismi ___________________________________________________________________________________________
‎‎‎Otasining ismi __________________________________________________________________________________
‎‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎‎Yashash (joylashgan) manzili: ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎‎________________ viloyati, ______________ tuman, ___________________ M.F.Y., _____________ koʻcha, ______ uy.
‎‎‎‎‎‎‎sotdim (hadya qildim)______________________‎________ ‎‎______________________________________‎‎
(imzo)‎ ‎

‎‎‎‎(ikkinchi egasining F.I.Sh. yoki subyekt nomi)

‎‎‎‎‎‎‎‎Davlat veterinariya xizmati vakili ___________________ ‎‎‎‎______________________________________

‎‎(imzo/muhr)

‎‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎
‎‎‎‎‎ ‎20___ yil “___” ______________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎ ‎
‎4-egasi:‎ ‎ ‎
‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎ ‎
‎‎Familiyasi (subyekt nomi) _________________________________________________________________________
‎‎‎‎Ismi ___________________________________________________________________________________________
‎‎Otasining ismi __________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎‎‎Yashash (joylashgan) manzili: ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎‎
‎________________ viloyati, ______________ tuman, ___________________ M.F.Y., _____________ koʻcha, ______ uy.
‎‎‎‎‎‎‎‎sotdim (hadya qildim) _______________________________ ‎‎‎‎‎‎______________________________________
(imzo)‎ ‎

‎‎‎‎(uchinchi egasining F.I.Sh. yoki subyekt nomi)

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎Davlat veterinariya xizmati vakili ___________________ ‎‎______________________________________

‎‎‎‎(imzo/muhr)

‎‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎‎‎
‎20___ yil “___” ______________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎

‎Izoh: Hayvon egasi hayvoni sotib (hadyani) olganda doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha davlat veterinariya xizmatining vakiliga yetti kun ichida hayvonni hisobga qoʻyish uchun murojaat qilishga majbur.

‎‎IV. HAYVONNING SOʻYILISHI

‎‎‎‎Men hayvon egasi __________________________________________________________________________________

‎‎(F.I.Sh. yoki nomi)‎‎

‎‎‎‎identifikatsiya raqami № ______________________________ boʻlgan hayvonni soʻyish uchun topshirdim
‎‎‎‎_____________________ ‎‎____________________________

‎‎‎‎(imzo)

(sana)‎

‎‎_______________ viloyati, ____________ tumani, ______________ M.F.Y., __________ koʻcha, _______ uy manziliga ‎‎_________________ ixtisoslashgan‎ soʻyish korxonasi rahbari (vakili)/identifikatsiya raqami № _________________

‎‎‎‎(nomi)

‎‎‎‎boʻlgan hayvonning soʻyilganligini tasdiqlayman.
‎‎____________________________ ‎‎__________________‎ ‎‎____________________________

‎‎(lavozimi)

‎‎‎‎(imzo/muhr)‎

(F.I.Sh.)‎ ‎

‎‎‎‎20___ yil “___” ______________

V. OʻTKAZILGAN PROFILAKTIK VA MAJBURIY EMLASH ISHLARI HAMDA BOSHQA TADBIRLAR

T/r

Sana

Oʻtkazilgan tadbirlar

Ijrochi

F.I.Sh., lavozimi

Imzosi












VI. DAVOLASH ISHLARI

T/r

Sana

Kasallik tashxisi

Natija, sana

Ijrochi

F.I.Sh., lavozimi

Imzosi












(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

8-ILOVA

(8-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)

‎‎Hayvon soʻyilganligi toʻgʻrisida

‎‎MAʼLUMOTNOMA F200 № _______

‎‎Berildi ushbu maʼlumotnoma shu haqdakim, hayvon egasi ___________________________________________________
f.i.sh. (nomi)‎
‎‎identifikatsiya raqami № ______________________________________________________________ boʻlgan hayvonni
‎‎_________________ viloyati, ________________________ tumani, ____________________________________ m.f.y,
‎‎_______________________________ koʻcha, _______ uy manzilidagi _____________________________ ixtisoslashgan

nomi‎

‎‎soʻyish korxonasida soʻyildi
‎‎Dastlabki koʻrik natijalari:
‎‎Nimta ogʻirligi: _____________ kg
‎‎‎‎goʻshtni koʻrikdan oʻtkazish natijalari: __________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎Ichki aʼzolarini (oʻpka, jigar, buyrak, taloq va shu kabilar) koʻrikdan oʻtkazish natijalari:

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎Aniqlangan parazitar kasalliklar:
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎Yuqumli kasalliklarga gumon qilinishi:
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎Amalga oshirilgan choralar:
‎‎‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎Ixtisoslashgan soʻyish korxonasi
‎‎veterinariya vrachi ____________________________ ‎‎____________________________

‎‎imzo

f.i.sh.‎

‎‎20 ___ y. “___” _______________
M. Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1057-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2021-y., 09/21/434/0659-son; 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)