O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish hamda fosh etish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2898-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-sentabr,
727-son
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 15-sentabrdagi 727-son qaroriga
1-ILOVA
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini (keyingi o‘rinlarda maxsus malaka darajasi deb ataladi) berishning asosiy maqsadi va prinsiplari, maxsus malaka darajasini belgilash mezonlari va uni berish (bekor qilish) tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ–2898-son qaroriga muvofiq ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari tizimiga Tergov departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tergov faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), shuningdek transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari) tergov bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari) kiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 37-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son)
3. Quyidagilar ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb ataladi) hisoblanadi:
tergov bo‘linmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
surishtiruvchilar;
tergovchilar;
surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘linmalari xodimlari;
tergov faoliyatini tashkillashtirish bo‘linmalari xodimlari;
axborot-tahlil bo‘linmalari xodimlari;
kadrlar bo‘linmalari xodimlari.
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
maxsus malaka darajasi — xodimning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov ishlarini yuritish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek o‘z faoliyatiga oid boshqa vazifalarni bajarish jarayonida erishgan natijalari asosida har yil yakunlari bo‘yicha baholash mezonlariga muvofiq unga qo‘shimcha ustama to‘lash maqsadida beriladigan malaka darajasi;
baholash mezonlari — xodim tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov ishlarining yuritilishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek o‘z faoliyatiga oid boshqa vazifalarni bajarishning sifati va hajmini belgilovchi ko‘rsatkich.
5. Quyidagilar maxsus malaka darajasi berilishining asosiy maqsadi hisoblanadi:
xodimlarning jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, qonuniy, adolatli va xolis tergov qilishdagi rolini yanada oshirish;
xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va tergov qilishning ilg‘or tajribasini ommalashtirish;
xodimlarni o‘z kasbiy mahoratini maqsadli va muntazam ravishda oshirib borishga yo‘naltirish;
xodimlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qo‘shayotgan hissasi uchun munosib rag‘batlantirish.
6. Xodimlarga maxsus malaka darajasini berish qonuniylik, adolatlilik, xolislik, oshkoralik va beg‘arazlik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Maxsus malaka darajasini belgilash mezonlari va uni berish tartibi
7. Xodimlarning maxsus malaka darajasi ushbu Nizomga 1 — 8-ilovalarda ko‘rsatilgan mezonlar asosida 100 balli baholash tizimi bo‘yicha belgilanadi.
Ushbu Nizomga 1 — 4-ilovalarda ko‘rsatilgan mezonlar asosida umumiy ball ijobiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bo‘yicha to‘plangan ballarni salbiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bo‘yicha to‘plangan ballardan ayirish orqali hisoblanadi
Ushbu Nizomga 5-ilovada ko‘rsatilgan mezonlar asosida umumiy ball salbiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bo‘yicha to‘plangan jami ballni 100 dan ayirib, qoldiqda qolgan ballga ijobiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bo‘yicha to‘plangan ballni qo‘shish orqali hisoblanadi.
Ushbu Nizomga 6 — 8-ilovalarda ko‘rsatilgan mezonlar asosida ballarni hisoblashda to‘plangan ballarning yig‘indisidan kelib chiqiladi.
8. Maxsus malaka darajasi quyidagi to‘plangan ballar asosida beriladi:
3-maxsus malaka darajasi — 56 balldan 70 ballgacha;
2-maxsus malaka darajasi — 71 balldan 85 ballgacha;
1-maxsus malaka darajasi — 86 balldan 100 ballgacha.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining maxsus malaka darajasi Tergov departamentining jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari boshliqlarining to‘plagan ballari yig‘indisini ushbu boshqarmalar boshliqlarining umumiy soniga bo‘lish orqali belgilanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari, surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi (bo‘linmalari, guruhlari), tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi (bo‘limlari) va ularning bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlarining maxsus malaka darajasi tegishli ravishda ularning qo‘l ostidagi xodimlar tomonidan to‘plangan ballar yig‘indisini ushbu xodimlarning umumiy soniga bo‘lish orqali belgilanadi.
11. Maxsus malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida tuziladigan Maxsus malaka darajasini berish bo‘yicha doimiy komissiya (keyingi o‘rinlarda doimiy komissiya deb ataladi) qarori asosida ushbu Nizomga muvofiq beriladi.
12. Doimiy komissiyalarning tarkibi, faoliyat yuritish tartibi, raisi va a’zolarining huquq hamda majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tegishli doimiy komissiyalarning raisi hisoblanadi.
Doimiy komissiya raisi va a’zolari mazkur komissiya qarorining qonuniyligi, adolatliligi va xolisligi uchun mas’ul hisoblanadi.
13. Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga maxsus malaka darajasini berish ushbu Nizomga 9-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Tergov bo‘linmalariga ishga qabul qilingan (lavozimga tayinlangan) xodimlarga maxsus malaka darajasi ishga qabul qilingan (lavozimga tayinlangan) davridan qat’i nazar, keyingi hisobot yilida to‘plagan ballari asosida yil yakuni bo‘yicha beriladi.
3-bob. Maxsus malaka darajasi uchun qo‘shimcha ustamalar to‘lash tartibi
15. Maxsus malaka darajasi uchun qo‘shimcha ustamalar tergov bo‘linmalari xodimlariga doimiy komissiya qaroriga muvofiq tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari asosida to‘lanadi.
16. Qo‘shimcha ustamalar maxsus malaka darajasiga ega bo‘lgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida beriladigan malaka toifasidan qat’i nazar, yil davomida har oylik maoshiga qo‘shib to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Maxsus malaka darajasi uchun to‘lov miqdorlari quyidagicha belgilanadi:
3-maxsus malaka darajasi — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,56 baravari miqdorida;
2-maxsus malaka darajasi — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,91 baravari miqdorida;
1-maxsus malaka darajasi — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2,21 baravari miqdorida.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
18. Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga maxsus malaka darajasi bo‘yicha beriladigan qo‘shimcha ustamalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Ushbu Nizomga 1 — 8-ilovalarda ko‘rsatilgan maxsus malaka darajasini belgilash mezonlari asosida har bir xodimning faoliyatini baholash tergov bo‘linmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
20. Maxsus malaka darajasiga ega xodimlarning hisobi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari tomonidan yuritiladi.
21. Xodimga berilgan maxsus malaka darajasi uchun qo‘shimcha ustama to‘lash quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun ta’tilga chiqqanda;
ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatiga o‘tkazilganda;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritilganda;
ichki ishlar organlaridan bo‘shatilganda.
22. Maxsus malaka darajasini berish hamda uni bekor qilish jarayonida kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
23. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini olib boruvchi tergov bo‘linmalari xodimlarining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Ball

Ijobiy ko‘rsatkichlar

1.

Jinoyat ishini tamomlashi (tuman (shahar)lar uchun har oyda 2 va undan ortiq, viloyatlar uchun har oyda 1 ta va undan ortiq, respublika uchun har 2 oyda 1 ta)

10

2.

Tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yangi jinoyatni aniqlashi yoxud tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyatning oldini olishi (tergov qilingan jinoyat ishlari doirasida nechta jinoyat aniqlanganidan qat’i nazar)

10

3.

Tergov yo‘li bilan fosh etgan jinoyatlar (har bir fosh etilgan jinoyat uchun)

10

4.

Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchini shaxsan ushlaganligi yoki bergan ko‘rsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaxs uchun)

10

5.

Qonunchilik targ‘iboti, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishtiroki:

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 4 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 6 marotaba)

10

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 6 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 4 marotaba)

10

Har oyda mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida 4 marotaba uchrashuvlar o‘tkazganligi uchun

8

Tergov qilingan jinoyat ishlari yuzasidan kiritilgan taqdimnomalarning muhokamasida shaxsan �shtirok etishi (barchasi bo‘yicha)

10

6.

Tergov qilishning ijobiy tajribasi ommalashtirilishi

7

7.

Metodik qo‘llanma tayyorlash va chop etish (elektron nusxasini tarqatish)

8

8.

Qonunchilikdagi ziddiyatli normalarni bartaraf etishga doir ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining qabul qilinishi

7

Salbiy ko‘rsatkichlar

1.

Prokurordan qo‘shimcha tergovga qaytarilgan ishlar (har bir jinoyat ishi uchun)

4

2.

Suddan JPK 4011-moddasi tartibida yuborilgan ishlar (har bir yuborilgan jinoyat ishi uchun)

7

3.

Suddan JPK 4151-moddasi tartibida yuborilgan ajrimlar (har bir yuborilgan ajrim uchun)

7

4.

Dastlabki tergov muddati asossiz o‘tkazib yuborilgan ishlar (har bir holat uchun)

10

5.

Jinoyat ishini to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (har bir bekor qilingan qaror uchun)

3

6.

Jinoyat ishini tugatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (har bir bekor qilingan ish uchun)

2

7.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (har bir bek�r qilingan qaror uchun)

2

8.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari (har bir qo‘zg‘atilgan ish uchun)

5

9.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, o‘tkazilgan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari (har bir qo‘zg‘atilgan ish uchun)

5

10.

Sud tomonidan JPKning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari)ga ko‘ra oqlangan shaxslar (har bir oqlangan shaxs uchun)*

10

11.

Tergov davomida ayblov e’lon qilgan shaxslardan reabilitatsiya etilgan shaxslar (har bir reabilitatsiya etilgan shaxs uchun)

10

12.

Tergov davomida asossiz ushlab turilgan gumon qilinuvchilar (har bir shaxs uchun)

10

13.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar (har bir kiritilgan taqdimnoma uchun)**

5

14.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan intizomiy ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorlar (har bir qaror uchun)**

5

15.

Sud tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan xususiy ajrimlar (har bir xususiy ajrim uchun)**

5

16.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilgan vajlarning to‘liq o‘z tasdig‘ini topishi (har bir tasdig‘ini topgan murojaat uchun)

10

* Sud tomonidan reabilitatsiya asoslariga ko‘ra oqlangan shaxslar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
** O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi. Bir necha tergovchiga nisbatan kiritilganda har biriga alohida hisoblanadi.
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Tergov bo‘linmalari surishtiruvchilarining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Ball

Ijobiy ko‘rsatkichlar

1.

Har oyda 2 va undan ortiq jinoyat ishini tamomlashi

10

2.

Har oyda 3 va undan ortiq jinoyatga oid xabarlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishi va qonuniy qaror qabul qilishi

8

3.

Tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yangi jinoyatni aniqlashi yoxud tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyatning oldini olishi (tergov qilingan jinoyat ishlari doirasida nechta jinoyat aniqlanganidan qat’i nazar)

10

4.

Tergov yo‘li bilan fosh etilgan jinoyatlar (har bir fosh etilgan jinoyat uchun)

10

5.

Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchini shaxsan ushlaganligi yoki bergan ko‘rsat�asi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaxs uchun)

8

6.

Qonunchilik targ‘iboti, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishtiroki:

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 4 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 6 marotaba)

10

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 6 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 4 marotaba)

10

Har oyda mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida
4 marotaba uchrashuvlar o‘tkazganligi uchun

8

Tergov qilingan jinoyat ishlari yuzasidan kiritilgan taqdimnomalarning muhokamasida shaxsan ishtirok etishi (barchasi bo‘yicha)

10

7.

Tergov qilishning ijobiy tajribasi ommalashtirilishi

5

8.

Metodik qo‘llanma tayyorlash va chop etish (elektron nusxasini tarqatish)

6

9.

Qonunchilikdagi ziddiyatli normalarni bartaraf etishga doir ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining qabul qilinishi

5

Salbiy ko‘rsatkichlar

1.

Prokurordan qo‘shimcha tergovga qaytarilgan ishlar (har bir jinoyat ishi uchun)

4

2.

Suddan JPK 4011-moddasi tartibida yuborilgan ishlar (har bir yuborilgan jinoyat ishi uchun)

7

3.

Suddan JPK 4151-moddasi tartibida yuborilgan ajrimlar (har bir yuborilgan ajrim uchun)

7

4.

Surishtiruv muddati asossiz o‘tkazib yuborilgan ishlar (har bir holat uchun)

10

5.

Jinoyat ishini to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (har bir bekor qilingan qaror uchun)

3

6.

Jinoyat ishini tugatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (har bir bekor qilingan ish uchun)

2

7.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (har bir bekor qilingan qaror uchun)

2

8.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari (har bir qo‘zg‘atilgan ish uchun)

5

9.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv natijasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari (har bir qo‘zg‘atilgan ish uchun)

5

10.

Sud tomonidan JPKning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari)ga ko‘ra oqlangan shaxslar (har bir oqlangan shaxs uchun)*

10

11.

Tergov davomida ayblov e’lon qilingan shaxslardan reabilitatsiya etilgan shaxslar (har bir reabilitatsiya etilgan shaxs uchun)

10

12.

Tergov davomida asossiz ushlab turilgan gumon qilinuvchilar (har bir shaxs uchun)

10

13.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar (har bir kiritilgan taqdimnoma uchun)**

5

14.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan intizomiy ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorlar (har bir qaror uchun)**

5

15.

Sud tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan xususiy ajrimlar (har bir xususiy ajrim uchun)**

5

16.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilgan vajlarning to‘liq o‘z tasdig‘ini topishi (har bir tasdig‘ini topgan murojaat uchun)

10

* Sud tomonidan reabilitatsiya asoslariga ko‘ra oqlangan shaxslar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
** O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi. Bir necha surishtiruvchiga nisbatan kiritilganda har biriga alohida hisoblanadi.
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Tergov bo‘limlari va bo‘linmalari boshliqlarining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Hisoblash tartibi

Ball

Ijobiy ko‘rsatkichlar

1.

Tergov qilingan jinoyat ishlaridan tamomlanganlari

55 foizgacha — 0
56 — 60 foizgacha — 4

61 — 65 foizgacha — 6

66 — 70 foizgacha — 7

71 — 74 foizgacha — 8

75 foizdan yuqori — 10

10

2.

Tamomlangan ishlar bo‘yicha yetkazilgan zararning undirilishi

0 — 70 foizgacha — 1
70 — 80 foizgacha — 4

80 — 85 foizgacha — 6

85 — 90 foizgacha — 8

90 — 100 foizgacha — 10

10

3.

Qonunchilik targ‘iboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishtiroki:

-

yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar
uchun — 4 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 6 marotaba
)

-

10

yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 6 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 4 marotaba)

-

8

har oyda mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida 4 marotaba uchrashuvlar o‘tkazishi uchun

-

7

4.

Tergov qilishning ijobiy tajribasini ommalashtirgani (shaxsan o‘zi)

-

5

5.

Metodik qo‘llanma tayyorlash va chop etish (elektron nusxasini tarqatish) (shaxsan o‘zi)

-

15

6.

Qonunchilikdagi ziddiyatli normalarni bartaraf etishga doir ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining qabul qilinishi (shaxsan o‘zi)

-

5

7.

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida tayyorlagan tahliliy hujjati amalda qo‘llanilishi (har chorakda 1 marotaba)

-

10

8.

O‘z tashabbusi bilan xodimlarning bilim saviyasi va malakasini oshirish borasida har oyda 1 marotaba o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi

-

10

9.

Jinoyatchilikning oldini olish yoki tergov qilish amaliyoti yuzasidan o‘quv filmlari tayyorlashi (har bir tayyorlangan film uchun)

-

10

Salbiy ko‘rsatkichlar

1.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan prokurordan qo‘shimcha tergovga qaytarilgan ishlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

2.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan suddan JPK
4011-moddasi tartibida yuborilgan ishlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

3.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan suddan JPK
4151-moddasi tartibida yuborilgan ajrimlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

4.

Dastlabki tergov muddati asossiz o‘tkazib yuborilgan ishlar

har bir holat uchun

4

5.

Jinoyat ishini to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

6.

Jinoyat ishini tugatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

7.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

8.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari

har bir holat uchun

5

9.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, o‘tkazilgan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari

har bir holat uchun

5

10.

Sud tomonidan JPKning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari)ga ko‘ra oqlangan shaxslar*

har bir shaxs uchun

5

11.

Tergov davomida ayblov e’lon qilingan shaxslardan reabilitatsiya etilgan shaxslar

har bir shaxs uchun

5

12.

Tergov davomida asossiz ushlab turilgan gumon qilinuvchilar

har bir shaxs uchun

5

13.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar**

har bir taqdimnoma uchun

3

14.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan intizomiy ish qo‘zg‘atish haqidagi
qarorlar**

har bir qaror uchun

3

15.

Sud tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan xususiy ajrimlar**

har bir xususiy ajrim uchun

3

16.

Qo‘l ostidagi xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortilishi

har bir xodim uchun

10

* Sud tomonidan reabilitatsiya asoslariga ko‘ra oqlangan shaxslar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
** O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Surishtiruvchilar faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiruvchi boshliqlar tarkibining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Hisoblash tartibi

Ball

Ijobiy ko‘rsatkichlar

1.

Tergov qilingan jinoyat ishlaridan tamomlanganlari

55 foizgacha — 0
56 — 60 foizgacha — 4

61 — 65 foizgacha — 6

66 — 70 foizgacha — 7

71 — 74 foizgacha — 8

75 foizdan yuqori — 10

10

2.

Tamomlangan ishlar bo‘yicha yetkazilgan zararning undirilishi

0 — 70 foizgacha — 1
70 — 80 foizgacha — 4

80 — 85 foizgacha — 6

85 — 90 foizgacha — 8

90 — 100 foizgacha — 10

10

3.

Qonunchilik targ‘iboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishtiroki:

-

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 4 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 6 marotaba)

-

10

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 6 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 4 marotaba)

-

8

Har oyda mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida 4 marotaba uchrashuvlar o‘tkazishi uchun

-

7

4.

Tergov qilishning ijobiy tajribasi ommalashtirilishi (shaxsan o‘zi)

-

5

5.

Metodik qo‘llanma tayyorlash va chop etish (elektron nusxasini tarqatish) (shaxsan o‘zi)

-

15

6.

Qonunchilikdagi ziddiyatli normalarni bartaraf etishga doir ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining qabul qilinishi (shaxsan o‘zi)

-

5

7.

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida tayyorlagan tahliliy hujjati amalda qo‘llanilishi (har chorakda 1 marotaba)

-

10

8.

O‘z tashabbusi bilan xodimlarning bilim saviyasi va malakasini oshirish borasida har oyda 1 marotaba o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi

-

10

9.

Jinoyatchilikning oldini olish yoki tergov qilish amaliyoti yuzasidan o‘quv filmlari tayyorlashi (har bir tayyorlangan film uchun)

-

10

Salbiy ko‘rsatkichlar

1.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan prokurordan qo‘shimcha surishtiruvga qaytarilgan ishlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

2.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan suddan JPK
4011-moddasi tartibida yuborilgan ishlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

3.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan suddan JPK
4151-moddasi tartibida yuborilgan ajrimlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

4.

Surishtiruv muddati asossiz o‘tkazib yuborilgan ishlar

har bir �olat uchun

4

5.

Jinoyat ishini to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

6.

Jinoyat ishini tugatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

7.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

8.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari

har bir holat uchun

5

9.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, o‘tkazilgan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari

har bir holat uchun

5

10.

Sud tomonidan JPKning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari)ga ko‘ra oqlangan shaxslar*

har bir shaxs uchun

5

11.

Tergov davomida ayblov e’lon qilingan shaxslardan reabilitatsiya etilgan shaxslar

har bir shaxs uchun

5

12.

Tergov davomida asossiz ushlab turilgan gumon qilinuvchilar

har bir shaxs uchun

5

13.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar**

har bir taqdimnoma uchun

3

14.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan intizomiy ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorlar**

har bir qaror uchun

3

15.

Sud tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan xususiy ajrimlar**

har bir xususiy ajrim uchun

3

16.

Qo‘l ostidagi xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortilishi

har bir xodim uchun

10

* Sud tomonidan reabilitatsiya asoslariga ko‘ra oqlangan shaxslar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
** O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Tergov boshqarmalari hamda jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshliqlarining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Hisoblash tartibi

Ball

Ijobiy ko‘rsatkichlar

1.

Tergov qilingan jinoyat ishlaridan tamomlanganlari

55 foizgacha — 0
56 — 60 foizgacha — 4

61 — 65 foizgacha — 6

66 — 70 foizgacha — 7

71 — 74 foizgacha — 8

75 foizdan yuqori — 10

10

2.

Tamomlangan ishlar bo‘yicha yetkazilgan zararning undirilishi

0 — 60 foizgacha — 0

60 — 70 foizgacha — 2
70 — 80 foizgacha — 4

80 — 85 foizgacha — 6

85 — 90 foizgacha — 8

90-100 foizgacha — 10

10

3.

Qonunchilik targ‘iboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida OAVda har oyda 2 marotaba chiqishi uchun

-

8

Salbiy ko‘rsatkichlar

1.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan prokurordan qo‘shimcha tergov va surishtiruvga qaytarilgan ishlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

2.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan suddan JPK
4011-moddasi tartibida yuborilgan ishlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

3.

Sudga yuborilgan jinoyat ishlaridan suddan JPK
4151-moddasi tartibida yuborilgan ajrimlar

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

4.

Surishtiruv va dastlabki tergov muddati asossiz o‘tkazib yuborilgan ishlar (jami tergov qilingan jinoyat ishlariga nisbatan)

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

5.

Jinoyat ishini to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (to‘xtatilgan jinoyat ishlariga nisbatan)

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

6.

Jinoyat ishini tugatish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (tugatilgan jinoyat ishlariga nisbatan)

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

7.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinganlari (qo‘zg‘atish rad qilingan materiallarga nisbatan)

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

8.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qabul qilingan qarorlarning prokuror tomonidan bekor qilinib, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari

har bir qo‘zg‘atilgan ish uchun

3

9.

Sud tomonidan JPKning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari)ga ko‘ra oqlangan shaxslar*

har bir shaxs uchun

5

10.

Tergov davomida ayblov e’lon qilingan shaxslardan reabilitatsiya etilganlari

har bir shaxs uchun

5

11.

Tergov va surishtiruv davomida asossiz ushlab turilgan gumon qilinuvchilar

har bir shaxs uchun

5

12.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar (jami tergov qilingan ishlarga nisbatan)**

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

13.

Prokuror tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan intizomiy ish qo‘zg‘atish haqidagi
qarorlar (jami tergov qilingan ishlarga nisbatan)**

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

14.

Sud tomonidan qonun buzilishi holati bo‘yicha kiritilgan xususiy ajrimlar (sudga yuborilgan ishlarga nisbatan)**

ball foiz hisobida ko‘rsatiladi

15.

Qo‘l ostidagi xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortilishi

har bir xodim uchun

5

* Sud tomonidan reabilitatsiya asoslariga ko‘ra oqlangan shaxslar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
** O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra tergovchining aybi o‘z tasdig‘ini topgan holatlarda kiritiladi.
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Tuman (shahar)lar ichki ishlar bo‘limlari (boshqarmalari) tergov bo‘linmalarining axborot-tahlil bo‘linmalari (guruhlari) xodimlarining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Ball

1.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida tayyorlangan tahliliy hujjatlarda ko‘rsatilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi

10

2.

Surishtiruv va tergov faoliyatidagi muammolar va tizimli kamchiliklar tahlil qilinishi va monitoring olib borilishi orqali ish samaradorligini yanada oshirish borasida takliflarning ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi

10

3.

Hal qilingan murojaatlar (har oyda shikoyat bo‘yicha 3 va undan ortiq xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi)

10

4.

Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini yuritishda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini muntazam ravishda tahlil qilish orqali qonun normalarini qo‘llash borasida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish:

Qonun normalarini takomillashtirish borasida bergan takliflari qabul qilinishi

7

Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish borasida bergan takliflari qabul qilinishi

5

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishi va ularning qabul qilinishi

5

5.

Tayyorlangan idoraviy hujjatning qabul qilinishi (har chorakda
1 ta)

8

6.

Qonunchilik targ‘iboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarning oldini olishdagi ishtiroki:

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 2 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 4 marotaba)

10

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 4 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 2 marotaba)

8

Har oyda mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida 4 marotaba uchrashuvlar o‘tkazishi uchun

7

7.

Har chorakda 1 marotaba harakatdan to‘xtatilgan va arxivda saqlanayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha JPKning 370-moddasi tartibida alohida topshiriqlar yuborilishi hamda barcha ma’lumotlar baza (dastur)laridan tekshirilishi uchun (barcha jinoyat ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan taqdirda)

10

8.

Sudga yuborilgan hamda harakatdan tugatilgan va to‘xtatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha har chorakda 1 marotaba taqqoslov o‘tkazilishi uchun

10

Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Tergov bo‘linmalarining tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi (bo‘lim, bo‘linmalari), surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi (bo‘linmalari, guruhlari) xodimlarining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Ball

1.

O‘rganib chiqilgan jinoyat ishlari bo‘yicha berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida:

— jinoyat ishi yuzasidan qarorlarning qonuniy qabul qilinishi;

— aybdor shaxslarning harakatlari to‘g‘ri baholanishi;

— jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi.

10

2.

Jinoyat ishi bo‘yicha berilgan yozma ko‘rsatma talablari ijrosi ta’minlanishi natijasida jinoyatni fosh etilishi (har bir fosh etilgan jinoyat uchun)

10

3.

Hal qilingan murojaatlar (har oyda shikoyat bo‘yicha 4 va undan ortiq xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi)

8

4.

Murojaatlar bo‘yicha sayyor uchrashuvlar o‘tkazilishi yoki ularning joyida tekshirish orqali hal qilinishi

8

5.

Tahlillar asosida jinoyatning kelib chiqishi sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida kiritilgan taqdimnomalar (har chorakda 1 marotaba)

8

6.

Qonunchilik targ‘iboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishtiroki:

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 2 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 4 marotaba)

10

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 4 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 2 marotaba)

8

Har oyda 4 marotaba aholi, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ishtiroki uchun

7

7.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida tayyorlangan tahliliy hujjatlarda ko‘rsatilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi

7

8.

Surishtiruv va tergov faoliyatidagi muammolar va tizimli kamchiliklarni tahlil qilish va monitoring olib borish orqali ish samaradorligini yanada oshirish borasida takliflarning ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi

7

9.

Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini yuritishda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini muntazam ravishda tahlil qilish orqali qonun normalarini qo‘llash borasida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish:

Qonun normalarini takomillashtirish borasida bergan takliflari qabul qilinishi

7

Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish borasida bergan takliflari qabul qilinishi

5

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishi

5

Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Kadrlar bo‘linmalari (guruhlari) xodimlarining maxsus malaka darajasini belgilash
MEZONLARI

T/r

Mezonlar

Ball

1.

Tavsiya etilgan nomzodning ishga qabul qilinishi

15

2.

Xodimlarning xizmat intizomi, ijrochilik va qonun buzilishi holatlari bo‘yicha o‘tkazgan xizmat te�shiruvlari (har chorakda 3 va undan ortiq)

6

3.

Tashabbus asosida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasida tasdig‘ini topgan holatlar (har oyda 2 ta)

8

4.

Tergov departamenti va tergov boshqarmasi rahbariyatiga belgilangan toifadagi nomzodlarni lavozimga taqdim etish uchun hujjatlarini o‘rganib chiqish va takliflar kiritish (har oyda 3 nafar)

4

5.

Xodimlarning oilaviy sharoitlarini o‘rganishi va asosli takliflar kiritishi (har oyda 2 ta)

8

6.

Kadrlar masalasiga oid buyruqlar loyihasi hamda boshqa zaruriy hujjatlar va materiallarni tayyorlash (har oyda 3 ta)

6

7.

Har oyda 2 va undan ortiq marotaba xodimlarning bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga doir o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilishi (buyruq talablari asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bundan mustasno)

10

8.

Xodimlar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlar olib borishi (har oyda 4 nafar xodim bilan)

8

9.

Xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini aniqlashga yo‘naltirilgan tekshiruv va reydlar o‘tkazish (har oyda 2 va undan ortiq)

8

10.

Murojaatlar bo‘yicha sayyor uchrashuvlar o‘tkazishi yoki ularning joyida tekshirish orqali hal qilinishi

5

11.

Qonunchilik targ‘iboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatga qarshi kurashish borasidagi ishtiroki:

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 2 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 4 marotaba)

5

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 4 marotaba, Tergov departamenti va Toshkent shahri uchun — 2 marotaba)

4

Har oyda 4 marotaba aholi, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ishtiroki uchun

4

12.

Metodik qo‘llanma tayyorlash va chop etish (elektron nusxasini tarqatish)

9

Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 15-sentabrdagi 727-son qaroriga
2-ILOVA
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari tergovchilari tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlashning asosiy maqsadi va prinsiplari hamda taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Quyidagilar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlashning asosiy maqsadi hisoblanadi:
fosh etilmagan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov yo‘li bilan o‘z vaqtida va sifatli fosh etilishini ta’minlash;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning qonuniy, adolatli va xolisona tergov qilinishini ta’minlash;
tergov qilishning zamonaviy taktika va metodikalarini amaliyotga joriy etish;
tergovchilarni og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganligi va tergov qilganligi uchun munosib rag‘batlantirish;
tergovchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va tergov qilishning ilg‘or usullarini ommalashtirish.
3. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik masalalari qonuniylik, adolatlilik, xolislik, oshkoralik va beg‘arazlik prinsiplari asosida ko‘rib chiqiladi.
2-bob. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etish va tergov qilishga qo‘yiladigan talablar
4. Quyidagi talablardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar namunali fosh etilgan deb e’tirof etiladi:
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilishning muqaddam qo‘llanilmagan taktik usul va uslublarini qo‘llash orqali fosh etilishi hamda ushbu taktik usul va uslublar ommalashtirilishi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda hamda butunjahon Internet tarmog‘idan foydalanib, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar doirasining aniqlanishi;
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari tomonidan fosh etilmagan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning tergov yo‘li bilan fosh etilishi;
muqaddam fosh etilmasdan harakatdan to‘xtatilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat ishlarining tergovchi tashabbusi bilan tiklanib, fosh etilishi;
muqaddam fosh etilmagan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan noma’lum shaxslarning bevosita tergovchi tomonidan tergov yo‘li bilan aniqlanishi;
tergov qilingan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatning bevosita tergovchi tomonidan aniqlanishi.
5. Quyidagi talablarning barchasi mavjud bo‘lgan taqdirda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar namunali tergov qilingan deb e’tirof etiladi:
jinoyat oqibatida shaxs, jamiyat va davlatga yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi;
jinoyat ishi yuzasidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi va asoslanganligi;
aybdor shaxslar doirasi to‘liq aniqlanishi va ularning harakatlari to‘g‘ri baholanishi;
jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarning sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilganligi.
3-bob. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun xodimlarni pul mukofotlari bilan taqdirlash masalalarini ko‘rib chiqish tartibi
6. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun xodimlarni pul mukofotlari bilan taqdirlash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida tuziladigan doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
7. Doimiy komissiyalarning tarkibi, faoliyat yuritish tartibi, raisi va a’zolarining huquq hamda majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tegishli doimiy komissiyalarning raisi hisoblanadi.
Doimiy komissiya raisi va a’zolari mazkur komissiya qarorining qonuniyligi, adolatliligi va xolisligi uchun mas’ul hisoblanadi.
8. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Doimiy komissiya qaroriga asosan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi:
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali tergov qilganlik uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida;
og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,11 baravari miqdorida;
o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,81 baravari miqdorida.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
10. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari tergovchilari tomonidan namunali fosh etilganligi va tergov qilinganligi uchun ularni pul mukofotlari bilan taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlarini belgilash jarayonida kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
12. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash
SXEMASI
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1036-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/990/4148-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son)