|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
1-ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan vazifalar |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼullar |
|
I. Baliqchilik tarmogʻining meʼyoriy hujjatlar bazasini takomillashtirish | ||||
|
1.1. |
Tabiiy va sunʼiy suv havzalarini baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlashni belgilangan tartibda amalga oshirish hamda baliq yetishtirishning texnologik jarayonlarini intensivlashtirish qoidalarini ishlab chiqish. |
2018-yil |
Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
1.2. |
Maydoni 50 gektardan kam boʻlgan tabiiy suv havzalarini koʻl-tovar xoʻjaligiga aylantirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil |
- |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
1.3. |
Tabiiy suv havzalarining mahsuldorligini oshirish maqsadida havzalarning ozuqa bazasini mustahkamlash va oʻsimlikxoʻr baliqlar bilan baliqlantirish hamda sohada melioratsiya ishlarini yuritish boʻyicha metodik qoʻllanmani ishlab chiqish. |
2018-yil |
Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
1.4. |
Suv havzalarida, qafas (sadok) moslamalarida intensiv usulda baliq yetishtirish, ularni parvarishlash va oziqlantirish qoidalarini ishlab chiqish. |
2018-yil III chorak |
Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
1.5. |
Orol dengizi hududidagi suv havzalarida yigʻiladigan artemiya sistalarini chavoq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklariga yetkazib berish mexanizmini ishlab chiqish. |
2018-yil III chorak |
Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
1.6. |
Yopiq aylanma suv qurilmalarida va sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirishning jadal usullarini joriy etish boʻyicha metodik qoʻllanmani ishlab chiqish. |
2018-yil IV chorak |
Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
II. Baliq yetishtirish va ovlashni koʻpaytirish hamda baliqchilik tarmogʻining ozuqa bazasini | ||||
|
2.1. |
Tabiiy suv havzalari 2018-yildan boshlab belgilangan tartibda tanho foydalanish uchun “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga berilishini taʼminlash. |
2017-yil |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
2.2. |
Tabiiy suv havzalari Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda ijaraga berilishini tashkil etish. |
2017-yil 15-dekabr |
- |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
2.3. |
Tabiiy va sunʼiy suv havza maydonlarini xatlovdan oʻtkazish va yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
2018-yil |
- |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Ipoteka-bank” ATIB, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
2.4. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi tabiiy koʻllarda (33 ta) baliq ovlash ishlarining mavsumiylik hisobga olingan namunaviy boshqaruv (ovlash, qayta ishlash, saqlash) tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2018-yil |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “Moʻynoq akvasanoat” DUK |
|
2.5. |
Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan inkubatsiya sexlari va chavoq yetishtirishga ixtisoslashgan pitomniklarni qurish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va uning bajarilishini taʼminlash. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
2.6. |
Respublika boʻyicha baliq ovlash hajmini 2021-yilgacha 160 ming tonnaga yetkazish maqsadida inkubatsiya sexlarini qurish, ularni modernizatsiya qilish, yangi sunʼiy suv havzalarini tashkil etish hisobiga baliq chavoqlari va baliq yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish hamda yetishtirilgan baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha ushbu qarorga 2-ilovada belgilangan maqsadli parametrlar bajarilishini taʼminlash. |
2017 — 2021-yillar |
Oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari hisobiga |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat”uyushmasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
2.7. |
Baliqchilik xoʻjaliklarini baliq chavoqlari bilan muntazam taʼminlash maqsadida baliq chavoqlari yetishtiruvchi reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer maydonl?ri ajratish. Tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga baliq chavoqlari yetishtiruvchi reproduktor xoʻjaliklarini ishga tushirish hamda modernizatsiya qilish hisobiga 2021-yilgacha lichinka yetishtirishni 2,2 mlrd donaga va baliq chavoqlari ishlab chiqarish hajmini 162 mln donaga yetkazish. |
2017 — 2021-yillar |
Oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari hisobiga |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
2.8. |
Baliqlar uchun maxsus omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarni tahlil qilish, baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish, baliqlar uchun chetdan omixta yem komponentlarini keltirish hamda omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish boʻyicha taklif tayyorlash. |
2017-2018-yillar |
“Ipoteka-bank” ATIB krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, Davlat soliq qoʻmitasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
2.9. |
“Oʻzdonmahsulot” AJ va baliqlar uchun omixta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar quvvatlaridan samarali foydalanish hamda baliqlar uchun maxsus retsepturalar asosida va turli oʻlchamdagi omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish. |
2017 — 2021-yillar |
“Oʻzdonmahsulot” AJ va omixta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mablagʻlari |
“Oʻzdonmahsulot” AJ, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
2.10. |
Tabiiy va sunʼiy koʻllardan ovlanadigan baliq mahsulotlari hajmini hisobga olgan holda baliq mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
2.11. |
Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan inkubatsiya sexlari va chavoq yetishtirishga ixtisoslashtirilgan pitomniklarni qurish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va uning bajarilishini taʼminlash. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
III. Suv omborlari va Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha | ||||
|
3.1. |
Suv omborlari va tabiiy suv havzalarida oʻrnatilgan qafas (sadok) moslamalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, kelgusi yillar uchun sadok moslamalarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan materiallar bilan korxonalarni taʼminlash yuzasidan takliflar tayyorlash. |
Har yili 10-noyabrgacha |
Tijorat banklari kreditlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK va oʻz mablagʻlari hisobiga |
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
3.2. |
Suv omborlarida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hisobiga 2018 — 2021-yillarda qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirishni tashkil etish hamda moslamalarni suv havzalarida joylashtirish chora-tadbirlarini belgilash. Suv omborlarida qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish orqali suv omborlari faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish hamda ishchilar va xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan oʻzini oʻzi taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish. |
2017-2018-yillar |
“Ipoteka-bank” ATIB, “Ipoteka sarmoyasi” IK va oʻz mablagʻlari hisobiga |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
3.3. |
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi havzalari hosildorligini oshirib borish maqsadida 1 mlrd dona lichinka ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan inkubatsiya sexlari hamda 40 mln dona baliq chavoqlari ishlab yetishtiruvchi reproduktorlarni ishga tushirish. |
2017 — 2021-yillar |
“Ipoteka-bank” ATIB kreditlari, va “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK mablagʻlari hisobiga |
Davlat soliq qoʻmitasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
3.4. |
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash loyihalarini ishga tushirish. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari kreditlari va oʻz mablagʻlari hisobiga |
Davlat soliq qoʻmitasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK |
|
IV. Baliqchilik xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha | ||||
|
4.1. |
Baliqchilik xoʻjaliklariga moddiy-texnik resurslar (chavoqlar, toʻrlar va inventarlar) sotib olish uchun kreditlar ajratish. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari kreditlari |
“Ipoteka sarmoyasi” IK, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
4.2. |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi buyurtmanomasi boʻyicha uning tarkibiga kiruvchi baliqchilik xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar (ammofos) va yuqori oqsilli granullangan omixta yem bilan taʼminlash. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari kreditlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK, oʻz mablagʻlari hisobiga |
“Oʻzagrokimyosanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar, “Ipoteka sarmoyasi” IK |
|
4.3. |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan tabiiy koʻllar tizimida baliqchilik xoʻjaliklari xodimlarining vaqtinchalik yashashi uchun maxsus koʻchma uylar (vagonlar) ishlab chiqarishni tashkil etish. |
2017-yil oktabr |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari hisobiga |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
4.4. |
Baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan yoqilgʻi-moylash materiallari hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha belgilangan tartibda xoʻjaliklarga sotilishini tashkil etish. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Oʻzneftmahsulot” AJ, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
4.5. |
Respublikadagi barcha tuman va shaharlar dehqon bozorlarida hududiy “Baliqsanoat” MChJlarning baliq va baliq mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan shoxobchalarni tashkil etish. |
2017-2018-yillar |
Oʻz mablagʻlari va “Ipoteka-bank” ATIB kreditlari hisobiga |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
V. Baliqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va | ||||
|
5.1. |
Baliqlarning yangi turlari va zotlarini (Vengriya karpi, tilyapiya, kamalak foreli, losossimonlar, osetrsimonlar va boshqalar) iqlimlashtirish va oʻstirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish. |
2017 — 2021-yillar |
Davlat grantlari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining “Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobiga |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar |
|
5.2. |
Baliqlarni intensiv oʻstirish hamda qayta ishlash boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning (Xitoy, Vyetnam va boshqalar) ilgʻor texnologiyalari va tajribalarini mamlakatimizda tatbiq etish. |
2017 — 2021-yillar |
Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar mablagʻi va tijorat banklari kreditlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar, Baliqchilik ITI |
|
5.3. |
Qayta ishlangan baliq mahsulotlarini (muzlatilgan, dudlangan, file, kotlet va boshqa yarim tayyor mahsulotlar) saqlash, sotish va isteʼmolga chiqarishning texnik shartlarini ishlab chiqish. |
2017 — 2021-yillar |
Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga |
“Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI |
|
5.4. |
Hududiy “Baliqsanoat” MChJlardagi kadrlarnishakllantirish, ularni oʻqitish, qayta tayyorlash va doimiy faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish. |
Doimiy |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi mablagʻlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK |
|
5.5. |
Baliqchilik sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik fakultetini tashkil etish va ushbu fakultetni tamomlagan mutaxassislarni ish bilan taʼminlash. |
2017 — 2021-yillar |
Grantlar va kontrakt toʻlov shartnomalari hisobiga |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
5.6. |
Jizzax viloyati Arnasoy qishloq xoʻjaligi va transport kolleji negizida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlashni va kollejdagi oʻquv jarayonlarini Toshkent davlat agrar universitetining professor — oʻqituvchilari tajribasi asosida amalga oshirish. |
2017-2018-yillar |
Grantlar va kontrakt toʻlov shartnomalari hisobiga |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
5.7. |
Baliqchilik sohasidagi tashkilotlarni rivojlantirish uchun xalqaro donor tashkilotlarning texnik koʻmaklashish loyihalarini, xorijiy investorlar va malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha rasmiy taklifnomalar yuborish. |
Doimiy |
Grantlar va oʻz mablagʻlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJ, Baliqchilik ITI |
|
5.8. |
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari, olimlari va ilmiy xodimlarini arzon uy-joylar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2017-2018-yillar |
“Ipoteka-bank” ATIB va oʻz mablagʻlari hisobiga |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
5.9. |
Baliqchilik xoʻjaliklari rahbarlari va xodimlarining baliqchilik sohasidagi amaliy koʻnikmalarini oshirish boʻyicha jadval asosida oʻquv-seminarlarini tashkil etish. |
2017 — 2021-yillar |
Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2-ILOVA
|
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Oʻlchov birligi |
Nomlanishi |
2016-yil |
2017-yil |
2018-yil |
2019-yil |
2020-yil |
2021-yil |
2021-yilda, |
|
Tabiiy va sunʼiy havzalarida |
tonna |
jami |
75 897 |
105 113 |
115 117 |
130 327 |
145 133 |
160 441 |
211 |
|
tabiiy |
27 097 |
44 745 |
48 500 |
54 000 |
60 000 |
65 000 |
240 | ||
|
sunʼiy |
48 800 |
60 368 |
66 617 |
76 327 |
85 133 |
95 441 |
196 | ||
|
Sunʼiy suv havzalarini kengaytirish |
gektar |
jami |
27 900 |
29 600 |
31 570 |
33 820 |
36 185 |
38 740 |
139 |
|
tovar baliq uchun |
25 400 |
26 800 |
28 350 |
30 050 |
31 900 |
33 820 |
133 | ||
|
baliq chavoqlari yetishtirish uchun |
2 500 |
2 800 |
3 220 |
3 770 |
4 285 |
4 920 |
197 | ||
|
Baliq chavoqlari yetishtirish hajmini oshirish |
mln dona |
jami |
60,5 |
111,1 |
121,4 |
134 |
144,2 |
162,3 |
268 |
|
Suv havzalarini baliqlantirish ishlarini tashkil etish |
mln dona |
jami |
60,5 |
111,1 |
121,4 |
134 |
144,2 |
162 |
268 |
|
tabiiy |
2,5 |
13,1 |
20,7 |
24,9 |
31,0 |
47 |
18,6 m | ||
|
sunʼiy |
58,0 |
98,0 |
100,7 |
109 |
113 |
116 |
200 | ||
|
Inkubatsiya sexlarini qurish va lichinka ishlab chiqarishni koʻpaytirish |
birlikda |
soni |
22 |
27 |
30 |
34 |
36 |
38 |
173 |
|
mln dona |
quvvati |
940 |
1 200 |
1 480 |
1 770 |
1 970 |
2 220 |
236 | |
|
Baliq mahsulotlarini qayta ishlash tashkilotlarini tashkil etish va quvvatlarini oshirish |
birlikda |
soni |
7 |
21 |
38 |
57 |
78 |
101 |
14,4 m |
|
tonna |
quvvati |
2 100 |
5 000 |
8 100 |
11 400 |
14 900 |
18 650 |
8,9 m |