Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 1994-YIL 14-NOYABRDAGI 551-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 3-martdagi 109-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarori 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘llarni rivojlantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
temir yo‘llardan texnik foydalanish va yuk hamda yo‘lovchilar tashish shartlari bo‘yicha normativ hujjatlarning bajarilishini ta’minlash”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 26-iyun,
268-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 80-modda)