Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi):
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasi negizida Andijon viloyati bo‘yicha mintaqaviy davlat inspeksiyasi hamda Farg‘ona va Namangan viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasi;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasi negizida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mintaqaviy davlat inspeksiyasi va Surxondaryo viloyati bo‘yicha mintaqaviy davlat inspeksiyasi tashkil etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Bosh boshqarmaning Andijon viloyati bo‘yicha mintaqaviy davlat inspeksiyasi hamda Farg‘ona va Namangan viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasi — Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasining o‘ziga tegishli qismi yuzasidan;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha mintaqaviy davlat inspeksiyalari — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasining o‘ziga tegishli qismi yuzasidan barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Andijon va Surxondaryo viloyati hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tegishlicha Bosh boshqarmaning Andijon va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha mintaqaviy davlat inspeksiyalarini joylashtirish uchun tekin foydalanish huquqi asosida bino yoki xonalarni ajratish, ushbu mintaqaviy davlat inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini yaratish, malakali kadrlar bilan ta’minlash va ularning samarali faoliyat olib borishi bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 30-son, 372-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayev va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-avgust,
633-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 633-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
a) birinchi xatboshidagi “Bosh vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “Bosh vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “Sh.A. Tulyaganov — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “L.Sh. Qudratov — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining
TAShKILIY TUZILMASI
3. 6-ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Quyidagilar Bosh boshqarma inspeksiyalari hisoblanadi:
mintaqalararo inspeksiyalar: Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha; Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha; Farg‘ona va Namangan viloyatlari bo‘yicha; Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha.
Mintaqaviy inspeksiyalar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha; Andijon viloyati bo‘yicha; Qashqadaryo viloyati bo‘yicha; Surxondaryo viloyati bo‘yicha; Xorazm viloyati bo‘yicha”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 33-son, 862-modda)