Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va faoliyatini to‘xtatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarordan kelib chiqqan holda muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-may,
PQ-2985-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2985-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartishlar
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 46-bandining yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari”.
ikkinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazgan organ” so‘zlari “kameral nazoratni o‘tkazadi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ikki hafta mobaynida” so‘zlari “bir hafta mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 386-modda)