Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-sonli “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish, hamda davlat mulki obyektlarini sotishda keng foydalaniladigan xalqaro amaliyotni joriy etish va fond bozoriga aholining keng qatlamlarini jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari boshqaruv organlarining aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga xalqaro amaliyotiga muvofiq birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini sinov asosida o‘tkazish bo‘yicha takliflari qabul qilinsin.
2. Tasdiqlansin:
1-ilovaga muvofiq aksiyalari birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini o‘tkazish yo‘li bilan sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati;
2-ilovaga muvofiq Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom.
3. Belgilansinki:
aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini o‘tkazish yo‘li bilan aksiyalarning taklifi narxi tashkilotchi tomonidan belgilanadi;
ushbu qaror doirasida sotiladigan 1-ilovada ko‘rsatilgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bir shaxs tomonidan (anderrayterdan tashqari) sotib olinganida, uning soni jami sotilayotgan aksiyalarning 0,05 foizidan oshmasligi kerak;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6 oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 279-son qarorining amal qilishi davlat aksiya paketlarini ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish yo‘li bilan fond birjasida sotishga, shuningdek ularning qiymatini aniqlashga tatbiq etilmaydi;
aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflari yordamida sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun arizalarni yig‘ish ko‘rsatilgan IPO yoki SPOni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan tashkilotchi yoki tashkilotchilar guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
tashkilotchiga tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma asosida aksiyalarni taqsimlash uchun investorlarni tanlash, shuningdek investorlar tomonidan aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflari doirasida sotib olingan aksiyalarni sotishni taqiqlash muddatini belgilash huquqi beriladi;
aksiyalarni IPO va SPO yordamida taqsimlash aksiyalarga bo‘lgan talab va takliflardan kelib chiqqan holda tashkilotchi tomonidan belgilanadigan yagona narx asosida amalga oshiriladi.
4. Davlat raqobat qo‘mitasi:
“Toshkent” respublika fond birjasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda “Toshkent” Respublika fond birjasida qimmatli qog‘ozlarning birja savdolari qoidalarini mazkur qarorga muvofiq moslashtirishni ta’minlasin;
zarurat tug‘ilganda Vazirlar Mahkamasiga aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sinov tariqasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha 2018-yil 1-iyulga qadar ushbu tartibni boshqa aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mohiyati va mazmunining keng yoritilishi va tushuntirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-may,
268-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-son qaroriga
1-ILOVA
Aksiyalari birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi yo‘li bilan sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari
RO‘YXATI*

T/r

Aksiyadorlik jamiyati nomi

Aksiyalarning ommaviy taklifi tashabbuskori 

Aksiyalarning ommaviy taklifi tashkilotchisi

Sotish shakli

1.

“Kvars” AJ

“Kvars” AJ

TIF milliy banki

IPO

3.

 “Qo‘kon mexanika zavodi” AJ

“O‘zneftegazmash” AK

TIF milliy banki

SPO

* 10 protsentov ot ustavnogo kapitala
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-son qaroriga
2-ILOVA
Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom fond birjasida aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi davlat ulushi kamaytirilgan davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan o‘tkaziladigan SPO yo‘li bilan amalga oshiriladigan davlat aksiyalarini ommaviy taklifi hollariga, shuningdek, IPO yo‘li bilan amalga oshiriladigan qo‘shimcha aksiyalarga ochiq obuna bo‘lish hollariga nisbatan qo‘llaniladi.
Ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar (davlatdan tashqari) ushbu Nizomni o‘z aksiyalarini IPO yoki SPO yo‘li bilan ommaviy taklif etishda qo‘llashlari mumkin.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
birlamchi (IPO) ommaviy taklif — bu aksiyadorlik jamiyati (IPO tashabbuskori) tomonidan investorlar cheklanmagan doirasi o‘rtasida qo‘shimcha aksiyalarni fond birjasida joylashtirish;
ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif — aksiyador (SPO tashabbuskori) tomonidan o‘z aksiyalarini fond birjasida cheklanmagan doiradagi investorlarga sotilishi;
aksiyalarni ommaviy taklifi tashkilotchisi (tashkilotchi) — investitsiya vositachisi yoki tijorat banki yoxud anderrayting faoliyatini amalga oshiruvchi hamda aksiyalarni ommaviy taklifini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi sug‘urta qiluvchi;
obuna kampaniyasi — investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish yo‘li bilan aksiyalarni sotib olish to‘g‘risidagi arizalarni yig‘ishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui, ularda aksiyadorlik jamiyati, uning faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, aksiyalarni ommaviy taklif etish shartlari va investorlar arizalarini yig‘ish to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etiladi;
aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganishinvestitsiya obyektini mustaqil baholashni, uning moliyaviy holatini va bozordagi holatini har tomonlama o‘rganishni, shuningdek investitsiya risklarini baholashni nazarda tutadigan investitsiya obyekti — aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risida obyektiv tasavvurni shakllantirish tartiboti.
4. IPOni o‘tkazish uchun aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining vakolatli organi qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish va tashkilotchi bilan IPOni tashkil etish to‘g‘risida shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
5. SPOni o‘tkazish tashkilotchi tomonidan SPO tashabbuskori bilan tuzilgan SPOni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
6. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan IPO va SPO o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar fond birjasi qoidalari bilan belgilanadi.
2 bob. Aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganish va narx diapazonini aniqlash
7. Tashkilotchi IPO yoki SPOni amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganishni o‘tkazadi, o‘rganish davomida auditorlik, baholash, konsalting va sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
8. IPO yoki SPOni o‘tkazishda aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganishni o‘tkazish, zarur materiallarni tayyorlash va ularni investorlarga taqdim etish uchun tashkilotchiga zarur ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etadi.
9. Tashkilotchi tomonidan aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra aksiyalarni sotib olishga arizalarni yig‘ish uchun aksiyalar taklifi narxlarining diapazoni aniqlanadi.
10. IPO va SPOni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, agar ular o‘rtasidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashkilotchi tomonidan keyinchalik IPO yoki SPO tashabbuskori tomonidan aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan ularni qoplash bilan qoplanadi.
3-bob. Obuna kampaniyasini o‘tkazish va aksiyalarni sotish tartibi
11. Obuna kampaniyasi tashkilotchi tomonidan respublikaning har bir hududida o‘tkaziladi, uning davomiyligi, odatda, quyidagi sanadan boshlab 180 kundan kam bo‘lmagan muddatni tashkil etadi:
IPOni o‘tkazish uchun aksiyalar chiqariluvi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan;
tashabbuskor va tashkilotchi o‘rtasida SPOni o‘tkazish uchun shartnoma tuzilgan sanadan.
12. Obuna kampaniyasini o‘tkazishda tashkilotchi tomonidan aksiyalarni sotib olishga arizalarni qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, ularning tartibi fond birjasi tomonidan belgilanadi.
13. Aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish orqali sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun arizalarni yig‘ish ko‘rsatilgan IPO yoki SPOni o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan tashkilotchi yoki tashkilotchilar guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
14. Investor ilgari berilgan arizani aksiyalar sonini va ulush narxini ko‘paytirish yoki kamaytirish qismida o‘zgartirishga yoxud ilgari berilgan arizani fond birjasida aksiyalarni sotish sanasigacha bir kundan kechiktirmay kiritilgan mablag‘larni qaytarish bilan bekor qilishga haqli.
Bunda, qonunchilik bilan o‘tkaziladigan IPO va SPO doirasida bitta investor tomonidan sotib olish uchun aksiyalar soniga cheklov nazarda tutilishi mumkin.
15. IPO va SPO yo‘li bilan aksiyalar taklifining narxi tashkilotchi tomonidan belgilanadi.
16. Arizalar qanoatlantirilmagan taqdirda, investorlarning pul mablag‘lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bitimlar ro‘yxatga olingan kundan boshlab 15 kun ichida ularga qaytarilishi shart.
17. IPO va SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalarning joylashtirilmagan qismi, agar IPO yoki SPO tashabbuskori o‘rtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashkilotchi tomonidan, odatda, fond birjasi tomonidan belgilanadigan kotirovka narxi bo‘yicha sotib olinadi.
18. IPO va SPOni o‘tkazishda ma’lumotlarni oshkor qilish qonunchilik va birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. IPO va SPO mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tavsiya etilgan sxemalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
20. Aksiyalarga narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun aksiyadorlik jamiyati, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashkilotchiga yoki boshqa shaxsga nominal qiymati bo‘yicha yopiq obuna bo‘yicha joylashtirilgan aksiyalarni (odatda ustav kapitalining 0,5 foizi) qo‘shimcha chiqaruvini amalga oshirishi mumkin.
21. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar
Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Aksiyalarni birlamchi (IPO) ommaviy takliflarini o‘tkazishning
TAVSIYA ETILGAN SXEMASI
Eslatma: tadbirlar va ularni bajarish muddatlari IPO tashabbuskori bilan kelishilgan holda tashkilotchi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Aksiyalarni ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini o‘tkazishning
TAVSIYA ETILGAN SXEMASI
Eslatma: tadbirlar va ularni bajarish muddatlari SPO tashabbuskori bilan kelishilgan holda tashkilotchi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.