Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlariga reklama toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) undirilishi kerak.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablagʻlarning 80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablagʻlarning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
2. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijro etilishini taʼminlash 2-ilovaga muvofiq davlat boshqaruv organlariga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklansin.
Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining koʻrsatib oʻtilgan organlari bir oy muddatda oʻzlarining amaldagi nizomlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-iyun,
243-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga
2-ILOVA
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini taʼminlash yuklangan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
ROʻYXATI
T/r‎ Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatining talablari‎ “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni moddasi‎‎ Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi‎‎
1.‎ Telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda;
‎‎Ommaviy axborot vositalarida;
‎Pochta joʻnatmalari, elektron aloqa vositalarida reklamalarning bir xil boʻlishini taʼminlash‎ ‎
11-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
2.‎ Homiylar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻyicha koʻrsatmalar ‎


‎Homiylar xizmatlaridan telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik‎ ‎
12-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston MTRK
3.‎ Yashirin reklamalardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik‎‎ 14-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
4.‎ Televideniye va radioda reklamalarni cheklash‎‎ 17-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK
5.‎ Ommaviy axborot vositalarida reklamalarni cheklash ‎

Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklama qilinishiga yoʻl qoʻymaslik ‎
‎18-modda


‎23-modda
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalarini nashr etuvchi vazirliklar va idoralar, mustaqil ommaviy axborot‎ vositalari, Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari
6.‎ Tashqi reklamalarni joylashtirish tartibini belgilash, tashqi joylashtirishni nazorat qilish 20-modda ‎ ‎ Joylardagi davlat hokimiyati organlari‎‎
7.‎ Yer usti transport vositalarida:
‎metropolitenda, vokzallarda, portlarda va aeroportlarda reklamalarni joylashtirish hamda tarqatishni nazorat qilish‎‎
21-modda‎‎ Ichki ishlar vazirligi (DAN); joylardagi davlat hokimiyati organlari ‎
9.‎ Quyidagilarni reklama qilish uchun ruxsatnomalar berish:
‎voyaga yetmaganlar uchun dori-darmon vositalari;
‎tibbiyot muassasalari uchun moʻljallangan dori-darmonlarni reklama qilish tartibini belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish ‎
22-modda‎‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎‎
10.‎ Quyidagilarni qoʻllash va sotish uchun tegishli ruxsatnomalar berish:
‎kosmetika vositalari, vitaminli va biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari;
‎maishiy kimyo vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari ‎
22-modda‎‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzstandartagentligi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 6-son, 32-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 27-son, 191-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 44-45-son, 380-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)