O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SUV RESURSLARINI TO‘PLASH, EKIN MAYDONLARINI SUG‘ORISH UCHUN NASOS STANSIYALARINI ELEKTR BILAN TA’MINLASH VA ISTE’MOL QILINADIGAN ELEKTR ENERGIYASI UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi nasos stansiyalarini elektr bilan uzluksiz ta’minlash, ekin maydonlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan suv resurslarini olish va to‘plash hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
1. Suv resurslarini to‘plash, ekin maydonlarini sug‘orish uchun nasos stansiyalarini elektr bilan ta’minlash hamda iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.M. Olimjonov va V.Y. Otayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 31-avgust,
408-son
Suv resurslarini to‘plash, ekin maydonlarini sug‘orish uchun nasos stansiyalarini elektr bilan ta’minlash va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Tartib Suv xo‘jaligi vazirligining nasos stansiyalarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, ekin maydonlarini sug‘orish uchun ishlatiladigan suv resurslarini olish va to‘plash hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Suv xo‘jaligi vazirligi belgilangan muddatlarda “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga keyingi 3 yilda haqiqatda iste’mol qilingan elektr energiyasining o‘rtacha yillik miqdoridan va qo‘shimcha ravishda foydalanishga topshirilayotgan nasos stansiyalari ehtiyojidan kelib chiqib choraklar bo‘yicha hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Amu — Buxoro mashina kanali, Qarshi magistral kanali boshqarmalari va “Mirzacho‘l” birlashmasi bo‘yicha keyingi yilga elektr energiyasi berishga yig‘ma buyurtmanoma beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ajratilgan elektr energiyasi iste’moli limitlariga muvofiq elektr energiyasi uchun haq to‘lash uchun keyingi yilga respublika budjetida Suv xo‘jaligi vazirligiga mablag‘ ajratishni nazarda tutadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Suv xo‘jaligi vazirligi navbatdagi yil choragi boshlanishidan 15 kun oldin “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga mazkur Tartibning 1-bandida ko‘rsatilgan bo‘linmalar bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli yil choragi limitini oylar bo‘yicha taqdim etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Suv xo‘jaligi vazirligi keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga Amu — Buxoro, Amu — Zang, Jizzax magistral kanallari nasos stansiyalari va Sherobod nasos stansiyasi ishining oylik jadvalini taqdim etadi, qolgan nasos stansiyalarining navbatdagi oydagi ish rejimlari esa irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan elektr tarmoqlarining tegishli korxonalari o‘rtasida elektr energiyasini iste’mol qilishning belgilangan oylik limitlari doirasida kelishiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Suv xo‘jaligi vazirligi zarur hollarda “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda iste’mol qilish limitiga yil choraklari doirasida har oyda (shu jumladan, bo‘linmalar bo‘yicha) shu oyning 20-kunigacha tuzatish kiritadi. Bunda chorak mobaynida ko‘pi bilan ikki marta tuzatish kiritilishi mumkin. Joriy oy uchun foydalanilmagan elektr energiyasi limiti keyingi oyga o‘tkazilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda har oyning 5-kunidan kechiktirmay Moliya vazirligiga oyning 1- kunidagi holatga ko‘ra nasos stansiyalari tomonidan elektr energiyasidan foydalanilishi to‘g‘risidagi qiyoslash dalolatnomasini taqdim etadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Moliya vazirligi taqdim etilgan qiyoslash dalolatnomalari asosida oyning 10-kunidan kechiktirmay budjetda nazarda tutilgan ajratmalar doirasida Suv xo‘jaligi vazirligiga mablag‘lar o‘tkazadi.
Suv xo‘jaligi vazirligi ikki kun muddatda xarajatlar smetasida nazarda tutilgan doiradagi mablag‘larni amalda foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari bilan shartnomalar tuzgan o‘ziga bo‘ysunuvchi budjet tashkilotlarga yetkazadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishmasdan Qarshi, Amu — Buxoro, Amu — Zang, Jizzax va Sherobod magistral kanallarining nasos stansiyalari, melioratsiya nasos stansiyalarining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan energiyadan o‘chirib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Zarur bo‘lganda (tabiiy ofatlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini qayta ekish) Suv xo‘jaligi vazirligi elektr energiyasiga qo‘shimcha limitlar va ularga haq to‘lashga mablag‘lar ajratish uchun asoslangan hisob-kitoblarni Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etadi. Mazkur masala bo‘yicha qaror 10 kun mobaynida qabul qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 8-son, 49-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 21-son, 149-modda; 2003-y., 17-18-son, 156-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)