1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida atoqli maʼrifatparvar Isʼhoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻgʻrisida
XX asr Milliy uygʻonish davrining yetuk namoyandalaridan biri, noyob isteʼdod egasi, koʻplab Sharq va Gʻarb tillarining bilimdoni, oʻlkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida Vatan taraqqiyoti yoʻlida fidokorona xizmat qilgan Isʼhoqxon Ibrat nomini abadiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi bogʻ, atoqli maʼrifatparvarning haykali va muzeyi hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabdan iborat “Isʼhoqxon Ibrat majmuasi”ni (keyingi oʻrinlarda — Majmua deb yuritiladi) tashkil etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
2. Isʼhoqxon Ibrat muzeyi Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi madaniy meros obyekti boʻlgan Gʻoyibnazar Qozi madrasasi negizida tashkil etilsin.
Belgilansinki:
Isʼhoqxon Ibrat haykali oʻrnatiladigan uning nomidagi bogʻ, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab alohida yuridik shaxslar sifatida;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 698-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 962-modda)
3. Isʼhoqxon Ibrat majmuasini tashkil etish boʻyicha respublika ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhiga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Majmuani tashkil etish hamda qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
4. Namangan viloyati hokimligi 10 kun muddatda majmuani tashkil etish uchun tegishli yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
6. Belgilansinki:
Isʼhoqxon Ibrat haykali postamenti hamda muzey uchun qoʻshimcha binolar qurish Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida Namangan viloyati hokimligiga nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan;
xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Isʼhoqxon Ibrat muzeyi binosining madaniy meros obyekti qismida restavratsiya ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish ishlariga ajratiladigan budjet mablagʻlari, jihozlash ishlari mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan;
Isʼhoqxon Ibrat haykalini yaratish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan;
Kosonsoy soyining “Isʼhoqxon Ibrat majmua”si hududidan oʻtgan qismining qirgʻoqlarini betonlash va mustahkamlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan;
bogʻni tashkil etish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi bogʻ va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini tashkil etish, shuningdek ularning tuzilmasi va saqlash xarajatlarini moliyalashtirish manbalari yuzasidan belgilangan tartibda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Majmua qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlari bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga:
xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash;
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalarini ushbu maktabga keng jalb etgan holda targʻibot tadbirlarini tashkil etish vazifalari yuklansin.
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Isʼhoqxon Ibrat xotirasini abadiylashtirish ishlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-aprel,
208-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 208-son qaroriga ILOVA
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida atoqli maʼrifatparvar Isʼhoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish boʻyicha respublika ishchi guruhi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari
2.
X. Bozarov
—
Namangan viloyati hokimi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
3.
R. Qosimov
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
4.
U. Inoyatov
—
Xalq taʼlimi vaziri
5.
M. Muratov
—
Madaniyat vaziri
6.
Y. Tursunov
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
7.
A. Toxtayev
—
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
8.
A. Abdullayev
—
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
9.
B. Abdusamatov
—
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
10.
K. Mansurov
—
Matbuot va axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari
11.
X. Mirzaxidov
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
12.
M. Hazratqulov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
13.
A. Qodirov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
15.
A. Nuriddinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
16.
Sh. Jalilov
—
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi
17.
I. Latipov
—
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi
18.
S. Saidov
—
Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari
19.
Sh. Rizayev
—
“Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri
20.
M. Xodjimatov
—
“Guliston” jurnali bosh muharriri
21.
Z. Mansurov
—
Namangan viloyati matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi
22.
P. Matkarimov
—
Namangan viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh masʼul kotibi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 258-modda, 36-son, 962-modda, 38-son, 1040-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)