1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ChAKANA BOZORLARI HUDUDIDA JISMONIY ShAXSLARNING SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining chakana bozorlari hududida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini tartibga solish, shuningdek xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Otchopar buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ish tajribasi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa chakana bozorlariga ham tatbiq etilsin.
2. Belgilansinki, 1999-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida va 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jismoniy shaxslar yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati tartibida isteʼmol tovarlari sotish va xizmatlar koʻrsatish uchun chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslari hududiga tadbirkorda tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan hamda daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligi toʻgʻrisida soliq inspeksiyasining belgisi qoʻyilgan guvohnoma mavjud boʻlgan holdagina qoʻyiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida (keyingi oʻrinlarda bozorlar deb ataladi) jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Tartib dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
4. Belgilansinki:
bozorlar hududida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani olgan va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar daromadlar va xarajatlarni hisobga olish daftarini yuritishdan ozod qilinadilar va mazkur qaror bilan belgilangan tartibga muvofiq qayd etilgan stavka boʻyicha soliq toʻlaydilar;
bozorlar hududida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilayotgan jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqning qayd qilingan stavkasi oziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan oʻttiz baravarigachani, nooziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan yigirma baravarigachani va xizmatlar koʻrsatuvchilar uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan oʻn baravarigachani tashkil etadi. Bir jismoniy shaxs bir vaqtning oʻzida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilgan taqdirda soliq oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun belgilangan miqdordan kelib chiqib belgilanadi;
bozorlarda joy berish, savdo joyi ijaraga olinganligi uchun toʻlov undirish va savdo joyi ijaraga olinganligi uchun talonlar berish chakana bozorlar direksiyalari tomonidan faqat chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma va undagi daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi asosida amalga oshiriladi. Chakana bozorlar rahbarlari mazkur talab bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javob beradilar;
bozorlarda chakana savdo faoliyatini amalga oshirishni va xizmatlar koʻrsatishni xohlovchi jismoniy shaxslar tegishli soliqlarni va savdo joyi uchun ijara haqini kamida bir oy muddatga oldindan toʻlashlari kerak;
chakana bozorlar faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etiladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy moliya va soliq organlari bilan birgalikda:
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini olgan jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqning qayd qilingan stavkalari miqdorlarini har bir aniq chakana bozorda ular joylashgan joyni va savdo oborotiga taʼsir qiluvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda, mazkur qaror bilan belgilangan koʻrsatkichlar doirasida har yili belgilasinlar;
yangi tartib joriy etilgunga qadar chakana bozorlar hududida savdo faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi jismoniy shaxslar oʻrtasida zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini tashkil etsinlar va oʻtkazsinlar;
zaruriyatga koʻra umumiy foydalanishdagi turgʻun savdo pavilonlari prinsipi boʻyicha oziq-ovqat tovarlarini sotishga ixtisoslashtirilgan oziq-ovqat bozorlari va savdo markazlari tashkil etsinlar, ularda tovarlarni joylashtirish uchun ulgurji bazalar, meva-sabzavot kombinatlari, bozorlar va boshqa mavjud inshootlarning boʻsh turgan maydonlari va quvvatlaridan foydalangan holda tovarlarni sotish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratsinlar.
6. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni va chakana bozorlar hududida yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarga chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomalarni oʻz vaqtida tayyorlash va berishni taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi chakana bozorlar hududida yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslardan budjetga soliqlar oʻz vaqtida tushishi ustidan samarali nazoratni taʼminlashning taʼsirchan chora-tadbirlarini koʻrsin.
9. Vazirliklar va idoralar oʻz meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 2-avgust,
373-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-avgustdagi 373-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida (keyingi oʻrinlarda — bozorlar deb ataladi) oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish qoidalarini belgilaydi.
2. Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun jismoniy shaxs:
oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkor sifatida oʻzining doimiy yashash joyidagi hokimlikda roʻyxatdan oʻtishi va xususiy tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi tegishli guvohnomani olishi;
bozor joylashgan joydagi soliq organidan muayyan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi tegishli hokimlik tomonidan berilgan 1-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnomani olishi zarur.
3. Chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi bitta guvohnoma bozorda bitta savdo qilish (xizmat koʻrsatish) joyi uchun huquq beradi.
4. Bozorda savdo va xizmatlar koʻrsatish joylari soni bozor direksiyasi tomonidan belgilanadi va bozorlar joylashgan joydagi tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bozordagi savdo qilish joylari va xizmatlar koʻrsatish uchun mavjud boʻsh joylarning hisobini, bozorda savdo qilayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan shaxslar reyestrini, shuningdek, bozorda savdo qilishni yoki xizmat koʻrsatishni xohlovchi navbatda turganlar roʻyxatining doimiy tezkor hisobini yuritadilar.
5. Savdo joylari dastlab taqsimlanayotganda, mazkur Tartibga muvofiq, bozordagi boʻsh va boʻshab qolgan joylarda savdo qilish ustuvor huquqiga bozorda ilgari savdo qilgan yoki xizmatlar koʻrsatgan va savdo qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish qoidalarini buzmagan shaxslar ega boʻladilar.
6. Mazkur Tartib:
dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslarga;
tadbirkor boʻlmagan, biroq shaxsiy buyumini bozorda bir marta sotayotgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi. Bozor maʼmuriyati savdo joyi ijaraga olinganligi uchun toʻlov undirgan holda ularga maxsus ajratilgan joydan joy beradi.
II. HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
7. Oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar xususiy tadbirkorlar sifatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy yashash joyidagi hokimliklarda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
8. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga xususiy tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
9. Tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar bozorda chakana savdo qilish yoki xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtirish uchun bozor joylashgan joydagi hokimlikka quyidagilarni taqdim etishlari zarur:
ariza;
pasport (shaxsan koʻrsatiladi);
xususiy tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxasi (shaxsan koʻrsatiladi);
2 ta fotosurat (3,5 x 4,5sm).
10. Tuman (shahar) hokimligi barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizani qabul qilib olgach:
maxsus daftarda (tikib bogʻlangan, tartib raqami qoʻyilgan va tuman (shahar) hokimi imzosi hamda hokimlik muhri bilan tasdiqlangan) roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini qayd etadi va sotuvchining familiyasini, ismini, otasining ismini, pasportga oid maʼlumotlarni, hisobga olinganlik, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etadi, uning roʻyxatdan oʻtkazish raqamini aniqlaydi;
arizachiga undan hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida kvitansiya beradi;
ikki ish kuni mobaynida, boʻsh oʻrinlar mavjudligini hisobga olgan holda, arizachiga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, arizachining qoʻliga qaror nusxasini beradi, shuningdek bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtiradi, uni bozor joylashgan joydagi soliq organiga joʻnatadi.
Hokimlikning xususiy tadbirkorga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi qarorida yozib berilgan guvohnomaning tartib raqami koʻrsatiladi.
11. Bozorda boʻsh savdo qilish joylari boʻlmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi tadbirkorga uning navbatining tartib raqami koʻrsatilgan (2-ilovaga muvofiq shaklda) maʼlumotnoma beradi yoki tadbirkorning xohishiga koʻra boshqa bozordagi boʻsh joyni (mavjud boʻlganda) taklif etadi.
Bozorlar direksiyasi boʻsh joylar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni matbuotda har oyda eʼlon qilib boradi, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni bozorlar hududidagi va tumanlar (shaharlar) hokimliklaridagi axborotlar stendlariga ilib qoʻyadilar.
Navbatda turganlar roʻyxati tumanlar (shaharlar) hokimliklarining axborotlar stendlariga ilib qoʻyilishi kerak.
12. Ushbu Tartibning 9, 10, 11-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va rasmiylashtirish tartibotlarini tezlashtirish uchun tuman (shahar)lar hokimliklari bozorlar hududida tegishli markazlar tashkil etishlari mumkin.
13. Soliq organi:
tadbirkor tomonidan tuman (shahar) hokimligining unga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqi berilgani toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi taqdim etilgach, bir ish kuni mobaynida tadbirkorga, belgilangan tartibda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan daromadlaridan soliq toʻlash uchun belgilangan namunadagi (3-ilova) toʻlov xabarnomasini yozib beradi;
tadbirkor kelgusi oy uchun daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani va pasportni taqdim etgach tuman (shahar) hokimligidan olingan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomoniga tegishli belgi qoʻygan holda uni soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyadi va jurnalga imzo qoʻydirib tadbirkorga guvohnomani beradi.
Bozor joylashgan joydagi soliq organi ikki kun muddatda boshqa tuman (shahar)da doimiy yashash joyiga ega boʻlgan, bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan tadbirkorni hisobga qoʻygani va uning tomonidan daromad soligʻi toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorning yashash joyidagi soliq organiga joʻnatishga majbur.
14. Bozor maʼmuriyati tadbirkor tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi hamda soliq organlarining daromaddan olinadigan soliq toʻlaganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan guvohnoma taqdim etilgan kunda savdo joyi ijaraga olinganligi uchun belgilangan yigʻim undirilishini taʼminlaydi va ijaraning butun muddatida savdo qilish uchun joy koʻrsatiladigan tegishli talon beradi.
15. Har bir muayyan bozor uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan alohida roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritiladi.
16. Chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma tadbirkorning arizasiga muvofiq 1 oydan 12 oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Amal qilish muddati tugagach guvohnoma bozor joylashgan joydagi hokimlikka qaytariladi yoki tadbirkorning xohishiga koʻra muddati uzaytirilishi mumkin.
17. Chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani tuman (shahar) hokimligiga oʻz vaqtida topshirmaslik daromaddan olinadigan soliqni muddati oʻtib ketgan barcha davr uchun hisoblashga va hisoblangan summani belgilangan tartibda budjetga olib qoʻyishga sabab boʻladi.
18. Bozorlarda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomalar tayyorlash boʻyicha hokimliklar xizmatlari pulli hisoblanadi hamda buning uchun tadbirkorlar tomonidan tegishli kalkulyatsiyaga muvofiq haq toʻlanadi.
19. Bozorlarda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning umumiy sxemasi 4-ilovada keltirilgan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.16.00 Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
III. BOZORDA SAVDO QILISh VA XIZMATLAR KOʻRSATIShNING BELGILANGAN TARTIBI BUZILGANLIGI UChUN JISMONIY ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI
20. Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlmagan shaxslar tovarlar sotish va xizmatlar koʻrsatish uchun bozor hududiga kiritilmaydi.
21. Savdo faoliyatini amalga oshirishda xususiy tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma va savdo joyi ijaraga olinganligi haqidagi talon doimo tadbirkorning yonida boʻlishi kerak.
22. Har bir guvohnoma faqat uning egasiga chakana savdo qilish yoki xizmatlar koʻrsatish huquqini beradi.
23. Bozor hududida belgilangan tartibni buzgan holda chakana savdo qiluvchi yoki xizmatlar koʻrsatuvchi shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
23.1. Bozor hududida chakana savdo qilish yoki xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomasiz yoki boshqa shaxsga tegishli guvohnoma bilan savdo faoliyatini amalga oshirishga savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlab amalga oshirish sifatida qaraladi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 176-moddasi 2-qismiga muvofiq eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solib, qonunni buzish predmetlarini musodara qilish tarzida javobgarlikka tortiladi. Bunday qonunni buzishlar toʻgʻrisidagi materiallar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan protokol bilan rasmiylashtiriladi va sudga oshiriladi. Bu holda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum boʻladi, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa uning haqiqiy egasiga nisbatan chora koʻrish uchun hokimlikka qaytariladi;
(23-bandning 23.1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi 315-sonli qarori tahririda)
23.2. Maʼmuriy jazo koʻrilgandan keyin bir yil mobaynida takroran sodir qilingan aynan shu xatti-harakatlarga aynan shunday xatti-harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllangandan keyin sodir etilgan nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab savdo faoliyatini amalga oshirish sifatida qaraladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi 1-qismiga muvofiq uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulk musodara qilinib olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan bilan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
a) koʻp miqdordagi foyda (daromad) olgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunday qonunbuzishlar toʻgʻrisidagi materiallar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan protokol bilan rasmiylashtiriladi va sudga oshiriladi.
(23-bandning 23.2-kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi 315-sonli qarori tahririda)
Bu holda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum boʻladi, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa uning haqiqiy egasiga nisbatan chora koʻrish uchun hokimlikka qaytariladi;
23.3. Guvohnomani savdo faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa shaxsga berish qatʼiy taqiqlanadi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishning belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi. Tuman soliq inspeksiyasi ushbu buzilishni aniqlashgan ichki ishlar organlari taqdimnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 176-moddasining 1-qismiga muvofiq eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima soladi. Bu holda jismoniy shaxs savdo qilish huquqidan mahrum boʻladi, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa olib qoʻyiladi.
IV. GUVOHNOMALARNI ChIQARISh VA SAQLASh
24. Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi. Guvohnomalar shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan tayyorlanadi, hokimliklar ularning hisobga olinishi va saqlanishi uchun javob beradilar.
V. MAZKUR TARTIBGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh
25. Mazkur Tartibga rioya etilishini nazorat qilish tegishli hokimliklar va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Old tomoni
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish tartibiga 1-ILOVA
F O T O
Chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi _____-son GUVOHNOMA
(bozorning toʻliq nomi va savdo qilish joyi koʻrsatiladi)
chakana savdo qilish (xizmatlar koʻrsatish) huquqini beradi
Mazkur guvohnoma shaxslarni bozor direksiyasi tomonidan undirib olinadigan savdo qilish joyi uchun ijara haqi toʻlashdan ozod qilmaydi. Savdo qilish joyi ijarasi uchun haqni va daromaddan olinadigan belgilangan soliqni oʻz vaqtida toʻlamaslik chakana savdo qilish (xizmatlar koʻrsatish) huquqidan mahrum etishga va mazkur guvohnomaning bekor qilinishiga sabab boʻladi. Bozorlarda guvohnomasiz chakana savdo qilish (xizmatlar koʻrsatish) taqiqlanadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Guvohnoma amal qilish muddati tugagandan keyin hokimlikka qaytarilishi kerak. Guvohnomani tuman (shahar) hokimligiga oʻz vaqtida topshirmaslik daromaddan olinadigan soliqni muddati oʻtib ketgan barcha davr uchun hisoblashga va hisoblangan summani belgilangan tartibda davlat budjetiga olib qoʻyishga sabab boʻladi.
Soliq organlarida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Roʻyxatga olish raqami _________________
Sana:
_____________ yil “________”______________
________________________________________________
(Hisobga qoʻygan soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr )
_____________ yil uchun daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligi haqida maʼlumotlar:
Yanvar
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Fevral
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Mart
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Aprel
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
May
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Iyun
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Iyul
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Avgust
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Sentyabr
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Oktyabr
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Noyabr
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Dekabr
_________________
______________________________________
summa
Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlarda, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish tartibiga 2-ILOVA
Bozorda chakana savdo faoliyati (xizmatlar koʻrsatish)ni amalga oshirish huquqini olish uchun navbatda turuvchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
Ushbu maʼlumotnoma shu haqda berildiki:
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Pasport
Seriyasi
№
tomonidan berilgan
berilgan sanasi
doimiy yashash joyi
hisobga qoʻyilgan va _______________________________ bozorida chakana savdo
(xizmatlar koʻrsatish)ni amalga oshirish uchun _____________________________ raqam bilan navbatda turuvchilar roʻyxatiga kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish tartibiga 3-ILOVA
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromaddan soliq toʻlashi haqida toʻlov xabarnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish tartibiga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini olishga hujjatlarni rasmiylashtirish
TARTIBI
T/r
Bajaruvchi
Hujjatlar roʻyxati
Muddati
Masʼullar
1.
Jismoniy shaxs – yakka tartibdagi tadbirkor (doimiy yashash joyidagi hokimlikda belgilangan tartibda roʻyxatda oʻtkazilgan)
Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga) quyidagilarni taqdim etadi: 1. Ariza; 2. Pasport (shaxsan koʻrsatiladi); 3. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi (shaxsan koʻrsatiladi); 4. 2 ta fotosurat (3,5 x 4,5 sm).
2.
Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligi
1. Roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini qayd etadi, ariza beruvchiga undan hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida kvitansiya beradi.
Hujjatlarni qabul qilishda
Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimi
2. Boʻsh joylar borligini hisobga olgan holda ariza beruvchiga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, qaror nusxasini ariza beruvchining qoʻliga beradi, shuningdek �ozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtiradi va uni bozor joylashgan joydagi soliq organiga yuboradi.
Ikki ish kuni
3.
Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi
1. Tadbirkor tomonidan unga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqi berilganligi haqidagi tuman (shahar) hokimligining qarori nusxasi taqdim etilgach, tadbirkorga jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromaddan soliq toʻlash haqida belgilangan namunadagi (3-ilova) toʻlov xabarnomasi yozib beradi. 2. Tadbirkor tomonidan kelgusi oy uchun daromadga solinadigan soliq toʻlanganligi haqidagi kvitansiya va pasport taqdim etilgach tuman (shahar) hokimligidan olingan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomoniga tegishli belgi qoʻygan holda xususiy tadbirkorni soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyadi va jurnalga imzo chektirib guvohnoma beradi.
Bir ish kuni
Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi
4.
Bozor maʼmuriyati
Guvohnoma va undagi daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi asosida savdo joyi ijaraga olinganligi uchun belgilangan yigʻimni undiradi va ijaraning butun muddatida savdo qilish joyi koʻrsatilgan talon beradi
Daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi qoʻyilgan guvohnoma taqdim etilgan kunda
Bozor maʼmuriyati
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 8-son, 45-modda)