O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalari sifatini yanada oshirish, loyihalashtirish jarayoniga loyiha ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish ishlariga ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy usullarni joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari xo‘jalik boshqaruv organlarining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” — O‘zbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va og‘ir sanoat davlat loyiha institutini — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutiga (keyingi o‘rinlarda — Institut) aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
3. Institut faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shu jumladan, DTIA/DTIH hamda TIA/TIHni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarni texnik boshqarish va O‘zbekiston Respublikasi standartlari sohasidagi normativ hujjatlarga moslashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarini (loyihalashtirishga doir qismda) texnik jihatdan kuzatib borish, loyihalarni tender savdolari tashabbuskorlari bilan birgalikda olib borish va ularga hamrohlik qilish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy yangilash konsepsiyasini, tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiya va texnik rekonstruksiya qilishni ko‘rib chiqish va kelishuvini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqishda qatnashish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
O‘zbekiston Respublikasida loyihalashtirish jarayonlariga xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilg‘or chet el tajribasiga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalari, loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish yo‘nalishini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Oldingi tahrirga qarang.
to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek, yetuk mutaxassislarni subpudratchilar sifatida jalb qilish;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori unumdorligi va sifati, energiya hamda resurs tejamkorligi, shuningdek, ekologiya standartlarining zamonaviy talablariga javob beruvchi ilg‘or texnologiya va uskunalar jahon bozorini chuqur tahlil qilishni amalga oshirish, respublikaga istiqbolsiz, ma’naviy va jismoniy eskirgan uskuna va texnologiyalar olib kirilishini istisno qilish;
loyihalashtirishda ilg‘or yuqori texnologiyali, energiya tejamkor uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
va loyiha, loyihaoldi hamda ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari ilmiy-texnika va ekspert kengashlari bilan uzviy hamkorlik qilish;
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
xorijda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy xarakteristikalari, samaradorligi va amaliyotda sinovdan o‘tganlik darajasi, shuningdek, yuqori texnologiyali uskunalarning asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari hamda faoliyat turi bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va litsenziyalovchilar to‘g‘risida axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilash;
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan ma’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish hamda mahalliy xom ashyoni qayta ishlash yo‘li orqali jahon va ichki bozorlarda yuqori talabga ega raqobatdosh tayyor mahsulot va yarim tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
uskunalarga bo‘lgan narxlarning cheklangan parametrlari, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyalarga muvofiq “tayyor holda topshirish” loyihalarining narxi bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari buyurtmasi bo‘yicha iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari investitsiya loyihalarini mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalash ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalar va loyiha institutlari o‘rtasida yuqori malakali muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
4. Belgilansinki:
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
Institutning asosiy tarkibiy bo‘linmalari etib, loyihaning bosh muhandislari tomonidan (LBM) boshqariladigan tarmoq byurolari hisoblanadi, ular loyihani ishlab chiqish va loyihani to‘liq yakuniga yetkazgunga qadar texnik jihatdan kuzatuvini tashkillashtirish uchun mas’uldirlar;
LBM byurolari institutning istiqbolli ixtisoslashuvini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan butlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son)
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. Institut direktoriga:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishib, zarur xollarda Institut xodimlari soni va tuzilmasiga o‘zgartish kiritish.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq zarur mutaxassislar kesimida ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma asosida zarur miqdorda qo‘shimcha jalb qilish huquqi berilsin:
Institut direktori zimmasiga Institut faoliyatini samarali tashkil etish ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Institutga istisno tariqasida:
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, ishlarning alohida turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan subpudrat loyiha tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish;
tanilgan xorijiy loyiha institutlari, konsultantlar va ekspertlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha konsorsiumlar tashkil etish huquqi berilsin.
7. Institutni moliyalashtirish manbalari etib, quyidagilar belgilansin:
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida ajratiladigan investitsiya loyihalari buyurtmachilari, loyiha-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, loyihalar amalga oshirilishiga texnik hamrohlik qilishdan tushadigan mablag‘lar;
qonun hujjatlariga muvofiq, Institutning o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari.
8. Institut Toshkent shahri, Mustaqillik prospekti, 66-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
9. Belgilansinki, institut direktori buyrug‘i bilan ustav faoliyatidan hamda ajratilgan maqsadli budjet ajratmalaridan olinadigan daromadlar chegarasida Institut xodimlari ish haqlariga har oylik qo‘shimchalar belgilanishi mumkin.
10. Institut faoliyatini ta’minlash xarajatlari, shu jumladan, asosiy xorijiy kataloglar va nashrlarga obuna bo‘lish, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan loyihalarning mustaqil ekspertizadan o‘tkazish uchun mutaxassislarni jalb qilish loyihaning umumiy narxiga kiritilgan, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hisobidan amalga oshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Komissiya (A. Ramatov) Institut faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
ushbu qarordan kelib chiqadigan talablar va vazifalarni hisobga olgan holda Institut to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin;
Institutni zarur bilim va ish, jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni tayyorlash va ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
13. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va og‘ir sanoat davlat loyiha institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 13-iyundagi PQ-377-sonli qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-mart,
PQ-2831-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya
TARKIBI

O.J. Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, Komissiya raisi

J.A. Qo‘chqorov

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.N. Fayzullayev

iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

B.M. Nizomov

mehnat vaziri o‘rinbosari

A.A. Usmonov

adliya vaziri o‘rinbosari

S.X. Gafarov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

M.I. Shodiyev

Davarxitektqurilish raisi o‘rinbosari

Sh.A. Vafoyev

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari

A.S. Sultonov

“O‘zbekneftgaz” MXK raisi

F.I. Salomov

“O‘zbekenergo” AJ raisi

A.A. Abdullayev

“O‘zkimyosanoat” AJ raisi

K.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

U.D. Karimov

“Olmaliq KMK” AJ bosh direktori v.b.

A.S. Nurutdinov

“O‘zmetkombinat” AJ bosh direktori

N.B. Husanov

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari

I.R. Mahkamov

Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Komissiya kotibi

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Komissiya ishiga tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 12-son, 183-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)