O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2753-son qarori o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, pensiyalar va nafaqalar to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, naqd pul shaklida pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha barcha kompleks chora-tadbirlarni to‘liq va muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni (keyingi o‘rinlarda — pensiyalar va nafaqalar deb yuritiladi) naqd shaklda to‘lashni “O‘zbekiston pochtasi” AJdan O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki deb yuritiladi) bo‘linmalariga mart-iyul oylari mobaynida bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, 2017-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida pensiyalar va nafaqalarni to‘lash faqat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq banki tomonidan pensiyalar va nafaqalarni to‘lash tajriba tariqasida:
joriy yilning 1-aprelidan boshlab — 1-ilovaga muvofiq 13 ta viloyatga bo‘ysunuvchi shaharda, shuningdek Toshkent shahrining 6 ta tumanida;
2017-yilning 1-mayidan boshlab — 2-ilovaga muvofiq 39 ta qishloq tumanida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari pensiyalar va nafaqalarni naqd pulda berish bo‘yicha maxsus kassalar ishini tashkil etish uchun posyolkalar, qishloqlar, ovullar mahallalari fuqarolar yig‘inlari binolarida va pensionerlarning mablag‘larni olishi uchun qulay bo‘lgan boshqa ma’muriy binolarda bepul foydalanish huquqi bilan Xalq bankini alohida xonalar bilan ta’minlasinlar.
Belgilansinki, mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan bevosita ular yashaydigan joyga yetkazib beriladi.
4. Xalq banki:
kassirlar va nazoratchilar soni 4 ming nafar shtat birliklariga ko‘payishini, markaziy apparatda va filiallardagi pensiyalar va nafaqalarni aholiga naqd pul shaklida yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislarning zarur soni butlanishini, ularga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun ularni o‘qitishni ta’minlashni hisobga olgan holda, tashkiliy tuzilmani bir hafta muddatda tasdiqlasin;
inventar va kompyuter texnikasi istisno tariqasida tanlov (tender) savdolari o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha zarur miqdorda sotib olinishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4oktabrdagi PF-5428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
bir oy muddatda naqd pul mablag‘larni to‘plash va yetkazib berishni tashkil etish tartibi hamda pensiyalar va nafaqalarni to‘lash mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
pensiyalar va nafaqalar o‘z vaqtida berilishi ta’minlanganligi uchun Xalq banki xodimlarini rag‘batlantirish choralarini nazarda tutsin.
5. “O‘zavtosanoat” AK naqd mablag‘larning maxsus kassalargacha yetkazib berilishini tashkil etish uchun Xalq bankining buyurtmanomalari bo‘yicha 590 ta “Damas” markali avtotransport vositasi sotilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Xalq bankining buyurtmanomalariga muvofiq barcha to‘lovlar har oyning 27-kunigacha tugallanishini hisobga olgan holda pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan uzluksiz berilishi uchun naqd pul mablag‘lari bilan zarur hajmda ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
Xalq banki bilan birgalikda moliyalashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i har kuni tahlil qilinib Pensiya jamg‘armasiga taqdim etish tartibini joriy etgan holda pensiyalar va nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini hisobga olishni joriy etish bo‘yicha tegishli hisob raqamlari ochsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov undirmasdan naqd mablag‘lar Xalq bankining maxsus kassalarigacha yetkazib berilishiga hamrohlik qilishni tashkil etsin;
590 ta “Damas” markali avtotransport vositasini naqd pul mablag‘larini tashish uchun moslashtirishga tegishli ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin;
Xalq bankining inkassatsiya xizmatini naqd pul mablag‘larining saqlanishi va butligini ta’minlash uchun himoya va xavfsizlikning tegishli moslamalari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Pensiyalar va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha Xalq banki xizmatlariga haq to‘lash miqdori pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish umumiy summasi hajmining 1 foizi miqdorida belgilansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi PQ-198-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi Xalq banki bilan birgalikda:
pensiya va boshqa to‘lovlarni olayotganlarga SMS orqali xabardor qilishni joriy etgan holda aholiga pensiyalar va nafaqalar to‘lashni “on-layn” rejimida hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish maqsadida tegishli ma’lumotlar bazalari integratsiya qilinishini bir oy muddatda ta’minlasin;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini jalb etgan holda Pensiya jamg‘armasi interaktiv xizmatlarining yangi turlari, shu jumladan “ishonch telefoni” ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi va Pensiya jamg‘armasi Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan nazorat va tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2017-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Markaziy bank raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
PQ-2826-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son qaroriga
1-ILOVA
2017-yilning 1-aprelidan boshlab Xalq banki tomonidan pensiyalar va nafaqalar to‘lanishi amalga oshiriladigan viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar va Toshkent shahridagi tumanlar
RO‘YXATI

T/r

Hududlar

Shaharlar (tumanlar)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahar

2.

Andijon viloyati

Xonobod shahar

3.

Buxoro viloyati

Kogon shahar

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahar

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar

6.

Navoiy viloyati

Zarafshon shahar

7.

Namangan viloyati

Namangan shahar

8.

Samarqand viloyati

Kattaqo‘rg‘on shahar

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar

11.

Toshkent viloyati

Chirchiq shahar

12.

Farg‘ona viloyati

Qo‘qon shahar

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahar

14.

Toshkent shahar

Sergeli tumani

15.

Bektemir tumani

16.

Yakkasaroy tumani

17.

Uchtepa tumani

18.

Mirobod tumani

19.

Olmazor tumani

Jami

19 shahar (tuman)

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son qaroriga
2-ILOVA
2017-yil 1-maydan boshlab Xalq banki tomonidan pensiyalar va nafaqalar to‘lanishi amalga oshiriladigan tumanlar
RO‘YXATI

T/r

Hududlar

Tumanlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xo‘jayli, Qonliko‘l, Qorao‘zak

2.

Andijon viloyati

Jalaquduq, Bo‘z, Ulug‘nor

3.

Buxoro viloyati

Qorovulbozor, Peshku, Romitan

4.

Jizzax viloyati

Arnasoy, Baxmal, Zarbdor

5.

Qashqadaryo viloyati

Muborak, Koson, Qarshi

6.

Navoiy viloyati

Nurota, Qiziltepa, Navbahor

7.

Namangan viloyati

Chust, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy

8.

Samarqand viloyati

Qo‘shrabot, Toyloq, Urgut

9.

Sirdaryo viloyati

Mirzaobod, Guliston, Oqoltin

10.

Surxondaryo viloyati

Muzrabot, Oltinsoy, Sho‘rchi

11.

Toshkent viloyati

Oqqo‘rg‘on, Pskent, Bekabod

12.

Farg‘ona viloyati

Furqat, O‘zbekiston, Buvayda

13.

Xorazm viloyati

Bog‘ot, Xonqa, Yangibozor

Jami

39 tuman

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 154-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son; 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)