|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.08.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Transport sohasida litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi tarkibi 1-ilova*ga muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Transport sohasida litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi raisi (Axmetov) oʻn kun muddatda komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qaroriga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 14-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 28-iyul,
363-son
Vazirlar Mahkamasi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda) 2-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, 1997-yil 1-noyabrdan boshlab yoʻlovchilar va yuk tashuvchi jismoniy shaxslar oʻz faoliyatini faqat Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son hamda “Transport va aloqa sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarorlarida belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar boʻyicha amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdori yuridik shaxslar uchun amalda boʻlgan stavkalar miqdorida belgilansin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 43-modda)