|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.12.2023
|
1-ILOVA
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi |
|
A.I. Ikramov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
madaniyat vaziri |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi |
|
B.A. Xodjayev |
— |
moliya vaziri |
|
G.K. Saidova |
— |
iqtisodiyot vaziri |
|
A.A. Abduhakimov |
— |
mehnat vaziri |
|
U.I. Inoyatov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
B.R. Parpiyev |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
D.A. Xidoyatov |
— |
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
E.B. Iskandarov |
— |
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori |
|
R.J. Usmonov |
— |
Toshkent shahri ho�imi |
|
Sh.M. Sodiqov |
— |
Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalariaxborot-tahlil departamenti mudiri |
|
B.K. Yusupaliyev |
— |
Vazirlar Mahkamasining sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalariaxborot-tahlil departamenti mudiri |
2-ILOVA
Mustaqillik yillarida erkin demokratik rivojlanish yoʻlini tanlagan mamlakatimiz oldida milliy madaniyat va sanʼatimizni tiklash, asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uni zamonaviy jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hisobidan boyitish, oʻsib kelayotgan avlodni koʻp asrlik anʼana va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash boʻyicha masʼuliyatli va murakkab vazifalar turgan edi.
Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqimizning ulkan intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, barqaror rivojlangan, jismonan baquvvat va maʼnan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etish, aholining oʻsib borayotgan maʼnaviy va estetik ehtiyojlarini taʼminlash, madaniyat va sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda 39 teatr, 175 muzey, mingdan ziyod aholi dam olish va madaniyat markazlari, istirohat bogʻlari, 301 bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 296 bolalar va oʻsmirlar hamda respublika darajasidagi sport maktabi, 51 mingga yaqin sport majmuasi, stadionlar va inshootlar faoliyat koʻrsatmoqda, 2,7 milliondan ortiq bola sport, musiqa va sanʼat bilan muntazam shugʻullanmoqda. Madaniyat va sanʼat, sport va jismoniy tarbiya sohasida 69 ming xodim mehnat qilmoqda.
Shu bilan birga, madaniyat va sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligining tanqidiy tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mutasaddi organ sifatida oʻz oldiga qoʻyilgan keng koʻlamli masalalarning toʻliq ijrosi taʼminlanmagan, ayniqsa, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini mazkur sohada muvofiqlashtirish, madaniy-maʼrifat va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha ishlar yetarli darajada olib borilmagan.
Bundan tashqari, hayotiy tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, bitta vazirlikda madaniyat va sport kabi ikkita koʻp qirrali va murakkab sohalarning birlashtirilishi ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish, istiqbolli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, hududlarda teatr, mumtoz musiqa va boshqa sanʼat turlarini keng ommalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yuksaltirish imkonini bermayapti.
Natijada Madaniyat va sport ishlari vazirligi oʻz ish faoliyatida koʻp hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini oʻtkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, Oʻzbekiston xalqining boy va oʻziga xos madaniyati, sanʼati va ijodini yanada rivojlantirishni taʼminlash, aholining keng qatlam oʻrtasida maʼnan va axloqan komil inson boʻlishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga intilishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan.
Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tashkil etiladi.
Alohida taʼkidlash joizki, Farmonga koʻra, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha b�rcha jabhalarini qamrab oluvchi quyidagi asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari belgilangan:
milliy madaniy va maʼnaviy merosimizni asrab-avaylash va boyitish, sanʼat va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, aholining maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada oshirishni ragʻbatlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida mustaqillik gʻoyasiga, yuqori maʼnaviyat va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻulari yanada chuqur ildiz otishi, radikalizm va ekstremizmdek yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning oʻsib kelayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
badiiy ijodning rivojlanishini yanada ragʻbatlantirish, ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama koʻmaklashish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning imkoniyatlaridan maʼnan yetuk, intellektual rivojlangan va yuqori madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishlarida yanada toʻlaroq foydalanish;
aholining keng qatlamlari oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni tashkillashtirish, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish, sport tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mamlakatimiz korxonalarida sport jihozlari va inventarlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish, bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish orqali barcha hududlarda bolalar sport obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish, shu asosda bolalar sogʻligʻini mustahkamlash va ularning barqaror jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishni taʼminlash uchun mamlakat terma jamoalarining asosiy tarkibi va sifatli sport zaxirasini shakllantirish;
zamonaviy texnologiya va ilgʻor xalqaro tajribadan foydalangan holda, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish, madaniyat va sport sohasida muassasalar va oʻquv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, davlatlararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash.
Farmonga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov rahbarligida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya tuzildi. Komissiyaga bir oy muddatda Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish boʻyicha barcha masalalarni hal etish, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining markaziy apparatiga malakali mutaxassislarni har tomonlama saralash va kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlash topshirigʻi berilgan.
Taʼkidlash joizki, Farmonga binoan, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida Madaniyat vazirligi huzurida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etilgan. Ushbu muassasa oʻzida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi hamda musiqa, xoreografiya va estrada sanʼatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, Oʻzbekiston xalqining maʼnaviyati, yorqin va oʻziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama koʻmaklashish imkonini beradi.
Farmonga binoan “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularni jihozlash va taʼmirlash, madaniyat va sanʼat arboblarining xalqaro festivallar va konkurslarda ishtirok etishini taʼminlash, Madaniyat vazirligi muassasalari kadrlari malakasini oshirish va moddiy ragʻbatlantirish uchun budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish nazarda tutilgan.
Musiqiy taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va sanʼat akademik litseyi, 301 bolalar musiqa va sanʼat maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazishni kengaytirish maqsadida “Istiqlol” va “Turkiston” sanʼat saroylari Toshkent shahar hokimiyati ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi, ularning oʻz daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratilishi belgilandi.
Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti obyektlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, sport taʼlimi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro apparati, sport yoʻnalishi boʻyicha 256 sport maktabi va sport yoʻnalishidagi maktab-internatlari Xalq taʼlimi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazildi.
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligiga boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlariga ish haqini toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritish topshirigʻi berildi.
Farmonni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilingan, ushbu qarorlarda ularning tashkiliy tuzilmalari, markaziy apparati tuzilmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy boshqarmalari tuzilmalari tasdiqlangan.
Madaniyat vazirligi tizimida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish, madaniy-maʼrifiy muassasalar va nomoddiy merosni rivojlantirish, sohadagi taʼlim muassasalarini metodik taʼminlash, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tizimida esa sport va sport taʼlimi muassasalarini ilmiy-metodik taʼminlash, sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarni shakllantirish va tayyorlash boʻyicha yangi boʻlinmalar va shtat birliklari nazarda tutilgan, ikki davlat boshqaruvi organi tuzilmasiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassislar lavozimi kiritilgan.
Sport tashkilotlari, taʼlim va sport taʼlimi muassasalarini yuqori malakali murabbiylar va sport mutaxassislari bilan taʼminlashni kengaytirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini qayta tashkil etish va uning Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga qoʻshilishi nazarda tutilgan.
Madaniyat vazirligiga tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzbek raqsining boy tarixiy anʼanalarini qayta tiklash va asrab-avaylashga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston milliy raqsini yanada rivojlantirish boʻyicha oʻrta muddatli chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, madaniyat muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, barcha madaniyat va aholi dam olish markazlarida kutubxonalar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan berilgan topshiriq milliy madaniyatimizning kelgusi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlar bajarilishi madaniyat va sport sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini yangi sifat darajasiga koʻtarish, jamiyatda yuqori maʼnaviy va axl�qiy muhitni taʼminlash, xalqimizning jismoniy va ijodiy faolligini oshirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlar yaratish, Oʻzbekistonni sanʼat va sport dunyosida yuksak natijalarga erishishga qodir isteʼdodli aholi yashaydigan va yuqori darajada rivojlangan madaniyatga ega mamlakat sifatida nufuzini mustahkamlash uchun imkoniyat yaratadi.