|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATNING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh VA AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini, Daraxt kesish qoidalarini, Kesilmasdan sotiladigan daraxtlar narxlarini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
o‘rmonlarni qo‘riqlanish toifalariga kiritish bo‘yicha olti oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-iyul,
356-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 9-martdagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmonlarda va davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi mevalar, yong‘oqlar, rezavor mevalar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyolarni sanoat asosida tayyorlash tartibida:
a) 2-band, 3-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 6-banddagi:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish uchun o‘rmon chiptasini berishda o‘rmon xo‘jaligi (o‘rmon uchastkasi) o‘rmondan foydalanuvchini o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish tartibi bilan, shuningdek uni buzganligi uchun javobgarlik bilan tanishtirishi shart, bu to‘g‘rida o‘rmondan foydalanuvchi o‘rmon chiptasiga imzo qo‘yadi”;
ikkinchi xatboshidagi “SSSR o‘rmonlarida o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish bo‘yicha instruksiyada, mazkur Sanoat asosida tayyorlash tartibida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan” so‘zlari “mazkur Sanoat asosida tayyorlash tartibida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7, 18-bandlardagi “O‘zSSR O‘rmon xo‘jaligi ministrligi tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 9-banddagi:
birinchi xatboshidagi “SSSR o‘rmonlarida o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish bo‘yicha instruksiyada nazarda tutilgan” so‘zlari “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 12-banddagi “shartnoma bo‘yicha zimmasiga qabul qilgan” so‘zlari va oxirgi gap chiqarib tashlansin;
e) 15-banddagi “SSSR Qizil kitobiga va O‘zbekiston SSR” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 20-band chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. “SSSR Ministrlar Sovetining “O‘rmonlarni yong‘inlardan saqlash va ularni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qilishni yaxshilash to‘g‘risida” 1968-yil 31-maydagi 409-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 30-iyuldagi 349-son qarori.
2. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika o‘rmon xo‘jaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1971-yil 28-sentabrdagi 473-son qarori.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika o‘rmonlarini birinchi guruh o‘rmonlarga o‘tkazish haqida va ularni qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlash to‘g‘risida” 1980-yil 18-iyundagi 429-son qarorining respublika o‘rmonlarini birinchi guruh o‘rmonlarga o‘tkazishga oid qismi.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR o‘rmonlaridan kesilmasdan sotiladigan daraxtlar uchun 07-01-04 narx preyskurantini va 07-02-preyskurantida nazarda tutilmagan g‘o‘lali yog‘och materiallari va yog‘och turlari uchun 07-28-04 ulgurji narx preyskurantini tasdiqlash haqida” 1980-yil 15-dekabrdagi 835-son qarori.
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ikkinchi darajali o‘rmon materiallarini tayyorlash tartibi va muddatlari to‘g‘risida 1985-yil 22-oktabrdagi 533-son qarori (O‘zSSR QT, 1985-y, 10-son, 50-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 7-son, 41-modda)