Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Surxondaryo viloyatida boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida yanada samarali foydalanish, ularga salohiyatli investorlarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 29-maydagi 142-son qaroriga muvofiq boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb yuritiladi) kelgusida samarali foydalanish, salohiyatli investorlarni jalb etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Oʻzbekkino” milliy agentligining oʻtkazilgan xatlov natijasida aniqlangan obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etishga doir takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
oʻrnatilgan tartibda buzilishi belgilangan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni buzish Surxondaryo viloyatining tegishli tuman hokimliklari va balansda saqlovchilar tomonidan maxsus komissiya tuzilgan holda amalga oshiriladi hamda buzish natijasida olingan yaroqli qurilish materiallari dalolatnoma tuzilgan holda hisobga olinadi;
mazkur qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlar xususiylashtirilib, yangi mulkdorlarga berilgunga qadar ularning daxlsizligi va butligini taʼminlash uchun balansda saqlovchilar masʼul hisoblanadi.
4. Quyidagilar obyektlarni buzish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash manbalari etib belgilansin:
obyektlarni buzish natijasida olingan yaroqli qurilish materiallarini sotishdan tushadigan mablagʻlar;
balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda ularning xarajatlar smetasi doirasidagi budjet mablagʻlari.
5. Surxondaryo viloyati hokimligi tegishli shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:
mazkur qarorga 1-ilovada qayd etilgan obyektlarning buzilishi natijasida boʻshaydigan yer maydonlarini hudud talabidan kelib chiqqan holda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda tanlov asosida ajratilishini taʼminlasin;
mazkur qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlarni xususiylashtirish jarayonida ushbu obyektlarga yer uchastkalarining asoslangan holda biriktirilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlarni, shuningdek baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun xarajatlarni chegirgan holda, Termiz shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadi;
Termiz shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxat asosida koʻp kvartirali uylarning hududlarini obodonlashtirishga, umumiy foydalanish joylarini, ularning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlarini, tomlarini, fasad qismini, mavzelar hududidagi yoritish tizimlarini tiklashga, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan ushbu ishlarni bajarish maqsadida olingan kreditlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni baholash va savdoga qoʻyish jadvalini;
mazkur qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish jadvalini tasdiqlasin.
8. Surxondaryo viloyat hokimligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda, obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlanishi hamda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Termiz shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadigan mablagʻlardan ushbu qarorning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilishi yuzasidan har choraklik nazorat oʻrnatsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-sentabr,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻrnatilgan tartibda buzilishi belgilangan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI

T/r

T/r

Obyektning nomi

Joylashgan manzili

Qurilgan yili

Obyektni buzish natijasida boʻshaydigan yer maydonlari (ga)*

Balansda saqlovchi

Idoraviy mansubligi

Denov tumani

1.

1.

Teri-tanosil kasalliklari dispanseri bino-inshootlari

“Denov” QFY,
“Doʻstlik” MFY

1950

0,77

Denov tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

2.

Qozonxona binosi

“Yangi hayot” MFY,
Mustaqillik koʻchasi

1978

0,04

Denov tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

3.

3.

Tez tibbiy yordam binosi

Registon koʻchasi,
30-uy

1959

0,02

Denov tumani tibbiyot birlashmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oltinsoy tumani

4.

1.

Foydalanilmayotgan avtomobillarni saqlash binosi

“Qorliq” QFY,
“Boʻston” MFY

1968

0,02

Oltinsoy tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

2.

Foydalanilmayotgan qozonxona binosi

“Qorliq” QFY,
“Boʻston” MFY

1985

0,04

Oltinsoy tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qumqoʻrgʻon tumani

6.

1.

Foydalanilmayotgan oʻquv binolari

“Jaloir” QFY,
“Jaloir” MFY

1940

0,03

Qumqoʻrgʻon tumani
9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Xalq taʼlimi vazirligi

7.

2.

Sobiq oʻquv binosi

“Qumqoʻrgʻon” QFY,
“Toʻgʻon” MFY

1980

0,018

Qumqoʻrgʻon tumani 42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Xalq taʼlimi vazirligi

* Obyektlarni buzish natijasida boʻshaydigan yer maydonlariga kadastr hujjatlariga asosan aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga
2-ILOVA
Xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI

T/r

T/r

Obyektning nomi

Joylashgan manzili

Balansda saqlovchi

Idoraviy mansubligi

Angor tumani

1.

1.

24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan omborxona binosi*

“Istiqlol” QFY,
“Farovon” MFY

Angor tumani 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Xalq taʼlimi vazirligi

Jarqoʻrgʻon tumani

2.

1.

“Quyoshcha” bolalar bogʻchasi filialining foydalanilmayotgan binosi*

“Surxon” QFY,
“Porloq yulduzi” MFY

Jarqoʻrgʻon tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

3.

2.

“8-mart kinoteatri” binosi*

“Doʻstlik” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi

Surxondaryo viloyati “Kinovideoxizmati” DUK

“Oʻzbekkino” milliy agentligi

4.

3.

Sobiq “Nodira” maktabgacha taʼlim muassasasining foydalanilmayotgan binosi*

“Istiqlol” MFY

Jarqoʻrgʻon tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

Qiziriq tumani

5.

1.

Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish markazi binosi

“Sariq” SHFY,
“Yangi turmush” MFY

Qiziriq tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

2.

Sobiq Bandixon tumani Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining 2 qavatli binosi

“Bandixon” QFY, “Bandixon” MFY

Qiziriq tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

3.

Sobiq Bandixon tumani prokuraturasi binosi

“Bandixon” QFY, “Bandixon” MFY

Qiziriq tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

8.

4.

Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan
1-oʻquv binosi*

“Yangiyoʻl” QFY,
“Istiqlol” MFY

Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

9.

5.

Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan
2-oʻquv binosi*

“Yangiyoʻl” QFY,
“Istiqlol” MFY

Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

10.

6.

Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan
3-oʻquv binosi*

“Yangiyoʻl” QFY,
“Istiqlol” MFY

Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

11.

7.

Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan
4-oʻquv binosi*

“Yangiyoʻl” QFY,
“Istiqlol” MFY

Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

Muzrabot tumani

12.

1.

Sobiq Xalq banki maxsus kassa binosi

“Beshqoʻton” QFY,
“Obi Hayot” MFY

Muzrabot tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Oltinsoy tumani

13.

1.

5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan oshxona binosi

“Qorliq” QFY,
“Qorliq” MFY

Oltinsoy tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

14.

2.

Xizmat koʻrsatish va servis uyi binosi

“Chep” QFY,
“Ipoq” MFY

Oltinsoy tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

3.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining eski binosi

“Qorliq” QFY,
“Markaz” MFY,
Ibn-Sino koʻchasi 4-uy

Oltinsoy tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

4.

Sobiq yuqumli kasalliklar shifoxonasi binolari*

“Oqarbuloq” QFY,
“A.Boʻtayev” MFY

Oltinsoy tumani
tibbiyot birlashmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sariosiyo tumani

17.

1.

Sobiq qishloq vrachlik punkti binosi

“Toqchiyon” QFY,
“Lochin” MFY

Sariosiyo tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

18.

2.

Foydalanilmayotgan oqova suvlarni tozalash bino va inshootlari

“Toqchiyon” QFY,
“Birlik” MFY

Surxondaryo viloyati
“Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi

Surxondaryo viloyati hokimligi

19.

3.

Sobiq budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining bino-inshootlari

“A.Navoiy” MFY, Marvarid koʻchasi, 110-uy

Sariosiyo tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahri

20.

1.

Sobiq “Yosh sayyohlar” markazi binosi*

Tohariston koʻchasi,
45-uy

Surxondaryo viloyati
xalq taʼlimi boshqarmasi

Xalq taʼlimi vazirligi

22.

3.

Qurilishi tugallanmagan Temir yoʻl shifoxonasining xoʻjalik bino va inshootlari

Ibn Sino koʻchasi

Termiz shahar hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

23.

4.

Maʼmuriy va xoʻjalik binolari

Toxariy koʻchasi

Termiz shahar hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz tumani

24.

1.

Foydalanilmayotgan dam olish maskani binosi

“Uchqizil” QFY,
“Uchqizil” MFY

Termiz tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

25.

2.

Foydalanilmayotgan yozgi klub binosi

“Uchqizil” QFY,
“Yangi hayot” MFY

Termiz tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

26.

3.

Sobiq “Doʻstlik” jamoa xoʻjaligining foydalanilmayotgan idora binosi

“Pattakesar” QFY, “Manguzar” MFY

Termiz tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

27.

4.

Foydalanilmayotgan “Doʻstlik” mehmonxonasi va xoʻjalik binolari

“Pattakesar” QFY, “Manguzar” MFY

Termiz tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Uzun tumani

28.

1.

Sobiq muzey binosi*

“Telpakchinor” QFY, “Qarashiq” MFY

Uzun tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

29.

2.

Qishloq vrachlik punktining foydalanilmayotgan bino va inshootlari*

“Jonchekka” QFY,
“Chaqar” MFY

Uzun tumani
tibbiyot birlashmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

30.

3.

Foydalanilmayotgan yozgi kinoteatr binosi*

“Telpakchinor” QFY, “Qarashiq” MFY

Uzun tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

31.

4.

Sobiq bolalar poliklinikasi binosi*

“Uzun” QFY, “Bahoriston” MFY

Uzun tumani
tibbiyot birlashmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

32.

5.

Foydalanilmayotgan musiqa maktabi binosi*

“Uzun” QFY, “Oʻzbekiston” MFY,
N.Jabborov koʻchasi

Uzun tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

Sherobod tumani

33.

1.

Foydalanilmayotgan yozgi kinoteatr binosi*

“Katta hayot” MFY,
8-mart koʻchasi

Surxondaryo viloyati “Kinovideoxizmati” DUK

“Oʻzbekkino” milliy agentligi

34.

2.

Sobiq klub binosi

“Sariqamish” QFY,
“Oltin voha” MFY

Sherobod tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

35.

3.

Foydalanilmayotgan “Saodat” maktabgacha taʼlim muassasasi bino va inshootlari*

“Oqqoʻrgʻon” QFY, “Oqtepa” MFY

Sherobod tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Xalq taʼlimi vazirligi

36.

4.

Qurilishi tugallanmagan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish markazi binosi

“Doʻstlik” MFY, Mustaqillik koʻchasi

Sherobod tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Shoʻrchi tumani

37.

1.

Sobiq “Oynakoʻl” kichik korxonasiga tegishli bino va inshootlar

“Shoʻrchi” QFY,
“Oynakoʻl” MFY

Shoʻrchi tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

38.

2.

Foydalanilmayotgan 2 ta bostirma va omborxona binolari

“Koʻklam” MFY,
Mustaqillik koʻchasi

Shoʻrchi tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

* Ushbu obyektlarni xususiylashtirish ular Surxondaryo viloyatining tegishli tuman va shahar hokimliklariga belgilangan tartibda berilgandan keyin amalga oshiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-apreldagi 182-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga
3-ILOVA
Investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI

T/r

T/r

Obyektning nomi

Joylashgan manzili

Balansda saqlovchi

Idoraviy mansubligi

Termiz tumani

1.

1.

Sobiq 34-son harbiy shaharchaning foydalanilmayotgan tozalash
bino-inshootlari

“Yangiariq” QFY,
“Doʻstlik” MFY

Termiz tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

2.

Sobiq 34-A-son harbiy shaharcha
21-son yer uchastkasidagi bino va inshootlar

“Yangiariq” QFY,
“Qoraxon” MFY

Termiz tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

3.

3.

Sobiq 49-son harbiy shaharcha
bino va inshootlari

“Uchqizil” QFY,
“Parrandachilik” MFY

Termiz tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Sherobod tumani

4.

1.

Foydalanilmayotgan omborxona binosi

“Doʻstlik” MFY,
Mustaqillik koʻchasi

Sherobod tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

2.

Sobiq “Kampirtepa Granit marmar” AJ foydalanilmayotgan bino va inshootlari

“Koʻxitang” QFY,
“Qizil olma” MFY

Sherobod tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga
4-ILOVA
Boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI

T/r

T/r

Obyektning nomi

Joylashgan manzili

Qurilgan yili

Balansda saqlovchi

Idoraviy mansubligi

Obyektni balansiga qabul qilib oluvchi tashkilot

Samarali foydalanish
chora-tadbirlari

Angor tumani

1.

1.

Yotoqxona binosi

“Tallimaron” QFY, “Guliston” MFY

1986

Angor tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Angor tumani davlat arxivi

Angor tumani Davlat arxivini bino bilan taʼminlash uchun, operativ boshqaruv huquqi bilan berish

Jarqoʻrgʻon tumani

2.

1.

Foydalanilmayotgan Bolalar sil kasalliklari shifoxonasining yashash uyi

“Oqqoʻrgʻon” QFY,
“Qorayogʻoch” MFY

1989

Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi

Bino tuman hokimligiga berilgandan soʻng undan samarali foydalanish

3.

2.

Foydalanilmayotgan Bolalar sil kasalliklari shifoxonasining oshxona binosi

“Oqqoʻrgʻon” QFY,
“Qorayogʻoch” MFY

1989

Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi

Bino tuman hokimligiga berilgandan soʻng undan samarali foydalanish

Termiz shahri

4.

1.

Sobiq 26-son maktabgacha taʼlim muassasasining maʼmuriy oʻquv taʼlim va oshxona binolari

Saroymulkxonim koʻchasi,
35-uy

1985

Termiz shahar hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

Mazkur obyektdan kelgusida maktabgacha taʼlim muassasasi sifatida foydalanishga ehtiyoj mavjudligini inobatga olib, obyektni mukammal taʼmirlash masalasini xalq taʼlimi vazirligi tomonidan navbatdagi investitsiya dasturiga kiritgan holda hal etish

Sherobod tumani

5.

1.

Sobiq “Sharq” kinoteatri bino va inshootlari

“Buyuk ipak yoʻli” MFY,
A.Navoiy koʻchasi

1989

Surxondaryo viloyati “Kinovideoxizmati” DUK

“Oʻzbekkino” milliy agentligi

Sherobod tumani hokimligi

Tuman hokimligiga berib, homiylik xayriyalari hisobidan sport majmuasi tashkil etish

6.

2.

Sobiq tuman Tibbiyot birlashmasining umumiy xirurgiya binosi

“Qoʻrgʻon” MFY

1984

Sherobod tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Sherobod tumani “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati” davlat korxonasi

Sherobod tumani “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati” davlat korxonasiga operativ boshqaruv huquqi bilan samarali foydalanishga berish

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son, 435-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)