Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.11.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARINI AMALGA OShIRIShDA NAZORAT-KASSA MAShINALARINI MAJBURIY QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1994 YIL 26 DEKABRDAGI 621-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishni tartibga solish va nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi xat boshilar bilan toʻldirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Buzuq nazorat-kassa mashinasi tuzatishda boʻlgan davrda savdo-sotiq faoliyatini turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo-sotiqda va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha qatʼiy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozish, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berish yoʻli bilan amalga oshirishga majburdirlar”.
2. Nazorat-kassa mashinalarini joriy etish boʻyicha davlat idoralararo komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
* Ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-may,
264-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 5-son, 28-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)