|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni hamda xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarini aniq mulkdorlarga sotishni jadallashtirish, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining 1-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga tanlov asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish bo‘yicha hududiy komissiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada* ko‘rsatilgan har bir korxona va obyekt bo‘yicha ular tanlov savdolariga qo‘yilgunga qadar:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
korxonalar va obyektlar bo‘yicha aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish binolari va egallab turgan yer maydonlari tarkibini o‘zgartirishning maqbul rejasini ishlab chiqsinlar;
zarurat bo‘lganda ushbu rejalarda katta ishlab chiqarish maydonlariga va yordamchi maydonlarga, bir nechta bino va inshootlarda joylashgan, shuningdek katta maydondagi yer uchastkalariga ega bo‘lgan yirik korxonalar va obyektlarni sotiladigan bir nechta mulkiy kompleks va yer uchastkalariga oldindan bo‘lishni nazarda tutsinlar;
korxonalar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishning tender shartlarini kelishish uchun Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasiga yuborsinlar.
3. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining, past likvidli obyektlar va davlat aktivlarining investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berilishi, shuningdek investorlar tomonidan zimmasiga olingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ustidan qat’iy monitoring o‘rnatsinlar;
past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish bo‘yicha hududiy komissiyalar hamda Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan tender savdolari o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatsinlar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini past likvidli aktivlar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga vatanimiz investorlariga va xorijiy investorlarga bepul berishning borishini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarishning aniq natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-may,
209-son
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 206-modda; 26-son, 298-modda; 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda; 30-son, 292-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)