O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARIGA TEGISHLI LAVOZIMLAR RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 48-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘z idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda bir oy muddatda davlat aviatsiyasiga tegishli aviatsiya xodimlari lavozimlari ro‘yxatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-sentabr,
313-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-sentabrdagi 313-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar
RO‘YXATI
1. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar lavozimlari
— bortmuhandis (shu jumladan katta bortmuhandis);
— bortmuhandis — yo‘riqchi-metodist;
— bortmuhandis — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— bortmuhandis — yo‘riqchi;
— bortmuhandis — trenajer yo‘riqchisi;
— bortmuhandis — metodist;
— bortmexanik (shu jumladan katta bortmexanik);
— bortmexanik — yo‘riqchi;
— bortmexanik — trenajer yo‘riqchisi;
— bortmexanik — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— bortoperator (shu jumladan katta bortoperator);
— bortoperator — yo‘riqchi (shu jumladan katta yo‘riqchi);
— bortoperator — sinovchi;
— bortprovodnik (shu jumladan katta borprovodnik);
— bortprovodnik — brigadir;
— bortprovodnik — yo‘riqchi-metodist;
— bortprovodnik — yo‘riqchi (shu jumladan katta yo‘riqchi);
— bortradist (shu jumladan katta bortradist);
— bortradist — yo‘riqchi;
— bortradist — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— borttexnik — borttexnik (shu jumladan katta borttexnik);
— borttexnik — sinovchi (shu jumladan katta sinovchi);
— bortshturman (shu jumladan katta shturman);
— bortshturman — yo‘riqchi;
— bortelektrik — sinovchi;
— uchish sinovlari bo‘yicha yetakchi muhandis;
— ikkinchi uchuvchi (fest-ofitser);
— ikkinchi uchuvchi — stajyor;
— deltoplanerist;
— uchish mutaxassisliklari guvohnomalari olishga nomzodlar;
— vertolyot komandiri;
— vertolyot komandiri — yo‘riqchi;
— havo kemasi komandiri — stajyor;
— havo kemasi komandiri (kapitan);
— havo kemasi komandiri — yo‘riqchisi (chek-kapitan);
— sinovchi-uchuvchi (shu jumladan katta sinovchi-uchuvchi);
— kuzatuvchi uchuvchi;
— uchuvchi, havaskor uchuvchi;
— uchuvchi — yo‘riqchi (chek-kapitan);
— havo kemasi shturmani;
— havo kemasi shturmani — yo‘riqchisi (shu jumladan katta shturman-yo‘riqchi);
— sinovchi shturman (shu jumladan katta sinovchi shturman);
— shturman-sinovchi-yo‘riqchi;
— stajyor-shturman.
2. Havo qatnovini tashkil etuvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi mansabdor shaxslar
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi bosh dispetcheri;
— aerodrom dispetcherlik punkti dispetcheri (shu jumladan katta dispetcher);
— yuqori fazo dispetcheri;
— Fazodan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh markazi dispetcheri;
— aerodromning dispetcherlik punkti dispetcheri;
— buyruq beruvchi dispetcherlik punkti dispetcheri;
— mahalliy dispetcherlik punkti dispetcheri;
— havo qatnovini boshqarish dispetcheri — trenajer yo‘riqchisi;
— radiotexnika vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha nomdagi muhandislar;
— havo qatnovini boshqarish xizmati boshlig‘i;
— havo qatnovini boshqarish bo‘yicha mutaxassisliklar guvohnomalarini olishga nomzodlar;
— parvozlar rahbari — yo‘riqchi;
— parvozlar rahbari — Fazodan foydalanishni boshqarish yagona tizimining rayon markazi fuqarolik sektori boshlig‘i;
— parvozlar rahbari (shu jumladan parvozlarning katta rahbari);
— aerodromning parvozlar rahbari;
— parvozlar rahbari — yo‘riqchi–yetakchi mutaxassis;
— parvozlar rahbari — yo‘riqchi–bosh mutaxassis;
— rayonning parvozlari rahbari–smena boshlig‘i;
— katta dispetcher;
— yuqori fazo katta dispetcheri;
— aerodromning dispetcherlik punkti katta dispetcheri;
— katta dispetcher — qatnov bo‘limi yo‘riqchisi.
3. Havo kemalari parvozlarini tashkil etuvchi mansabdor shaxslar
— bortmuhandis — yo‘riqchi;
— bortmexanik — yo‘riqchi;
— bortprovodnik — yo‘riqchi;
— sinov uchishlari bo‘yicha yetakchi muhandis (shu jumladan guruh rahbari);
— parvozlarni ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis — yo‘riqchi — shturman;
— aviakompaniyaning Bosh direktori (shu jumladan uchish ishlarini tashkil etish, muhandislik-aviatsiya ta’minoti va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosarlar);
— Bosh direktor, direktor (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar bosh direktori, direktori, shu jumladan muhandislik-aviatsiya ta’minoti va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosarlar);
— parvozlarni ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha bosh (yetakchi) mutaxassis;
— aviatsiya hodisalarini surishtirish bo‘yicha bosh mutaxassis — yo‘riqchi-uchuvchi;
— bosh muhandis (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya — texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar bosh muhandisi, shu jumladan o‘rinbosarlar);
— bosh mexanik — (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya — texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar bosh mexanigi, shu jumladan o‘rinbosarlar);
— aviatsiya (aviata’mirlash) zavodining bosh texnologi (shu jumladan o‘rinbosarlar);
— bosh shturman (aviakompaniya, uchish kompleksi, aviabo‘linmaning bosh shturmani);
— parvozlarni ta’minlash va havodagi qatnovlarni boshqarishni nazorat qilish bo‘limining bosh shturmani;
— aviakompaniya direktori (shu jumladan uchish ishlarini tashkil etish va muhandislik-aviatsiya ta’minoti hamda ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosarlari);
— aviakompaniyaning uchish xizmati departamenti direktori;
— uchish kompleksi direktori (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— o‘quv-mashg‘ulot markazi direktori (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— “O‘zaeronavigatsiya” markazi direktori (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— radiotexnika asbob-uskunalari va aloqadan foydalanish bazasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
— uchish otryadi muhandisi;
— uchish otryadining metodik qism bo‘yicha muhandisi;
— (birlashma, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) aviatsiya texnikasidan texnik foydalanish bo‘limining barcha nomdagi va ixtisoslardagi muhandislari;
— aviakompaniyaning ijro etuvchi direktori (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— aviatsiya-transport kompleksi komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— zveno komandiri;
— uchish otryadi, eskadrilya komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— alohida aviatsiya zvenosi komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— alohida aviatsiya eskadrilyasi komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— sinovchi-uchuvchilar otryadi komandiri (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha barcha nomdagi master (katta master, nazorat masteri);
— bo‘lim (parvozlarni ta’minlash va havodagi qatnovlarni boshqarishni nazorat qilish, havo kemalaridan texnik foydalanish, ularni ta’mirlash va ishlab chiqarishni nazorat qilish, aviatsiya hodisalarini tekshirish, ro‘yxatga olish, sertifikatlash va litsenziyalash) boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari);
— (ishlab chiqarish, aviatsiya-texnika bazasi, muhandislik-aviatsiya xizmati, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar, “Davavianazorat” inspeksiyasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, bazaviy tekshirish-ta’mirlash metrologiya laboratoriyasi, sinov uchishlari bo‘linmasi, aviatsiya-texnika bazasining muhandislik-axborot markazi, sex, uchastka, smena, brigada, guruh, ustaxona, texnologiya byurosi, texnologiya siyosatini boshqarish va texnik foydalanish bo‘limi, texnik nazorat bo‘limi, texnika bo‘limi, sifat kafolati va nazorati bo‘limi, aviatexnikani ta’mirlash bo‘linmasi, obyektiv nazorat xizmati, parvoz axborotlarini yig‘ish, ishlash va tahlil qilish bo‘limi, parashut xizmati) boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha boshliq (bosh muhandis, muhandis);
— radiotexnika asbob-uskunalari va aloqadan foydalanish bazasi boshlig‘i;
— Fazodan foydalanishni boshqarish yagona tizimi bosh markazi boshlig‘i;
— O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davavianazorat” inspeksiyasi) boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— aviakompaniyaning parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i;
— sinov uchishlari bo‘linmasi, kompleksi, stansiya bazasi boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— uchish-metodik xizmati bo‘limi boshlig‘i;
— qatnovlar bo‘limi boshlig‘i;
— aeronavigatsiya axboroti xizmati boshlig‘i;
— parvozlarni aeronavigatsion ta’minlash xizmati boshlig‘i;
— bortprovodniklar, bortoperatorlar xizmati bo‘limi boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosari);
— havo qatnovlarini boshqarish va radiotexnika bilan ta’minlash bo‘yicha hududiy bo‘lim boshlig‘i (shu jumladan o‘rinbosarlari);
— aviakompaniya, uchish otryadi, eskadrilyasi, kompleksi shtabi boshlig‘i;
— uchuvchi-inspektor (shu jumladan katta uchuvchi-inspektor);
— uchish otryadining uchuvchi-instruktor-metodisti;
— oliy malaka komissiyasi raisi (rais o‘rinbosari);
— parvozlar xavfsizligi bo‘yicha maslahatchi;
— bo‘lim (parvozlarni ta’minlash va havodagi qatnovni boshqarish ustidan nazorat, havo kemalaridan texnik foydalanish, ularni ta’mirlash, ishlab chiqarish ustidan nazorat, aviatsiya hodisalarini tekshirish, ro‘yxatga olish, sertifikatlash va litsenziyalash) mutaxassisi (bosh, yetakchi mutaxassis);
— oliy malaka komissiyasi mutaxassislari (bosh, yetakchi mutaxassislar);
— katta shturman;
— aviakompaniyaning shef-uchuvchisi;
— aviaotryad (eskadrilya, zveno) shturmani;
— shturman-inspektor (shu jumladan katta shturman-inspektor);
— “Davavianazorat” inspeksiyasining parvozlar bo‘yicha axborotlarini rasshifrovka va tahlil qilish bo‘yicha ekspert (bosh, yetakchi ekspert);
4. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) havo kemalariga, ularning qismlariga va asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanish, diagnostika qilish va ta’mirlash bo‘yicha barcha nomdagi va ixtisosdagi aviatsiya texnigi;
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, aviakompaniya) parashutlari va avariya-qutqaruv vositalari bo‘yicha aviatsiya texnigi (muhandisi, katta muhandisi);
— (aviatsiya zavodi, aviata’mirlash zavodi, aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) havo kemalariga, ularning qismlariga va asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanish, diagnostika qilish, sinash va ta’mirlash bo‘yicha barcha nomdagi hamda ixtisosdagi aviatsiya mexanigi (mexanik);
— (aviatsiya zavodi, aviata’mirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi) aviatsiya akkumulyator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha akkumulyatorchi;
— yetakchi muhandis — texnolog (muhandis-texnolog);
— eksperimental havo kemalaridan foydalanish bo‘yicha yetakchi muhandis (muhandis);
— aviata’mirlash zavodining aviatsiya texnikasi germetizatorchisi;
— aviata’mirlash zavodining aviatsiya texnikasi nuqsonlarini sozlovchi;
— parvozlar bo‘yicha axborotlarni yig‘ish, ishlash va tahlil qilish vositalaridan foydalanish bo‘yicha muhandis;
— (aviatsiya-texnika kompleksi bo‘linmalari, aviata’mirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha shakllaridagi aviakorxonalar) aviatsiya texnikasiga, havo kemalariga, ularning qismlariga va asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanish, diagnostika qilish, sinash va ta’mirlash bo‘yicha, texnik o‘quv bo‘yicha barcha nomdagi va ixtisosdagi (shu jumladan texnik nazorat, texnika bo‘limi, sifatni boshqarishni kafolatlash va nazorat qilish bo‘limi, perron-texnika brigadasi, uchish otryadi) muhandislar (yetakchi, katta muhandislar);
— aviata’mirlash zavodining aviatsiya texnikasini sinovchi-mexanigi;
— aviata’mirlash zavodining aviatsiya texnikasini butlovchisi;
— aviatsiya texnikasidagi sifat va (aviatsiya zavodi, aviata’mirlash zavodi) aviatsiya texnikasi o‘lchov priborlari sifati nazoratchisi;
— aviata’mirlash zavodining aviatsiya texnikasi bo‘yoqchisi;
— (aviatsiya zavodi, aviata’mirlash zavodi) aviatsiya texnikasidagi radio va maxsus asbob-anjomlarni o‘rnatuvchi;
— (aviatsiya zavodi, aviata’mirlash zavodi) aviatsiya texnikasi asbob-anjomlarini sozlovchi;
— (aviatsiya zavodi, aviata’mirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi) havo kemalarini yig‘uvchi-ulovchi;
— (aviatsiya zavodi, aviata’mirlash zavodi, aviatsiya-texnika bazasi) havo kemalarini, ularning qismlarini va asbob-uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha barcha nomdagi hamda ixtisosdagi chilangar;
— aviata’mirlash zavodi aviatsiya texnikasining lok-bo‘yoq qoplamlarini yuvuvchi;
— (aviatsiya-texnika kompleksi, aviatsiya-texnika bazasi, mulkchilikning barcha turlaridagi aviakorxonalarning) asbob-uskunalari bo‘yicha, nazorat-o‘lchov priborlariga xizmat ko‘rsatish va avtomatika bo‘yicha, yuqori bosimli idishlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, parvozlarga oid axborotlarni yig‘ish, ishlash va tahlil qilish vositalaridan foydalanish, radiolokatsiya, radionavigatsiya, aloqa bo‘yicha texnik.
5. Havo kemalari parvozlarini ta’minlashni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
— aerodrom dispetcherlik punktining navbatchi shturmani;
— aeronavigatsiya axboroti byurosining navbatchi shturmani;
— parvozlarni tayyorlash bo‘yicha navbatchi shturman;
— aeronavigatsiya axboroti byurosining katta texnigi;
— parvozlarni aeronavigatsiya va kartografiya bilan ta’minlash guruhining katta shturmani;
— parvozlarni ta’minlash guruhining katta shturmani;
— hujjatlarni tayyorlash guruhining katta shturmani;
— guruhning katta shturmani;
— parvozlarni yerda shturman bilan ta’minlash katta shturmani;
— aeronavigatsiya axboroti byurosi texnigi;
— parvozlarni ta’minlash guruhi shturmani.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 17-18-son, 133-modda)