|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.01.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 18-dekabrdagi PQ-2450-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-yanvardagi 1-sonli “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 18-dekabrdagi PQ-2450-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-may,
140-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 140-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 21-apreldagi 202-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 12-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 188,5 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 11 nafar etib belgilansin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zAga bosh direktorning ikki nafar o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat hay’ati bo‘lishiga ruxsat etilsin”;
b) qarorga ilova 10-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 98-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 18-son, 200-modda; 2017-y., 7-son, 98-modda)