1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy mahorat sport maktablari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini yashash uchun jihozlar, ovqat, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan taʼminlash normativlari 2-ilovaga muvofiq;
Oliy mahorat sport maktablarining Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oliy mahorat sport maktablariga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
sportchilarni oliy mahorat sport maktablariga qabul qilish sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibi aʼzolari va zaxirasidan, shuningdek sport maktablarida, olimpiya zaxirasi ixtisoslashtirilgan sport maktablari va kollejlarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, sportning muayyan turi bilan shugʻullanish uchun zarur sport koʻrsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchilar salohiyatiga ega boʻlgan istiqbolli sportchilar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
har bir oliy mahorat sport maktabining umumiy kontingenti 100 nafargacha sportchini tashkil etadi, ular oʻqish davrida bepul yashab, toʻrt mahal ovqat hamda sport anjomlari va formasi bilan taʼminlanadilar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, maktablar faoliyati ixtisosligi boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining xayriya ehsonlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga oliy mahorat sport maktablarini qurish va mukammal rekonstruksiya qilishni taʼminlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalari yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari mablagʻlari oliy mahorat sport maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2016-yil uchun Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari parametrlari doirasida oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurish hamda rekonstruksiya qilishni boshlashga zarur mablagʻlar ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qarori bilan tasdiqlangan 2016 — 2020-yillarda tashkil etiladigan oliy mahorat sport maktablari roʻyxatiga muvofiq oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamgʻarmaga mablagʻlar ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
sport obyektlarini barpo etish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganish asosida har yili loyiha tashkilotlari oʻrtasida oliy mahorat sport maktablarining sport turlari boʻyicha ixtisoslashuvini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish muddatlari bilan bogʻliq holda ularning aniq loyihalarini ishlab chiqishga tanlovlar oʻtkazsin;
oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishga loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati yuzasidan zarur darajadagi davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
oliy mahorat sport maktablarining maʼqullangan loyihalari asosida sport maktablarining mavjud binolari va ishnootlarini hisobga olgan holda, oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, foydalanishga tayyor shartlarida qurilish-montaj ishlari bajarilishiga tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishini va obyektlarning belgilangan muddatlarda topshirilishini taʼminlasinlar;
har yili tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatlarga muvofiq oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parametrlar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy mahorat sport maktablarining sport turlari boʻyicha ixtisoslashganligini hisobga olgan holda, ularni xalqaro talablarga javob beradigan eng yangi sport asbob-uskunalari va anjomlari, shuningdek mebel va oʻqitishning texnik vositalari bilan jihozlash normativlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga 1-ILOVA
Oliy mahorat sport maktablari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oliy mahorat sport maktablari (keyingi oʻrinlarda sport maktablari deb ataladi) faoliyati va uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Sport maktablari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan sport-taʼlim muassasalari hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga hisobot beradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Sport maktablarining ixtisoslashuvi mintaqalarda shakllangan maktablarni, anʼanalarni, trener-oʻqituvchilar tartibini va erishilgan sport natijalarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3. Sport maktablari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda oʻz ustavlariga amal qiladi.
4. Sport maktablari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmalarining idoraviy mansub tashkilotlari hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, burchakli shtampga, oʻz nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5. Sport maktablari davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shaklida tashkil etiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
6. Sport maktablarida sportchilarni tayyorlash boʻyicha har yilgi oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, sportchilar uchun nazorat normativlari sport federatsiyalari (uyushmalari)ning takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
7. Sport maktabida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
8. Sport maktabida sportchilarning koʻp yillik sport tayyorgarligi oʻquv-mashq bosqichida, sport kamoloti va oliy sport mahorati bosqichlarida amalga oshiriladi.
9. Sport maktablari sport turlari boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ochiladi.
III. Sport maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar sport maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro musobaqalarda — jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Universiadalar hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda Oʻzbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;
xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni — murabbiylar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali oliy mahorat sport maktablari murabbiy-oʻqituvchilari tarkibini mustahkamlash;
sportchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
yosh istiqbolli sportchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-metodik hamda meʼyoriy-axborot yordami koʻrsatishni taʼminlash;
oliy mahorat sport maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish va muntazam ravishda oʻtkazib borish, murabbiylar hamda sportchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish boʻyicha xorijiy sport maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
11. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun sport maktabi belgilangan tartibda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
qobiliyatli va istiqbolli sportchilarning yanada sport kamolotiga erishishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tanlash va tayyorlashning metodik va tibbiy taʼminlanishini amalga oshiradi;
oʻqitishning barcha bosqichlarida sportchilarning sport tayyorgarligining ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻquv-mashq jarayonining tashkil etilishi va oʻtkazilishini, unga ilgʻor ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini tashkil etadi;
oʻquv-mashq jarayoni natijalarini, sportchilarning jismoniy fazilatlari rivojlanishining yakka tartibdagi koʻrsatkichlari oʻsishi dinamikasini, sport turi texnikasining asoslari oʻzlashtirilishini tahlil qiladi;
sportchilarning oʻquv-mashq yigʻinlarida, tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini taʼminlaydi;
sport turlarida eng yangi jahon ilmiy-metodik tavsiyalarini va texnologiyalarini qoʻllagan holda kuchli sportchilar — respublikaning milliy terma jamoalariga nomzodlarni va ularning eng yaqin zaxiralarini tayyorlaydi;
sportchilarning sport musobaqalarida, chempionatlarda, kubok oʻyinlarida, turnirlarda, festivallarda, konferensiyalarda, simpoziumlarda, seminarlarda, yigʻinlarda va boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan xalqaro tadbirlarda ishtiroki orqali sportchilarning sport mahoratini, sport maktablarining murabbiylari va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish tadbirlarini oʻtkazadi.
IV. Sport maktabining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
12. Sport maktabi belgilangan tartibda:
tayyorlash davri va bosqichiga qarab oʻquv-mashq ishining bir haftalik rejimini belgilash;
oʻqitish va tarbiyalashning qonunchilikka zid boʻlmagan shaklini, vositalarini va usullarini tanlash;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun maktabga biriktirilgan moddiy-texnik baza va mol-mulkni tasarruf etish huquqiga ega.
13. Sport maktabi:
oʻquv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, xodimlar va sportchilar tomonidan oʻz majburiyatlari, oʻquv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini taʼminlashga;
sport turlari boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida sport maktabining yillik oʻquv rejasini, oʻquv jadvalini va oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqishga;
sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlari talablariga va oʻquv rejalariga muvofiq oʻquv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishga;
oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish davrida sport maktabining sportchilari va xodimlarining xavfsizligini taʼminlashga;
oʻquv-mashq va tarbiyaviy jarayonni oʻtkazish yuzasidan joriy nazoratni amalga oshirishga, sportchilarni test sinovidan oʻtkazishga va ular tomonidan nazorat normativlari topshirilishini amalga oshirishga;
sport maktabining moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlashga majbur.
14. Sport maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻquv-mashq jarayonining qoʻllaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining sportchilarning yoshi bilan bogʻliq ruhiy-jismoniy xususiyatlariga, mayllariga, qobiliyatlariga, qiziqishlariga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
sportchilar va xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi;
sport maktabiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
V. Sport maktabining sportchilari, qabul qilish va sport oʻquv guruhlarini toʻldirish
15. Sportchilarni oliy mahorat sport maktablariga qabul qilish sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibi aʼzolari va zaxirasidan, shuningdek bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, olimpiya zaxirasi ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va kollejlarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, sportning muayyan turi bilan shugʻullanish uchun zarur sport koʻrsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchilar salohiyatiga ega boʻlgan istiqbolli sportchilar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Sport maktablariga yosh yigit va qizlar jinsidan, tilidan, irqidan, millatidan, diniy mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, mashgʻulotlari turidan, ijtimoiy maqomidan, yashash joyidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaganligidan qatʼi nazar qabul qilinadilar.
16. Sportchilarni sport maktabiga qabul qilish belgilangan tartibda sport maktabi direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
17. Sport maktabi sportchilarini oʻtkazish, chetlatish va tiklash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
18. Sport maktabi sportchilari:
oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq murabbiy-oʻqituvchining rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtish, oʻquv mashq jarayonida va sport musobaqalarida qatnashish;
sport maktabi tomonidan belgilangan tartibda sport maktabining axborot resurslari, jismoniy tarbiya-sport inshootlari, sport anjomlari va asbob-uskunalaridan foydalanish;
yakka tartibda foydalaniladigan sport formasi va anjomlarini belgilangan tartibda olish;
oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida sogʻligʻining xavfsiz shart-sharoitlari va muhofaza qilinishi, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
19. Sport maktabining sportchilari:
oʻz nazariy, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib borishga, sport mahoratini takomillashtirishga;
yakka tartibdagi va guruhli mashgʻulotlarning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini bajarishga;
sport rejimiga va gigiyena talablariga rioya qilishga;
murabbiy-oʻqituvchilar va boshqa sportchilarning shaʼni va shaxsiy qadriyatini hurmat qilishga;
sport maktabining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga, sport maktabining ichki tartibiga rioya etishga;
tibbiy nazorat talablariga qatʼiy rioya qilishga, muntazam ravishda, 6 oyda kamida bir marta dispanser koʻrigidan oʻtishga majbur.
20. Sport maktabi sportchilarining roʻyxatdagi tarkibi va oʻquv guruhlari soni har yili (oʻquv yili boshlangunga qadar) sport maktabi direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari va sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan kelishilgan taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
VI. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
21. Sport maktabida oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi. Oʻquv yilining qancha davom etishi sport turining oʻziga xosligiga, sport musobaqalari taqvimiga, sport tayyorgarligining davriylashtirilishiga bogʻliq boʻladi va sportning har bir turi uchun sport maktabi rahbariyati tomonidan yakka tartibda belgilanishi mumkin.
22. Sportchilar bilan oʻquv-mashq mashgʻulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv dasturlari va yillik oʻquv rejasi boʻyicha oʻtkaziladi.
23. Oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvali mashqlarning yanada qulay rejimini belgilash, sportchilarning dam olishi, bolalarning yosh xususiyatlari va belgilangan sanitariya qoidalari, normalar va gigiyena normativlari hisobga olingan holda sportchilarni umumtaʼlim muassasalarida va boshqa muassasalarda oʻqitish maqsadida murabbiy-oʻqituvchining taqdimnomasi boʻyicha sport maktabi maʼmuriyati tomonidan tuziladi.
24. Oʻquv-mashq mashgʻulotlarining mazmuni belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq boʻlishi kerak.
25. Oʻquv-mashq jarayoni oʻqitishning texnik vositalari keng qoʻllangan, tiklash tadbirlari oʻtkazilgan holda sport mashqlarining zamonaviy metodikalari asosida murabbiylar-oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashq qilish va musobaqalashish faoliyatini birga qoʻshib olib borish negizida quriladi.
26. Quyidagilar sport maktabi oʻquv-mashq jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
guruhlar boʻyicha va yakka tartibdagi oʻquv-mashq va nazariy mashgʻulotlar;
oʻquv-mashq yigʻinlari;
sportchilarning sogʻligʻini tiklash, profilaktika va sogʻlomlashtirish tadbirlarini, tibbiy-biologik tekshirishlarni, pedagogik testdan oʻtkazishni amalga oshirish;
sportchilarning musobaqalarda va turli darajadagi musobaqa uchrashuvlaridagi ishtirokini tashkil etish;
sport-sogʻlomlashtirish lagerlarida sportchilar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish;
oʻquv videoyozuvlarini, kinodasturlarni, shuningdek yetakchi sportchilar ishtirokidagi sport musobaqalarini koʻrish va tahlil qilish;
sportchilarning instruktorlik va hakamlik amaliyotini oʻtkazish.
27. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qoʻyilgan jamoalar va sportchilarni tayyorlash maqsadida, sport maktabi oʻquv-mashq ishlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida, sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazadi.
28. Oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish belgilangan tartibda sport maktabining kalendar yil boshlanishidan ikki oy oldin tasdiqlanadigan sport-ommaviy tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Oʻquv-mashq yigʻinlarining vazifalari tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarining kalendar rejasini hisobga olgan holda sport maktabining murabbiylar kengashi tomonidan aniqlanadi. Oʻquv-mashq yigʻinlari sportchilarning sport mahoratini oshirishni taʼminlashi kerak, ular maqbul sharoitlarda va mashq tizimining muayyan davrlarida oʻtkaziladi.
30. Sport maktabining turli sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlardagi, shu jumladan turli tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlardagi ishtiroki tasdiqlangan kalendar rejasiga va ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy takliflarga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Sport maktabi oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida direktor tasdiqlagan rejaga muvofiq sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Sport maktabining tarbiyaviy ishlari shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi va sportchilarda vatanparvarlik tuygʻusini, jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga ehtiyojni, ularning oʻz bilimlari, mahorati va koʻnikmalarini doimiy ravishda toʻldirib borishiga yoʻnaltiriladi.
32. Sport maktabi oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini tashkil etish va oʻtkazish uchun qonunchilikda va sport maktabining ustavida belgilangan tartibda zarur hujjatlarni yuritadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Sport maktabini boshqarish ushbu Nizomga, qonunchilikka va sport maktabining ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
34. Sport maktablari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilma boʻyicha tashkil etiladi.
35. Sport maktabiga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmalari taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Sport maktabi direktori maktabda rivojlangan sport turlari, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha oliy jismoniy tarbiya maʼlumotiga hamda jismoniy tarbiya va sport boʻyicha tashkilotlarda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
36. Direktor sport maktabi ishlariga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan toʻliq javob beradi, murabbiylar jamoasi bilan birgalikda sport maktabini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat va jamoatchilik tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, sport maktabining xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni hal qiladi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qoʻyadi, xodimlarni, shu jumladan murabbiylarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
37. Sport maktabi direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda sport maktabi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
38. Direktorning oʻquv-mashq jarayoni boʻyicha oʻrinbosari jismoniy tarbiya sohasida oliy maʼlumotga hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida murabbiy-oʻqituvchi yoki jismoniy tarbiya oʻqituvchisidan past boʻlmagan lavozimda kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan tajribali mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Direktorning oʻquv-mashq jarayoni boʻyicha oʻrinbosari oʻquv jarayoni va tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, sport boʻyicha murabbiy-oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlari yuzasidan javob beradi, maktabda sport musobaqalarining oʻtkazilishini hamda sport maktabi sportchilarining tuman, shahar va boshqa sport musobaqalarida chiqishlarini taʼminlaydi, sportchilarni oʻqitish va mashq qildirish metodikasini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi, oʻquv-mashq mashgʻulotlarining sifati, oʻquv rejalarining va mashgʻulotlar jadvalining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
39. Direktorning moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy baza masalalari boʻyicha oʻrinbosari maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatiga doir tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Direktorning moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy baza masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻquv-mashq jarayoni uchun moddiy-texnik sharoitlarning yaratilishi, sport maktabining mol-mulki va anjomlarining saqlanishi va soz holatda boʻlishi, bino va xonalardan foydalanish, ularni zarur darajada sanitariya holatida boʻlishi, transportni saqlash va undan foydalanish yuzasidan javob beradi.
40. Sport maktabida tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va metodik ishlarni oliy jismoniy tarbiya maʼlumotiga va murabbiy-oʻqituvchilik ishida kamida bir yil tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadigan instruktor-metodist amalga oshiradi.
Instruktor-metodist oʻquv-mashq mashgʻulotlarining oʻtkazilishi, sport turlari boʻyicha dasturlar, oʻquv rejalari va mashgʻulotlar jadvalining bajarilishi, oʻquv-metodik hujjatlarning yuritilishi, sport maktabining razryadchilari va sport rekordlarining hisobga olinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, sport maktabining metodik kabineti ishlariga rahbarlik qiladi, tibbiyot muassasalari, taʼlim muassasalari va oʻquv-tarbiya jarayoni masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani taʼminlaydi.
41. Sport maktabining katta instruktor-metodisti instruktor-metodist lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan shaxslar orasidan tayinlanadi.
Katta instruktor-metodist instruktor-metodistlar ishlariga rahbarlik qiladi va oʻquv-mashq jarayonining oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi, metodik kabinet ishlarini tashkil qiladi, sport maktabi tadbirlarini amalga oshiradi, sportchilarni jismoniy tarbiyalash boʻyicha umummaktab tadbirlarining oʻtkazilishi uchun javob beradi.
42. Sport maktabining murabbiy-oʻqituvchilar tarkibi oliy yoki oʻrta maxsus, jismoniy tarbiya boʻyicha kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan toʻldiriladi.
Sport boʻyicha murabbiy-oʻqituvchilar oʻquv guruhlarini tanlash va toʻldirishni, sportchilar bilan tarbiya va oʻquv-mashq ishlarini amalga oshiradi, sportchilarning tibbiy va dispanserizatsiya koʻrigidan oʻz vaqtida oʻtishini nazorat qiladi, sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchun oʻquv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, oʻquv-mashq jarayoniga eng samarali hamda zamonaviy shakllar va metodlarni joriy etish hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.
43. Sport maktabida sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan kelishgan holda murabbiylar kengashi tashkil etiladi, u oʻquv-mashq va tarbiyaviy ishlar, sportchilarni tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, sport maktabining sport tadbirlaridagi ishtiroki masalalarini, shuningdek sport maktabining ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
44. Sport maktabini boshqaruv, yordamchi, xoʻjalik va tibbiyot xodimlari bilan toʻldirish belgilangan tartibda tasdiqlangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
45. Sportchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) sport maktabida oʻtkaziladigan oʻquv-mashq va tarbiya jarayoni bilan tanishish, shuningdek sport maktabining ustavida nazarda tutilgan tartibda unda qatnashish huquqiga ega.
VIII. Tibbiy nazorat
46. Sport maktabida sportchilar sogʻligʻining holati yuzasidan tibbiy nazorat sport maktabining tibbiyot xodimi, u boʻlmagan taqdirda — belgilangan tartibda maktabga biriktirilgan tegishli hududiy sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
47. Sport maktabi sportchilarini puxta tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish sport maktabi joylashgan joydagi tegishli sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan taʼminlanadi.
48. Sport maktabining tibbiyot xodimi oʻquv-mashq jarayonini, sport musobaqalarini va sport-sogʻlomlashtirish lagerini tibbiy jihatdan taʼminlashni, mashqlar yuklamalarining hajmi va intensivligini nazorat qiladi, sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzishda va tasdiqlashda qatnashadi, ularning puxta tibbiy tekshirishdan oʻtishini tashkil qiladi.
49. Sport maktabining sportchilari uchun belgilangan namunadagi tibbiy -nazorat kartasi toʻldiriladi, unda sportchilar sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi, u sport maktabining tibbiyot kabinetida yoki sport maktabi joylashgan joydagi sogʻliqni saqlash muassasasida saqlanadi.
IX. Sport maktabining moddiy taʼminoti, uning moliyalashtirilishi va hisobotlari
50. Sport maktabi oʻz mol-mulkiga ega boʻladi va oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan mol-mulkni sotib oladi.
51. Sport maktabi oʻzida mavjud boʻlgan va qonunchilikka muvofiq unga ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni tasarruf etadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
52. Sport maktabining sport asbob-uskunalarini, anjomlarini, metodik adabiyotlarini va koʻrgazmali qoʻllanmalarini, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek sportchilarning sport tadbirlarida va oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashishini taʼminlash sport maktabiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida uning tomonidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan yillik rejada nazarda tutilmagan tadbirlar oʻtkaziladigan taqdirda ularni tashkil etish budjetdan tashqari manbalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
53. Sport maktabi faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda:
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
asosiy mashgʻulotlardan boʻsh vaqtda mol-mulkni ijaraga topshirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(53-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
54. Sport maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlarning tasdiqlangan smetasi asosida moliyalashtiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
55. Sport maktablari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidagi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
56. Sport maktablarining murabbiy-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash bir nafar sportchi hisobiga normativlar boʻyicha amalga oshiriladi.
57. Sport maktabi muassis bilan kelishgan holda oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejalashtiradi, qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
58. Sport maktabi belgilangan tartibda moliya va statistika hisobotini yuritadi, operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
59. Sport maktabining moliya-xoʻjalik faoliyati va moliya intizomiga rioya qilishi yuzasidan nazorat qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
60. Sport maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat va jamoatchilik tashkilotlari orqali jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga doir xalqaro faoliyatni amalga oshirish, sport maktabining murabbiy-oʻqituvchi xodimlari va sportchilarini ayirboshlash boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar oʻtkazish huquqiga ega.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
61. Sport maktabini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Oliy mahorat sport maktablari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Izohlar: Zaruriyat boʻlganda hamda zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud boʻlganda Sport vazirligi bilan kelishgan holda sportchilar umumiy sonining 20 foizidan ortiq boʻlmagan kontingent bilan sportning boshqa turlari boʻyicha boʻlinmalar tashkil etishga ruxsat beriladi.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oliy mahorat sport maktablarining loyiha-smeta hujjatlari sportning har xil turlari boʻyicha sport obyektlaridan koʻp maqsadli foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi, bunda kelgusida ularning bazasida sportning muqobil turlarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
Oliy mahorat sport maktablari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan umumiy soni (murabbiy-oʻqituvchilar tarkibidan, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari) — 16 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 9 nafar.
* Murabbiy-oʻqituvchilar tarkibining soni tegishli oliy mahorat sport maktabi oʻquv guruhlarining toʻldirilganligiga va oʻquv-mashq ishlarining rejimiga muvofiq aniqlanadi.
** Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni olimpiya zaxiralari kollejlarida alohida lavozimlarni joriy etish normativlariga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga 2-ILOVA
Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini yashash uchun jihozlar, ovqatlanish, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan taʼminlash normativlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.89.00 (Кучини йукотган) Talaba va oʻquvchilarni moddiy-maishiy jihatdan taʼminlash]
1. Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini yashash uchun jihozlar bilan taʼminlash normativlari
Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak 5 gr., turshak
50
21.
Choy
3
22.
Kakao
5
23.
Yodlangan tuz
10
24.
Xamirturush
1
25.
Mineral suv
500
Oqsillar
231,8
Yogʻlar
228,8
Uglevodlar
957,9
Kaloriyalilik
6693,8 kkal
Izoh. Ushbu norma maksimal norma hisoblanadi. Oliy mahorat sport maktablari sportchilari uchun aniq normalar sportning turiga, sportchining yoshi va jinsiga, shuningdek oʻqitish boʻgʻiniga bogʻliq ravishda sanitariya qoidalari, normalar va gigiyenik normativlar bilan belgilanadi.
3. Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini sport kiyim-boshi va anjomlar, forma bilan taʼminlash normativlari
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga 3-ILOVA
Oliy mahorat sport maktablarining Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oliy mahorat sport maktablarining Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirishda, moddiy-texnik bazani mustahkamlashda, yuqori malakali murabbiy-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlashda, sport tadbirlarini oʻtkazishda, tashkiliy-kadrlar boʻyicha va metodik yordam koʻrsatish borasida oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
II. Oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirishda tashkiliy-kadrlar boʻyicha va metodik yordam koʻrsatish
2. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) sport maktablari faoliyatida quyidagi vositalar orqali umumiy tashkiliy-kadrlar boʻyicha oʻquv-metodik va ilmiy yordam koʻrsatishlari mumkin:
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda oʻquv-mashq jarayoniga eng yangi ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan sport maktablari xodimlarining nazariy va texnik-taktik tayyorgarligi sifatini muntazam ravishda oshirish;
sport maktablarining oʻquv-mashq jarayoniga federatsiya (uyushma)larning kadrlar va ilmiy-metodik salohiyatini jalb etish;
sport maktablarining oʻquv-metodik va ilmiy-metodik kompleksini ishlab chiqish boʻyicha yetakchi sport mutaxassislari, shu jumladan olimlar, oʻqituvchilar, psixologlar, vrachlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqalar orasidan kompleks ilmiy guruhlar tashkil etish;
xorijiy mamlakatlarda sport turlari boʻyicha sport maktablari murabbiylari va mutaxassislarining tajriba almashishlarini tashkil etish;
sport maktablari sportchilari oʻrtasida seleksiya ishlarini amalga oshirish, shuningdek ularni sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar tarkibiga qabul qilish;
sport turlari boʻyicha sportchilar, murabbiylar va sport hakamlarini tegishli razryadlar va unvonlar berish uchun tanlash va tavsiya etish;
sport turlari qoidalariga oʻzgartirishlar boʻyicha, shuningdek yuqori mahoratli sportchilar tayyorlashning zamonaviy metodlari boʻyicha axborotlardan foydalanish.
3. Sport maktablari Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) yordamida ham Oʻzbekiston Respublikasida, ham chet ellarda sport turlari boʻyicha yuqori klassli sportchilar, yuqori malakali murabbiylar tayyorlash boʻyicha, shuningdek tajribali mutaxassislarni sport maktablarining oʻquv-mashq jarayoniga jalb etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda sport maktablari, klublar va markazlar faoliyatini oʻrganishda qatnashadilar.
III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha hamkorlik qilish
4. Sport federatsiyalari (uyushmalari) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda sport maktabining moddiy-texnik bazasi holatini oʻrganishni va uni xalqaro standartlar va talablarga muvofiq mustahkamlash boʻyicha Sport vazirligiga muntazam ravishda takliflar kiritishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) zarur sport anjomi va uskunasini sport maktabiga foydalanish uchun berishi mumkin.
IV. Tajriba almashish va yuqori malakali murabbiy-oʻqituvchilar tarkibini tayyorlash
6. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) quyidagilarni taʼminlashi mumkin:
sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar, oʻqituvchilar (metodistlar) va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlash;
sport maktablarining xorijiy sport maktablari, klublar va markazlar bilan murabbiy-oʻqituvchilar va sportchilarning professional darajasini oshirish uchun tajriba almashish boʻyicha xalqaro sport hamkorligini rivojlantirish;
sport maktablariga oʻquv seminarlari, konsultatsiyalar, mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni jalb etish tadbirlarini ishlab chiqish;
sport maktablari mutaxassislari malakasini oshirish jadvalini ishlab chiqish.
7. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birgalikda, Xalqaro federatsiya murabbiylarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda, malaka oshirish kurslari, oʻquv seminarlari, konsultatsiyalar, mahorat darslari tashkil qiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
8. Sport federatsiyalari (uyushmalari) sport maktablarining murabbiylari-oʻqituvchilarini murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanish uchun attestatsiyadan oʻtishga tayyorlashni amalga oshiradilar.
V. Birgalikda sport tadbirlari oʻtkazish
9. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) sport maktablari bazalarida Oʻzbekiston Respublikasining yetakchi sportchilari ishtirokida respublika va hududiy sport musobaqalari hamda oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkazishlari mumkin.
10. Sport maktablari Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
11. Sport maktablari har yili jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sportchilar, murabbiy-oʻqituvchilar, sport hakamlari uchun tasdiqlangan kalendar rejasiga binoan oʻquv seminarlari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil qiladilar.
VI. Yakunlovchi qoida
12. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) oʻz vakolatlari doirasida sport maktablariga tashkiliy-kadrlar boʻyicha va metodik yordam koʻrsatadilar.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga 4-ILOVA
Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oliy mahorat sport maktabiga (keyingi oʻrinlarda sport maktabi deb ataladi) sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Sportchilarni sport maktabiga qabul qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan, faqat tanlov asosida amalga oshiriladi.
3. Sportchilarni sifatli tanlashni taʼminlash maqsadida sport maktabi ommaviy axborot vositalarida oʻqishga qabul qilishdan kamida ikki oy oldin tanlov va uni oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida tegishli eʼlon beradi.
4. Sportchilarni sinash va sport maktabiga tanlash, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmasining buyrugʻi bilan tasdiqlangan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Sportchilarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va saqlash uchun qabul komissiyasining raisi va kotibi masʼul hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5. Komissiya raisi tajribali, malakali trenerlar orasidan tayinlanadi. Sport maktabining direktori ham komissiya raisi etib tayinlanishi mumkin. Sport maktabining xususiyatidan kelib chiqqan holda komissiya tarkibiga psixolog, tibbiyot xodimi, sport federatsiyalari (uyushmalari), shuningdek boshqa manfaatdor sport tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
6. Qabul komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
sportchilar, ota-onalar, jamoatchilik oʻrtasida sport maktabining faoliyati, unga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
tanlash oʻtkazilgungacha sportchilar va ota-onalar uchun mutaxassislar konsultatsiyalarini tashkil etish;
tanlashni oʻtkazish, sportchilarni qabul qilish yakunlarini tahlil qilish, umumlashtirish.
Qabul komissiyasining protokolini kotib rasmiylashtiradi va rais tasdiqlaydi.
III. Oʻquvchilarni qabul qilish
7. Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
sport maktabiga qabul qilish toʻgʻrisida direktor nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki pasportning nusxasi (asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilishda koʻrsatiladi);
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
sportchining 3x4 sm yoki 4x6 sm hajmidagi 6 ta fotosurati.
8. Sport maktabiga hujjatlarni qabul qilish tanlash sinovlari boshlanishidan bir hafta oldin, qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan toʻxtatiladi.
9. Hujjatlarni qabul qilish har yili 20-iyul-10-avgust mobaynida amalga oshiriladi.
IV. Tanlashni oʻtkazish
10. Tanlash sinovlari va sport maktabiga tanlash qabul komissiyasi tomonidan har yili 15-25-avgust mobaynida oʻtkaziladi.
11. Qoidaga koʻra, sport maktabiga 17 yoshdan katta — sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar asosiy tarkibining va zaxirasining, olimpiya zaxiralari kollejlarida yoki sport maktablarida oʻqishni tugatgan aʼzolari qabul qilinadi.
12. Sport maktabiga qabul qilish qabul komissiyasining qatʼiy nazoratida amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda sport maktabi tomonidan ishlab chiqilgan sportchilarni qabul qilishda oʻtkaziladigan sinovlar (suhbatlar, testlar, yozma ishlar) shakllarini, sinov materiallarini va ushbu sinovlarni (har qaysi yoʻnalish boʻyicha alohida) oʻtkazadigan komissiyalar tarkibini, sinovlarni oʻtkazish muddatlari aniq koʻrsatilgan jadvalni tasdiqlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
14. Test imtihon sinovlarining yakunlari imtihon sinovlaridan keyin 3 kun mobaynida eʼlon qilinishi kerak.
15. Oʻqishga kiruvchilarning koʻnikmalari, mahorati va bilimlari 100 balli (eng yuqori ball) tizim boʻyicha baholanadi, ulardan 70 ballgachasi — maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun va 30 ballgachasi — umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun qoʻyiladi.
Oʻqishga qabul qilish rejasi bajarilmagan holatlarda boʻsh oʻrinlarga qoʻshimcha tanlash oʻtkazilishi mumkin.
16. Talabgorlarning ballari teng boʻlgan holatlarda qoʻshimcha suhbatlar oʻtkaziladi.
17. Tanlashdan muvaffaqiyatli oʻtgan sportchilar qabul komissiyasi protokoli asosida direktorning buyrugʻi bilan sport maktabiga qabul qilinadi.
Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni qabul qilish
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 37-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)