Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi KENGAShIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATINING GUVOHNOMASI VA KOʻKRAK NIShONI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi toʻgʻrisidagi Nizom” tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
4. “OLIY MAJLIS DEPUTATI” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
5. “OLIY MAJLIS DEPUTATI” koʻkrak nishonining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” koʻkrak nishoniga tashqi koʻrinishi bilan oʻxshash boʻlgan koʻkrak nishonlari tayyorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-aprel,
51-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi Oliy Majlisi deputatining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar bilan belgilab qoʻyilgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatdir.
2. Guvohnoma Oliy Majlis deputatiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan deputat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin beriladi.
Oliy Majlis deputatiga guvohnoma bilan bir vaqtda davlat yoʻlovchilar transportining barcha turlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul yurish huquqini beruvchi guvohnomaning ilova varaqasi ham beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati unga berilgan guvohnomadan oʻz vakolatlari muddati davomida foydalanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolat muddati tugaganidan keyin guvohnoma deputat etib saylangan shaxsda qoladi. Oliy Majlis deputatining vakolatlari muddatdan ilgari toʻxtatilgan taqdirda, guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyatining Umumiy boʻlimiga qaytarilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining
TAVSIFI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi 95x65 millimetr kattalikdagi toʻq qizil rangli qattiq charm muqovali kitobcha koʻrinishiga ega. Guvohnomaning old tomon chap qismining yuqorisiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining metaldan tayyorlangan oʻxshash tasviri oʻrnatilgan boʻlib, pastda esa oʻngroq uch satrda “OʻZBEKISTON OLIY MAJLISI DEPUTATI” degan matn joylashgan.
Guvohnoma ichki soʻl tomonining chapdagi yuqori qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda esa besh satrda — Oliy Majlis chaqirigʻini ifodalovchi raqam, “CHAQIRIQ”, “ChAQIRIQ” soʻzlari, shuningdek Oliy Majlis saylangan yilni va vakolati tugaydigan yilni koʻrsatuvchi raqamlar joylashgan.
Guvohnoma soʻl tomonining oʻngdagi yuqori qismiga bir satrda “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻzlari, pastroqda “GUVOHNOMA” soʻzi yozilgan boʻlib, unda oʻngroqda guvohnomaning tartib raqami qoʻyiladi.
Ushbu matnda pastroqda alohida satrda deputatning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ikki satrda “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatidir” degan matn joylashtiriladi.
Guvohnoma ichki soʻl tomonidagi matnlar lotin harflarida yoziladi. “Chaqiriq” soʻzi lotin harflarida yozilib, kirillitsada takrorlanadi.
Guvohnoma ichki oʻng tomonining chap qismida deputatning 30x40 millimetr kattalikdagi rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat oʻng tomonining pastki burchagiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining gerbli muhri bosiladi.
Guvohnoma oʻng tomonining yuqori qismida bir satrda: “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻzlari, pastroqda bir satrda “GUVOHNOMA” soʻzi joylashgan boʻlib, undan oʻngroqda guvohnomaning tartib raqami qoʻyiladi.
Ushbu matnda pastroqda alohida satrda deputatning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ikki satrda: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatidir” degan matn joylashtiriladi.
Deputatning fotosurati tagiga: “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi” degan matn joylashtiriladi. Markaziy saylov komissiyasi Raisining imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi qoʻyiladi.
Guvohnomaning oʻng tomonidagi matn kirillitsada yoziladi.
Guvohnomaning ichki tomonlari och sargʻish rangdagi maxsus qogʻozdan tayyorlangan va shaffof plyonka bilan qoplangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi rangli tasvirda bosiladi. Oliy Majlis chaqirigʻini, saylangan yilini hamda vakolati tugaydigan yilni koʻrsatuvchi raqamlar, lotin harflarida va kirillitsada yozilgan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “ChAQIRIQ” soʻzlari, gerbli kichik muhr qizil rangda, qolgan matn esa qora rangda beriladi.
Guvohnomaning oʻng tomonidan Oliy Majlis deputatiga transportda bepul yurish huquqini beruvchi guvohnomaning ilova varaqasi uchun maxsus qincha bor.
| | | | |
|
_____________O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI |
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI______ | |
|
__________________GUVOHNOMA No ____ |
___________ |
GUVOHNOMA №__________ | |
| | | | |
|
Oʻzbekiston |
______________________ |
|
_______________________ |
|
Respublikasi |
(familiyasi) |
(familiyasi) | |
|
gerbi |
______________________ |
|
________________________ |
| |
(ismi) |
|
(ismi) |
|
______________________ |
____________ |
________________________ | |
|
II |
(otasining ismi) |
|
(otasining ismi) |
|
CHAQIRIQ |
| | |
|
ChAQIRIQ |
O'zbekiston Respublikasi |
|
Oʻzbekiston Respublikasi |
|
2000 |
Oliy Majlisining deputatidir |
|
Oliy Majlisining deputatidir |
|
2004 |
| | |
| | | ______M.U. | |
| | |
_________�zbekiston Respublikasi Markaziy | |
| | | |
(imzo) |
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasining
TAVSIFI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasi 80x55 millimetr kattalikdagi oq rangdagi qattiq qogʻozdan tayyorlanadi.
Ilova varaqasi old tomonining yuqori qismida qizil rangda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan gerbning oʻng tomonida ikki satrda: “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATI” soʻzlari bor.
Guvohnoma ilova varaqasining qolgan matni qora rangda bosiladi.
Ilova varaqasining markazida guvohnomaning tartib raqami va “GUVOHNOMAGA” degan yozuv joylashadi. Mazkur matnning tagida deputatning ismi va otasi ismining bosh harflari hamda familiyasi qoʻyiladi. Undan soʻng hamda ilova varaqasining orqa tomonida quyidagi mazmundagi matn joylashtiriladi: “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan Oliy Majlis deputati Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi davlat passajir transportida (taksi, boshqa transport turlarining buyurtma yoʻnalishlari, shuningdek shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.
Oliy Majlis deputati oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqarolik aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar Oliy Majlis deputatiga poyezdning yotoqli yoki yumshoq oʻrindiqli vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart. Deputat Oliy Majlis sessiyasiga borayotganida unga samolyot chiptalari uchishdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.
Chiptasida oʻrindiqning tartib raqami ham koʻrsatiladigan shaharlararo, shuningdek shahar atrofiga qatnovchi avtobuslarda Oliy Majlis deputati avtovokzallar va avtostansiyalarning kassalaridan navbatsiz olinadigan bepul chipta bilan yuradi.
Boshqa barcha hollarda Oliy Majlis deputati davlat passajir transportida (taksi, boshqa transport turlarining buyurtma yoʻnalishlari, shuningdek shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) Oliy Majlis deputatining guvohnomasini koʻrsatish orqali qatnaydi.
Oliy Majlis deputati transportning har bir turida amalda boʻlgan normalarga mos ogʻirlikdagi qoʻl yukini bepul olib yurish huquqiga ega”.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1. “OLIY MAJLIS DEPUTATI” koʻkrak nishoni Oliy Majlis deputatiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan deputat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin beriladi.
2. Koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
3. Deputatning vakolat muddati tugaganidan yoki uning vakolatlari muddatidan ilgari toʻxtatilganda koʻkrak nishonini taqib yurish huquqi toʻxtatiladi.
Oliy Majlisning vakolat muddati tugaganidan keyin koʻkrak nishoni deputat etib saylangan shaxsda qoladi. Deputatning vakolati muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyatining Umumiy boʻlimiga qaytarilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 51-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi tasviriga oʻxshash koʻrinishda boʻladi.
Deputat koʻkrak nishonining asosi mis qotishmadan tayyorlanadi. Nishonning sirt tomoni moviy, oq va yashil rangdagi emal bilan qoplangan. Oq yoʻl moviy va yashil yoʻllardan qizil rangdagi emal qoplangan hoshiya bilan ajralib turadi. Nishondagi tasvirlar, “DEPUTATI” degan yozuv, nishon qirralari hamda orqa tomoni zarhal qilib, “OLIY MAJLIS” degan yozuv esa qizil rangdagi emal bilan ishlangan.
Nishonning chapdagi yuqori burchagida moviy fonda yarim oy va undan oʻngroqda oʻn ikkita besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yarim oy vertikal holatda joylashtirilgan, yulduzlar vertikal va gorizontal boʻyicha quyidagi tartibda joylashtirilgan: yuqori qatorda — uchta yulduz, oʻrta qatorda — toʻrtta yulduz, quyi qatorda — beshta yulduz.
“OLIY MAJLIS” yozuvi nishonning oq hoshiyasida, “DEPUTATI” yozuv yashil hoshiyasida bitilgan.
Nishonning orqa tomonida saylov okrugi va deputat guvohnomasining tartib raqamiga mos keladigan raqam koʻrsatilgan.
Nishon toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.
Nishonning kattaligi 32x21 millimetr.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 127-modda)