Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.11.2024
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YANGI TAHRIRDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI BO‘YICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-1002-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda saylangan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) yangi Vakil saylanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
670-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-son, 421-modda)