|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.09.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-iyulda 1894-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 5-maydagi 10/5-sonli “Tijorat banklari tomonidan koʻchmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3441, 08.06.2023-y.) asosan 2023-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/2-son qarori (roʻyxat raqami 1894, 2009-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-iyul,
19/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalariga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talab va meʼyorlarni belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tijorat banklari qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari, mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.”.
3. Ilovadagi “ssudalariga” degan soʻz “kreditlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 401-modda)