O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga doir Konvensiyalar va Bayonnomaga qo‘shilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinishiga qarshi kurashish to‘g‘risida 1970-yil 16-dekabrda Gaagada qabul qilingan Konvensiyaga qo‘shilinsin;
Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof tarzdagi xatti-harakatlarga qarshi kurashish to‘g‘risida 1971-yil 23-sentabrda Monrealda qabul qilingan Konvensiyaga qo‘shilinsin;
Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof tarzdagi xatti-harakatlarga qarshi kurashish to‘g‘risida 1971-yil 23-sentabrda Monrealda qabul qilingan Konvensiyani to‘ldiruvchi xalqaro Fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi aeroportlardagi qonunga xilof tarzdagi zo‘rlik xatti-harakatlariga qarshi kurashish haqida 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Bayonnomaga qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1016-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 25-modda)