Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida xodimlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash va ulardan ozod qilish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 94-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda oʻzining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-may,
134-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 134-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 16-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash”.
birinchi xatboshidagi “tayinlanadi” soʻzi “lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tayinlanadi” soʻzi “lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 260-modda)